V. Ijtimoiy ishchining kasbi oldidagi axloqiy burchlari.
5.1.Kasbning xalloligini va daxlsizligini himoyalash.
Ijtimoiy ishchi kasbining ahamiyatini, axloqini, bilimini va maqsadini oshirishi va qo’llab-quvvatlashi kerak.
-Ijtimoiy ishchi kasbining halolligi va qadr-qimmatini oshirishi va himoya qilishi kerak.
Kasbining takomillashishish borasidagi munozaralarda javobgar va faol bo’lishi kerak.
5.2. Sotsiumda ish olib borish.
Ijtimoiy ishchi sotsium aholisiga ijtimoiy xizmat ko’rsatib va xabardor qilib, insonlarga yordam berish uchun bor imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
Ijtimoiy ishchi kasbining foydali, halol va kompetentli bo’lishiga yordam beradigan o’z vaqtini, kasbiy tajribasini, bilimi va faoliyatini qo’shishi kerak.
5.3.Bilimning rivojlanishi.
Ijtimoiy ishchi kasbiy bilimlarining to’liq ishlatishi va rivojlanishi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga olishi kerak.
-ijtimoiy ishchi kasbiy bilimlarini amaliy faoliyatida asoslamog’i kerak.
-ijtimoiy ishchi kasbiga doir bo’lgan yangi ko’nikmalardan, bilimlardan xabardor bo’lishi, baholay olishi va ularni tanqidiy tahlil qila olishi kerak.
-ijtimoiy ishchi aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasini rivojlantirishga o’z hissasini va bilim ko’nikmalarini qo’shishi kerak.
Hamkasblari va aamaliy tajribalari va bilimini baham ko’rishi kerak.
VI.Ijtimoiy ishchining jamiyat oldidagi axloqiy burchlari.
6.1.Umumiy faravonlikni qo’llab-quvvatlash.
Ijtimoiy xizmat xodimi jamiyat farovonligining rivojlanishiga ko’maklashishi (o’z hissasini qo’shishi) kerak.
-ijtimoiy ishchi aholining nochor qatlamiga e`tibor bergan holda turli xil oilalarning va barcha insonlarning shaxsiy imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilishi kerak.
-ijtimoiy ishchi turli madaniyatlar hurmatini qo’llab-quvvatlash uchun sharoit yaratishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |