Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfidentsiallik(maxfiylik) va sir saklashi
К. Д. Ушинский
ijtimoiy ishchi mijoz bilan shaxsiy qiziqishi asosida munosabatda bo’lmasligi kerak; - ijtimoiy ishchi insonlarning tahqirlanishlari bilan kurashib, millati, yoshi, e`tiqodi, oilaviy mavqei, aqliy va jismoniy nuqsoniga asoslangan tahqirlashning turli xil shakllarida ishtirok etmasligi va amalda sinamasligi kerak; - ijtimoiy ishchi mijoziga ziyon keltiradigan aloqa va munosabatlardan chekinishi kerak; - ijtimoiy ishchi mijozini ijtimoiy xizmat bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik huquqi, imkoniyatlari va majburiyatlari haqida xabardor qilishi kerak; - ijtimoiy ishchi hamkasblari va ustozlari bergan maslahatlarga amal qilishi kerak, agar bu uning qiziqishlari va ishi bilan aloqador bo’lsa; - ijtimoiy ishchining mijozi bilan olib borilayotgan ishi mijozi va oilasi uchun zarur bo’lmay, qiziqishlari va muhtojligiga xizmat qilmasa, ijtimoiy ish xodimi bu ishni va professional munosabatlarni yakunlashi kerak. Konfidentsiallik(maxfiylik) va sir saklashi Ijtimoiy xizmat xodimi mijozlarning sirlarini hurmat qilishi va kasbiy ijtimoiy yordam davomida ko’rsatilgan ma`lumotlarni tarqatmaslikka majburdir: - ijtimoiy ishchi faqatgina professional sharoit taqozo etsagina mijozning ruxsatisiz maxfiy ma`lumotlar bilan bo’lishishi mumkin. - ijtimoiy ishchi mijozlarini maxsus vaziyatda konfidentsial ma`lumotlar chegaralari va bu ma`lumotlar qay maqsadda ishlatilishi haqida to’liq xabardor qilishi kerak. - ijtimoiy ishchi zarurat tug’ilganda mijozlarini har qanday rasmiy hujjatlar bilan ta`minlab berishi kerak. - mijozlarni zaruriy hujjatlar bilan ta`minlab, ijtimoiy xizmat xodimi hujjatlarda saqlanayotgan qolgan ma`lumotlarning konfidentsialligiga rioya qilishi kerak. - ijtimoiy ishchi magnitafon yozuvlarini va ma`lumotlarni bosmadan chiqarishdan oldin mijozlarining roziligini olishi kerak. Gonorarlar Ijtimoiy xizmat xodimi ijtimoiy yordamning turli xil ko’rinishlari uchun belgilangan gonorarlar adolatli, idrokli, andishali va ko’rsatilgan ijtimoiy yordamning turlari mijozning to’lash qodirligi bilan kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling