Insonparvarlikka xizmat kilish
Inson farovonligi va ijtimoiy adolat yo’lida xizmat qilish ijtimoiy ishning eng birinchi maqsadi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilarni qamrab oladi:
• SHaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish;
• Odamlarning imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish;
• Adolatliroq, jamiyat yaratish ishiga o’z hissasini qo’shish.
Tamoyillari:
Ijtimoiy ish xodimlari qo’yidagilarni bajarishga majburlar:
a. Milliy yoki xalqaro axloqiy kodekslarga mos ravishda o’z amaliyotining axloqiy majburiyatiga ega bulish;
b. O’z majburiyatini bajarish hamda hayotiy adolat tamoyillariga amal qilish davomida insonparvarlikka xizmat qilishni shaxsiy maqsad, fikr va foydadan ustun qo’yish;
v. Taklif etilayottan va ko’rsatilayottan xizmatlarni mos madaniyatlarta xos tarzda ta`minlashga intilish.
Butunlik
Butunlik, halollik, ishonchlilik, ochiqlik va beg’arazlikni qamrab oladi va ijtimoiy ish amaliyotida muhim qadriyat hisoblanadi.
Tamoyillar:
Ijtimoiy ish xodimlari qo’yidagilarni bajarishga majburdirlar:
a. Xizmatdan foydalanayotgan shaxslarnint ehtiyojlari va manfaatlarini o’zining shaxsiy e`tiqodi, maqsadlari, mulohazasi va foydasidan ustun qo’yish hamda kasbiy munosabatlardan shaxsiy, moddiy yoki moliyaviy foyda olish uchun foydalanmaslik;
b. Shaxsiy xulq-atvori kasbiy majburiyatini bajarishni xavf ostiga qo’ymaslikni kafolatlash hamda kasb tamoyillari va standartlariga mos kelmayditan yoki kasbning butunligiga zarar etkazaditan xulq-atvordan qochish;
v. O’zining malakasi, bilimlari, tajribasi, yutuqlari yoki biron bir guruhga mansubligiga nisbatan halol va aniq bo’lish;
g. Kasb chegaralarini buzuvchi har qanday xulq-atvorning turli-tuman shakllaridan qochish, anglanmagan holda kasbiy munosabatlarga zarar yoki ziyon etkazishdan saqlanish.
Kompitentlik
Ijtimoiy ish amaliyotida malaka - zaruriy kriteriyadir.
Tamoyillari:
Ijtimoiy ish xodimlari qo’yidagilarni bajarishga majburdirlar:
a. Ijtimoiy ish amaliyotida bilim, nazariya va malakani aniqlashi, rivojlantirishi, foydalanishi va tarqatishi;
b. O’z malakasini oshirishning yangi yondoshuv va usullarini baholagan holda, sifatli xizmat ko’rsatish va hisobot beriluvchi amaliyot uchun lozim bulgan bilimlarini saqlash va kengaytirish;
v. Mavjud nazorat va maslahatdan foydalanish hamda lozim kuzatuvni ta`minlash uchun, zaruriyatga qarab faol choralar kurgan holda, uzluksiz ravishda kasbiy takomillashib borish;
g. Ijtimoiy muammolarning tabiati va manbalarini hamda ularni echish yullari haqida fikr yuritish;
d. Baholash va tadqiqotlarga ko’maklashish;
e. Bilim va amaliy tajribalarini o’rtoqlashgan holda hamkasblar va talabalarning o’qishi va tayyorlanishiga ko’maklashish;
j. Insonning ijtimoiy farovonligiga doir strategiyalar va dasturlarni rivojlantirish va joriy qilishga ko’maklashish;
k. Madaniyatga mos keluvchi amaliyot hamda madaniy hissiy xizmatlarning tarqalishiga ko’maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |