Samarkand davlat universiteti
Professional vakolatlilik
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-qism. PROFESSIONAL AXLOQ
Professional vakolatlilik
Ijtimoiy ish xodimining professional vakolatliligi ishtimoiy ishning kadriyati xisoblanadi va ularning uz majburiyatlarini doimiy professional rivojlanish va professional o’sishning etik tamoyillariga asoslangancha, samarali bajarishni o’zi ichiga oladi. Bu quyidagilarni anglatadi: Professional majburiyatlarni sifatli bajarishga yo’naltirilgan ijtimoiy ish xodimining munosib va mas`uliyatli axloqi. Professional majburiyatlarni bajarishda ijtimoiy ish xodimlarining beg’araz axloqi, professional tamoyil va standartlarga zid bo’lmagan axloq. Mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblar bilan muloqotda xatar va ekspluatatsiyani kamaytirish va ularning oldini olish uchun aniq professional chegara o’rnatish. Ijtimoiy ish xodimlarining professional chegarani buzadigan harakatlar, shu jumladan, katta vakolatga ega bo’lgan mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblari bilan yaqin yoki jinsiy xarakterdagi munosabatdan qochishlari zarur. Ijtimoiy ish xodimining o’z amaliy faoliyatida bilimi, malakasi va mahoratidan samarali foydalana bilishi. Doimiy ravishda o’z professional malakasini oshirish, ish amaliyotida taqdim etilayotgan xizmatlarning hajmini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida yangi yondoshuvlar va usullarni ko’llash. Ijtimoiy noxushlik omillari va ijtimoiy muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlash uchun tadqiqot faoliyatida ishtirok etish, olingan ilmiy natijalarni o’z xamkasblari orasida tarqatish, bilimlarni ommaviy axborot aloqalari orqali ommalashtirish. Talabalarni amaliy faoliyatga jalb qilish maqsadida oliy o’kuv yurtlarining ta`lim jarayonida ishtirok etish, mijozlarning ijtimoiy muammolari yoki og’ir hayotiy vaziyatlarni maxfiylik tamoyiliga amal qilish sharti bilan hal qilishda o’z tajribasini tarqatish. O’z bilimlari chegarasini tan olish va o’zlarining ish be- ruvchilarini ishga boshqa professionallarni jalb qilish zaruriyati to’g’risida xabardor qilish. 3-qism. PROFESSIONAL AXLOQ Milliy tashkilotlar, Ijtimoiy Ish xodimlari Xalkaro Federatsiyasi (IIXF) va Ijtimoiy Ish xodimlari Maktablarining Xalqaro Assotsiatsiyasi (IIMXA) a`zolariga yuklangan mas`uliyat - IIXF va IIMXA deklaratsiyasiga muvofiq etikada ularning shaxsiy qoidalari va etik me`yorlarni muntazam ravishda yangilab turish va rivojlantirishdan iborat. Milliy tashkilotlar xam ijtimoiy ish xodimlari va «ijtimoiy ish» ixtisosligi buyicha ta`lim beradigan institut (maktab, fakul’tet va bulinma)larni bu qoidalar va me`yorlar haqida xabardor qilishga mas`uldirlar. Ijtimoiy ish xodimlari ularning davlatlarida ayni lahzada harakatdagi etikaning qoidalari va me`yorlari bilan muvofiqlikda harakat qilishlari lozim. Bu qoida va me`yorlar, umuman olganda, milliy kontekstda ularni qo’llashni aniq belgilovchi xiyla mukammal tavsiyalardan iborat bo’ladi. Quyida professional axloqning umumiy me`yorlari keltirilgan: Ijtimoiy ish xodimlari ularning ishlarini bajarish uchun talab qilinadigan o’z professional malakalari va vakolatlarini rivojlantirishlari xamda qo’llab-quvvatlashlari zarur. Ijtimoiy ish xodimlari o’z malakalaridan qiynoq va terrorizm kabi insonparvar bo’lmagan maqsadlarda foydalanishlariga imkon bermasliklari zarur. Ijtimoiy ish xodimlari vijdonan va halol harakat qilishlari kerak. Ularning xizmatidan foydalanuvchi odamlar ishonchini suiste`mol qilmasliklari, shaxsiy va kasbiy hayoti o’rtasidagi chegarani anglashlari, shaxsiy manfaatlari va foydalari uchun o’z xizmat mavqeini suiiste`mol qilmasliklari darkor. Ijtimoiy ish xodimlari ularning xizmatidan foydalanuvchi odamlarga nisbatan xayrihohliq hamdardlik va g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lishlari lozim. Ijtimoiy ish xodimlari ularning xizmatlaridan foydalanuvchi odamlarning extiyoj va manfaatlarini shaxsiy extiyoj va manfaatlaridan kelib chiqmasligi zarur. Ijtimoiy ish xodimlari professional va shaxsiy nuqtai nazardan ish joyi va jamiyatda o’ziga tegishli xizmatlarni takdim etish imkoniyatini ta`minlash o’zi to’g’risidagi g’amxo’rlik zaruriy choralarini ko’llashlari kerak. Ijtimoiy ish xodimlari ularning xizmatlaridan foydalanadigan odamlar xaqidagi axborotning maxfiyligini saqlashlari darkor. Bunda istisno tarzida oliy etik talablargina (masalan, hayotni saqlash) oqlanishi mumkin. Ijtimoiy ish xodimlari harakatlari uchun ularning xizmatidan foydalanuvchi va birga ishlayotgan odamlar, o’z xamkasblar va ish beruvchilar, professional assotsiatsiyalar hamda qonunlar oldida mas`uldirlar va bu turli tomonlarning hisobotdorligi o’zi ichiga nizolarni ham olishi mumkin. Ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy ishni o’rganayotgan talabalarni qo’llab-quvvatlashda yordamlashish uchun yuqori sifat amaliyotni o’tash va yangilangan amaliy bilimlarni olishda ijtimoiy ish institut (maktab fakul’tet, bo’linma)lari bilan xamkorlikka tayyor bo’lishlari darkor. Ijtimoiy ish xodimlari o’z hamkasblari va ish beruvchilari bilan etika masalalari bo’yicha munozaralarga ko’maklashishlar unda ishtirok etishlari, shuningdek etika masalalarida xabardorlikka asoslangan qaror qabul qilishda mas`uliyatni zimmalariga olishlari zarur. Ijtimoiy ish xodimlari o’z qarorlari sababini muloxazalarga asoslangancha bayon etishi va o’zi qilgan tanlov hamda harakati uchun javob berishga tayyor turishi lozim. Ijtimoiy ish xodimlari o’zlari, ishlayotgan tashkilotlarda va deklaratsiya hamda ularning shaxsiy milliy me`yorlari (agar ishlatishga yaroqli bo’lsa) deklaratsiyasining tamoyillari muhokama qilinadigan, baholanadigan qo’llab-quvvatlanadigan o’z davrlarida sharoit yaratish maqsadida harakatlanishlari zarur. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling