Samarkand davlat universiteti
§ 2. Ijtimoiy ishning qadriyat va tamoyillari
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson xuquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish
§ 2. Ijtimoiy ishning qadriyat va tamoyillari
Ijtimoiy ishning mohiyati missiyasi uning noyob va o’ziga xos xarakterini belgilovchi asosni qadriyatlarida aks etgan. Ijtimoiy ish quyidagi kadriyatlarga asosan ish tutadi: Inson xuquqlari va inson qadr-qimmatni hurmat qilish; Ijtimoiy haqqoniylik va gumanizm; Sodiklik va vijdonlilik; Professional vakolatlilik. Inson xuquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish Ijtimoiy ish xodimining faoliyati inson huquqlari va erkinligini uning obro’si va qadriyatlari xam o’z imkoniyatlarini munosib xayot sharoiti va farovonlikni amalga oshirish qobiliyatini tan olish hamda hurmat qilishga asoslangan. SHu kadriyatlar bilan bog’liq ravishda tamoyillar quyidagilarni anglatadi: Ijtimoiy ish xodimi etikasining ushbu kodeksi asoslanadigan Xalqaro shartnomalarda e`lon kilingan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish. Insonning mustaqil tanlov va o’z-o’zini aniqlashi huquqini tan olish. Ijtimoiy ish xodimlari odamga ijtimoiy ko’maklashgancha uning o’zi qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga va boshqa odamlar manfaatiga xavf yo’qligi sharoitida o’z hayotini mustaqil ravishda belgilashiga yordamlashadi. Ijtimoiy ish xodimining aholini turli konfessional va etnik guruxlariga munosabati bo’yicha insonparvarligini ko’zda tutuvchi polietnik jamiyat konteksida insonning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi. Ijtimoiy ish mijozlari turli-tuman xislatlarga ega bo’lgan alohida odamlar yoki shaxslar gypyh(lar)i bo’lishi mumkin. Inson yoki shaxslar guruhining barcha xususiyatlari yordam ko’rsatish va qaror qabul qilishda inobatga olinishi darkor. Kamsitishga qarshi amaliyot va insonni uning kelib chiqishi belgilari, yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e`tiqodi, ideologiyasi, millati, sog’ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat`i nazar qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishni amalga oshiradi. Ijtimoiy ish xodimlari odamlarni ularning hayotini o’zgartirishga, inson, guruxlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangancha imkoniyat berishga yo’naltirilgan qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etishga ko’maklashadi. Odamlar qadr-qimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta`minlash, ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashish ijtimoiy ish xodimi tomonidan insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda tushunishi, uning manfaatlari va extiyojlarini hurmatlashidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling