Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet126/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137
TAQKATMA MATERIALLAR





To’g’ri tartibini keltiring

Yillarning nomlanishi

Yillar

1

2007

Ijtimoiy himoyalash yili

1997

2

1996

Amir Temur yili

2002

3

2006

Homiylar va shifokorlar yili

2006

4

1997

Inson manfaatlari yili

2007

5

2005

Sihat-salomatlik yili

2004

6

1998

Oila yili

1999

7

2004

Mehr-muruvvat yili

2005

8

1999

Ayollar yili

1998

9

2003

Obod mahalla yili

2001

10

2000

Sog’lom avlod yili

2003

11

2002

Qariyalarni qadrlash yili

1996

12

2001

Ona va bola yili

2000

13

2008

Yoshlar yili

2008

14

2009

Kishlok tarakkiyoti va farovonligi yili

1993

15

2010

Barkamol avlod yili

2011

16

2011

Kichik biznes va xusussiy tadbirkorlik yili

2010

17

2012

Mustaxkam oila yili

2012

18

2013

Obod murmush yili

2014

19

2014

Sog’lom bola yili

2015

20

2015

Keksalarni e’zozlash yili

2013


TARQATMA MATERIALLAR


Tahlil uchun vaziyatlarga misol:


– Siz uyingizni ta’mirlamoqchisiz va yotoqxonangiz devori rangini tanlamoqdasiz. Tanlovingizga nimalar ta’sir ko’rsatadi?

  • Farzandingiz o’qishda katta qobiliyat namoyon etmoqda. Badavlat qarindoshingiz farzandigizning obro’li xususiy maktabda ta’lim olish to’lovini to’lamoqchi. Taklifni qabul qilasizmi?

  • Do’konda bir xil sifatdagi ikki quti choyni tanlash imkoniga egasiz: biri – nisbatan qimmat, chunki uni ishlab chiqaruvchi kompaniya fermerlarga yaxshi haq to’laydi, ikkinchisi – arzonroq, chunki kompaniya fermerlarga kam haq to’laydi.

  • Siz bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimida ishlaysiz. Farzandini yolg’iz tarbiyalayotgan ona bilan ishlayapsiz. Ayolda moliyaviy qiyinchiliklar bor, u og’ir hissiy holatda. U sizga butun daromadini giyohvand moddalariga sarflashini bildiradi. Va bu to’g’risida hech kimga aytmasligingizni so’raydi. Ayolga qanday javob berasiz?




o’qituvchiga eslatma
Muhokama uchun ta’kidlar miqdori 10-15 ta. Mashqlar bir necha usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul – o’qituvchi auditoriya bo’ylab uni uch qismga ajratuvchi ”qo’shilaman”, ”qo’shilmayman”, ”ham qo’shilaman, ham qo’shilmayman” tablichkalarini joylashtirib chiqadi. U har bir ta’kidni ovoz chiqarib o’qiydi, tinglovchilar xonada o’zlarining qo’shilish va qo’shilmasliklari darajasini ifodalovchi qismiga o’tadilar. Har bir kishi ta’kidlar bo’yicha o’zlarining fikrlarini bildirishlari mumkin. Ikkinchi usul – ishtirochilarga rangli qog’ozlar tarqatiladi (masalan, yashil – ”qo’shilman”, ko’k – ”qo’shilmayman”, qizil – ”ham qo’shilaman, ham qo’shilmayman”). o’qituvchi ta’kidlarni ovoz chiqarib o’qiydi va ishtirokchilar rangli qog’ozlar yordamida qo’shilish, qo’shilmasliklarini bildirishadi. Har bir kishi ta’kidlar bo’yicha o’zlarining fikrlarini bildirishlari mumkin.
Quyidagilar ta’kidlarga misol bo’lishi mumkin:

  • o’g’il tug’ilishi qiz tug’ilishiga nisbatan katta xursandchilik

  • Ko’pchilik kambag’al kishilar – dangasadir

  • Ayollar oilada bolalarga g’amxo’rlik va ular tarbiyasi bo’yicha katta mas’uliyatni o’z zimmalariga olishlari shart

  • Mas’uliyatli ona bolani hech qachon Mehribonlik uyiga topshirmaydi.

  • o’qituvchilar va ijtimoiy ish xodimlariga ba’zida bolalarni urishga ruxsat berilishi shart

  • Nogiron bolalarni o’qitib bo’lmaydi.


Domino” mashqi90


Maqsad: Guruhda ochihlik muhitini yaratish va o’yin ishtirokchilariga odamlarni bir biridan farqlovchi va o’z o’rnida bir biri bilan birlashtiruvchi xususiyatlar mavjudligini ko’rsatish.


Vaqti: 20 daqiqa.
Ko’rsatma: o’qituvchi ishtirokchilarga domino o’yinining qoidalarini eslatadi. o’yin qoidalari quyidagilardan iborat: ishtirokchilardan biri markazda bo’ladi va o’zining ikkita xususiyatini aytadi. Masalan: ”bir tomondan, mening turmagim kalta, ikkinchi tomondan – men suzishni yaxshi ko’raman”. Kalta turmakli boshqa ishtirokchi birinchi ishtirokchiga yaqinlashadi va uning qo’lidan ushlab: ”bir tomondan – meninng turmagim kalta, ikkinchi tomondan – men ovqat pishirishni yaxshi ko’raman”, deydi. o’yin barcha ishtirokchilar dominoning qismiga aylanib ulgurgunlaricha davom etadi. Dominoni tuzishda doira, “domino” shakli bo’yicha tuzilmalardan foydalanishlari mumkin.


o’qituvchiga eslatma
Ishtirokchilarda salbiy hissiyotlarning (ajralib qolganlik, alam hissiyotlari va h.k.) oldini olish maqsadida o’qituvchining domino qurilishini tugatishi maqsadga muvofiq.
Guruhda muhokama qilish uchun mumkin bo’lgan savollar:
Ishtirokchilar, ularga kimdir kelib qo’shilishini kutishlari davomida nimalarni his qildilar?
– Ular hammaga xos bo’lgan keng tarqalgan xususiyatlarni aytishga harakat qildilarmi yoki aksincha nima bilandir ajaralib turishga intildilarmi?
– Ular bir-birlari to’g’risida qanday yangiliklarni bilib oldilar?
– Ular guruhda kimdir unga o’xshashishni bilganlarida nimalarni his qildilar?

    • Kimdir ularga o’xshamasligini bilganlarida nimalarni his qildilar?

    • Guruhda shunchalik xilma xil odamlarning borligi yaxshimi yo yomon? Nima uchun?


o’qituvchi uchun eslatma
Kichik guruhlarda kasbiy qiyofani muhokama qilish ishlari yakunlarining muhokamalari davomida quyidagi sifatlar guruhiga kichik guruhlar diqqatini jalb qilish va xulosa chiqarish kerak:

  • Kasbiy mohirlik (mazkur kasb zimmasidagi mas’uliyatni his qilish; qaysidir faoliyatni doimiy mashg’ulot sifatida tanlash, bu mashg’ulotni kasbga aylantirish; kasbiy faoliyat me’yorlariga egalik qilish, yuqori samaradorlik; kasbiy mahorat; kasb doirasida bir necha kasbiy faoliyat turini qo’llay olish; kasbiy malaka; kasbiy muammolarni yechishda mustaqillik)

  • Kommunikativ vakolatliligi (masalan, hamkorlik qila olish, munosabatga kirishish, yengil moslashuvchanlik; empatiyalik; o’zgarishlarga tayyorlik, shaxslararo munosabatlardagi o’zgarishlar jarayoniga ta’sir ko’rsata olish; jamiyatda o’z kasbiy faoliyati natijalariga qiziqish uyg’ota olish)

  • Shaxsiy vakolatlilik (masalan, ijobiy Men-konsepsiyasining mavjudligi, o’zini qadrlay olish; egiluvchan kompensatorli moslashuvchanlik; o’z-o’zini tartibga olish; stresslarga chidamlilik).

Izoh: kichik guruh ishtirokchilari ishini yakunlash uchun ijtimoiy ish xodimining kasbiy muhim sifatlari va malakasi borasidagi boshqa turkumlashlarni qo’llash mumkin.
KEYS

Bizning mamlakatimizga ijtimoiy ish amaliyotida, uning paydo bo‘lishidan boshlab hozirgi vaqtgacha, ijtimoiy pedagogikaning asosiy, hal qiluvchi rol o‘ynashi xosdir. Bunda “ijtimoiy pedagogika” tushunchasi “maktabdagi ijtimoiy ish” tushunchasiga teng emasligini tushuntirish muhim. Ijtimoiy pedagogika yoki sotsiumdagi pedagogik munosabatlar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati uchun ilmiy asos sifatida ko‘riladi. Bu sotsiumdagi munosabatlarga tashxis qo‘yish, ularni aniqlash va pedagogik maqsadga muvofiq ta’sir etish imkonini beradi.


Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko‘lami katta va o‘zida hayotiy vaziyatlarning juda ko‘p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolliziyalarini mujassamlashtiradi.
quyidagi uchtagina misol yordamida hozirgi kun ijtimoiy pedagoglari va ijtimoiy xizmatchilari nima ishlar bilan bandligini tasavvur etish mumkin.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling