Samarkand davlat universiteti


E) Ijtimoiy tibbiy xizmatlar


Download 3.33 Mb.
bet116/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
E) Ijtimoiy tibbiy xizmatlar:
- muhtoj shaxslarni, shu jumladan bolalarni statsionar tibbiy narkologik muassasalariga yo’nallashda ko’mak berish;
- oilada, jinsiy munosabatlarni va psixojinsiy buzilishlarni bartaraf etishni astalashtirish, sog’lom turmush tarzini tarbiyalashda maslahatlar berishni tashkil etish;
- nogiron bolalarni zaruriy yordam beruvchi vositalar bilan ta`minlashda ko’mak berish;
- jismoniy yoki aqliy imkoniyatlar cheklangan bolalari bo’lgan oilalarda patronaj yordam;
- ota-onalarga nogiron bolasiga qarashni o’rgatish;
- homilador va emizikli bolalari bo’lgan ayolarni uylariga borib, doimiy ravishda tibbiy-profilaktik yordam ko’rsatish1.
Ijtimoiy xizmat hodimlarining asosiy vazifasi ijtimoiy ishning ijtimoiy psixologik, ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa metodlar yordamida me`yoriy hayot faoliyatiga xalaqit beruvchi muammolarni anglashda oila a`zosiga yordam berish (yoshi va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar). Bu erda oila a`zosining reabilitatsiya darajasi, ya`ni uning mehnat faoliyatiga avvalgi qobiliyatini tiklash, uni jamiyatga qaytarish samara o’lchovi bo’ladi.
Biz qarab chiqayotgan konkret ijtimoiy psixologik xizmat aholining turli kotegoriyalari bilan o’zaro harakatda bo’ladi. Oldindan yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar doirasini belgilab olinadi; shuningdek ota-onalarga, yolg’iz onalarga, maktab o’qituvchilariga-bola muhitidagi barcha yordam ko’rsatiladi; hayot qiyinchiligini bartaraf etilishida manfaatdor kishilarni qo’shgan holda guruhlar tuziladi: xulq-atvorida psixologik qiyinchiliklari bor bolalarning ota-onasiga ko’mak berish guruhi-zo’ravonlik qurboni bo’lgan ayollar va bolalarga; nogiron bolali ota-onalarga; ko’p bolali ota-onalarga, tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ishlovchi o’qituvchilarga. Madad (o’zaro yordam) guruhlari xizmat hodimlari tomonidan maqsadga muvofiq tuziladi. Avval shaxslar, muammolar doirasi aniqlab olinadi va katta tayyorgarlik ishlaridan so’ng kishilar 2-4 kunlik seminarga taklif etiladi (guruhiy maslahat metodi). Ishtirokchilarning tashabbusi bilan seminar va individual konsultatsiya berishdan so’ng madad guruxini tashkil etish uchun asos yuzaga keladi.
Boshqalarga yordam bergan holda, xizmat hodimlari o’zlariining ko’ngilli yordamchilari (valonter)ning keng bazasini yaratadilar, bular o’z navbatida boshqalarga yordam beradilar.
Rossiyaning ko’pgina xududlarida teritorial-hududiy xizmatlar (TIX-teritorial ijtimoiy xizmat tashkilot TS) shakllana boshlandi, ular barcha muhtojlar (kattalar va bolalar)ga kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatadi, u o’ziga ijtimoiy struktura muassasalarni, ijtimoiy xizmatlar ishini boshqarish organlari, o’quv va ilmiy-tadqiqot muassasalarini kiritadi. Bu hududiy ij xizmatlar konkret shahar yoki qishloq rayoni hududida faoliyat yuritgan uchun aholiga maksimal yaqinlashish va hammaga daxldor bo’ladi.
TIX strukturasi quyidagi ixtisoslashgan xududiy markazlardan tashkil topgan:
- ijtimoiy reabilitatsiya va profilaktik ishlar, konsultativ yordam, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va hokozo, bo’limlari, shuningdek amaliy yordam ko’rsatuvchi quyidagi bo’limchalari bor: ko’chma kompleks brigadalar; shoshilinch psixologik yordam xizmati; yuridik va psixologik-pedagogik konsultatsiya; tanishish xizmatlari; ijtimoiy boshpana; bolalar va onalarga kunduzgi boshpana berish bo’limi;
- oiladagi ziddiyatni bartaraf etishda yordam beruvchi, oilaviy, er-xotin, ota-onalar muloqoti doirasida aholining psixologik madaniyatini oshirishga; bolalarni tarbiyalashda, emotsional va psixik tanazzulni bartaraf etishda qiynalayotgan oilalarga yordam beruvchi; turli xavfli vaziyatlarda shaxslarga malakali psixologik-pedagogik yordamni ta`minlashga yordam beruvchi oila va bolalarga psixologik-pedagogik yordam markazi;
- telefon orqali shoshilinch psixologik yordam xizmati (ishonch telefoni), uning vazifasi, psixologik diskomfortni, oila a`zolarining tajavuzkorlik darajasini pasaytirish;
- voyaga etmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsion markaz, bu hayotda tanazzulli vaziyatga tushib qolganlarga ijtimoiy va tibbiy psixologik yordam, madad beradi. Voyaga etmagan o’zlarining reabilitatsiyasi uchun zarur bo’lgan vaqt mobaynida Markazga qatnaydilar va u erda vaqtincha bo’ladilar. Markaz o’ziga shoshilinch ijtimoiy yordam, tibbiy-psixologik diagnostika va orrektsiya, bolalar va o’simrlarni ijtimoiy adabtatsiya va ijtimoiy reabilitatsiya qilish xizmatlarini, ba`zida statsion sharoitdagi boshpana xizmatini kiritadi;
- qarovsiz qolgan bolalar va o’smirlarni qutqarib qolish uchun vaqtincha boshpanalar, ularga tibbiy-psixologik yordam, ularni hayotini yo’lga qo’yish masalalarini hal etish maqsadida tuzilgan bolalar va o’smirlarning ijtimoiy boshpanasi. Boshpana TIXning mustaqil muassasasi yoki voyaga etmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsion markazning bir qismi sifatida tashkil etilishi mumkin;
- ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarga yordam berish markazi, bu ota-onalar qarovisiz qolgan (tug’ilganidan 18 yoshgacha bo’lgan) bolalarni ta`minlash, ularni oilalarga yoki davlat muassasalariga joylashtirishni amalga oshiradi;
- imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun reabilitatsion markaz, bu jismoniy va aqliy kamchiliklari bo’lgan bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash, unda hayotga, jamiyatga, oilaga kompleks tibbiy, ijtimoiy, pedagogik-psixologik va boshqa tadbirlar yordamida ijobiy munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi.
TIX o’ziga sharoitlar va rayonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yoshlar markazi, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari ishlarning yangi shakllari markazlarini; tabiiy ofatlar va jinoyatlardan zarar ko’rganlar, jinoiy jazoni o’tab kelganlar, qochoqlarga yordam berish markazlari; bepul va imtiyozli oshxonalar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, bolalar oziq-ovqati tarqatish punktlarini kiritish mumkin;
Ijtimoiy xizmat ko’rsatish boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilik bo’yicha boshqarish funktsiyalarini davlat va ijtimoiy muassasalar amalga oshiradi. Xududiy daraja (shahar, qishloq rayon, shahar rayonlari)da davlat-ijtimoiy (jamoatchilik) organlarini-vasiylik kengashlari (ijtimoiy kengashlar) tuziladi (ma`muriyat qoshida, ijroya organlari tarkibida). Ular o’zlariga manfaatdor tashkilot vakillarini kiritadilar: moliya fondlari, kasaba uyushmalari, jamoatchilik assatsiatsiyalari, xayriya fondlarini kiritadilar.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling