Buyuk chekinishi


Download 0.52 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1131771
Bog'liq
ATTESTATSIYA TESTLARI


TARIX

  1. Rus qo‘shinlarining birinchi jahon urushidagi “Buyuk chekinishi” quyidagi qaysi davlatning urushga kirish masalasini hal etdi? A) Turkiyaning B) Avstriya-Vengriyaning C) Serbiyaning D) Bolgariyaning

  2. Ozarbayjon milliy valyutasi − manat kimning Prezidentligi davrida joriy etilgan?

A) M.Mutalibov B) G.Aliyev C) I.Aliyev D) A.Elchibey

  1. Yaponiya pul birligi - iyen qachon mamlakatning yagona pul birligiga aylandi?

A)II jahon urushidan keyin B)Yaponiya chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan davrda
C)I jahon urushidan so‘ng D)Meydzi islohotlari davrida

  1. Qadimda Mitanni davlati hozirgi qaysi davlat hududida vujudga kelgan?

A) Turkiya B) Falastin C) Eron D) Suriya

  1. Qo‘qon xonligida oltin ma’dani qazib olingan joy nomi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Qorasuvning janubi B) Zarafshon daryosi quyi oqimi C) Ko‘krev daryosi D) Bobotog‘ning shimoli

  1. Polsha davlatiga kim tomonidan qachon asos solingan?

A) Vatslav, X asr boshlarida B) Meshko, X asrning o‘rtalarida
C) Bolislav, X asrning oxirlarida D) Svyatoslav, XI asrning boshlarida

  1. Manbalarda qayd etilishicha, Muhammad Shayboniyxon Eron safaviylariga qarshi kurash to‘g‘risida Turk sultonlaridan kim bilan shartnoma tuzgan? A) Boyazid II B) Murod II C) Sulton Salim D) Mexmed VI

  2. 1995-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzurida tuzilgan mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta’minlash, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organini aniqlang.

A)Milliy xavfsizlik kengashi B)Milliy xavfsizlik qo‘mitasi
C)Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari boshqarmasi D)Bojxona qo‘mitasi

  1. XVIII asrning II yarmidan boshlab Rossiya savdo iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada ortib bordi. Bunga sabab nimada edi? 1) Ingliz mollarining Markaziy Osiyoga kirib kelishi tobora ko‘payishi; 2) Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish; 3) Hindistonda Buyuk Britaniya ta’sirining kuchayib borayotganligi; 4) Rossiya aholisining Markaziy Osiyodan keltirilgan mollarga ehtiyoji balandligi va mollarning nihoyatda arzonligi; 5) Markaziy Osiyo xonliklarida inglizlar ta’sirining kuchliligi va xonliklarning inglizlar bilan ittifoqini yo‘qqa chiqarish zaruriyati; 6) Xonliklarning suv orqali savdo qilishda Rossiyaga qulayligi va savdo portlarining doimo ruslar uchun ochiqligi. A) 4, 6 B) 1, 5 C) 2, 3 D) 2, 6

  2. 1904-yildagi Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi bitimga ko‘ra, Marokash sultoni o‘z vazifasini bajara olmaslik ehtimoli borligi va shunday bo‘lib qolsa Marokash hududining Gibraltar bo‘g‘oziga bevosita tutash bo‘lgan qismini quyidagi qaysi davlatga berish belgilab qo‘yildi?

A) Fransiyaga B) Germaniyaga C) Ispaniyaga D) Buyuk Britaniyaga

  1. O‘zbekistonda neftni qayta ishlash komplekslarining barpo etilishida qaysi davlatning “Marubeni” va “Jey-Ji-Si” kompaniyalari katta hissa qo‘shgan? A) AQSh B) Yaponiya C) Janubiy Koreya D) Xitoy

  2. Quyida berilgan qabilalar va ular yashagan hududlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni toping. 1) massagetlar; 2) saka-tigraxauda; 3) saka-xaumovarka; 4) saka-tiay-taradarayya. a) Orol dengizi bo‘ylari va Sirdaryoning quyi oqimi; b) hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida; c) Pomir tog‘li tumanlari va Farg‘onada; d) Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida

A) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d B) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c D) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b

  1. XX asr 30-yillarida Buyuk Britaniya tashqi siyosatda duch kelgan ikki asosiy muammoni aniqlang. 1) fashistlar Germaniyasining Yevropadagi agressiv tashqi siyosati; 2) Sovet davlatining iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlanishi; 3) funt-sterlingning oltinga almashtiriladigan valyuta bo‘lmay qolganligi; 4) imperiya mustamlakalarida kuchaygan milliy-ozodlik harakati muammolari A) 3, 4 B) 1, 4 C) 1, 2 D) 2, 3

  2. Quyidagi qaysi davlatlar Millatlar Ligasiga bir yilda qabul qilingan? 1) SSSR; 2) Turkiya; 3) Iroq; 4) Germaniya; 5) Yaponiya A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 5 D) 1, 3

  3. Quyidagi qaysi voqealar orasida bir asrlik (100 yil) farq bor? 1) X.Kolumb ekspeditsiyasining boshlanishi; 2) “Yengilmas armada”ning mag‘lub bo‘lishi; 3) Braziliyaning kashf etilishi; 4) Avstraliyaning kashf etilishi; 5) “Ost-Indiya” kompaniyasining tuzilishi; 6) Atlantika orqali Hindistonga boradigan dengiz yo‘lining kashf etilishi A) 3, 5 B) 5, 6 C) 4, 5 D) 1, 2

  4. Andijonda Dukchi eshon qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan vaqtda Turkiston general-gubernatori bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) N.Korolkov B) A.Kuropatkin C) S.Duxovskoy D) A.Vrevskiy

  5. 1941-45-yillar oralig‘ida O‘zbekiston hududida qurilgan zavodlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Xilkovo zement zavodi; 2) Quvasoy kimyo zavodi; 3) Quvasoy zement zavodi; 4) Qo‘qon superfosfat zavodi; 5) Bekobod metallurgiya zavodi; 6) Farg‘ona gidroliz zavodi

A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4

  1. 1933-yilda AQShda sanoatni davlat tomonidan boshqarish tizimining joriy etilishiga olib kelgan qonunni aniqlang.

A)“Halol raqobatchilik to‘g‘risida” B)“Sanoatda davlat boshqaruvi va sanatsiya haqida”
C)“Sanoatni qayta tiklash haqida” D)“Sanoatni rivojlantirish o‘n yillik dasturi”

  1. Soliqlarning haddan tashqari ko‘pligidan norozi bo‘lgan O‘sh aholisi qo‘zg‘olon ko‘targan vaqtda (1845-yil) Namangan hokimi bo‘lib turgan shaxsni aniqlang. A) Murodxon B) Xudoyorxon C) Sheralixon D) Musulmonqul

  2. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida faoliyat yuritgan amaldorlarning vazifalari mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) devonbegi; 2) mushrif; 3) muhtasib; 4) mirzaboshi; a) amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul hisoblangan; b) moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishini boshqargan; c) shariat qoidalarining bajarilishi va ularga amal qilinishi masalalari bilan shug‘ullangan; d) soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ish va ularni hisobga olib borish bilan shug‘ullangan

A) 1 - d; 2 - c; 3 - a; 4 - b B) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 - a C) 1 - b; 2 - d; 3 - c; 4 - a D) 1 - a; 2 - d; 3 - c; 4 - b

  1. Shayboniyxon o‘limidan so‘ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, balki amakisi Ko‘chkunchi Sulton o‘tqazilishi sababini aniqlang.

A)Shayboniy avlodlari yosh bo‘lganligi sababli saroyda katta siyosiy nufuzga ega Ko‘chkunchi Sulton taxtni zo‘rlik bilan egallagan B)Ko‘chkunchi Sulton Abulxayrxonning o‘g‘li bo‘lganligi bois boshqa nomzod bo‘lmagan hamda xalqning talablariga binoan C)Shayboniylar urf-odatiga ko‘ra, vafot etgan xon o‘rniga taxtga yoshi katta shayboniy o‘tqazilishi lozim bo‘lgan D)Muhammad Shayboniyxon o‘z o‘limidan ancha oldin amakisi Ko‘chkunchi Sultonni taxt vorisi sifatida vasiyatnoma qoldirgan

  1. Qutayba ibn Muslim, Xuroson noibi bo‘lgach, harbiy yurishlarini qachon va qayerni zabt etishdan boshlaydi?

A)705-yilda Marv viloyati atroflarini B)707-yilda Buxoro viloyati atroflarini
C)704-yilda Balx viloyati atroflarini D)705-yilda Balx viloyati atroarini

  1. AQShning mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmasligining asosiy omillarini aniqlang. 1) juda katta hududga ega ekanligi; 2) harbiy jihatdan hali qoloqligi; 3) boy xomashyo zahiralariga egaligi; 4) mustamlakalardan katta foyda ola bilmasligi; 5) keng ichki bozorga ega bo‘lganligi; 6) AQSh hukmron doiralarining harbiy kuch ishlatishga qarshiligi A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 5, 6

  2. 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko‘ra imperator qanday huquqlarni o‘ziga saqlab qoldi? 1) parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; 2) vazirlarni lavozimiga tayinlash va chetlatish; 3) qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish; 4) qo‘shinlarning oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish; 5) soliqlar joriy etish; 6) urush e’lon qilish va sulh tuzish; 7) viloyat hokimlarini tayinlash A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 3, 5, 6, 7 D) 2, 4, 6, 7

  3. XX asr 80-yillari davomida Lotin Amerikasida harbiy diktatorlik hukumatlari birin-ketin tarix sahnasidan keta boshladi. Quyidagi davlatlarni harbiy-diktatorlar barham topgan yillariga ko‘ra xronologik tartibda to‘g‘ri joylashtirilgan javobni toping. 1) Boliviya; 2) Argentina; 3) Gonduras; 4) Peru; 5) Salvador

A) 1, 3, 4, 5, 2 B) 4, 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 5, 4 D) 4, 2, 3, 1, 5

  1. Arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga mansub asarni aniqlang. A) "Hidoya" B) "Tavilot a’hl as-sunna" C) "Al-Mufassal" D) "Al-Kashshof"

  2. 1689-yildagi Nercha shartnomasi qaysi davlatlar o‘rtasida imzolangan?

A) Rossiya va Eron o‘rtasida B) Xitoy va Manjurlar o‘rtasida
C) Rossiya va Finlyandiya o‘rtasida D) Rossiya va Manjurlar o‘rtasida

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar yetkazib beradigan «Kommunar» va «Stroymashina» zavodlari respublikamizning qaysi shahrida joylashgan edi?

A) Toshkent B) Samarqand C) Qo‘qon D) Andijon

  1. Janubi-Sharqiy Osiyo mudofaasi (SEATO) to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan davlatlarni aniqlang.

A)Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand B)Fransiya, Pokiston, Tailand, Hindiston
C) Birma, Yangi Zelandiya, Filippin, Indoneziya D)Angliya, AQSh, Avstraliya, Fransiya

  1. Fransiyada gotika uslubida bunyod etilgan ibodatxonalarni ko‘rsating. 1) Ruan; 2) Milan; 3) Reyms; 4) Laax; 5) Bibi Maryam; 6) Shartr; 7) Avliyo Mark; 8) Axen

A) 5, 6, 7, 8 B) 2, 4, 5, 7 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6

  1. Buddaviylik dini paydo bo‘lgan davrda jahon tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Makedoniyalik Aleksandr sharqqa yurish boshladi. B)Saklarning harbiy qabila ittifoqi vujudga keldi.
C) Yunon-fors urushlari bo‘lib o‘tdi. D)Qadimgi Afrosiyob shahriga asos solindi.

  1. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi nihoyasiga yetgan davrni ko‘rsating.

A) XV asr B) XIV asr C) XVII asr D) XVI asr

  1. O‘rtayer dengizi bo‘ylab joylashgan savdo manzilgohlari - faktoriyalar tizimini yaratgan savdogarlar qaysi davlatdan edilar? (O‘rta asrlar) A) Vizantiya B) Fransiya C) Italiya D) Ispaniya

  2. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixiga oid to‘g‘ri ma’lumotni toping.

A)1882-yilda Misr qo‘shini rahbarlaridan biri Jamoliddin al-Afg‘oniy Qohirada oliy davlat organi - Muvaqqat Kengash tuzdi. B)XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimoli-g‘arbida, ya’ni arablar yashamaydigan hududlarda mutlaq podsholik tuzumlari hukm surardi. C) 1888-yildagi konvensiyaga ko‘ra Suvaysh kanalidan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik vaqtida bo‘lsin, erkin foydalanish huquqini olishdi. D)XIX asrning oxirida Misr, Tripolitaniya, Kirenaika va Tunis amalda Turkiya sultoniga itoat etardi.

  1. Turkistondagi sovet hokimiyati rahbarlari tomonidan Amudaryo bo‘limida Xiva xonligi tuzumiga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan harbiy dastalarga kimlar boshchilik qilgan? A) N.A.Shaydulin va M.V.Frunze B) N.B.Sherbakov va N.K.Shomansurov C) Sh.Eliava va Kuybishev D) N.A.Shaydakov va N.M.Sherbakov

  2. Nechanchi yilda va kim boshchiligida xioniylar So‘g‘dga bostirib kirganlar?

A) 355-yil, Malxut B) 351-yil, Xion C) 353-yil, Grumbat D) 353-yil, Sumbat

  1. “Shahanshohbank“ ochish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra bank qanday huquqlarni olganligini toping. 1) qog‘oz pullar chiqarish; 2) o‘z aksiyalarini muomalaga chiqarish; 3) mamlakat yer osti boyliklaridan erkin foydalanish; 4) Eronda sanoat korxonalari qurilishini moliyalashtirish A) 2, 4 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 1, 3

  2. Angliyada kimning hukmronligi davrida cherkovga qarashli yerlarning 2/3 qismi sotib yuborildi?

A) Yelizaveta I B) Yakov VI C) Mariya D) Genrix VIII

  1. 1945-yil fevralda qaysi davlatning Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilishi unga Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sis konferensiyasida qatnashish huquqini berdi?

A) Misr B) Meksika C) Braziliya D) Iroq

  1. Yaponiyaga birinchi bo‘lib Yevropaning qaysi davlati savdogarlari qachon kirib kelganligini aniqlang.

A) XVI asrda portugallar B) XV asrda inglizlar C) XV asrda ispanlar D) XVI asrda fransuzlar

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda tuzilgan, milliy qo‘shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta’lim berishda katta rol o‘ynagan zaxiradagi diviziyani toping.

A) 353-o‘qchi diviziya B) 258-o‘qchi diviziya C) 24-o‘qchi diviziya D) Panfilov diviziyasi

  1. Ma’lumki, XVIII asrga kelib Xiva xonligida qabilalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan so‘ng Qozoq xonligidan chingiziy hukmdorlarni chiqarish boshlangan edi. Ulardan birinchi bo‘lib kim va qachon Xiva taxtiga o‘tirgan?

A) Elbarsxon, 1728-yil B) Muhammad Amin, 1761-yil C) Tavakkal, 1720-yil D) Eltuzar, 1713-yil

  1. Angliyada kontrreformatsiya yuz bergan vaqtda Vatanimiz tarixida sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Abdullaxon II Balx va Samarqandni egalladi. B)Imomqulixon Toshkent yerlarini qozoqlardan xalos etdi. C)Abdullaxon II Buxoro taxtini amalda egalladi. D)Vali Muhammad hukmronligi boshlandi.

  1. Harbiy diktatorlik hukumatlarining tarix sahnasidan ketishi yillari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Peru; 2) Gvatemala; 3) Boliviya; 4) Argentina; 5) Salvador; a) 1983; b) 1980; c) 1985; d) 1982; e) 1989

A) 1-b; 2-a; 3-d; 4-c; 5-e B) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a; 5-e C) 1-e; 2-c; 3-d; 4-b; 5-a D) 1-c; 2-d; 3-b; 4-a; 5-e

  1. Hindistonda 1890-yilda shakllangan "so‘l" radikal oqimga kim rahbarlik qilgan?

A) Bal Gangadxara Tilak B) Morarji Desay C) Robindranat Thokur D) Kesari

  1. Tropik Afrika davlatlari tarkibiga kirmagan davlatni aniqlang.

A) Eritreya B) Nyasalend C) Lesoto D) Serra-Leone

  1. Quyidagi davlatlardan qaysi birining konstitutsiyasi 1924-yilning 20-aprelida qabul qilingan?

A) Turkiya Respublikasi B) Germaniya C) Fransiya Respublikasi D) Eron

  1. Yaponiya floti Port-Arturga hujum uyushtirgan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Fransiya va Buyuk Britniya o‘rtasida bitim imzolandi. B)Bur Respublikasi Britaniya mulklari tarkibiga qo‘shib olindi. C)Germaniya Qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontga urush olib borish rejasini ishlab chiqdi. D)Yosh turklar Parijda o‘zlarining birinchi qurultoyini o‘tkazdilar.

  1. Xitoyda to‘rt asr davom etgan o‘zaro urushlarga barham berilib, yagona davlatga birlashish qachon yuz bergan? A) V asrning I yarmida B) VI asrning I yarmida C) VI asrning II yarmida D) IV asrning II yarmida

  2. Xiva xonligi tarixi to‘g‘risidagi asarlar bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlar orasidan to‘g‘rilarini belgilang. 1) XVIII asrda yashagan Hasanbek Rumluning “Eng go‘zal tarix” asari XVI asrning I yarmidagi Xiva tarixiga bag‘ishlangan. 2) Abulg‘oziyxon Bahodirning “Shajarayi turk” asarining X bobi Xiva-Buxoro munosabatlariga bag‘ishlangan. 3) “Firdavs-ul iqbol” asari Xivaning XVI asrdan 1812-yilgacha bo‘lgan tarixini qamrab olgan. 4) Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixi Yusufbek Bayoniy tomonidan yaratilgan.

A) 1, 2 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 3, 4

  1. Sharqiy Turkistonliklarning Sin imperiyasiga qarshi Jahongirxo‘ja boshliq milliy ozodlik kurashi boshlangan yilni toping. A) 1824-yil B) 1823-yil C) 1826-yil D) 1825-yil

  2. Turkiyada nechanchi yillarda harbiy to‘ntarish bo‘lib o‘tgan? 1) 1960-yil; 2) 1966-yil; 3) 1971-yil; 4) 1975-yil; 5) 1978-yil A) 2, 5 B) 3, 5 C) 1, 3 D) 2, 4

  3. “Risolai aziza” asarining muallifini aniqlang.

A) Sadriddin Ayniy B) Xo‘ja Hofiz C) Nozir Sholikarov D) So‘fi Olloyor

  1. Buyuk Karl davriga oid voqeani aniqlang.

A)20 yillik urushdan so‘ng sakslar bo‘ysundirilgan B)xalq maktabi joriy etilgan
C)Yevropada ilk graflikga asos solingan D)an’anaviy xalq lashkari tuzilgan

  1. Pyotr I kimning bergan ma’lumotlari ta’sirida o‘zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi va ikki harbiy ekspedisiya tashkil etadi? A) Haqquli B) Xoja Nafas C) Qulibek D) I.Xoxlov

  2. Ismoil G‘aspirali tomonidan Boqchasaroyda va Buxoro amirligida birinchi jadid maktablari ochilgan yillarni toping. A) 1884, 1894-yillar B) 1888, 1894-yillar C) 1888, 1893-yillar D) 1884, 1893-yillar

  3. Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini qaysi shaharga ko‘chirgan?

A)qadimgi Tuproqqal’a shahriga B)qadimgi Qo‘yqirilganqal’a shahriga
C)qadimgi Jonbosqal’a shahriga D)qadimgi Kat shahriga

  1. Quyida nomlari keltirilgan Qadimgi dunyo hukmdorlarining ular hukmronlik qilgan davlatlari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Ashoka, Chandragupta; 2) Solon, Perikl, Drakont; 3) Sezar, Oktavian Avgust; 4) Sin Shixuandi, U Di; a) Xitoy; b) Yunoniston; c) Rim imperiyasi; d) Hindiston.

A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c D) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b

  1. Qo‘ng‘irot qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin inoqlik lavozimiga ko‘tarilgan vaqtda Qo‘qon xonligi taxtini boshqargan hukmdorni aniqlang.

A) Abdukarimbiy B) Erdonabiy C) Olimbek D) Norbo‘tabiy

  1. Yangi tarixning birinchi davrida Germaniya imperiyasida iqtisodiy tushkunlik boshlangan davrni aniqlang.

A) XVI asrning ikkinchi yarmidan B) XVI asrning boshlaridan
C) XV asrning ikkinchi yarmidan D) XVI asrning birinchi yarmidan

  1. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyshmalari vujudga keldi? 1) Pitnak; 2) Xonqa; 3) Bog‘ot; 4) Hazorasp; 5) Yangi Urganch; 6) Toshhovuz; 7) Ko‘hna Urganch; 8) Xiva

A) 1, 2, 3, 7 B) 2, 3, 6, 8 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 4, 5, 7

  1. Venetsiyalik sayyoh Marko Poloning Uzoq Sharq va Xitoyga qilgan safari davriga to‘g‘ri keluvchi voqeani aniqlang.

A)Usmonli turklar davlati asoschisi Usmon I taxtga o‘tirdi. B)Movarounnahr noibi Ma’sudbek pul islohotini amalga oshirdi. C)Moskva knyazligi taxtiga Ivan Kalita o‘tirdi. D)Oltin O‘rda xoni Berkaxon jangda halok bo‘ldi.

  1. Vengriya hukumati tomonidan Xorvatiya Seymi tarqatib yuborilib, Konstitutsiyasi to‘xtatib qo‘yilgan yilda quyidagi qaysi voqea ro‘y bergan?

A)Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun 2 til joriy qilindi B)Chexiyada qamal holati joriy qilindi
C)Avstriya-Vengriyada og‘ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi D)Avstriya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi

  1. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriyaga qaysi davlatlar banklari qarz berish, sanoatga mablag‘lar yo‘naltirish orqali mamlakatni o‘z kapitallari bilan to‘ldirib tashladilar? A) Angliya, Fransiya, Portugaliya B) Germaniya, Angliya, AQSh C) Fransiya, Belgiya, Germaniya D) Germaniya, Ispaniya, Italiya

  2. Quyidagi qaysi asarlar Qadimgi Yunonistonda yaratilgan? 1) "Iliada", "Odisseya"; 2) "Rigveda", "Avesto"; 3) "Shoh Edip", "Antigona"; 4) "Olamning yaratilishi haqida afsona", "To‘fon rivoyati"; 5) "Arilar", "Qushlar", "Baqalar"; 6) "Eneida", "Marhumlar kitobi" A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 4 D) 2, 4, 6

  3. Samarqandda istilochilarga qarshi Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni yuz bergan paytda arab xalifasi bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) Xorun ar-Rashid B) Ma’mun C) Abu Jafar D) Abu Mansur

  4. Ma’lumki, XIX asr o‘rtalarida Markaziy Osiyoda uchta xonlik mavjud bo‘lib, ular ma’muriy jihatdan bekliklarga bo‘lingan. Xonliklar tarkibidagi bekliklar soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Buxoro amirligi; 2) Xiva xonligi; 3) Qo‘qon xonligi; a) 18 ta; b) 27 ta; c) 15 ta

A) 1 - b; 2 - a; 3 - c B) 1 - a; 2 - c; 3 - b C) 1 - c; 2 - a; 3 - b D) 1 - b; 2 - c; 3 - a

  1. Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan Qo‘ng‘irot va Chimboy shaharlari qachon barpo etilgan?

A)XVI asrning oxiri-XVII asrning boshlarida B)XV asrning oxiri-XVI asrning boshlarida
C)XVII asrning oxiri-XVIII asrning boshlarida D)XVIII asrning oxiri-XIX asrning boshlarida

  1. "Al-izoh" jurnali ... ning nashriy organi hisoblangan.

A) "Sho‘royi Ulamo" B) "Yosh turklar" C) "Sho‘royi Islomiya" D) "Yosh buxoroliklar"

  1. Bolasog‘un shahri poytaxt bo‘lib xizmat qilgan davlatlarni aniqlang. 1) Qoraxitoylar davlati; 2) O‘g‘uzlar davlati; 3) Qoraxoniylar davlati; 4) Turk xoqonligi A) 1, 3 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 2

  2. Fon Kaufman Turkiston general-gubernatori lavozimini egallab turgan davrda jahon tarixida quyidagi voqealardan qaysilari yuz bergan? 1) Fransiya-Prussiya urushi bo‘lib o‘tdi. 2) Uchlar Ittifoqi tuzildi. 3) Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga "Yer-suv akti"ni taklif qildi. 4) Porfilio Dias Meksika prezidenti deb e’lon qilindi. 5) O‘rta Osiyo chor Rossiyasiga to‘la bo‘ysundirildi. 6) Rim Italiya qirolligi poytaxti deb e’lon qilindi.

A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 3, 4, 6 D) 3, 4, 5, 6

  1. Buyuk Britaniyaning qaysi bosh vazir boshchiligidagi hukumati kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turish maqsadida daromadidan qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish siyosatini qo‘lladi?

A) G. Braun B) G. Vilson C) M. Tetcher D) J. Meyjor

  1. Quyidagi qurollar ilk bor qachon qo‘llanilganligi sanasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) suv osti kemalari; 2) zaharli gaz (xlor); 3) tank; 4) ognemyot; a) 1917-yil noyabr; b) 1916-yil iyul; c) 1915-yil may; d) 1915-yil aprel A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a; B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d; C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a; D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d;

  2. Quyidagi qaysi davlatlarning boshliqlari hozirgi kunda ham Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadi? 1) Janubiy Afrika Ittifoqi; 2) Kanada; 3) Janubiy Irlandiya; 4) Avstraliya; 5) Yangi Zelandiya; 6) Hindiston

A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 6

  1. Otto fon Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo‘ygan yilda vatanimiz tarixida sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Kalif bekligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi. B)Ko‘lob bekligida qo‘zg‘olon bostirildi.
C)Andijonda Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. D)Matyoqub pishiq boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi.

  1. Nima sababdan AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi?

A)BMTda AQShning agressor davlat sifatida qoralanishi B)Sovet qo‘shinlarining Shimoliy Koreyaga kiritilishi C)Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy Koreyaga harbiy yordam ko‘rsatishi D)SSSRning Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo‘lib qolishi

  1. Turk sultoni Salim I Eron shohi ittifoqchisi bo‘lgan Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashiga yo‘l ochgan g‘alabaga qachon erishgan? A) 1513-yilda B) 1510-yilda C) 1514-yilda D) 1511-yilda

  2. O‘rta asrlarda Fransiyada qirolning markazlashtirish siyosatiga kimlar qarshi edilar?

A)dehqonlar va hunarmandlar B)shaharliklar, mayda va o‘rta feodallar
C)yirik feodallar, savdogarlar va shaharliklar D)yirik dunyoviy va diniy feodallar

  1. O‘zbekistonda 1943-1944-yillarda yangidan ochilgan institutlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Chimboy pedagogika instituti; 2) Marg‘ilon o‘qituvchilar instituti; 3) Toshkent teatr san‘ati instituti; 4) Andijon tillar instituti; 5) Toshkent pediatriya instituti A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5

  2. 1821-yilda Gvineya qirg‘oqlarida tashkil etilgan manzilgoh qanday atalgan?

A) Kalaxari B) Monroviya C) Bushmeniya D) Zambeziya

  1. Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxonning ijoddagi taxallusi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) “Ubayda” B) “Qul Ubaydiy” C) “Kulliyot” D) “Jondullo”

  1. Xiva xonligida mamlakat miqyosida soliqlar yig‘ilishiga javobgar bo‘lgan amaldorlarni belgilang.

A) devonbegi va naqib B) qoshbegi va mushrif C) mehtar va otaliq D) mehtar va qo‘shbegi

  1. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang.

A)Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi e’lon qilindi. Turkiyada xalifalik tugatildi. B)O‘rta Osiyo iqtisodiy Kengashi tuzildi. Germaniyada V.Kuno boshchiligidagi hukumat millatchilik g‘oyalarini avj oldirdi. C)Xivada Xorazm Kompartiyasining ta’sis konferensiyasi bo‘ldi. Afg‘onistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. D)O‘zbek musiqa teatriga asos solindi. AQSh Kongressi "Fermerlarga yordam haqida" qonun qabul qildi.

  1. Movarounnahr va Xuroson hududlarida somoniylar davlati hukm surgan yillarni ko‘rsating.

A) 805-999-yillar B) 873-996-yillar C) 865-999-yillar D) 871-996-yillar

  1. O‘zbekistonda Berdaq tavalludining 170 yilligi nechanchi yilda keng nishonlandi?

A) 1997-yilda B) 1998-yilda C) 1996-yilda D) 1999-yilda

  1. Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan Shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan Xiva xonini aniqlang.

A) Olloqulixon B) Muhammad Rahimxon I
C) Eltuzarxon D) Muhammad Rahimxon II

  1. Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi va birinchi gimnaziya ochilgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) 1889-, 1894-yillar B) 1885-, 1911-yillar C) 1884-, 1896-yillar D) 1884-, 1894-yillar

  2. Gitlerni "tinchlantirish" siyosatining tashabbuskori bo‘lgan siyosiy arbobni aniqlang.

A) Fransiya hukumati rahbari J.Daladye B) AQSh prezidenti F.Ruzvelt
C) Buyuk Britaniya bosh vaziri N.Chemberlen D) Buyuk Britaniya bosh vaziri S.Bolduin

  1. Xiva xonligida faoliyat yuritgan Oliy Kengash majlislari qancha muddatda o‘tkazilgan?

A) oyiga ikki marta B) oyiga bir marta C) oyiga uch marta D) haftasiga bir marta

  1. XIX asrda Janubiy Afrikada olmos (1) va oltin (2) konlari topilgan vaqtlarni belgilang. a) 50-yillarda; b) 60-yillarda; c) 70-yillarda; d) 80-yillarda A) 1 - d; 2 - b B) 1 - c; 2 - d C) 1 - b; 2 - c D) 1 - a; 2 - b

  2. Arab xalifaligi davrida aholidan daromadning 10 foizi hisobida undirilgan va idora ishlari uchun sarflangan soliq turini aniqlang. A) kalon B) ushr C) begar D) targ‘u

  3. Quyidagi qaysi voqeaning sodir bo‘lish vaqti Amir Temur va Amir Husayn o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi?

A)Muhammad Tug‘luqning Dehli sultonligi taxtiga o‘tirishi B)Angliyada qo‘shimcha jon solig‘ining joriy qilinishi C)Xitoyda Min imperiyasining tashkil topishi D)Choson qirolligida Li sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi

  1. Xiva xonligida tashkil etilgan Kichik Kengash tarkibiga qaysi amaldorlar kiritilgan? 1) xon; 2) qozikalon; 3) mehtar; 4) qo‘shbegi; 5) naqib; 6) devonbegi; 7) otaliq; 8) shayxulislom; 9) bey

A) 1, 3, 4, 5, 6, 8 B) 1, 2, 4, 5, 7, 9 C) 2, 3, 5, 7, 8, 9 D) 1, 3, 4, 6, 7, 8

  1. Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurash davrida (XVI asr) quyidagi hududlarining qaysi birlari Ispaniya tomonidan keyinroq zabt etilgan?

A) Kolumbiya, Ekvador B) Chili, Argentina C) Kolumbiya, Peru D) Ekvador, Boliviya

  1. Vizantiyada Yustinian I ning hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 715-741-yillar B) 481-511-yillar C) 527-565-yillar D) 463-555-yillar

  1. Quyidagi voqealarni bo‘lib o‘tgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1) "Uchlar Ittifoqi"ning vujudga kelishi; 2) Germaniyaning imperiya deb e’lon qilinishi; 3) Braziliyada qullarning ozod qilinishi; 4) Fransiyada Uchinchi respublika Konstitutsiyasining qabul qilinishi. a) 1875-y.; b) 1888-y.; c) 1871-y.; d) 1882-y.

A) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d

  1. Amir Temur Tarozdan to Xo‘tangacha bo‘lgan hududlarni kimga suyurg‘ol qilib bergan?

A) Mirzo Umar ibn Mironshohga B) Mirzo Ulug‘bekka C) Pirmuhammad Jahongirga D) Ibrohim Sultonga

  1. Nechanchi yilda Avstriya hukumati Bismarkdan o‘rnak olib ishchilar harakatiga qarshi "favqulodda qonun" joriy etdi? A) 1889-yil B) 1885-yil C) 1884-yil D) 1886-yil

  2. 1985-yilda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati kompleksida qaysi tarmoq sanoati yetakchi o‘rinda turardi?

A) yog‘-moy B) sut-go‘sht C) makaron D) qandolat

  1. Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur bo‘lgan (a) va AQSh Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining yetakchi mavqeini amalda yo‘qqa chiqara olgan (b) yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) a-1921-yil; b-1939-yil B) a-1920-yil; b-1930-yil C) a-1919-yil; b-1929-yil D) a-1921-yil; b-1929-yil

  1. Qo‘qon xonligida hukmronlik qilgan xonlar to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping.

1) Olimxon; 2) Erdonabiy; 3) Umarxon; 4) Norbo‘tabiy A) 4, 2, 1, 3 B) 1, 3, 2, 4 C) 2, 4, 1, 3 D) 1, 2, 3, 4

  1. Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g‘alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini kim topshirgan? A) Qulibek B) Haqquli C) Ernazar D) Xoja Nafas

  2. Buyuk Britaniyada kimning davrida "narx-navo va daromadlar" siyosati bekor qilingan? (XX asrning II yarmi)

A) T. Vilson B) G. Vilson C) E. Xit D) A. Iden

  1. Quyidagi qaysi oliy o‘quv yurtlari XX asrning 70-yillarida tashkil etilgan?

A)Toshkent pediatriya va Andijon tillar pedagogika instituti B)Toshkent elektrotexnika aloqa va Toshkent fizkultura institutlari C) Nukus davlat universiteti va Toshkent avtomobil yo‘llar instituti D)Andijon paxtachilik va Sirdaryo pedagogika institutlari

  1. 1979-yilda AQSHning mustamlakachilik tayanchlari ag‘darilgan davlatlarni belgilang.

A) Afg‘oniston va Sharqiy Pokiston B) Vyetnam va Tunis C) Eron va Nikaragua D) Xitoy va Meksika

  1. Quyida keltirilgan ibodatxonalar qaysi shaharda joylashganligi mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping.

1) Amon-Ra ibodatxonasi; 2) Osiris ibodatxonasi; 3) Parfenon ibodatxonasi; 4) Panteon ibodatxonasi; a) Afina (Akropol); b) Geliopol (Baolbek); c) Abidos; d) Rim
A) 1-s; 2-b; 3-a; 4-d B) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d C) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d D) 1-a; 2-d; 3-c; 4-b

  1. Ilk o‘rta asrlarda qaysi davlatning ayrim tangalarida hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan?

A) So‘g‘d B) Toxariston C) Choch D) Xorazm

  1. Buxoro amirligida suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lash bilan birga yana qanday majburiyatni bajarishi lozim edi?

A)oliy hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra o‘z qo‘shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi B)amirlikdagi qurilishlar uchun o‘z mablag‘idan ulush ajratishi va mardikorlar yuborishi C)ushbu yerlarda yashovchi aholini yangi kanallar qazish ishlariga safarbar etishi D)yiliga bir marotaba amir saroyida bazm uyushtirishi

  1. Quyidagi o‘rta asrlarga oid me’moriy yodgorliklar qaysi uslubda yaratilganligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Al-Hamro saroyi; 2) Laax ibodatxonasi; 3) Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi; 4) Avliyo Mark ibodatxonasi. a) vizantiya uslubi; b) gotika uslubi; c) roman uslubi; d) arab uslubi.

A) 1-d; 2-a; 3-c; 4-b B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d D) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a

  1. Quyidagi qo‘zg‘olonlarni ularning bo‘lib o‘tgan sanalari bilan mos ravishda keltirilgan javobni aniqlang. 1. Boljuvon bekligidagi qo‘zgolon; 2. Ko‘lob bekligidagi qo‘zg‘olon; 3. Kalif bekligidagi qo‘zg‘olon; 4. Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni; 5. Yetimxon qo‘zg‘oloni; a) 1902-yil; b) 1888-yil; c) 1885-yil; d) 1889-yil; e) 1878-yil

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b, 5-e D) 1-e, 2-b, 3-d, 4-c, 5-a

  1. XIX asrda qoraqalpoq hunarmandlari necha yoshli bolalarni shogirdlikga qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatgan? A) 12-13 yoshli B) 8-10 yoshli C) 7-8 yoshli D) 14-15 yoshli

  2. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiya taraqqiyotining qaysi xususiyatlari jihatidan Rossiyaga o‘xshab ketardi?

A)hokimiyatning burjuaziya qo‘lida ekanligi B)kapitalizm taraqqiyotining mehnatkash aholiga, ayniqsa, dehqonlarga qulaylik yaratish yo‘llari bilan bog‘liqligi C)monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketganligi D)hokimiyat ishlaridan pomeshchik-burjuaziya blokining uzoqlashtirilishi

  1. Buyuk Britaniya parlamenti Lloyd-Jorj hukumatiga ishchilar harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar bergan yili bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

A)Buyuk Britaniyada konchilar talabini qondirishni istamagan kon egalari lokaut e’lon qildilar. B)Fransiyada urushdan keyingi birinchi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. C)Germaniyada Veymar Respublikasi tashkil topdi. D)Sovet Rossiyasining M.Frunze boshchiligidagi Janubiy front qo‘shinlari Qrimni to‘la egalladi.

  1. Eron shohi Nodir Quli o‘ldirilgan yilda ...

A)taxt uchun uzoq davom etgan kurashlardan so‘ng Do‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi B)Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida ingliz-afg‘on do‘stlik shartnomasi imzolandi C)Qandahor xonligi hukmdori Mir Mahmud o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi D)afg‘on qabila xonlarining jirg‘asi afg‘onlarning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg‘oniston shohi deb e’lon qildi

  1. XIX asrning I yarmida Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi harbiy harakat boshlagan yilda ....

A)Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda ikkita istehkom qurdi B)Katta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o‘tdi C)Rossiya hukumati polkovnik F.Berg ekspeditsiyasi orqali Markaziy Osiyoga boradigan yo‘llarni aniq belgilab oldi D)Rossiya Xiva xonligiga qarshi harbiy yurish boshladi

  1. Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan Sin sulolasi taxtdan voz kechishga majbur bo‘lgan yilda...

A)Eron 1907-yildagi Rossiya va Buyuk Britaniyaning ta’sir doiralari haqidagi bitimni tan olishga majbur bo‘ldi B)ko‘p yillik muhojirlikdan so‘ng Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi C)Turkiyada "Hurriyat va birdamlik" hukumati ag‘darildi D)Hindistonda mustamlaka ma’muriyati ish vaqtini 12 soat qilib cheklash haqida qonun qabul qildi

  1. Kichik juz qozoqlari bilan Katta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o‘tgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) 1732, 1747-yillar B) 1732, 1745-yillar C) 1739, 1740-yillar D) 1739, 1747-yillar

  2. Fransiya qiroli Genrix IV diniy urushlarni to‘xtatish va mamlakat yaxlitligiga erishish uchun "Nant edikti"ni imzolagan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Angliya-Ispaniya harbiy dengiz flotlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. B)Ispaniya Gollandiya mustaqilligini tan oldi. C)Angliyada Tyudorlar sulolasi o‘rniga Styuartlar taxtni egalladi. D)Rusda Ryurikovlar sulolasi hukmronligi barham topdi.

  1. XVI asrda yaponlarga o‘qotar qurollar yasash san’atini o‘rgatgan yevropalikni aniqlang.

A) Plano Kapraniy B) Kristiyan Kuper C) Anketil Dyuperon D) Mendish Pintu

  1. Birinchi jahon urushi yillarida rus podshosi farmoni bilan Turkiston o‘lkasidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan aholining qaysi qismi urushga safarbar etilgan?

A)aholining yevropalik qismi vakillari B)ham mahalliy, ham yevropalik qismi vakillari
C)mahalliy aholi vakillari D)aholining uyg‘ur va yahudiylardan iborat qismi

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonch aks ettirilgan asarlarni mualliflari bilan to‘g‘ri juftlab ko‘rsating. 1) “Maktub”; 2) “Jangchi Tursun”; 3) “Ona kuzatmoqda”; 4) “Nayzamiz”; a) Sulton Jo‘ra; b) Uyg‘un; c) Maqsud Shayxzoda; d) Hamid Olimjon

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a

  1. Qadimgi yunonlar Mesopotamiya deb atagan hududda qaysi davrga kelib Ur, Uruk, Lagash, Umma kabi shahar-davlatlar vujudga kela boshladi?

A) mil.avv. I mingyillik boshlarida B) mil.avv. IV mingyillik boshlarida
C) mil.avv. III mingyillik oxirlarida D) mil.avv. IV mingyillik oxirlarida

  1. Quyidagi yirik davlatlarni XIX asr oxirida ular tomonidan bosib olingan mustamlakalarning yer maydoniga qarab kamayish tartibida (kattasidan kichigiga tomon) joylashtirilgan javobni aniqlang. 1) Buyuk Britaniya; 2) Fransiya; 3) Germaniya A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 2 C) 3, 2, 1 D) 2, 1, 3

  2. O‘rta asrlar Yevropa universitetlarining ular tashkil topgan davlatlar bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Italiya; 2) Ispaniya; 3) Fransiya; 4) Angliya; a) Oksford; b) Tuluza; c) Bolonya; d) Seviliya

A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

  1. 1921-yilda imzolangan shartnomalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) AQSh-Germaniya tinchlik shartnomasi; 2) Buyuk Britaniya-Sovet Rossiyasi savdo shartnomasi; 3) Germaniya-Sovet Rossiyasi savdo shartnomasi; 4) Sovet-afg‘on do‘stlik shatnomasi; 5) To‘rtlar shartnomasi; 6) Italiya-Ispaniya do‘stlik shartnomasi; 7) Sevr shartnomasi A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 2, 6, 7

  2. Vizantiya tarixchilari tomonidan "slavyanlar" atamasi qachondan boshlab ishlatilgan?

A) mil.avv. II-I asrlardan B) IV asrdan C) V asrdan D) VI asrdan

  1. Yuliy Sezar o‘limidan so‘ng Rimda respublikani tiklashga uringan Brut qo‘shinini tor-mor keltirgan ittifoqchilarni aniqlang. 1) Oktavian; 2) Pompey; 3) Krass; 4) Mark Antoniy. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3

  2. Milliy istiqlol yillaridagi O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi hamkorligi bilan bo‘g‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) 1992-yil 30-mayda I.Karimov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan shartnoma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. 2) 2005-yil dekabrda Rossiya rahbari V.Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida "Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim" imzolandi. 3) 2004-yil 16-iyunda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 15-moddadan iborat "Strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim" imzolandi. 4) 2010-yil 19-20-aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Rossiya Prezidenti V.Putin taklifiga ko‘ra Moskvaga tashrif buyurdi.

A) 2, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 3

  1. 1517-yilda Qohira shahrini egallagan hukmdorni aniqlang.

A) shoh Taxmasp B) Sulton Salim I C) Ismoil Safaviy D) Muhammad Shayboniyxon

  1. Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi qachon tashkil etilgan?

A) 1921-yilda B) 1920-yilda C) 1919-yilda D) 1922-yilda

  1. Mo‘g‘ullarga qarshi kurashda nom qozongan tarixiy shaxslarni aniqlang. 1) Najmiddin Kubro; 2) Tug‘luq Temur; 3) Jaloliddin Manguberdi; 4) Abu Muslim; 5) Temur Malik; 6) Abruy; 7) Mahmud Torobiy

A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 6, 7

  1. O‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo‘lib kiritgan ijodkorning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asarini toping.

A) “Hapalak” B) “Majmuayi shoiron” C) “Zarbulmasal” D) “Devoni Mashrab”

  1. Xiva xoni Eltuzarxonning 1806-yildagi topshirig‘i bilan yozilgan tarixiy asarni belgilang.

A) "Dili g‘aroyib" B) "Shohidi iqbol" C) "Shajarayi turk" D) "Firdavs ul-iqbol"

  1. Quyidagi tarixiy voqealardan bir yilda sodir bo‘lganlarini toping. 1. "Tunminxay" siyosiy tashkiloti tuzildi. 2. "Minbao" gazetasi chiqarila boshladi. 3. Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi. 4. Xitoyning janubida hukumatning siyosatiga qarshi "Ikkinchi inqilob" deb nomlangan qo‘zg‘olon boshlanib ketdi. 5. Nankinda to‘plangan inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi Sun Yat Senni Xitoy Respublikasining vaqtincha Prezidenti etib sayladi. A) 4, 5 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 3

  2. ANZYUS harbiy siyosiy bloki tuzilganda uning tarkibiga qaysi davlatlar kirgan? 1) Avstraliya; 2) Pokiston; 3) Fransiya; 4) Yangi Zelandiya; 5) Buyuk Britaniya; 6) AQSh A) 1, 4, 6 B) 4, 5, 6 C) 2, 5, 6 D) 2, 3, 4

  3. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davri tarixiy voqealari batafsil yoritilgan asar nomini ko‘rsating.

A) "Xudoyqul Anvar" B) "Shohnomayi Nusratpoyon" C) "Tarixi muhojiron" D) "Tarixi Jahonnomayi"

  1. Eron hukmdori Nodirshoh qo‘shinlari Xivani o‘ziga bo‘ysundirgan yildan 100 yil o’tgach sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Muhammad Ali Misr va Sudanni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi. B)Rim Papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon qildi. C)Muhammad Alixon Qo‘qon xonligi taxtidan voz kechdi. D)Xiva va Rossiya o‘rtasida "Majburiyatlar akti" imzolandi.

  1. 1944-yil yanvar oyida gitlerchilar harbiy asirlardan tuzilgan "Turkiston legioni" otryadini qaysi hududdagi partizanlarga qarshi jangga soladilar? A) Polshadagi B) Bolgariyadagi C) Chernogoriyadagi D) Belorussiyadagi

  2. Hindistonda bo‘ysunmaslik harakatining ikkinchi bosqichi boshlangan yilni ko‘rsating.

A) 1934-yil B) 1930-yil C) 1932-yil D) 1933-yil

  1. Qaysi xalifa hukmronligi davrida arab qo‘shinlari Dog‘istonni egalladi? A) Usmon B) Abu Bakr C) Umar D) Ali

  2. Ma’lumki, 1905-yilda Eronda inqilobiy harakat boshlangan edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan aholi qanday talabni ilgari surganligini aniqlang.

A)yirik mulkdor qatlamlarning daromadlarini hisobga olish va soliqqa tortish B)butun mamlakat sanoati tarmoqlariga xo‘jayinlik qilayotgan rus-ingliz sarmoyadorlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish C)barcha fuqorolarga teng saylov huquqini berish D)yersiz va kam yerli dehqonlarga yer ajratish va ijara yerlaridan olinadigan soliqlarni kamaytirish

  1. Asbob uskunalarni harakatga keltiruvchi bug‘ mashinasi qachon ixtiro qilindi?

A) XVIII asrning II yarmida B) XVIII asrning I yarmida C) XIX asrning I yarmida D) XVII asrning oxirida

  1. Qur’oni Karim tafsiriga oid bo‘lgan Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub asarni aniqlang.

A) "Al-Mufassal" B) "Kitob at-Tavhid" C) "Muqaddamat ul-adab" D) "Al-Kashshof"

  1. 1795-yilda Fransiya Konventi qabul qilgan Konstitutsiya qanday o‘zgarishlarni amalga oshirdi? 1) Respublika tuzumini mustahkamlandi; 2) Ma’lum miqdordagi feodal tartiblar saqlab qolindi; 3) Feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlar tasdiqlandi; 4) Ikki palatali parlament joriy etildi; 5) Burjuaziya va monarxiyachilar ittifoqi mustahkamlandi; 6) Mamlakatda yagona konsullik lavozimi joriy etildi.

A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 3, 5, 6 D) 2, 4, 6

  1. O‘rta Osiyo xonliklariga Angliya hukumati tomonidan yuborilgan shaxslarining tashrif buyurgan yillari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Murkroft; 2) I.Volf; 3) J.Abbot; 4) A.Byorns; a) 1843-yil; b) 1825-yil; c) 1844-yil; d) 1832-yil

A) 1 - d; 2 - a; 3 - c; 4 - b B) 1 - b; 2 - a; 3 - c; 4 - d C) 1 - b; 2 - c; 3 - a; 4 - d D) 1 - c; 2 - b; 3 - a; 4 - d

  1. Kiyev Rusi knyazi Vladimir Monomax nima maqsadda 1097-yilda Lyubech shahrida Rus knyazlarining 1-syezdini chaqirdi?

A)knyazlar hokimiyati mavqeini kuchaytirish B)keng ko‘lamli bosqinchilik urushlari olib borish
C)o‘zaro qonli urushlarga chek qo‘yish D)qipchoqlar hujumlariga qarshi ittifoq tuzish

  1. Amir Temurga ikki kunlik qamaldan so‘ng taslim bo‘lgan shaharni aniqlang.

A) Badaxshon B) Saroy Berka C) Hirot D) Balx

  1. Xiva xonligida Olloqulixon hukmronlik qilgan davrda jahon tarixida quyidagi qaysi voqea bo‘lib o‘tgan?

A)AQSh harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. B)Chili mustaqil davlatga aylandi. C)Karl X tomonidan Fransiya parlamenti tarqatib yuborildi. D)Rossiya-Turkiya urushi nihoyasida Parij Tinchlik shartnomasi imzolandi.

  1. Quyidagi voqealar orasidan bir yilda sodir bo‘lganlarini aniqlang. 1) Rossiya va Shvetsiya o‘rtasida hozirgi Ukraina hududida urush bo‘lib, unda Rossiya g‘alaba qozondi; 2) Qandahor viloyatida Eron bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olon bo‘ldi va unga Mir Vaisxon rahbarlik qildi; 3) Rossiya va Fransiya o‘rtasida “Tilzit shartnomasi” nomini olgan shartnoma imzolandi; 4) Rim Papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon qildi.

A) 2, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 3

  1. Qo‘qon xonligi qo‘shinlarining ko‘chmanchi qozoq va qirg‘iz elatlariga qarshi muvaffaqiyatli yurishlari natijasida xonlikka bo‘ysundirilgan hududlarni belgilang.

A)Katta va qisman Kichik juz o‘rdalarini o‘z ichiga oluvchi keng hududlar B)Katta, O‘rta va Kichik juz o‘rdalari joylashgan hududlar C)Katta va qisman O‘rta juz o‘rdalarini o‘z ichiga oluvchi hududlar D)Kichik juz o‘rdasidan Enasoyning o‘rta oqimigacha bo‘lgan yerlar

  1. Nechanchi yilda Yugoslaviyada ittifoqdosh respublikalar huquqlarini cheklaydigan konstitutsiya qabul qilingan? A) 1972-yil B) 1974-yil C) 1973-yil D) 1971-yil

  2. Birinchi jahon urushidan so‘ng Vengriya bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, quyidagi davlatlar Vengriyaga tegishli qaysi hududga ega bo‘ldi? 1) Yugoslaviya; 2) Chexoslovakiya; 3) Ruminiya; a) Transilvaniya; b) Xorvatiya; c) Karpatorti Ukrainasi A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b

  3. "Vatanparvarlik ittifoqi" deb nomlangan fashistik partiya tuzilgan davlatda 1986-yilda yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Eng yirik mafiyachilar ustidan sud jarayoni boshlandi. B)Harbiy diktaturaga barham berildi.
C)Liberal islohotchilar harakati boshlandi. D)Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘ldi.

  1. Xivada qaysi xon hukmronlik qilib turgan davrda Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshlagan edi? A) Arab Muhammadxon B) Anushaxon C) Sherg‘ozixon D) Asfandiyorxon

  2. Fransiyada imperator hokimiyati ag‘darilgach Qonun chiqaruvchi Korpus Muvaqqat milliy mudofaa hukumatini tuzgan edi. Hukumatga kim boshchilik qilganligini toping. A) Troshyu B) T’yer C) Mak Magon D) Dizraeli

  3. 1804-yilda ko‘tarilgan Dinnosirbek yetakchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun Amir Haydar kim boshchiligida qo‘shin jo‘natgan? A) Ibrohim Dodxoh B) Nazarbiy inoq C) Niyozbek parvonachi D) Muhammad Yoqub mushrif

  4. Nechanchi asrdan boshlab G‘arbiy Yevropada usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj olgan?

A) XVII asrdan B) XV asrdan C) XIV asrdan D) XVI asrdan

  1. Italiyada 1927-yilda qabul qilingan "Mehnat xartiyasi" nomli hujjat qanday maqsadni ko‘zlagan edi?

A)ishchilarning ish tashlashlarini taqiqlash B)jahon iqtisodiy inqirozidan chiqish
C)mamlakat iqtisodiyotida korporativ tartibni to‘la qaror toptirish D)iqtisodiyotda davlat nazoratini joriy qilish

  1. "Mehnat xartiyasi" nomli hujjat qabul qilingan mamlakat tarixida 1861-yilda sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Birlashgan qirollik tashkil topdi. B)Fuqarolar urushi boshlandi.
C)Poytaxtida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. D)Krepostnoylik huquqi bekor qilindi.

  1. Quyida berilganlar orasidan bir yilda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni aniqlang. 1) Yirik harbiy ittifoq - “Uchlar Ittifoqi”ning tuzilishi; 2) Shovinistik tashkilot - “German Ittifoqi”ning tuzilishi; 3) Fransiya-Rossiya o‘rtasida ittifoq bitimining tuzilishi; 4) Otto fon Bismarkning iste’foga chiqishi; 5) Vilgelm II ning Germaniya imperiyasi taxtiga o‘tirishi A) 4, 5 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 3

  2. XIX asrning so‘nggi choragida Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sababi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

A)Fransiya juda katta tabiiy boyliklari bo‘la turib, undan unumli foydalana olmaganligi va hamon mayda tovar ishlab chiqarishda davom etayotganligi B)Fransiyaning chetga ko‘p kapital chiqarishi C) Fransuz sarmoyadorlarining o‘z kapitallarini faqat mamlakat ishlab chiqarishiga sarflashlari D)Prussiya bilan urushda nihoyatda katta (17 mlrd frank) moddiy talofot ko‘rganligi va ayni paytda Germaniyaga 5 mlrd frank to‘lash majburiyatini olishi

  1. Qo‘qon xonligidagi mansablarga ta’rif berilgan qaysi asarda ta’kidlanishicha xonlikda xondan keyingi o‘rinda mingboshi turgan? A) “Tarixi Rashidiy” B) “Tarixi Toshqand” C) “Tarixi Turkiston” D) “Saralangan tarixlar”

  2. Qadimda Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil qilgan hukmdorni aniqlang.

A) Oshshurbanipal B) Xammurapi C) Navuxodonosor II D) Sargon I

  1. Konstantinopol shahri turk sultoni Mexmet II tomonidan egallangan yili yana qanday voqea sodir bo‘lgan?

A)Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib keldi. B)Yuz yillik urush sulh tuzilishi bilan yakunlandi. C) Sechjon Buyukning hukmronlik davri tugadi. D)Oltin O‘rda xoni Jonibek vafot etdi.

  1. O‘zbekiston brezent ishlab chiqaruvchi “Kenaf” qo‘shma korxonasini qaysi davlat hamkorligida tashkil etgan?

A) Vengriya B) Italiya C) Chexiya D) Gretsiya

  1. Rossiya O‘rta Osiyoda bosib olgan hududlarda Turkiston general-gubernatorligini tashkil etgan yilda...

A)inglizlar milliy ozodlik harakatini bo‘g‘ib tashlashga intilib Bengaliyani ikkiga bo‘lib tashladi B)inglizlar Eopiyaga qarshi urush olib borib, podsho Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi C)Panama kanali ochildi D)zuluslar hukmdori Kechvayo uch to‘qnashuv davomida inglizlarning 20 ming kishilik qo‘shinini yakson qilib tashladi

  1. Subhonqulixon hukmromligi davrida kimlarga qarshi kurash olib borganligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Balx viloyatida hukmronlik qilayotgan o‘g‘illariga qarshi; 2) Movarounnahr sarhadlariga bostirib kirgan qozoq sultonlariga qarshi; 3) Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi; 4) Xiva xoni Anushaxon qo‘shinlariga qarshi; 5) Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa qarshi; 6) qalmiq va oyratlarga qarshi

A) 2, 3, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 1, 3, 4

  1. Tarixga “Chartistlar harakati” nomi bilan kirgan harakat qanday maqsadda boshlanganligini toping.

A)ayollarning saylov huquqlarini himoya qilib B)barcha erkaklarga umumiy saylov huquqi birilishini so‘rab C)bolalar mehnati taqiqlanishini talab qilib D)ayollar mehnatini himoya qilib

  1. Milodiy IV asrda Qadimgi Rim tarixida bo‘lib o‘tgan voqealarni aniqlang. 1) Vizantiy (Konstantinopol) shahri poytaxt deb e’lon qilindi; 2) Italiyaga xunn qabilalari bostirib kirdilar; 3) Rimga germanlarning vandal qabilalari bostirib kirdilar; 4) Rim imperiyasi G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linib ketdi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 3, 4

  2. Fransiya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun chiqargan alohida dekretiga asosan mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘tkaziladigan saylovlarda qatnashish huquqi berilgan qatlamlarni aniqlang. 1) dehqonlar; 2) hunarmandlar; 3) savdogarlar; 4) ziyolilar; 5) ishchilar; 6) sobiq harbiy xizmatchilar; 7) ruhoniylar; 8) amaldorlar A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 5, 6, 7 C) 1, 3, 4, 6, 8 D) 3, 4, 5, 6, 7

  3. Quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to‘g‘ri? 1. XVIII asrdan boshlab Buxoro amirligida hasharga keluvchilar oziq-ovqat, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishlari lozim bo‘lgan. 2. Buxoro amirligida polizdan olinadigan tanobona solig‘i yer haydashga yaroqli har bir juft ho‘kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan. 3. Buxoro amirligida XVIII asrda xirojning bir qismi pul bilan yig‘iladigan bo‘ldi. 4. Buxoro amirligida tanobona, zakot, qo‘sh puli soliqlari faqat pul shaklida olingan. A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3

  4. Astraxanda Rossiya bosqini natijasida Yormuhammadxon hukmronligi tugagan yilda Hindistonda qaysi voqea sodir bo‘lgan?

A)Boburiylar taxtini afg‘on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur egalladi B)Humoyun Eron yordamida taxt da’vogarlarini tor-mor etib, qaytadan hukmronlik kursisiga o‘tirdi C)Avrangzeb Olamgir Dehli shahrini egallab, o‘zini shoh deb e‘lon qildi D)Boburiylar saltanati taxtiga Akbarshoh o‘tirdi

  1. Ma’lumki, o‘rta asrlarda Angliya va Fransiya o‘rtasida "Yuz yillik urush" bo‘lib o‘tgan. Ushbu urushda Yevropaning quyidagi qaysi davlati Angliya tarafdori bo‘lgan?

A) Portugaliya B) Germaniya C) Shotlandiya D) Kastiliya

  1. Farg‘ona qachon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi?

A) mil.avv. III asrda B) mil.avv. II-I asrlarda C) milodiy II asrda D) milodiy I asrda

  1. Qo‘qon xonligidagi mansablarga ta’rif berilgan “Tarixi Turkiston” asari qayerda nashr etilgan?

A) Toshkentda B) Qo‘qonda C) Namanganda D) Marg‘ilonda

  1. O‘zbekiston Respublikasida viloyat, tumanlarning chegarasini o‘zgartirish qaysi organ roziligi asosida amalga oshiriladi? A) Davlat Mulk qo‘mitasi B) Vazirlar Mahkamasi C) Oliy Majlis D) Prezident

  2. Quyidagi tarixiy shaxslar orasidan Barakzaylar sulolasi vakillarini belgilang. 1) Sulton Husayn; 2) Do‘st Muhammadxon; 3) Shuju; 4) Fathxon; 5) Mir Vaysxon A) 1, 3 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 1, 2

  3. XIX asr oxirida AQShda faoliyat yuritgan monopoliyalar sonini aniqlang.

A) 75 ga yaqin B) 185 ta C) 250 dan ortiq D) 123 ta

  1. Quyidagi shayboniy hukmdorlardan qaysi biri 1512-yilda mamlakat viloyatlarini shayboniy sultonlariga qayta taqsimlagan shayboniylarning nufuzli vakili Jonibek Sultonning nabirasi hisoblanadi?

A) Abu Said B) Ko‘chkunchixon C) Abdullaxon I D) Abdullaxon II

  1. Argentina tarixiga oid quyidagi voqealarni to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) “Immigratsiya va kolonizatsiya to‘g‘risida” qonun qabul qilindi; 2) Buenos-Ayresda milliy bank ochildi; 3) Argentina Sotsialistik partiyasi tuzildi A) 2, 3, 1 B) 1, 3, 2 C) 3, 2, 1 D) 2, 1, 3

  2. Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘tarilgan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Rossiyada dekabristlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. B)Qo‘qon xoni Umarxon vafot etdi.
C)Do‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi. D)Meksika mustaqillikka erishdi.

  1. 1881-yilda Fransiya tomonidan qayerning bosib olinishi yangi mustamlakalar bosib olish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘ldi? A) Misr B) Jazoir C) Sudan D) Tunis

  2. Quyidagi AQSh prezidentlarining prezidentlik davri bilan bog‘liq voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) G.Trumen; 2) D.Eyzenxauer; 3) L.Jonson; 4) R.Nikson; a) televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi; b) SSSRga birinchi bo‘lib yadro zarbasi berish maqsadini ko‘zlovchi doktrina e’lon qilindi; c) kam daromadli oilalarga yordam berish to‘g‘risida qonun qabul qilindi; d) mamlakatga olib kelinadigan tovarlar uchun 10%lik boj to‘lovi joriy qilindi

A) 1 - b; 2 - a; 3 - c; 4 - d B) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 - a C) 1 - a; 2 - b; 3 - c; 4 - d D) 1 - c; 2 - d; 3 - a; 4 - b

  1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qishloq jamoalari qanday tabaqalarga ajralib borganligini aniqlang.

A) dehqon va kadivarlar B) sudxo‘r va kashovarzlar C) sarkor va kashovarzlar D) kadivar va chorvadorlar

  1. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1. Rus knyazi Yaroslav vafot etdi. 2. Angliyada Richard II hukmronligi tugadi. 3. Amir Temur Hindistonga hujum boshladi. 4. Xristian cherkovi katolik va pravoslav cherkovlariga bo‘lindi. 5. Birinchi salib yurishlari boshlandi. 6. Mansikert jangi bo‘lib o‘tdi.

A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 5, 6

  1. Qadimgi Misr tarixiga oid atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) nom; 2) delta; 3) piramida; 4) ieroglif. a) misrliklar yozuvi; b) fir’avn yoki misrlik zodagonlar dafn etiladigan maqbara; c) Nil daryosining O‘rtayer dengiziga quyilish joyi; d) Misrdagi dastlabki davlatlar

A) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a B) 1-a; 2-c; 3-d; 4-c C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b D) 1-b; 2-a; 3-c; 4-b

  1. Turkiston jadidlarining fikricha mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda zarur hisoblangan choralarni aniqlang. 1) yer, suv, yerusti va yerosti boyliklarini Turkiston xalqining umumiy boyligi deb e’lon qilish; 2) turli ijtimoiy va ma’rifiy jamiyatlar tuzish; 3) barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash; 4) zavod va fabrikalar qurish, mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarish; 5) mustamlakachilikka qarshi kurash dasturini yaratish; 6) dehqonlar ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirish A) 2, 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 1, 3, 4

  2. Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri to‘g‘ri?

A)1890-yil iyul oyida chet el interventlari yalpi hujumga o‘tdi va Pekin shahri egallandi. B)XIX asrning 60-yillaridayoq ajnabiylar Xitoyning 26 bandargohiga bemalol kirdilar va o‘zlarini xo‘jayinlardek tutdilar. C) Shimoliy Xitoyda 1890-yilda 600 dan ziyod chet el firmalari mavjud edi. D)1884-yilda Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi.

  1. Sovet hokimiyati o‘lka hayotiga biroz moslashib, tomir yozib olgach, o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirgan vaqtni aniqlang. A) 1918-1919-yillarda B) XX asr 30-yillari boshidan C) XX asr 40-yillari boshida D) XX asr 20-yillari o‘rtalaridan

  2. Turkiston general-gubernatori bosh qo‘mondonlikdan tashqari yana qanday lavozimni egallagan?

A) xazinabon B) bosh sudya C) bosh vazir D) politsiya boshlig‘i

  1. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang.

  2. A)Fransiya Rurdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Buyuk Britaniya Misr mustaqilligini tan oldi. B)Iroq Millatlar Ligasiga qabul qilindi. Sovet davlatida umumiy majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etildi. C) Yaponiyada sholi isyoni yuz berdi. Ispaniyada 8 soatlik ish kuni joriy etildi. D)Marokashda "Mag‘ribchilar bloki" siyosiy tashkiloti tuzildi. Meksikada "Agrar kodeks" kuchga kirdi.

  3. Keyinchalik buyuk sarkarda bo‘lib yetishgan Amir Temur dastlabki harbiy faoliyatini ...

A)Amir Husayin qo‘shinida xizmat qilishdan boshlagan B)Tug‘luq Temurga xizmat qilishdan boshlagan
C) Kesh dorug‘aligidan boshlagan D)viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan

  1. Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan davrda...

A)Moskva knyazligi Oltin O‘rdaga boj-yasoq to‘lashdan bosh tortdi B)Temuriylar saltanati beqaror siyosiy vaziyatlar tufayli inqirozga yuz tutdi C) Movarounnahr o‘nga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketdi D)Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi

  1. 1827-yilda Turkiyaga qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko‘zda tutuvchi bitim qayerda imzolangan? A) Londonda B) Istanbulda C) Parijda D) Afinada

  2. Germaniyada protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzib, unga ko‘ra har bir knyaz o‘z fuqarolari uchun istagan dinni tanlash huquqiga ega bo‘lgan yilda Angliyada kim qirol(icha) edi?

A) Yelizaveta I B) Mariya C) Genrix VIII D) Viktoriya

  1. Buxoro xonligi qaysi hukmdor davrida Boburiylar davlatini tan oldi hamda u bilan savdo va elchilik munosabatlarini o‘rnatdi? A) Abdullaxon II B) Ko‘chkunchixon C) Abu Said D) Ubaydullaxon I

  2. Marokash davlati bilan bog‘liq voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) 1956-yil 5-aprelda Ispaniya Marokash mustaqilligini tan oldi; 2) 1961-yilda AQSh harbiy bazalari tugatildi; 3) G‘arbiy Sahroyi Kabir masalasida Fransiya bilan ziddiyatlar tug‘ildi; 4) 1962-yildan mutlaq monarxiya o‘rnatildi; 5) 1956-yilda Fransiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi; 6) 1999-yil taxtga Muhammad VI o‘tirdi

A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5

  1. XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga Yevropada ham mashur bo‘lgan qaysi allomaning nomi berilgan?

A) Muso al-Xorazmiy B) Ali Qushchi C) Abu Rayhon Beruniy D) Ahmad al-Farg‘oniy

  1. “Xitoy uyushmalari ittifoqi” siyosiy tashkiloti qabul qilgan dasturida ko‘zda tutgan masalalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Sin monarxiyasini ag‘darish; 2) yevropaliklarni mamlakatdan quvib chiqarish; 3) respublika ta’sis etish; 4) sanoat korxonalarini barpo etish; 5) yerga egalik huquqini tenglashtirish; 6) mustaqillikni tiklash

A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5

  1. Fransiyada Iyul monarxiyasi qulagan vaqtda tarixda yuz bergan voqeani toping.

A)Yaponiyada imperator Musuxito taxtga o‘tirdi. B)Fransiya Jazoirni bosib oldi.
C)Eron-Rossiya urushu bo‘lib o‘tdi. D)Berlinda qo‘zg‘olon boshlandi.

  1. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon qachon va kimning foydasiga taxtdan voz kechdi?

A) 1841-yil, Sulton Mahmudxon B) 1842-yil, Amir Nasrullo
C) 1841-yil, Xudoyorxon D) 1842-yil Ibrohim dodxoh

  1. Nechanchi yilda Germaniya Demokratik Respublikasida mavjud tuzumga qarshi isyon ko‘tarildi va Sovet qo‘shinlari yordamida bostirildi? A) 1953-yilda B) 1955-yilda C) 1952-yilda D) 1954-yilda

  2. 1936-yilning avgust oyida Misr va Buyuk Britaniya o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, inglizlarga Qohira va Aleksandriya shaharlarida qanday huquq berildi?

A)Buyuk Britaniya hukumati tromonidan gubernator tayinlash B)bojsiz savdo qilish
C)Buyuk Britaniya qonunlari bo‘yicha boshqarish D)o‘z armiyasini saqlash

  1. Quyidagi qaysi voqea tufayli AQSh Yaponiyaga 147 mln dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berdi?

A)1938-yil 29-iyulda Sovet davlatiga hujum uyushtirishi B)Yaponiya tomonidan Manchjou-Go davlati tuzilishi, Jexe va Xebey viloyatlarining egallanishi C)1927-yilda "Tanaka memorandumi" qabul qilinishi D)1939-yilda Mog‘ulistonga hujum boshlashi

  1. Bolgariyaning Turkiyadan mustaqil davlat deb e’lon qilingani va hokimiyat tepasiga germanparast kuchlar kelgan yillar to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) 1890, 1910-yillar B) 1908, 1912-yillar C) 1908, 1913-yillar D) 1896, 1913-yillar

  1. Franklar qirolligini imperiya deb e’lon qilinishiga olib kelgan imkoniyat.

A)Buyuk Karlning arablar ustidan qozongan g‘alabasi B)saks qabilalari ustidan qozonilgan g‘alaba
C)Rim mahalliy zodagonlarining papaga qarshi isyon ko‘tarishi D)Buyuk Karlning Italiyaga yurishi

  1. Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlangan yilda...

A)Eron Buyuk Britaniya va Rossiyaning ta’sir doiralari haqidagi bitimni tan olishga majbur bo‘ldi B)Yaponiya Kurill orollarini Rossiyadan ajratib, o‘ziga qo‘shib oldi C)Yaponiya urush e’lon qilmasdan Port-Arturdagi Rossiya harbiy dengiz kuchlariga hujum qildi D)Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasida deb tan oldi

  1. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashaganlar?

A) janubi-g‘arbiy qismida B) shimoli-g‘arbiy qismida C) shimoli-sharqiy qismida D) sharqiy qismida

  1. Turklar Yoyiq va Itil bo‘ylarini zabt etgan davrda Sosoniylar davlatini boshqargan hukmdorni aniqlang.

A) Kubod B) Shopur II C) Peruz D) Xusrav I Anushervon

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondagi qaysi viloyatlar qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirildi? 1) Xorazm; 2) Toshkent; 3) Farg‘ona; 4) Buxoro; 5) Samarqand; 6) Qashqadaryo; 7) Surxondaryo; 8) Namangan A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 5, 7 C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 3, 4, 7

  2. Buyuk Britaniya hukumati o‘zining Markaziy Osiyo xonliklaridagi ta’sirini qaror toptirishning asosiy yo‘li sifatida nimaga ahamiyat qaratgan?

A)Markaziy Osiyo xonliklari hududida istehkomlar qurishga B)Erondan platsdarm sifatida foydalanishga C)Hindiston bilan Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarining kengayishiga D)Markaziy O‘siyo xonliklarini harbiy yo‘l bilan o‘z tasarrufiga o‘tkazishga

  1. Xalq qahramoni Juzeppe Garibaldi o‘z harbiy kuchi bilan Sitsiliya oroliga kelib tushgan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.

A)Avraam Linkoln prezidentlikka saylovda g‘alaba qozondi B)Shimoliy urush Rossiya g‘alabasi bilan tugadi C)Rossiyada krepostnoylik bekor qilindi D)Qrim urushi tugadi

  1. Katolik cherkovi o‘z hukmronligining eng cho‘qqisiga erishuvi qaysi Papa davriga to‘g‘ri keladi?

A) Innokentiy III B) Grigoriy IX C) Innokentiy II D) Lev III

  1. Quyidagi harbiy bloklar tashkil etilgan yillari bo‘yicha to‘g‘ri xronologik tartibda joylashtirilgan javobni aniqlang. 1) SENTO; 2) ANZYUS; 3) SEATO. A) 2, 3, 1 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 2, 1, 3

  2. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan necha barobar tezroq rivojlandi? A) 10 barobar B) 6 barobar C) 3 barobar D) 8 barobar

  3. 1917-yilda Turkistonda paydo bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini aniqlang. A) "Hurriyat", "Turon" B) "Hurriyat", "Farg‘ona sahifasi" C) "El bayrog‘i", "Shuhrat" D) "Samarqand", "Sadoyi Farg‘ona"

  4. Yozuvchi Daniel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” asari bosh qahramoni Robinzon obrazida qanday fikr aks etgan?

A)yangi shakllanayotgan tadbirkorlar qatlami vakilining uddaburonligi va sog‘lom krlashi B)burjuaziya sinfining mehnatkash aholi ustidan hukmronligi va ularni ekspluatatsiya qilishlari C)oq tanlilarning jamiyatda qanday vaziyatda bo‘lmasin qora tanlilardan ustunligi D)jahon siyosiy maydonida yakkalanib qolgan davlatning qanday voqealarni boshidan kechirishi va iqtisodiy rivojlanish yo‘llari

  1. Rossiya tarixiga doir quyidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. V.Plexanov rahbarligida "Mehnatni ozod qilish guruhi" tuzildi. 2. Peterburgda "Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi" tuzildi. 3. II Davlat dumasiga saylov o‘tkazildi. 4. Rossiyadagi barcha sotsial-demokratik guruhlar "Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi" deb atalgan partiyaga birlashdi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 1, 4, 3 C) 1, 3, 2, 4 D) 1, 2, 4, 3

  1. 1944-yil yanvaridayoq ammiyak ishlab chiqarishni boshlagan Chirchiq elektrkimyo kombinatining ikkinchi navbati qaysi shaharlardan keltirilgan uskunalar asosida qurilgan?

A) Gorkiy va Stalinogorsk B) Guryev va Makeyevka C) Beloretsk va Dobryanka D) Ximki va Belovejsk

  1. Quyida berilgan voqealardan bir yilda bo‘lib o‘tganlarini toping. 1) BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 2) Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi. 3) O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi. 4) IV Butun Xorazm qurultoyida respublikaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 5) Moskvaga ma’qul kelmagani uchun P.Yusupov, M.Ibniyaminov, O.Muhammadrahimov bosh bo‘lgan XXSR hukumati tarkibi bekor qilindi

A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 4

  1. Mustamlakachi davlatlar tomonidan "egallanmagan yerlar"ni bosib olish yakunlangan davrni aniqlang.

A) XX asr boshlari B) XIX asr o‘rtalari C) XIX asr boshlari D) XIX asr oxirlari

  1. Baltimor-Ogayo rejasi qabul qilingandan so‘ng AQSh kasaba uyushmalari o‘z zimmalariga olgan majburiyatlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) korxona egalari bilan kelishib, ish tashlashlarga yo‘l qo‘ymaslik; 2) korxona ishchilarining ish tashlashlari paytida tartib-osoyishtalikni nazorat qilish; 3) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 4) ish kunini uzaytirishga rozilik berish; 5) bir yilda 2 marta ish tashlashga yo‘l qo‘ymaslik; 6) ish tashlashlar paytida ishchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 2, 5, 6

  2. Mashxad-Seraxs-Tajan temiryo‘l liniyasi qurilgan davrni aniqlang.

A) 1994-1996-yillar B) 1992-1996-yillar C) 1993-1996-yillar D) 1991-1996-yillar

  1. Novgorod uzil-kesil feodal respublikaga aylangan yilni aniqlang. A) 1136-yil B) 1147-yil C) 1125-yil D) 1132-yil

  2. Fransiyada Filipp IV hukmronligi davri bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsating. 1) Normandiya Angliyadan tortib olindi; 2) Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo‘shib olindi; 3) cherkov yerlari soliqqa tortildi; 4) General Shtatlar chaqirildi; 5) Rim papalari Ananida tutqunda ushlandi.

A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5

  1. Toshkentda "Qo‘shchi" uyushmalarining birinchi respublika qurultoyi bo‘lib o‘tgan vaqtda jahon sahnasida bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Tinch okeanidagi qaram orollar va mulklar xavfsizligining kafolatlari to‘g‘risidagi "To‘rtlar shartnomasi" imzolandi. B)Antanta davlatlari va mag‘lub Turkiya o‘rtasida Sevr shartnomasi imzolandi. C)Antanta davlatlari va mag‘lub Avstriya o‘rtasida Parij yaqinidagi Sen-Jermen saroyida shartnoma imzolandi. D)Xalqaro munosabatlar tarixida qurollanishni cheklovchi "Beshlar shartnomasi" imzolandi.

  1. Quyidagi asarlardan qaysi biri XV-XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan Toshkent tarixi, Qo‘qon xonligi tarixi ilmiy nuqtai nazardan yozilgan qimmatli asar hisoblanadi?

A) “Tarixi Muhojiron” B) “Saralangan tarixlar” C) “Tarixi Shohruxiy” D) “Tarixi Jadidayi Toshkand”

  1. XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqalar o‘natishga intilishlari sabablarini aniqlang. 1) jung‘orlar bosqinlaridan himoyalanish; 2) o‘zaro ichki nizolarga barham berish; 3) savdo-tijorat ishlarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik; 4) Xitoy hujumidan himoyalanish A) 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 3, 4

  2. Marv, Nishopur, Ray shaharlari nechanchi yillarda Xorazmshoh Takash tomonidan zabt etilgan?

A) 1172-1179-yillar B) 1153-1164-yillar C) 1183-1192-yillar D) 1187-1193-yillar

  1. Quyida keltirilgan shartnomalardan qaysi biri 1881-yilda imzolangan?

A)Rossiya imperiyasining Buxoro amirligida o‘z vakilini tayinlash huquqini beruvchi shartnoma B)Afg‘oniston va O‘rta Osiyo chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi shartnoma C)Buxoro amirligi bilan Eron o‘rtasidagi chegaralarni belgilovchi maxy shartnoma D)Xiva xonligi yarimmustamlaka davlatga aylanganligini tasdiqlovchi shartnoma

  1. XVI asrda Shayboniylar va Boburiylar o‘rtasida olib borilgan faol elchilik munosabatlariga asos solgan shaxslarni aniqlang. A) Ubaydullaxon va Avrangzeb B) Imomqulixon va Jahongirshoh C) Ko‘chkunchixon va Bobur D) Abdullaxon II va Akbarshoh

  2. Rus podshosi Pyotr I tomonidan uyushtirilgan I.Buxgols ekspeditsiyasi Yorkentga yo‘l olgan yilni aniqlang.

A) 1714-yil B) 1715-yil C) 1717-yil D) 1718-yil

  1. Fransiyada minimal ish haqi eng ko‘p darajada oshirilib, saylovda qatnashish yoshi 20 dan 18 yoshga tushirilishi qaysi prezident davriga to‘g‘ri keladi? A) J.d’Esten B) J.Shirak C) F.Mitteran D) N.Sarkozi

  2. AQSh prezidenti J.Kennedi tomonidan ilgari surilgan "Apollon" deb ataluvchi dastur nimani nazarda tutar edi?

A)avtomobil ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishish B)davlat siyosatiga qarshi kishilarni izlab toppish C)qurollanishda SSSRni ortda qoldirish D)kosmosda AQShning yetakchi davlat bo‘lishini ta’minlash

  1. Rus podshosi tomonidan "Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom" tasdiqlanganidan yangi "Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom" tasdiqlangan yillar oralig‘i to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) 1866-1876-yillar B) 1865-1886-yillar C) 1867-1886-yillar D) 1876-1886-yillar

  2. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tomonidan Buyuk Britaniyaning dominioni hisoblangan Yangi Zelandiyaning boshqaruviga berilgan hududni aniqlang.

A) Yangi Gvineyadagi mustamlakalar B) Sharqiy Karolin oroli C) Marshall orollari D) G‘arbiy Samoa orollari

  1. XIX asrda Buyuk Britaniya tarixida bir yilda yuz bergan voqealarni toping. 1. Shaharda o‘z uyiga ega bo‘lgan hamda alohida xonadonda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berilishi; 2. Londonda ishchilarning “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi” tuzilishi; 3. Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan ish tashlashlarni taqiqlovchi qonun qabul qilinishi; 4. Kanadaga dominion maqomi berilishi.

A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4

  1. Miloddan avvalgi III asrda Shimoliy Afrika sohillari, Sardiniya, Korsika orollarini o‘z ichiga olgan qadimgi davlatni toping. A) Finikiya B) Rim C) Karfagen D) Misr

  2. O‘rta asrlarda Xorazm davlatining mustaqillikka erishishi qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq?

A) Elarslon B) Qutbiddin Muhammad C) Otsiz D) Anushtegin

  1. Mashhur bolgar inqilobchisi V.Levski qatl etilgan va Xristo Botev halok bo‘lgan yillar mos ravishda to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) 1872-yil, 1876-yil B) 1870-yil, 1877-yil C) 1872-yil, 1875-yil D) 1871-yil, 1876-yil

  2. Fashistlar Germaniyasi tomonidan Avstriya va Chexoslovakiya bosib olingan vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri kim edi? A) R.Makdonald B) U.Cherchill C) N.Chemberlen D) S.Bolduin

  3. Janubiy va Shimoliy Bolgariyaning yangidan yagona davlatga birlashganligini e’lon qilgan shaxsni aniqlang.

A) X. Botev B) A.Battenberg C) V. Levskiy D) F.Koburg

  1. Yunusxo‘ja bilan yaqin aloqada bo‘lgan qozoq sultoni Bukey qaysi bo‘lisning sultoni edi?

A) Tabin B) Qorako‘l C) Samat D) Qorakesak

  1. 1904-yilda Buyuk Britaniya-Fransiya o‘rtasida bitim tuzilayotganda Gibraltar bo‘g‘ozining qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi Buyuk Britaniya uchun ma’qul edi?

A) Fransiya B) Germaniya C) Ispaniya D) Buyuk Britaniya

  1. Xitoyliklar selitradan porox olishni ixtiro qilgan asrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi?

A)Buxoro "Qubbat ul-Islom" nomi bilan shuhrat topdi. B)Yettisuvda qarluqlar davlati tashkil topdi. C) Buxoroda musulmonlarning ilk ilmgohi - Farjak madrasasi bunyod etildi. D)Movarounnahrda yerdan foydalanishning iqto tartibi juda keng yoyilib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylandi.

  1. Sardiniya qirolligi bosh vaziri K.Kovur qanday davlat tuzumi tarafdori edi?

A) anarxiya B) konstitutsiyaviy monarxiya C) mutlaq monarxiya D) respublika

  1. Odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘lagan davrda tarixda yuz bergan voqealarni toping. 1) Misrda quyosh xudosiga e’tiqod qilish boshlandi; 2) Krit orollarida sivilizatsiya shakllandi; 3) O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchlik vujudga keldi; 4) Eronda ilk davlat vujudga keldi; 5) Shumerliklarning mixxat yozuvi vujudga keldi; 6) Bobil davlati vujudga keldi A) 3, 4 B) 3, 5 C) 1, 2 D) 5, 6

  2. Quyida berilgan javoblardan tarixiy to‘g‘ri javobni toping.

A)1889-1915-yillarda Qizil dengiz bo‘yi va Somali Buyuk Britaniya tomonidan egallandi. B)Eronda 1906-yilgi saylovlarda 4 ta ijtimoiy qatlam saylov huquqiga ega bo‘ldi. C) 1907-yilda Eron taxtiga Muhammad Alishoh o‘tirdi. D)1899-yilda ingliz bur urushi tugallandi.

  1. Eshimxon boshchiligida qoraqalpoqlar davlati tashkil topgan davrda Qo‘qon hukumdori bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) Abdukarimbiy B) Olimxon C) Erdonabiy D) Shohruxbiy

  2. II jahon urushidan keyin Lotin Amerikasida latifundiyachilikningqulashisabablarinianiqlang. 1) dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o‘tkazishga majbur bo‘lishi; 2) milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi; 3) kuchli demografik o‘zgarishlar yuz berganligi; 4) Lotin Amerikasida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning keskin kamayib ketganligi; 5) qahva oligarxiyasining hokimiyatdan chetlashtirilganligi A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 4

  3. Qoraqalpoq xalqining jiddiy tus olgan va qariyb o‘n yil davom etgan qo‘zg‘oloni rahbarini aniqlang.

A) Maman botir B) Oydo‘stbiy C) Bobo Go‘klan D) Ernazarbiy

  1. Quyidagi siyosiy arboblarning faoliyatiga oid faktlar to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Lord Dafferin; 2) Tilak; 3) Parnell; 4) A.Griffit. a) «Shinfeyn» partiyasi asoschisi; b) Irlandiya uchun gomrul talab qilgan Angliya parlamenti a’zosi; c) HMK so‘l-radikal oqimi rahbari; d) Angliyaning Hindistondagi vitse-qiroli. A) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a D) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b

  2. 1918-1921-yillarda O‘zbekiston madaniy hayotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 1) Toshkentda Turkiston xalq universiteti ochildi; 2) Hamza nomidagi Akademik drama teatri ochildi; 3) Sharq instituti faoliyat yurita boshladi; 4) Toshkent davlat konservatoriyasi ish boshladi; 5) «Chig‘atoy gurungi» adabiy uyushmasi qizg‘in ish boshladi; 6) Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti ochildi A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 5

  3. Mo‘g‘ul xoni Xubilay Xitoyni egallagach, bu yerda qaysi sulolaga asos solgan?

A) Buyuk mo‘g‘ullar B) Xan C) Sin D) Yuan

  1. Xitoyda milliy buyuk inqilobdan keyin Gomindan partiyasi faoliyati bilan bog‘liq holatlar to‘gri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish; 2) xususiy mulkni himoya qilish; 3) davlat mulkini qo‘llash va xususiy mulkni tugatish; 4) Xitoyni chet davlatlar uchun ochiq deb e’lon qilish; 5) milliy bozor rivojiga g‘ov bo‘layotgan ichki boj to‘siqlarini bekor qilish A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5

  2. Mo‘g‘ullar davrida undirilgan "shulen" nomli oziq-ovqat solig‘i davlat xazinasi uchun olingan bo‘lib, uning miqdori qacha bo‘lgan?

A)sotilgan mahsulotning 1/10 qismi B)har yuz bosh chorvadan bir bosh jonliq
C)har bir podadan ikki yashar qo‘y, har ming otdan bir biya D)olingan hosilning 1/10 ulushi

  1. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi ... zimmasiga yuklatilgan edi.

A)RKP(b) Markaziy Q‘omitasining O‘rta Osiyo byurosi B)"O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi"
C)Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining O‘rta Osiyo bo‘limi D)"Turkkomissiya"

  1. "Avesto"ning 2700 yilligi keng nishonlangan yilni aniqlang. A) 2000 yil B) 2002 yil C) 2001 yil D) 2003 yil

  2. Ganza ittifoqi Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba bergan davrda Osiyo tarixida yuz bergan voqeani toping.

A)Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketdi. B)Chig‘atoy ulusi tashkil topdi.
C)Amir Temur davlati tashkil topib, mustahkamlandi. D)Amir Temur besh yillik urushlarini olib bordi.

  1. Kiyev knyazi Vladimir nima sababdan o‘z o‘g‘li Yaroslavga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rganligini aniqlang.

A)Kiyevga boj to‘lashdan bosh tortganligi uchun B)Vladimirni Kiyev taxtidan tushirish uchun fitna tayyorlaganligi uchun C)Kiyevning qipchoqlarga qarshi urushida harbiy yordam ko‘rsatmaganligi uchun D)bijanak qabilalari bilan ittifoq tuzganligi uchun

  1. O‘zbekistonda "Sihat-salomatlik yili" deb nomlangan yilda yuz bergan voqealarni aniqlang. 1) Toshkentda Moskva Davlat Universitetining filiali ochildi. 2) "Isuzu" markali avtobuslar ishlab chiqarish boshlandi. 3) Sankt-Peterburg shahrida Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti davlat rahbarlarining kengashida Markaziy Osiyo Umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. 4) Moskvada O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tuzilib, faoliyat yurita boshladi A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 5

  2. Fransiya hukumati kimning rahbarligi davrida Suriyaga mustaqillik berishga majbur bo‘lgan edi?

A) Sh.de Goll B) E.Daladye C) R.Puankare D) J.Pompidu

  1. Quyidagi davlatlarning qaysi biri dunyoning birinchi industrial davlati hisoblanadi?

A) Buyuk Britaniya B) AQSh C) Fransiya D) Italiya

  1. Quyidagi madrasalarni ular barpo etilgan yillar bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Muhammad Aminxon; 2) Muhammad Rahimxon; 3) Hazrati Kalon Sohibzoda; 4) Hokim Oyim; 5) Sulton Murodbek; a) 1862-yil; b) 1871-yil; c) 1851-1855-yillar; d) 1869-1870-yillar; e) 1872-yil A) 1 - e; 2 - b; 3 - a; 4 - c; 5 - d B) 1 - c; 2 - b; 3 - a; 4 - d; 5 - e C) 1 - b; 2 - a; 3 - d; 4 - c; 5 - e D) 1 - c; 2 - a; 3 - d; 4 - e; 5 - b

  2. «Toshkent traktor zavodi» qaysi zavod negizida tashkil etilgan?

A)“Tashavtomash” zavodi B)O‘zbekiston traktor yig‘uv zavodi
C)Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi agregat zavodi D)Toshkent qishloq xo‘jaligi zavodi

  1. XVIII asrda "Qonunlarning buyuk to‘plami" yaratilgan mamlakatga qachon asos solingan deb hisoblanadi?

A) milodiy 486-yil B) mil.avv. 2333-yil C) mil.avv. 3000-yil D) mil.avv. VII-VI asrlar

  1. XIX asrning I yarmida Xiva xonligining ichki va tashqi siyosatiga oid muhim masalalar qanday hal etilgan?

A) Oliy Kengash majlislarida B) Kichik Kengash majlislarida
C) Maslahat Kengashi tomonidan D) shaxsan xon tomonidan

  1. O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan qaysi davlatda viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan?

A) Qoraxoniylar davlatida B) Somoniylar davlatida C) Qoraxitoylar davlatida D) G‘aznaviylar davlatida

  1. XIX asr oxirlarida Germaniya qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish va hosildorlikning ortishini ta’minlagan omillarni to‘g‘ri ko‘rsating. 1. Yunkerlar xo‘jalik yuritishda yollanma mehnatdan foydalanishga o‘tdi. 2. Chet el mutaxassislari qishloq xo‘jaligiga keng jalb etildi. 3. Qishloq xo‘jaligida amerikacha yo‘l qo‘llanildi. 4. Qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun yaratilgan texnikadan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. 5. Keng miqyosda mineral o‘g‘itlardan foydalanishga o‘tildi. 6. Mustamlakalardan keltirilgan qullar mehnatidan foydalanildi. A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 4 C) 4, 5, 6 D) 1, 4, 5

  2. 1847-yilda Yettisuv Olatog‘ida qurilgan istehkom qanday ataladi? A) Aralsk B) Raim C) Kopal D) Pavlov

  3. Amir Temurdan madad kutgan genuyaliklar qaysi davlatning fuqarolari hisoblangan?

A) Angliya B) Ispaniya C) Vizantiya D) Fransiya

  1. Buxoro taxti shayboniylardan bo‘lgan Pirmuhammad tomonidan boshqarilayotgan davrda Samarqand hokimi bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) Abdulmo‘min B) Vali Muhammad C) Abdulamin D) Boqi Muhammad

  2. Quyidagi mustamlakachi davlatlarning Xitoy hududidagi ta’sir doiralari mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Germaniya; 2) Fransiya; 3) Rossiya; 4) Buyuk Britaniya. 5) Yaponiya; a) Futsiyan viloyati; b) Yanszi daryosi havzasi; c) Shandun viloyati; d) Port-Artur; e) Yunan viloyati

A) 1-c, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a B) 1-e, 2-c, 3-a, 4-d, 5-b C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c

  1. Abdullaxon II vafotidan necha yil o‘tib Shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi? A) 5 B) 6 C) 3 D) 1

  2. Nechanchi yilda Fransiyada davlat byudjeti daromadlari ilk bor urushdan keyingi xarajatlardan ortiq boldi?

A) 1919-yil B) 1926-yil C) 1922-yil D) 1920-yil

  1. Amir Temur ...yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qilgan, ...yilda esa Xorazm uzil-kesil bo‘ysundirilgan. A) 1372 / 1388 B) 1373 / 1391 C) 1374 / 1389 D) 1371 / 1386

  2. Afrika tarixiga doir quyidagi tarixiy ma’lumotlarning qaysilari bir yilda sodir bo‘lgan? 1. Jazoirliklar yo‘lboshchisi Abdulqodir qo‘shinining fransuzlar tomonidan qurshab olinishi va Abdulqodirning jangda halok bo‘lishi; 2. Qora tanli ozodlikka erishgan sobiq qullarning Liberiya ozod davlati tuzilganligini e’lon qilinishi; 3. Kasa Efiopiyani yagona davlatga birlashtirib, o‘zini imperator deb e’lon qilishi; 4. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag‘darilishi; 5. AQSh da mustaqillikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakatining boshlanishi. A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 3, 5

  3. Daniel Defo qalamida 28 yillik g‘aroyib sarguzasht bayoniga aylangan, kimsasiz orolda 4 yilga yaqin qolib ketgan dengizchi Selkrik qayerlik bo‘lgan? A) Shotlandiyalik B) Shvetsiyalik C) Kanadalik D) Skandinaviyalik

  4. Prussiya qiroli Vilgelm I Germaniya imperatori deb e’lon qilingan yilda sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylandi. B)Bengaliya 2 qismga bo‘lindi. C)Misrda "Xizb ul-Vatan" partiyasi tuzildi. D)Italiya Avstriya-Vengriya ittifoqiga qo‘shildi.

  1. Edmund Brek va Jozef de Mester haqida quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri to‘g‘ri berilgan?

A)Utopik sotsializmning eng yirik namoyandalari B)XIX asrning o‘rtalarida vujudga kelgan kommunizm ta’limotining ko‘zga ko‘ringan arboblari C)Liberalizm ta’limotining eng yirik namoyandalari D)XVIII asrda paydo bo‘lgan konservatizm ta’limotining ko‘zga ko‘ringan arboblari

  1. XIX asrning II yarmida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi har bir oiladan olingan zakot miqdori qanchani tashkil etgan?

A)40 bosh qoramol uchun 9 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 50 tiyin B)40 bosh qoramol uchun 10 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 3 so‘m 50 tiyin C)40 bosh ot va tuya uchun 9 so‘m, 40 bosh boshqa mollar uchun 3 so‘m 50 tiyin D)40 bosh ot uchun 9 so‘m, 40 bosh qoramol uchun 2 so‘m 50 tiyin

  1. Ilk o‘rta asrlarga oid "kuhandiz" atamasi qanday ma’no anglatgan?

A)shaharning harbiy garnizon, harbiy omborlar joylashgan qismi B)shaharning savdogarlar do‘konlari, hunarmandlar ustaxonalari, karvonsaroylar joylashgan qismi C)shaharning hunarmandlar yashaydigan qismi D)shaharning hokim qasri joylashgan qismi

  1. Buxoroda "Tarbiyai atfol" jamiyati tashkil etilgan vaqtda jahon tarixida sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang. 1) Meksikada Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. 2) Rossiyada saylov to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. 3) Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo‘shib oldi. 4) "Hindiston kengashlari haqida qonun" nomli hujjat qabul qilindi. 5) Eron taxtiga Muhammad Alishoh o‘tirdi. 6) Janubiy Afrika Ittifoqi tashkil topdi.

A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6

  1. Fransiya hukmron doiralari norozi bo‘lgan Buyuk Britaniya-Fransiya savdo shartnomasi qachon tuzilgan edi?

A) 1860-y. B) 1850-y. C) 1861-y. D) 1857-y.

  1. XX asr 30-yillarida xalq fronti vujudga kelgan davlatlarni ko‘rsating. 1) Germaniya; 2) Italiya; 3) Ispaniya; 4) Fransiya; 5) Braziliya; 6) Argentina; 7) Meksika A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 1, 5, 7

  2. Birinchi jahon urushining quyidagi janglarida sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1) Marna jangi; 2) Somna jangi; 3) Ipr jangi; a) birinchi bor tanklar qo‘llanildi; b) birinchi bor kimyoviy qurol - zaharli gaz (xlor) qo‘llanildi; c) Germaniyaning yashin tezligida g‘alaba qozonish rejasi barbod bo‘ldi

A) 1 - a; 2 - b; 3 - c B) 1 - c; 2 - b; 3 - a C) 1 - b; 2 - a; 3 - c D) 1 - c; 2 - a; 3 - b

  1. Knyaz Igor hukmronligining boshlanishi quyidagi qaysi voqea bilan bog‘liq?

A)Kiyevning egallanishi B)Konstantinopol bilan shartnomaning qayta tiklanishi
C)ko‘chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urush boshlanishi D)Xazar xoqonligining tor-mor keltirilishi

  1. XX asrning 60-yillarida Chexoslovakiya iqtisodiyotida bozor munosabatlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish rejasini e’lon qilgan siyosiy arbobni aniqlang.

A) K.Gotvald B) G.Gusak C) A.Dubchek D) V.Gavel

  1. Buxoro amirligida tanobona solig‘ining miqdori nimaga asoslanib belgilangan?

A)ekinzordagi ekinnig turiga B)ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga
C)tanobona to‘laydigan xo‘jaliklarning soniga D)ekinzor maydonining miqdoriga

  1. Qaysi davrdan boshlab Rossiya imperiyasining o‘zbek xonliklari bilan bo‘lgan munosabatlarida tazyiq o‘tkazish ustunlik qila boshladi? A) XIX asrdan B) XVI asrdan C) XVIII asrdan D) XVII asrdan

  2. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan to‘g‘risini aniqlang. 1) "Marshall rejasi"ga ko‘ra AQSh 1948-1952-yillar oralig‘ida G‘arb davlatlariga 13 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatdi. 2) 1999-yilning dekabr oyida YHning a’zolari qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror qabul qildilar. 3) XX asr 80-yillari oxirlariga kelib Yevropa Hamjamiyatiga a’zo 15 ta davlatning 13 tasida hukumatni sotsialistik va sotsial-demokratik partiyalar vakillari boshqardi; 4) XX asrning 20-40-yillarida totalitar taraqqiyot modelining mavqei kuchli bo‘ldi. 5) 2008-yilda Yevropa liderlari Fransiya, Italiya va Ispaniya yangi "O‘rtayer dengizi ittiffoqi" tashkloti tuzilganligini e’lon qildilar. A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3

  3. Italiya tarixiga oid birinchi jahon urushi natijalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni toping. 1. Janubiy Tirol va Triest porti Italiyaga o‘tdi. 2. Eypen va Morelle okruglari Italiyaga o‘tdi. 3. Germaniya to‘laydigan reparatsiyaning 0,8%iga ega bo‘ldi. 4. Yugoslaviyaning ba’zi hududlari Italiyaga berildi. 5. Dodekanes oroli Italiya o‘tdi. 6. Millatlar Ligasining doimiy a’zosiga aylandi. 7. Yaponiya harbiy-dengiz floti qudratiga teng flotga ega bo‘lish huquqi berildi. 8. Fransiya harbiy-degiz floti qudratiga teng flotga ega bo‘lish huquqi berildi.

A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 8 D) 1, 4, 5, 6, 8

  1. Neolit davridan beri ma’lum bo‘lgan va biron-bir tilning yozuv vositasi hisoblanmaydigan, ma’lumotlar rasm yoki rasmlar ketma-ketligi orqali tasvirlanadigan yozuvni aniqlang. A) katiba B) epigrafika C) mixxat D) piktografika

  2. AQSh (G.Guver davrida) tashqi savdoda import tovarlari uchun katta boj to‘lovi joriy etgan yili bo‘lib o‘tgan voqealarni toping. 1) Argentinadagi harbiy to‘ntarish natijasida I.Irigoyen hukumati ag‘darildi; 2) Yaponiya Xitoyga harbiy hujum boshladi; 3) Turkiya Germaniya bilan savdo shartnomasini imzoladi; 4) Afg‘oniston va SSSR o‘rtasida betaraflik va hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolandi; 5) Buyuk Britaniya va Iroq o‘rtasida yangi 25 yillik shartnoma imzolandi A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 3, 4, 5

  3. G‘aznaviy hukmdorlar davriga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Mahmud G‘aznaviy; 2) Ma’sud G‘aznaviy; 3) Alptegin; 4) Sobuqtegin; a) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‘ldan chiqib, tanazzulga yuz tutdi; b) mamlakat hududi kengayib Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi; c) G‘aznaviy davlatiga asos solindi; d) mamlakatning siyosiy nufuzi ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etildi

A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a

  1. O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda tashkil topgan hokimliklar va ularga oid ma’lumotlar to‘g‘ri muvofiqlashtirilgan javobni toping. 1) ...mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi edi; 2) ...da ayniqsa qurolsozlik rivojlangan; 3) ...qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan; 4) ...tangalarining old betida hukmdor surati, ayrim tangalarda esa, hukmdorga yonma-yon malika tasviri tushirilgan. a) Choch; b) Sug‘d; c) Farg‘ona; d) Toxariston

A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c

  1. Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun Boleslav Jasur qaysi davlat bilan uzoq kurash olib borgan?

A) Germaniya B) Kiyev Rusi C) Chexiya D) Moraviya

  1. Buxoro amirligida aminning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan? 1) soliq va boshqa tushimlarni yig‘ish; 2) tumanlardan askar to‘plash; 3) aholi ustidan nazorat olib borish; 4) ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash; 5) suv inshootlari qurilishi va ta’mirlanishiga mas’ullik; 6) ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish A) 2, 4, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 5

  2. Yevropaning kuchli mustamlakachi davlatlari tomonidan afrikaliklarni qullikka sotish qachongacha davom etgan? A) XX asr boshlarigacha B) XIX asr boshlarigacha C) XVIII asr o‘rtalarigacha D) XIX asr o‘rtalarigacha

  3. Zamondoshlari “Buxoro shoirlari taxtida sulton” deb ulug‘lagan shaxsni aniqlang.

A) Turdi Farog‘iy B) Sayido Nasay C) Mirzo Abdulqodir D) Mushfiqiy

  1. “Versal tizimi”ga ko‘ra qaysi davlat dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum etildi?

A) Bolgariya B) Vengriya C) Avstriya D) Turkiya

  1. Amir Doniyolbiy davrida qaysi viloyatlarning mustaqillikka intilishlari kuchaygan? A) Shahrisabz, Qarshi, Hisor, Urgut B) Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa C) Balx, Hisor, Boysun, Qarshi D) Qarshi, Balx, Hisor, O‘ratepa

  2. Buyuk Britaniya parlamenti hukumat tomonidan Irlandiyaga gomrul berish taklifini rad etgan yillar to‘g‘ri berilgan qatorni toping. A) 1881-, 1886-yillar B) 1882-, 1905-yillar C) 1886-, 1912-yillar D) 1905-, 1914-yillar

  3. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning qaysi shaharlarida yangi teatrlar ochilgan edi?

A) Xiva va Qarshi B) Andijon va Toshkent C) Qo‘qon va Buxoro D) Samarqand va Nukus

  1. Rossiyada dekabristlar qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan vaqtda Qo‘qon xonligida hukmronlik qilib turgan shaxsni aniqlang. A) Umarxon B) Olimxon C) Muhammad Alixon D) Sheralixon

  2. Buyuk Britaniyada irland muxolifat guruhi hamjamiyati hukumatdan qanday agrar islohot o‘tkazishni talab qilgan edi?

A)XIX asr davomida dehqonlarning qo‘ldan ketgan yerlari yana o‘z egasiga qaytarilishi, aholining tabaqasidan qat’i nazar bir xil miqdorda yerni taqsimlash haqidagi agrar islohot B)ijaraning qat’iy bo‘lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo‘ldan qo‘lga erkin o‘tishini ko‘zda tutuvchi agrar islohot C)Irlandiyaga soliq yig‘ish, mahalliy politsiya tuzishga ruxsat etilib, faqat Angliya qo‘lida tashqi siyosat va mudofaa ishlari qolishi haqidagi islohot D)15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o‘z yer uchastkasini boshqa bir shaxsga o‘tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko‘zda tutilgan islohot

  1. 1996-1997-yillarda harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolab, “Shanxay beshligi” tashkilotini tuzgan davlatlarni aniqlang. 1) O‘zbekiston; 2) Turkiya; 3) Rossiya; 4) Qirg‘iziston; 5) Hindiston; 6) Qozog‘iston; 7) Turkmaniston; 8) Tojikiston; 9) Ukraina; 10) Xitoy A) 3, 4, 6, 8, 10 B) 3, 5, 7, 9, 10 C) 1, 2, 3, 4, 10 D) 1, 3, 4, 6, 10

  2. Quyidagi qaysi voqea Germaniyaning o‘rta asrlar tarixida umuman imperator saylanmagan davrga to‘g‘ri keladi?

A)Xitoyda Min sulolasi hokimiyatga keldi. B)Usmonli turklari Bolqonda dastlabki istilochilik yurishlarini olib bordilar. C)Vladimir Monomax Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirdi. D)Xuloku Abbosiylar sulolasiga xotima berdi.

  1. 1921-yilda Ispaniya o‘zining qaysi mustamlakasidagi milliy-ozodlik harakatini bostirish uchun armiya yubordi? A) Somalidagi B) Marokashdagi C) Eritreyadagi D) Sudandagi

  2. Germaniya aholisi katolik cherkovini isloh qilish talabi bilan chiqqan yilda (I) va cherkov eshigiga “95 tezis” deb atalgan xitobnoma yopishtirib qo‘yilgan yilda (II) Buyuk Britaniyada kimlar hukmdorlik taxtida o‘tirganligini aniqlang. a) Genrix VIII; b) Mariya; c) Yelizaveta I; d) Yakov I A) I-a; II-b B) I-d; II-a C) I-b; II-c D) I-a; II-a

  3. I.Lazarev boshchiligidagi rus qo‘shinlarining turkman qabilalariga qarshi dastlabki harbiy harakatlari boshlangandan ularning batamom bo‘ysundirilishigacha bo‘lgan yillar oralig‘i to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) 1880-1885-yillar B) 1879-1884-yillar C) 1879-1885-yillar D) 1878-1885-yillar

  4. 1723-yilda Toshkentni ko‘chmanchi jung‘orlar egallab oladi va bu qaramlik qachongacha davom etadi?

A) 1756-yilgacha B) 1758-yilgacha C) 1784-yilgacha D) 1785-yilgacha

  1. Birinchi jahon urushidan so‘ng Sen-Jermen saroyida imzolangan bitimga ko‘ra, Avstriyaga tegishli bo‘lgan quyidagi hududlar qaysi davlatga qo‘shib berildi? 1) Bukovina; 2) Janubiy Tripolning bir qismi; 3) Moraviya; a) Italiya; b) Chexoslovakiya; c) Ruminiya A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-c, 3-b

  2. 1921-yil martida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, jumladan, .. . zarur edi. 1) Turkiston asosan qishloq xo‘jaligi o‘lkasi bo‘lib, bu yerda zamonaviy qishloq xo‘jaligi va sanoatni yangidan barpo etish; 2) o‘lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish; 3) ko‘p millatli o‘lkadagi yerli xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari, an’analarini hisobga olish; 4) o‘lkaning izdan chiqqan iqtisodiyotini yo‘lga solishda Markazdan yordam olish; 5) o‘lkada yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga sotish A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3

  3. 1441-1442-yillarda Shohrux Mirzo Hindistonga yuborgan elchilarga kim rahbarlik qilgan?

A) Abdurazzoq Samarqandiy B) Ardasher C) G‘iyosiddin Jamshid D) Qozizoda Rumiy

  1. Xiva xonligi taxtida Olloqulixon o‘tirgan davrga jahon tarixida yiz bergan voqeani aniqlang.

A)General Sukre boshchiligidagi kuchlar ispan qo‘shinini tor-mor keltirdi. B)Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida Parijda sulh shartnomasi imzolandi. C) Karl X tomonidan Fransiya parlamenti tarqatib yuborildi. D)Kasa Efiopiya imperatori deb e’lon qilindi.

  1. XIX asr oxirida Rossiya podshosi hokimiyatining asosiy tayanchi ...

A) chet el kapitalistlari edi B) mehnatkash aholi hamda dehqonlar edi
C) yirik korxona va monopoliya egalari edi D) pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi

  1. GFR tarixiga oid quyidagi voqealar yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1. Okkupatsiya tartibi bekor qilindi. 2. GFR da 12 ta diviziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat armiyaga ega bo‘lishga ruxsat etildi. 3. "Xalshteyn doktrinasi" e’lon qilindi. 4. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo‘ldi. a) 1951-yil; b) 1954-yil; c) 1955-yil; d) 1958-yil

A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

  1. 1934-yilda jamoaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqqan mamlakatlarni eslang. Ulardan birining tarixida 1923-yil yanvarida sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Lloyd-Jorj Bosh vazir lavozimidan iste’fo berdi. B)Rur viloyatiga qo‘shin kiritdi va uni bosib oldi.
C)E.Telman boshchiligida Gamburgda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. D)Qizil Armiya Vladivostok shahrini egalladi.

  1. Qadimgi yunonlarda Xronos qanday xudo hisoblangan?

A) adliya xudosi B) zamon xudosi C) yer ilohasi D) uyqu xudosi

  1. Finikiyaliklar Kipr orollari va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos solgan davrda tarixda yuz bergan voqeani toping.

A)Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kelgan B)Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo‘la boshladi C)Misrda Amon Ra xudosi r’avnlarning bosh ilohi va homiysiga aylangan D)O‘rta Osiyoda zardushtiylik dini paydo bo‘ldi

  1. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin O‘zbekistonda barpo etilgan kimyo sanoati korxonalarini ular qurilgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1) Farg‘ona azot o‘g‘iti zavodi; 2) Navoiy kimyo kombinati; 3) Olmaliq kimyo zavodi; a) 1965-yil; b) 1969-yil; c) 1962-yil A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c

  2. AQSHning qaysi banki Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda ishtirok etgan?

A) "Cheyz Manxetten" B) “Marubeni” C) “Pariba bank" D) “Eksport-import bank”

  1. Toshkentda Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qachon qad ko‘targan?

A) XIX asr oxirida B) XX asr oxirida C) XX asr o‘rtalarida D) XIX asrning I yarmida

  1. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo‘lini ochgan sayyoh nomini aniqlang.

A) Vasko da Gama B) Xristofor Kolumb C) Frensis Dreyk D) Fernand Magellan

  1. Anglosakson solnomasi qaysi hukmdor davrida tuzila boshlangan?

A) Amrosiy Avrelian B) Richard II C) Buyuk Alfred D) Genrix VI

  1. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul bilan olingan? 1) xiroj; 2) tanobona; 3) juz’ya; 4) zakot; 5) ushr; 6) qo‘sh puli A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 3, 5

  2. Yaponiya Sovet davlati bilan betaraflik shartnomasini tuzgan yili...

A)Sovet davlati va Turkiya o‘rtasida "Do‘stlik va birodarlik to‘g‘risida" shartnoma imzolandi B)SSSR Millatiar Ligasidan chiqarildi C)Germaniya armiyasi G‘arbiy frontda hujumga o‘tdi D)Germaniya armiyasi Italiyaning Bolqon yarimorolidagi armiyasiga yordamga keldi

  1. Turkistondagi milliy-ozodlik harakati yo‘lboshchilari ichida noyob qobiliyati bilan ajralib turuvchi Madaminbek Ahmadbek o‘g‘li bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni toping. 1. 1918-yil martida unga musulmon qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni unvoni berildi. 2. Uning o‘z "boshqaruv apparati", "tribunali" va "genshtabi" bo‘lgan. 3. 1919-yil yanvarida Marg‘ilon uning qo‘shinlari tomonidan egallandi. 4. 1919-yil aprelida uning qo‘shinlari Namangan va Qo‘qon shaharlari atrofidagi janglarda g‘olib kelishdi. 5. 1919-yil yozida Monstrov boshchiligidagi rus krestyanlaridan tashkil topgan harbiy qismlar uning kuchlari bilan birlashdi. 6. 1919-yil oktyabrida Andijondagi Oyimqishloqda uning tarafdorlari tomonidan "Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati" tuzildi. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 5, 6

  2. Qadimgi davrda O‘zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti nimaga asoslangan?

A)mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga B)hunarmandchilik taraqqiyotiga va urug‘chilik udumlariga C)savdo-sotiq sohasidagi yutuqlarga va harbiy ittifoq mezonlariga D)Qadimgi Sharqdagi shaharlar va manzilgohlar rivojiga

  1. Qaysi davlat arbobi Afg‘onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istar edi?

A) Nur Ahmad Etimodi B) Muhammad Zokirshoh C) Muhammad Dovud D) Babrak Karmal

  1. O‘rta osiyolik mashhur olimlar va ular yozgan asarlari to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Abu Nasr Forobiy; 2) Ahmad al-Farg‘oniy; 3) Muso al-Xorazmiy; 4) Abu Rayhon Beruniy; a) "Kitob at-tarix"; b) "Minerologiya"; c) "Fozil odamlar shahri"; d) "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"

A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-d, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a

  1. 1451-yida temuriy shahzodalar Abu Said bilan Mirzo Abdulla o‘rtasida jang qayerda bo‘lgan?

A) Damashq qishlog‘i yaqinida B) Ray viloyati yaqinida C) Tarnob yaqinida D) Sheroz qishlog‘i yaqinida

  1. O‘zlarini Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning avlodlari deb hisoblovchilar jamoasi yetakchisining unvonini aniqlang. A) shayxulislom B) sadr C) muhtasib D) naqib

  2. Xitoy tarixchisi Syuan Szyan Hindistonda bo‘lgan davrda tarixda yana qanday voqea sodir bo‘lganligini aniqlang.

A)G‘arbiy Turk hoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chirdi. B)O‘rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘chmanchi xion qabilalari kirib keldi. C)Hindistonda Guptalar davlati parchlandi. D)Tuproqqal’a Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi.

  1. Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston muzeyi tashkil etilgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) 1870, 1878-yillar B) 1870, 1876-yillar C) 1871, 1877-yillar D) 1872, 1879-yillar

  2. Germaniyaning birinchi Prezidenti etib saylangan siyosatchini aniqlang.

A) F.Ebert B) E.Lyudendorf C) P.Gindenburg D) V.Kapp

  1. Lotin Amerikasida Paragvay davlati mustaqillikka erishgan yilda sodir bo‘lgan voqeani belgilang.

A)Tarixga "Xalqlar jangi" nomi bilan kirgan jang bo‘lib o‘tdi. B)Qozoqlarning o‘rta juz xonligi tugatildi.
C) Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi. D)Napoleon Elba oroliga surgun qilindi.

  1. II jahon urushidan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash maqsadida iqtisodiyotning “Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi” modeli tanlangan davlatni aniqlang A) Fransiya B) GFR C) Italiya D) Ispaniya

  2. “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan buyuk alloma ismini aniqlang. A) Muhammad ibn Iso at-Termiziy B) Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy

C) Ismoil ibn Muhammad al-Buxoriy D) Abu Mansur al-Moturidiy

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomi berilgan? A) VII B) V C) VIII D) VI

  2. Tropik Afrikada joylashgan Nyasalend qaysi davlat mustamlakasi bo‘lgan?

A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Belgiya D) Ispaniya

  1. Qadimgi dunyo mashhur harbiy sarkardalarining ular ishtirok etgan janglari bilan moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Leonid; 2) Miltiad; 3) Filipp II; 4) Gannibal; a) Fermopil jangi; b) Marafon jangi; c) Xeroneya yaqinidagi jang; d) Kann yaqinidagi jang. A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c D) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a

  2. XX asrning 20-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiga xos xususiyatlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) qishloqda latifundiyachilar zo‘ravonligi; 2) qisman qullar mehnatidan foydalnish; 3) ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi; 4) yagona ichki bozorning yo‘qligi; 5) chet el kapitaliga qaramlik; 6) yerlarning dehqonlarga taqsimlab berilishi A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 6 D) 1, 4, 6

  3. 1935-yil 30-iyundagi Buyuk Britaniya-Germaniya dengiz bitimiga ko‘ra.. .

A)Germaniya Buyuk Britaniyaning uchdan bir qismiga teng harbiy-dengiz otini tuzish imkoniga ega bo‘ldi B)Germaniyaning dengiz savdosidagi harakati ingliz kemalari orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi C)Fransiyaning harbiy-dengiz flotiga teng flot tuzishiga ruxsat berildi D)Germaniyaning Atlantika okeanida o‘z kemalarini harakatlantirishga imkon yaratdi

  1. Andijondagi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni tufayli lavozimidan chetlashtirilgan A.Vrevskiy o‘rniga kim Turkiston general-gubernatori etib tayinlandi? A) A.Kuropatkin B) S.Duxovskoy C) A.Samsonov D) K.Kaufman

  2. Yaponiya Seulda saroy to‘ntarishi o‘tkazgan va Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo‘shib olgan yillar to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. A) 1894, 1910-yy. B) 1895, 1909-yy. C) 1895, 1905-yy. D) 1894, 1908-yy.

  3. Oltin O‘rda ulus nomini olgan to‘rtta yirik viloyatga bo‘linib ketgan davrda yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Venetsiyalik sayyoh Marko Polo Uzoq Sharq va Xitoyga sayohat qildi. B)Boyazid Yildirim va Amir Temur o‘rtasida kuchli to‘qnashuv bo‘ldi. C)Angliya taxtiga Genrix VII Tyudor keldi. D)Movarounnahrda Sarbadorlar harakati vujudga keldi.

  1. Buxoro amirligida joylarda yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatda yig‘ilishi uchun mas’ul bo‘lgan amaldorni aniqlang. A) zakotchi B) amlokdor C) devonbegi D) mushrif

  2. Ganada marokashliklar hukmronligiga qachon chek qo‘yildi?

A) 1076-yilda B) 1097-yilda C) 1173-yilda D) 1087-yilda

  1. Fransiyada qirol Lyudovik XVI qatl etilganidan so‘ng qaysi davlat monarxlarining bosqinchilik hujumlari kuchaygan? 1) Prussiya; 2) Belgiya; 3) Ispaniya; 4) Portugaliya; 5) Angliya; 6) Avstriya

A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6

  1. AQSh Buyuk Britaniya harbiy dengiz flotining yetakchi mavqeini yo‘qqa chiqarishga erishgan yilni aniqlang.

A) 1935-yil B) 1940-yil C) 1934-yil D) 1930-yil

  1. Qaysi omil qoraqalpoqlarni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi?

A)Qoraqalpoqlarning Qo‘qon xonligi fuqaroligiga qabul qilinishi B)Qoraqalpoqlarning Xiva xonligi fuqaroligiga qabul qilinishi C)Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi D)Qoraqalpoqlarning Buxoro xonligi fuqaroligiga qabul qilinishi

  1. XVIII asr oxirida Fransiyada asosan mayda va o‘rta mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi partiyani toping.

A) Jirondachilar B) Vigilar C) Torilar D) Yakobinchilar

  1. Qo‘qon xonligida me’morchilik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? 1) Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg‘oziyxo‘ja kabi me’morlar o‘zlari bunyod etgan inshootlari bilan mashhur bo‘lgan va ular xattotlik san’ati namunalari bilan bezatilgan. 2) Norbo‘tabiy madrasasi XVIII asrning o‘rtalarida bunyod etilgan. 3) Daxmayi Shohon maqbarasi XIX asrning I choragida qurilgan. 4) Umarxon Turkiston va uning atroflarini Orolbo‘yidan Yettisuvgacha egallab, Avliyoota, Pishpak, Oqmachit qal’alarini bunyod etdi. 5) Daxmayi Shohonda xonning otasiga atab qurilgan Modarixon maqbarasi ham joylashgan.

A) 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 5

  1. “G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. A) Mulla Ali qori Qunduziy B) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy C) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy D) Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon

  2. Buxoro amirligida vaqf mulklari kim tomonidan tasarruf etilgan? A) muftiy B) qozi C) shayxulislom D) mutavalli

  3. B. Dizraeli Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan davrda amalga oshirilgan tadbirlar to‘gri ko‘rsatilgan javobni toping. 1. Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi. 2. Xotin-qizlarning ish vaqti 8 soatga keltirildi. 3. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi. 4. Ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi.

A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 4

  1. XIX asrning 70-yillarida quyidagi qaysi slavyan xalqining bir qismi Gabsburglar sulolasining, ikkinchi qismi Germaniyaning, uchinchi qismi esa Podsho Rossiyasining zulmidan azob chekardi?

A) bolgar B) makedon C) polyak D) serb

  1. Franklar qirolligi qachondan imperiya deb yuritila boshlandi?

A)804-yilda sakslar ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng B)Xlodvigning Suassondagi yirik g‘alabasidan so‘ng
C) 800-yili qirol Karl hukmronligi davridan D)Langobardlar qiroli Dezideriy ustidan g‘alabaga erishilgach

  1. Noyob me’morchilik obidasi bo‘lgan Ichan qal’a nechanchi yilda alohida muhofazaga olingan va muzey-qo‘riqxonaga aylantirilgan? A) 1990-yil B) 1976-yil C) 1961-yil D) 1993-yil

  2. 1915-yil 26-aprelda qaysi shaharda Italiya va Antanta o‘rtasida shartnoma imzolandi?

A) Moskva B) Milan C) Parij D) London

  1. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun Asfandiyorxon tomonidan yuborilgan 1000 nafarlik eng sara qo‘shin qo‘zg‘olonchilar tomonidan tor-mor etilgan joyni toping. A) Alieli va Hazorasp oralig‘i B) Toshhovuz va Pitnak oralig‘i C) Alieli va Toshhovuz o‘rtasi D) Xonqa va Hazorasp o‘rtasi

  2. Faysal o‘zini Suriya qiroli deb e’lon qilgan vaqtda jahon sahnasida bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

A)Germaniyada monarxist B.Kapp va general Lyudendorf boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazish uchun isyon ko‘tardilar. B)Fransiyada Milyeran boshchiligida "Milliy blok" hukumati tuzildi. C)Buyuk Britaniya bosh vaziri Lloyd-Jorj iste’foga chiqdi. D)Sovet davlati yangi iqtisodiy siyosat joriy etdi.

  1. Quyidagi qaysi davlatlar Bolqon ittifoqiga birlashgan? 1) Bosniya; 2) Bolgariya; 3) Serbiya; 4) Sloveniya; 5) Albaniya; 6) Chernogoriya; 7) Ruminiya; 8) Gretsiya A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 5, 6, 7 C) 2, 3, 6, 8 D) 1, 2, 4, 8

  2. Xan sulolasi davrida Xitoyda mavjud yerlar kimning mulki hisoblangan?

A) amaldorlarning B) qishloq jamoalarining C) harbiy lashkarboshilarning D) hukmdorning

  1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligidagi dehqonlarning chiqishlari stixiyali isyonlar tarzida bo‘lib, quyidagi qaysi holatlar bilan kechgan? 1) amaldorlarning uylarini vayron qilish; 2) amaldorlarni oila a’zolari bilan qirib tashlash; 3) qarz tilxatlarini yirtib tashlash; 4) soliq yig‘uvchilarni quvib yuborish; 5) zodagonlarni haydab yuborish; 6) zamindorlarning yerlarida ishlashdan bosh tortish A) 2, 5, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 3, 4

  2. Ibrohim Bo‘ritegin 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari - Chag‘oniyon, Xuttalon va Vaxshni kimlardan tortib oldi? A) g‘aznaviylardan B) saljuqiylardan C) somoniylardan D) abbosiylardan

  3. O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolik kodeksi" qachon qabul qilingan?

A) 1997-y. B) 1994-y. C) 1995-y. D) 1998-y.

  1. XIX asr oxirlarida Shimoliy Afrikadagi fransuz mustamlakalari to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) Tunis, Sudan B) Misr, Marokash C) Liviya, Sudan D) Tunis, Jazoir

  1. O‘rta asrlarda arablarga qarshi bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘olonlarining yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Kufa shahridagi qo‘zg‘olon; 2) Abu Muslim qo‘zg‘oloni; 3) Muqanna qo‘zg‘oloni; 4) Bobek qo‘zg‘oloni; a) 747-749-yillar; b) 685-687-yillar; c) 815-yil; d) 769-783-yillar

A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

  1. Buyuk Britaniya tarixida Parlamentning vakolati 5 yil qilib belgilanib, deputatlarga maosh to‘lash joriy etilgan yilda ...

A)Sun Yat Sen Xitoyga qaytib kelgach, Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to‘pladi B)Yaponiya Koreya yarimorolini kuch bilan o‘ziga qo‘shib oldi C)Eron inqilobining ikkinchi davri boshlandi D)ingliz mustamlakachilari Bengaliyani ikki qismga bo‘lib tashladi

  1. Sho‘royi Islomiyaning tashabbusi bilan Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirilgandan bir yil oldin sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Brest tinchlik shartnomasi imzolandi. B)Sovet davlati "Sulh to‘g‘risida"gi dekretni qabul qildi.
C)Nivel qirg‘ini yuz berdi. D)Ruminiya va Antanta davlatlari o‘rtasida shartnoma imzolandi.

  1. Xlodvig vorislari Burgundiya va Provansni istilo qilgan davrda sosoniylar hukmdori kim bo‘lgan?

A) Pero‘z II B) Xusrav I Anushervon C) Kubod D) Shopur II

  1. XIX asrning 90-yillariga kelib qaysi davlatning mustamlakalari o‘z hududidan qariyib besh barobar ortiq edi?

A) Buyuk Britaniyaning B) Rossiyaning C) Germaniyaning D) Yaponiyaning

  1. Buxoro amiri Nasrulloning Qo‘qon xonligidagi noibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Iskandar B) Ibrohim dodxoh C) Hasan dodxoh D) Musulmonqul

  1. Rossiyada samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash davrida vujudga kelgan “Shimoliy jamiyat”da konstitutsiya loyihasini kim tayyorlagan edi? A) A.Alekseyev B) N.Muravyov C) S.Morozov D) P.Pestel

  2. V asr o‘rtalariga kelib mamlakatimiz hududlaridagi ziroatkor vohalarda ekin yerlarining asosiy qismi kimlarning qaramog‘ida edi? A) sarkorlar B) qishloq jamoalari C) ibodatxonalar D) dehqonlar

  3. AQSh Konstitutsiyasiga oq tanlilar bilan qora tanlilarning fuqarolik va siyosiy huquqlarini tenglashtiruvchi tuzatish kiritilgan yilni aniqlang. A) 1867-yil B) 1860-yil C) 1866-yil D) 1865-yil

  4. Quyidagi tarixiy asarlar mualliflari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) "Gulshan ul-mulk"; 2) "Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xo‘qand va Qoshg‘ar"; 3) "Fathnomayi Sultoniy"; 4) "Yilnomalar to‘plami"; a) Mir Olim Buxoriy; b) Muhammad Hakimxon; c) Muhammad Yaqub ibn Doniyolbiy; d) Mirzo Shams Buxoriy

A) 1 - c; 2 - b; 3 - d; 4 - a B) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 - a C) 1 - c; 2 - d; 3 - a; 4 - b D) 1 - a; 2 - d; 3 - c; 4 - b

  1. Tarixdan ma’lumki, Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Buxoro taxtiga eng munosib nomzod Jonibek Sulton bo‘lib qoladi. Lekin u kimning foydasiga taxtdan voz kechadi?

A) Din Muhammad B) Boqi Muhammad C) Imomqulixon D) Vali Muhammad

  1. 1930-yilga kelib quyidagi qaysi davlat ikki jahon urushi oralig‘idagi eng yuqori sanoat ishlab chiqarishiga va savdo aylanmasiga erishgan? A) Yaponiya B) Buyuk Britaniya C) AQSh D) Fransiya

  2. Ikkinchi jahon urushi voqealarini eslang va Moskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo‘lib o‘tgan davrni to‘g‘ri toping. A) 1942-yilning qish oylarida B) 1941-yilning kuz-qish oylarida C) 1942-yilning qish-bahor oylari D) 1941-yilning yoz-kuz oylarida

  3. Quyidagi atamalarning qaysi tildan olinganligini aniqlang. 1) immigrant; 2) industriya; 3) migratsiya; a) lotin; b) yunon; c) ingliz; d) fransuz; e) nemis; f) ispan

A) 1 - a; 2 - c; 3 - e B) 1 - b; 2 - c; 3 - b C) 1 - d; 2 - a; 3 - f D) 1 - a; 2 - a; 3 - a

  1. 1920-yilning aprelida Ispaniya hukumati tomonidan joriy etilgan tadbirlarni aniqlang. 1) 8 soatlik ish kuni; 2) kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat berish; 3) ish haqini oshirish; 4) bolalar mehnati taqiqlash; 5) xotin-qizlar uchun 7 soatlik ish kuni; 6) qarilik va nogironlik sug‘urtalari; 7) yakshanbani dam olish kuni deb belgilash

A) 2, 5, 6, 7 B) 1, 2, 5, 6 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 4, 6, 7

  1. Yaponiyada aholining barcha tabaqalari - feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand, savdogarlar rasman teng huquqli deb e’lon qilingan yilda...

  2. A)Buyuk Britaniya parlamenti deputati, olsterlik protestant, yer egasi Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qildi B)Eronda mujohidlar tashkiloti shaxs erkinligi, ish vaqtini 8 soat qilib cheklash, bepul va majburiy ta’lim joriy etish talablari bilan chiqdi C)Avstriya-Vengriya imperiyasi poytaxti Vena shahrida ishchilarning demokratik erkinliklar berilishini talab qilgan ommaviy namoyishlari o‘tkazildi D)Buyuk Britaniyada saylovda qatnashuvchilar uchun mulk senzi kamaytirildi va erkak aholining 50 foizi saylov huquqiga ega bo‘ldi

  3. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Osiyo davlatlari tarixini eslang va quyidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. Yaponiyada ikki palatali parlament joriy qilindi. 2. "Xitoy uyushmalari ittifoqi" siyosiy tashkiloti tuzildi. 3. "Hindiston kengashlari haqida qonun" nomli hujjat qabul qilindi. 4. Eronda Majlisga saylov o‘tkazildi, Muzaffariddin Konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqladi

A) 1, 2, 4, 3 B) 1, 3, 4, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 4, 2, 3

  1. Toshkent hokimligi elchilari Sankt-Peterburgga borib, Imperator Aleksandr I qabulida bo‘lgan yilda ....

A)Turkiston va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo‘lgan yerlar Toshkent hokimligiga qo‘shib olindi B)Toshkent hokimligi taxtiga Sultonxo‘ja o‘tirdi C)Qo‘qon xoni lashkarlari bilan Toshkent hokimligi lashkari o‘rtasida G‘urumsaroy yaqinida jang bo‘ldi D)Toshkent hokimligi Qo‘qon xonligi tarkibiga qo‘shib olindi

  1. Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati oqibatida Birma quyidagi qaysi davlatning mustamlakasiga aylangan edi? A) Fransiya B) Belgiya C) Buyuk Britaniya D) Portugliya

  2. Odamzod ajdodlarining qadimiy yodgorliklari topilgan Olduvay darasi qayerda joylashgan?

A) Mesopotamiyada B) Kichik Osiyoda C) Sharqiy Afrikada D) Germaniyada

  1. Xorazmshohlar davlatida qaysi amaldor harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora qilgan?

A) amid ul-mulk B) xo‘jayi buzruk C) xojib D) kutvol

  1. Yaponiyada qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yerni erkin oldi-sotti qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berilgan davrda quyidagi qaysi voqea sodir bo‘ldi? 1. Ural kazaklari hozirgi Qoraqalpog‘iston hududlariga surgun qilindi. 2. Kaspiyorti viloyati tashkil topdi. 3. "Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risida Nizom" loyihasi qabul qilindi. 4. AQSh Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to‘g‘risida qonun qabul qildi. 5. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.

A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5

  1. Birinchi jahon urushi qaysi davlatni G‘arbiy Yevropaning birinchi davlatiga aylantirdi?

A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Italiya D) Germaniya

  1. Toshkent bekligida Yunusxo‘ja huzurida tuzilgan xon kengashi tarkibiga kimlar kirgan?

A) Yunusxo‘janing ishonchli saroy a’yonlari B) 4 daha hokimlari C) 4 daha qozilari D) 4 daha mingboshilari

  1. Quyidagi qaysi voqeaning sodir bo‘lish vaqti Movarounnahrda Nasr II hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi?

A)Vladimir Monomax ilk bor qipchoq xonlari qo‘shinini yengishi B)Chexiyada knyaz Vatslav hukmronlik qilishi C)Xitoyda Sun sulolasi hukmronligining boshlanishi D)Kiyev Rusida xristian dinining qabul qilinishi

  1. AQShdagi kon ishchilari og‘ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashlashi natijasida Kolorado shtatida harbiy holat e’lon qilingan yili bo‘lib o‘tgan voqeani toping.

A)Albaniya besh asrlik Turkiya hukmronligiga barham berib o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. B)Ikkinchi Bolqon urushidagi mag‘lubiyat tufayli Bolgariyada hokimiyat tepasiga germanparast hukumat keldi. C)Rossiyadagi agrar islohot asoschisi Stolipin otib o‘ldirildi. D)Liviya Italiya mulki deb e’lon qilindi.

  1. Quyidagi qaysi shaharda 1947-yilda agronomlar tayyorlaydigan uch yillik maktab tashkil etilgan?

A) Samarqand B) Toshkent C) Andijon D) Farg‘ona

  1. Fransiyada Napoleon I davrida qayta tiklangan monarxiya qaysi kuchlarga tayanar edi? 1) zodagonlarga; 2) yirik burjuaziyaga; 3) mayda mulkdorlarga; 4) hunarmandlarga; 5) qo‘shinga; 6) davlat amaldorlariga

A) 2, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 3

  1. Rus qo‘shinlari tomonidan qaysi qal’aning egallanishi ularga Toshkent shahri aholisini suv ta’minotidan uzib qo‘yish imkonini berdi? A) Keles B) Chirchiq C) Chimkent D) Niyozbek

  2. Turkiston o‘lkasining quyidagi viloyatlaridan Rossiyaga mardikorlikka olinganlarning soni mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. 1) Sirdaryo; 2) Samarqand; 3) Farg‘ona; a) 38 ming; b) 50 ming; c) 87 ming

A) 1 - c; 2 - b; 3 - c B) 1 - c; 2 - a; 3 - b C) 1 - a; 2 - c; 3 - b D) 1 - b; 2 - c; 3 - a

  1. Pokistonda qaysi rahbar davrida mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta’minoti joriy etildi?

A) P.Musharraf B) M.Rahmon C) Yahyoxon D) Z.Bxutto

  1. XIX asrda qoraqalpoqlarda boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in hisoblangan ovul hayotiga kim rahbarlik qilgan?

A) biylik kengashi B) inoq C) yuzboshi D) oqsoqollar kengashi

  1. XIX asr boshlarida Samarqand shahri baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, oltita darvozasi mvjud edi. Ushbu darvozalar nomlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Urgut; 2) Buxoro; 3) Paykobod; 4) Qarshi; 5) Shohizinda; 6) Qalandarxona; 7) So‘zangaron; 8) Xo‘ja Ahror; 9) Registon

A) 2, 3, 5, 6, 7, 8 B) 1, 3, 5, 6, 8, 9 C) 2, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 3, 4, 5, 6, 8

  1. Fransiyada monarxiya ag‘darilib, qirol Lyudovik XVI qatl qilingan yilda ...

A)Eronda Zend qabilasi o‘z o‘rnini Qojarlar sulolasiga bo‘shatib berdi B)Rossiyada Ye.Pugachyov boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi C) Yaponiyada Tokugava sulolasining eng mashhur arbobi Yosimune hukmronligi tugadi D)Nepal davlati Sin sulolasiga vassallikni majburan tan oldi

  1. Turkiy xalqlarni birlashtirish g‘oyasiga Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek, sobiq Ittifoq tomonidan berilgan rasmiy nom qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

A) Militarizm B) Panturkizm C) Panislomizm D) Yosh turklar

  1. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida favqulodda hollarda aholidan shoshilinch yig‘ib olingan soliq turini aniqlang.

A) shulen B) targ‘u C) chiqim D) talab

  1. Buxoro amirligi tashqi savdo aloqalariga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to‘g‘ri keltirilgan? 1) Orenburgda 1804-yilda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilib, unda 200 ta xonadon istiqomat qilgan; 2) Buxoro amirligining qozoqlar bilan savdo aloqalarida qirg‘izlar vositachilik qilgan; 3) 1844-yilda Buxoro amirligining Markaziy Osiyo-Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil etdi; 4) Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilganidan 21 yil o‘tib unda istiqomat qilayotgan xonadonlar soni 30 ta bo‘ldi

A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 3, 4

  1. XIX asrning boshlariga kelib, Eron xalqaro siyosatda muhim o‘rin tuta boshladi, bunga sabab nima edi?

A)Germaniyaning Osiyoda o‘z yerlari bo‘lishi uchun da’vo qilayotgani, Buyuk Britaniyaning Afg‘onistonga da’vosi, Rossiyaning Eron bilan qiziqa boshlashi B)Buyuk Britaniya va Fransiyaning sharqda hukmronlikni o‘z qo‘llariga olish uchun boshlagan kurashlari hamda Rossiyaning Kavkazni qo‘lga kiritishga urinayotgani C) Buyuk Britaniyaning Hindistonni egallashga urinayotgani va Fransiyaning sharq masalasida Buyuk Britaniya bilan o‘zaro kelishuvlari, Rossiyaning Afg‘onistondagi harakatlari D)Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Sharq masalasida kelishmovchiliklari, Rossiyaning Afg‘oniston masalasida Eronga murojaat etishi va xalqaro qulay vaziyat

  1. Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo‘lgan siyosiy vaziyatni aniqlang.

A)Turk hoqonligining ikkiga bo‘linib ketishi B)Eftallar bilan to‘qnashuvning muqarrarligi C) Sosoniylar va Vizantiya bilan savdo-sotiq aloqalarining manfaatliligi D)Bu davlatlar o‘rtasida diniy yaqinlikning mavjudligi

  1. Ikkinchi jahon urushidan keyin Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida ishlab turgan bir yillik malaka oshirish kurslarida kimlar o‘qitilganligini toping.

A)Kolxoz raislari va brigadirlar B)MTS direktorlari va tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi mudirlari
C)Zveno boshliqlari va brigadirlar D)MTS larning katta mexaniklari

  1. Yevropada dastlabki banklar qachon va qayerda paydo bo‘lgan? A) XIV-XV asrlarda Italiyada B) XV-XVI asrlarda Germaniyada C) XIII-XIV asrlarda Belgiyada D) XIV-XV asrlarda Angliyada

  2. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida yozib qoldirgan “Muhit okeani” qaysi okeanlar hisoblanadi? A) Hind va Atlantika okeanlari B) Atlantika va Tinch okeanlari C) Shimoliy muz va Atlantika okeanlari D) Tinch va Hind okeanlari

  3. Abdulla Qahhorning ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan va jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo‘lgan asarlarini aniqlang. 1) "Toshkentliklar"; 2) "Xotinlar"; 3) "Shinelli yillar"; 4) "Oltin yulduz"; 5) "El boshiga ish tushsa". A) 1, 3 B) 2, 4 C) 4, 5 D) 1, 2

  4. Buyuk Britaniyada U.Gladston bosh vazir bo‘lib turgan davrda tarixda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1. AQSh tarixiga "taraqiyparvar davr" nomi bilan kirgan davr kechdi. 2. Avstriya va Vengriya hukmron doiralari o‘rtasida bitim imzolandi. 3. Adua yonida Italiya qo‘shinlari tor-mor etildi. 4. Yaponiya Konstitutsiyasi qabul qilindi. 5. Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylandi. 6. Fransiyada T’yer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. A) 1, 3, 4 B) 3, 5, 6 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 6

  5. XX asr boshlarida Ispaniyada katta yer egalarining tayanchini aniqlang.

A) ijarachi dehqonlar B) Italiya hukumati C) armiya va katolik cherkovi D) qirol xonadoni

  1. Inqilobiy qo‘mita butun O‘zbekiston xalqiga murojaat etib, O‘zbekiston SSR tuzilganligini ma’lum qilgan yilda quyidagi qaysi voqea yuz berganligini toping.

A)Buxorodagi Xalq uyida Umum O‘zbek sovetlarining birinchi qurultoyi ochildi. B)AQSh hukumati Da’vatkorlik to‘g‘risida hujjatni qabul qildi. C)Buyuk Britaniya Xitoyga qarshi harbiy intervensiya uyushtirdi. D)Fransiyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda "Milliy blok" mag‘lubiyatga uchradi.

  1. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida xon va uning qarindoshlari, oliy martabali amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning qancha qismiga egalik qilishardi?

A) uchdan bir qismiga B) chorak qismiga C) uchdan ikki qismiga D) deyarli yarmiga

  1. Quyidagi qaysi shaharlar 1381-yilda Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan? 1) Hirot; 2) Saraxs; 3) Jom; 4) Seiston; 5) Qavsiya; 6) Sabzavor; 7) Balx A) 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6

  2. Xitoy tarixiga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq yuz berganini toping.

A)Xitoyning Shandun viloyati Germaniya ta’sir doirasiga o‘tdi. B)Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi. C)Xitoy Buyuk Britaniya bilan imzolagan konvensiyaga muvofiq Buyuk Britaniya Xitoyning 10 dan ortiq bandargohlariga erkin kirish, qator viloyatlarda erkin savdo qilish huquqini oldi. D)Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo‘l ishga tushirildi.

  1. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash boshlangan vaqtda Xiva xoni bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) Olloqulixon B) Muhammad Rahimxon I C) Muhammad Amin D) Eltuzar

  1. Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifalarini bajargan organni aniqlang. A) Maslahat Kengashi B) Nozirlar Kengashi C) Xon kotibiyati D) Oliy Kengash

  2. Turk sultoni Salim I nechanchi yilda Misr poytaxti Qohira shahrini egalladi?

A) 1516-yilda B) 1517-yilda C) 1514-yilda D) 1515-yilda

  1. XX asrning 30-yillarida Ispaniyada fuqarolar urushini keltirib chiqargan isyon qaysi hududda boshlanganligini aniqlang. A) Kataloniyada B) Marokashda C) Liviyada D) Sardiniyada

  2. XX asr boshlarida Fransiya eksportida fransuz vinolari (1), jun (2), ip gazlama (3), shoyi gazlama (4) mahsulotlarining egallagan o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? a) 1-o‘rin; b) 2-o‘rin; c) 3-o‘rin; d) 4-o‘rin

A) 1 - a; 2 - c; 3 - b; 4 - d B) 1 - d; 2 - a; 3 - b; 4 - c C) 1 - b; 2 - d; 3 - a; 4 - c D) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 - a

  1. Janubiy Afrika Respublikasining birinchi qora tanli prezidentini aniqlang.

A) M.Snegur B) N.Mandela C) P. Lumumba D) F. Le Klerk

  1. SSSRda "rivojlangan sotsializm" nazariyasi ilgari surilgan yilda. ..

A)Bangladesh Xalq Respublikasi tuzildi B)Liviya Respublika deb e’lon qilindi C)Yaponiya Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi D)Yugoslaviyada I.Broz Tito cheklanmagan muddatga prezident qilib saylandi

  1. To‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni toping.

A)Farg‘ona vodiysidagi milliy ozodlik harakati yetakchilaridan bo‘lmish Madaminbek Ahmadbek o‘g‘li 1882-1920-yillar oralig‘ida yashagan. B)1920-yilning birinchi yarmida milliy-ozodlik kuchlari sovet qo‘shinlariga qarshi bir qator sezilarli zarba berdilar. C)Katta Ergash turli siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech qaysi qo‘rboshi uningchalik kuch-qudratga ega bo‘lmagan edi, deb yozgandi uning muxolifatlaridan biri. D)1919-yil o‘rtalariga kelib Skobelev, Marg‘ilon, Andijon, Namangan va O‘sh kabi hududlarda harakat qilayotgan taniqli rahnamolar, ularning jangchilari Madaminbekning yashil bayrog‘i ostida birlashayotgan edi.

  1. Qaysi Qo‘qon xoni davrida xonlikning siyosiy mavqeyi yanada kuchayib, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram, Rossiyaga boruvchi savdo karvon yo‘llari bo‘ysundirildi?

A) Olimbek B) Erdonabiy C) Norbo‘tabiy D) Yunusxo‘ja

  1. Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududlarini, bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlarini anglatuvchi atamani toping.

A) demobilizatsiya B) anneksiya C) irredentizm D) ekspansiya

  1. Buyuk Britaniya tarixiga oid quyidagi voqealar orasidan bir yilda sodir bo‘lganlarini toping. 1) Misrning egallanishi; 2) Bur respublikasining taslim bo‘lishi; 3) Panama kanali masalasida AQShga yon bosishi; 4) Yaponiya bilan shartnoma imzolab, unga katta moliyaviy yordam ko‘rsatishi; 5) Misr hukumatidan Suvaysh kanalining 45 foiz aksiyasini sotib olishi; 6) Qirolicha Viktoriyaning Hindiston imperatori deb e’lon qilinishi

A) 1, 3 B) 2, 4 C) 5, 6 D) 3, 4

  1. Buxoro hukmdorlaridan Abdullaxon II ning faoliyatiga bog‘liq quyidagi tarixiy voqealar orasidan bir yilda sodir bo‘lganlarini toping. 1) Abdullaxon II ning Eronni o‘zaro taqsimlab olish taklifi bilan Hindiston hukmdori Akbarshoh huzuriga o‘z elchisini jo‘natishi; 2) Buxoroda yirik usti berk bozor - Abdullaxon timining qurilishi; 3) Abdullaxon II tomonidan Badaxshonning egallanishi; 4) Abdullaxon II qo‘shini Tavakkal qo‘shinini tor-mor etib, Movarounnahr hududini qozoqlar bosqinidan ozod etishi A) 3, 4 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 1, 3

  2. Quyidagi fransuz qirollarining ular hukmronlik qilgan yillari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Filipp IV; 2) Lyudovik XI; 3) Karl VII; 4) Lyudovik VI; a) 1285-1314-yy.; b) 1108-1137-yy.; c) 1461-1483-yy.; d) 1422-1461-yy.

A) 1 - b; 2 - c; 3 - d; 4 - a B) 1 - a; 2 - c; 3 - d; 4 - b C) 1 - a; 2 - d; 3 - c; 4 - b D) 1 - d; 2 - c; 3 - a; 4 - b

  1. Quyidagilardan bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang. 1. Bur Respublikasi Buyuk Britaniya tarkibiga qo‘shib olindi. 2. Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo‘shib oldi. 3. Transvaal, Oranj, Natal, Kapni “Janubiy Afrika ittifoqi” nomi bilan birlashtirildi. 4. Fransiya Madagaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi. 5. Meksikada prezidentlik saylovi o‘tkazildi. 6. Qizil dengiz bo‘yi va Somali yarimoroli Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya o‘rtasida taqsimlab olindi. A) 2, 3, 5 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 4, 6

  2. Prussiya qirolligida konstitutsiya joriy qilingan yilni toping. A) 1849-yil B) 1848-yil C) 1846-yil D) 1847-yil

  3. Quyidagi voqealardan qaysilarining sodir bo‘lish vaqti Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlarining uchinchi bosqichi davriga to‘g‘ri keladi? 1) Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasining qabul qilinishi; 2) Germaniya kansleri Otto fon Bismarkning iste’foga chiqishi; 3) Qirolicha Viktoriya Hindiston imperatori deb e’lon qilinishi; 4) AQShning sanoat mahsulotlari hajmi jihatdan birinchi o‘ringa ko‘tarilishi; 5) San-Stefanoda Rossiya-Turkiya sulh shartnomasining imzolanishi A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 5

  4. Turkiston Sovetlarining qaysi syezdida o‘lkada yer-suv islohoti masalasi ko‘rib chiqilib, unda aholining boy qismi qo‘lidagi katta yerlarni musodara qilish, ovrupolik aholi bilan yerli xalqlar o‘rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlikka barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topilgan edi?

A) 1921-yil dekabrdagi XI syezdida B) 1920-yil sentabrdagi XI syezdida
C) 1917-yil oktabrdagi IX syezdida D) 1918-yil apreldagi X syezdida

  1. Buxoro aholisining qozoqlar bilan savdo aloqalarida kimlar vositachilik qilgan? (XIX asr)

A) tojiklar B) qirg‘izlar C) turkmanlar D) qoraqalpoqlar

  1. 1878-yildagi Berlin kongressida Bolgariya masalasida qabul qilingan qaror to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A)Bolgariyaning davlat mustaqilligi tugatish B)Bolgariyaga Turkiya qo‘l ostidagi yerlarning bir qismi qo‘shib berish C)Bolgariya ega bo‘lgan hududlarni qisqartirish D)Bolgariya ega bo‘lgan hududlar o‘zgarishsiz qoldirish

  1. Qaysi voqeadan so‘ng Shvetsiya o‘zining buyuk davlat maqomini yo‘qotdi?

A)Poltava jangidan so‘ng B)Kuchukqaynarji shartnomasiga ko‘ra
C)Buyuk Litva knyazligi ittifoqi tashkil topishi bilan D)Hozirgi Belgiya hududidagi 1709-yildagi urushdan so‘ng

  1. Quyidagi atamalardan qaysi biri xalqaro shartnoma, bitim ma’nosini bildiradi?

A) traktat B) urbanizatsiya C) ssuda D) demobilizatsiya

  1. Kimlar Buyuk Karlning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajaruvchilar hisoblangan?

A) tunginlar B) graflar, gersoglar C) yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari D) feodallar, graflar

  1. Boburiylardan bir xil muddatda hukmronlik qilganlarini aniqlang.

A) Shohjahon va Avrangzeb B) Akbarshoh va Humoyun
C) Shohjahon va Akbarshoh D) Akbarshoh va Avrangzeb

  1. O‘rta asrlarda Rim papasi Innokentiy III Yevropadagi qaysi davlatlar qirollarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirgan?

A) Ispaniya, Angliya, Germaniya B) Italiya, Ispaniya, Gollandiya
C) Bolgariya, Daniya, Irlandiya D) Germaniya, Fransiya, Angliya

  1. Quyidagi qaysi davlat mil.avv. II asrda barham topgan? A) Qang‘ B) Dovon C) Yunon-Baqtriya D) Kushon

  2. AQShda bir yilda qabul qilingan qonunlarni ko‘rsating. 1) Vagner qonuni; 2) Halol raqobat kodeksi; 3) Ijtimoiy sug‘urta haqida; 4) Betaraflik to‘g‘risida; 5) Sanoatni qayta tiklash haqida A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3

  3. Amir Temur davlatidagi qaysi lavozim harbiy lavozim hisoblanmagan?

A) aylboshi B) xonsolar C) qo‘shunboshi D) bakovul

  1. Osiyoning qaysi davlatida ishga qabul qilishda «psixologik yondashuv»dan foydalaniladi, ya’ni umrbod ish bilan ta’minlash haqida shartnoma tuziladi? A) Indoneziya B) Yaponiya C) Xitoy D) Hindiston

  2. Germaniyada davlat boshqaruvining burjua demokratik shaklidan totalitar diktatura shakliga o‘tish qachon yuz berdi? A) 1925-yil B) 1933-yil C) 1919-yil D) 1948-yil

  3. Erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. A) «Sali haqiqati» B) «Rus haqiqati» C) «Dahshatli sud kitobi» D) «Buyuk ozodlik xartiyasi»

  4. Qadimgi misrliklar yerosti saltanati xudosini qanday atashgan? A) Osiris B) Ptax C) Maat D) Isida

  5. Eronda dehqonlarning boshqa joylarga ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 1710-yilda qaysi hukmdor tomonidan dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini ta’qiqlovchi farmon chiqarildi?

A) Abbos I B) Sulton Husayn C) Mir Mahmud D) Taxmasp II

  1. Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Muzaffar B) Doniyolbiy C) Amir Haydar D) Abdulahad

  2. Quyidagi ixtirolardan qaysi biri rus olimi N.Kibalchich nomi bilan bog‘liq? A) samolyotlarni avtomatik boshqarish B) raketaplan C) raqamli hisoblash mashinalari D) tikuv mashinalarini dasturlash

  3. Germaniya Bag‘dod temir yo‘li loyihasining Izmir-Anqara qismini qo‘lga kiritgan va bu loyihani to‘la qo‘lga kiritgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) 1888-, 1903-yillar B) 1889-, 1902-yillar C) 1889-, 1904-yillar D) 1888-, 1905-yillar

  1. Angliyada Genrix VIII Tyudor hukmronligi boshlangan yilda Movarounnahrda hukmronlik qilib turgan sulolani aniqlang. A) Mang‘itlar B) Shayboniylar C) Temuriylar D) Ashtarxoniylar

  2. Germaniyada prezident P.Gindenburg tomonidan imzolangan va A.Gitlerga favqulodda vakolatlar bergan hujjatni aniqlang.

A)“Germaniya siyosiy partiyalari to‘g‘risida”gi qonun B)“Reyxstag faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun C)“Milliy mehnatni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun D)“Xalq va davlatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi dekret

  1. XX asrning 60-70-yillarida portret janrida ijod qilgan o‘zbek rassomlarini aniqlang. A) O‘.Tansiqboyev, V.Kaydalov B) Ch Ahmarov, O‘.Tansiqboyev C) M.Nabiyev, Ch Ahmarov D) V.Kaydalov, M.Nabiyev

  2. Kiyev knyazi Svyatoslav kimlarga qarshi urushlar olib borgan? 1) Xazar xoqonligiga; 2) drevlyan qabilalariga; 3) Bolgariyaga; 4) bijanaklarga; 5) qipchoqlarga; 6) Vizantiyaga A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 4, 5, 6

  3. Rus hukmdori Boris Godunov vafot etgan yilda quyidagi hukmdorlardan qaysilarining hukmronligi tugagan edi? 1) Akbarshoh; 2) Vali Muhammadxon; 3) Boqi Muhammad; 4) Abbos I A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 3, 4

  4. Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang.

A) Burhoniddin al-Marg‘inoniy B) Imom al-Buxoriy C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy

  1. Xiva xonligida xonlik hayotiga oid kundalik masalalar . .. tomonidan ko‘rib chiqilgan.

A) inoq B) Nozirlar Kengashi C) xon kutvoli D) Kichik Kengash

  1. Lotin Amerikasida ispan mustamlakachilariga qarshi mustaqillik uchun kurashda kreollar kimlarning madadiga tayanishgan edi? 1) harbiylarning; 2) hindularning; 3) metislardan chiqqan dehqon va hunarmandlarning; 4) ajnabiylarning; 5) mulatlardan chiqqan dehqon va hunarmandlarning; 6) qora tanli qullarning

A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6

  1. Sheralixon Qo‘qon xonligini necha yil boshqargan? A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 6 yil

  2. 1918-yilda Buyuk Britaniya parlamentiga o‘tkazilgan saylovlar davrida Leyboristlar partiyasi o‘z saylovchilariga bergan va’dalari to‘gri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurish; 2) yangi hukumat tarkibiga ishchi dehqonlarning vakillarini kiritish; 3) ishchilar hukumatini tuzish; 4) kasaba soyuzlarining vakolatlarini kengaytirish; 5) milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalaridan sotib olish orqali milliylashtirish; 6) bojsiz savdoni bekor qilish

A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 5

  1. Argentinada Uriburi boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazilganidan so‘ng yangi hukumat tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlarni ko‘rsating. 1. Kongress tarqatib yuborildi. 2. 8 soatlik ish kuni joriy etildi. 3. Mamlakatda qamal holati joriy etildi. 4. 8 soatlik ish kuni bekor qilindi. 5. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o‘rnatildi. 6. Sanoat korxonalari milliylashtirildi. 7. Yerlar dehqonlarga taqsimlab berildi. 8. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirilish haqidagi qarori bekor qilindi. 9. Konstitutsiyaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatildi.

A) 2, 5, 7, 8, 9 B) 1, 2, 5, 6, 7 C) 1, 3, 4, 5, 8 D) 2, 6, 7, 8, 9

  1. Silla qirolligi o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishgan asrni aniqlang. A) IX asr B) VI asr C) VIII asr D) VII asr

  2. Xitoyda Gomindan va XKP o‘rtasida a) umummilliy birlashgan inqilobiy fronti hamda b) yagona antiyapon milliy fronti vujudga kelgan yillarni toping.

A) a-1923-yil; b-1937-yil B) a-1923-yil; b-1931-yil C) a-1924-yil; b-1937-yil D) a-1927-yil; b-1935-yil

  1. Yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilingan yilda...

A)Tunisda Fransiya hukmronligi o‘rnatildi B)Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi C)Rossiya tomonidan Buxoro amirligi bosib olindi D)Buyuk Britaniya o‘z qirolichasi Viktoriyani Hindiston imperatori deb e’lon qildi

  1. Hindiston hukmdori Shohjahon davrida Hindiston-Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz bergan bo‘lib, bu nima bilan bog‘liq?

A)Buxoro hukmdorining Hindiston hukmdori bilan o‘zaro quda-andachilik aloqalari o‘rnatish taklifini rad etishi bilan bog‘liq B)Buxoro xoni Nodirmuhammad va uning o‘g‘li Abdullaziz o‘rtasida yuz bergan nizo bilan bog‘liq C)Hindiston bilan Afg‘oniston o‘rtasida kelishmovchiliklarda Buxoroning Afg‘oniston tomonida turishi bilan bog‘liq D)Hindiston savdogarlarining erkin savdo qilish imkoni yo‘qligi va ularning buxorolik qaroqchilar tomonidan talon-taroj qilinishi bilan bog‘liq

  1. Abu Said Mirzo o‘z hukmronligi davrida Umarshayx Mirzoni qaysi viloyatlarga hokim etib tayinlagan?

A) dastlab Farg‘ona, so‘ngra Xo‘jand va O‘ratepaga B) dastlab Farg‘ona, so‘ngra Toshkent va Sayramga
C) dastlab Qobul, so‘ngra Farg‘onaga D) dastlab Qobul, so‘ngra Toshkentga

  1. XIX asr o‘rtalarida qaysi jarayon ishlab chiqarishda inqilobga teng ixtiro sanalganligini aniqlang.

A)jahon tarixida birinchi marta iqtisodiyotdagi yetakchilik sanoatdan qishloq xo‘jaligiga o‘tishi B)mashinasozlikda turli xil dastgohlarning yaratilishi
C)mikrozarra-elektron kashf etildi D)rentgen nurlarini kashf etilishi

  1. Qaysi javobda davlat, tarixiy shaxs va yuz bergan tarixiy voqea to‘g‘ri moslashtirilgan?

A)Xuroson - Husayn Boyqaro - Arab xalifaligiga qarshi kurash
B)Chig‘atoy ulusi - Temur Malik - Sarbadorlar rahbari
C)Chig‘atoy ulusi - Kebek - pul islohoti
D)Xuroson - Tohir ibn Husayn - Muqanna qo‘zg‘olonining bostirilishi

  1. 1955-yilda Yevropa tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Varshava shartnomasi tuzildi B)Vengriyada qo‘zg‘olon ko‘tarildi
C)Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati faoliyat boshladi D)NATO harbiy tashkilotiga asos solindi

  1. Chan Kayshi 1936-yil qayerda asirga olindi? A) Sianda B) Shanxayda C) Nankinda D) Szyansida

  2. Nechanchi yildan boshlab Turkistonda mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirida bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar?

A) 1892-yildan B) 1893-yildan C) 1895-yildan D) 1891-yildan

  1. Ruslar Irtish daryosi sohilida 7 ta istehkom qurib bitkazgan davrda Xiva hukmdori kim bo‘lgan?

A) Elbarsxon B) Sherg‘ozixon C) G‘oyib ibn Botir D) Shohniyoz

  1. XIX asr oxirida quyidagilardan qaysi biri Buyuk Britaniya tomonidan ijaraga olingan?

A) Veyxayvey porti B) Szyaochjouvan ko‘rfazi C) Guamchjuvan ko‘rfazi D) Futsziyan viloyati

  1. 786-809-yillar davomida Arab xalifaligini kim boshqargan?

A) Marvon II B) Ma’mun C) Umar ibn Abdulaziz D) Horun ar-Rashid

  1. Buxoro amirligidagi eng quyi ma’muriy bo‘linma to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) tuman B) beklik C) amlokdorlik D) qishloq

  1. XX asr boshlarida Italiya hukumatini boshqargan J.Jolitti davrida qanday qonunlar qabul qilinganligini toping.

1) Ish haqi minimumi to‘g‘risida; 2) Kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat etuvchi; 3) Ish tashlash o‘tkazilishiga ruxsat beruvchi; 4) Tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik haqida; 5) Saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida; 6) Ko‘ppartiyaviylik tizimi asosida saylovni tashkil etish haqida; 7) Pomeshchik yer egaligini tugatish haqida. A) 1, 3, 5, 7 B) 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6

  1. Rossiya imperatori Nikolay II taxtga o‘tirgan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

A)Fransiya Madagaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi. B)Buganda Buyuk Britaniya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati tarkibiga kiritildi. C)Buyuk Britaniya Transvaalni bosib oldi, Zululendni ham o‘ziga qarashli mustamlaka deb e’lon qildi. D)Kongo havzasidagi yerlar Belgiya mustamlakasi deb e’lon qilindi.

  1. Qaysi davrdan boshlab Shayboniylarning taxtga hukmdorni o‘tqazish borasidagi urf-odatiga rioya etilmay qo‘yildi va taxtga vafot etgan xonning avlodlari bevosita o‘tqaziladigan bo‘ldi?

A) XVI asrning 40-yillaridan so‘ng B) XVI asrning 20-yillaridan boshlab
C) XVII asr boshlaridan boshlab D) Muhammad Shayboniy vafot etishi bilan

  1. XIX asrning I yarmida Xivada xon safarda bo‘lgan vaqtlarda xonlikni kim boshqargan?

A) mehtar B) devonbegi C) qo‘shbegi D) valiahd shahzoda

  1. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida quyidagi qaysi davlatda pul solig‘i joriy qilingan?

A) Turkiyada B) Yaponiyada C) Misrda D) Eronda

  1. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti davriga kelib hukumat ishchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi mojarolarda hakamlik vazifasini bajara boshladi va trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etdi?

A) V.Vilson B) A.Linkoln C) T.Ruzvelt D) F.Ruzvelt

  1. Qadimgi yunonlar e’tiqodicha Artemida qanday xudo hisoblangan?

A) o‘rmonlar va ovchilik B) donishmandlik C) tongi shafaq D) dehqonchilik va hosildorlik

  1. Qaysi yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyotida turg‘unlik saqlanib qolgan?

A) 1922-1923-yillar B) 1930-1933-yillar C) 1920-1922-yillar D) 1926-1929-yillar

  1. Buxoroda amirlik taxti Shohmurod qo‘liga o‘tgan yili tarixda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Qrim xonligi Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. B)Afg‘oniston shohi Ahmadshoh "Durri-Duron" unvonini oldi. C)Eronda Qojarlar hukmronligi boshlandi. D)Koreyada "Qonunlarning buyuk to‘plami" nomli hujjat tuzildi.

  1. Raqiblarini sarosimaga solib qo‘yuvchi "to‘lg‘ama" jang usuli qaysi lashkarboshi tomonidan qo‘llangan?

A) Amir Temur B) Jaloliddin Manguberdi C) Muhammad Shayboniyxon D) Chingizxon

  1. Tarixda aynan bir vaqtda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1. Xan imperiyasi uchga bo‘linib ketdi. 2. O‘rta Osiyoda qadimgi shaharlar rivoj topdi. 3. Kushon davlati inqirozga yuz tutdi. 4. Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 4

  2. Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator deb e’lon qilingan?

A) 12 yil B) 8 yil C) 10 yil D) 11 yil

  1. O‘zbekistonning ta’lim muassasalariga ko‘mak berayotgan JAIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi qaysi davlatga qarashli? A) Germaniya B) Koreya C) Yaponiya D) Fransiya

  2. Quyidagi asarlardan qaysi biri Mirzo Shams Buxoriy tomonidan yozilgan?

A)“Buxoro, Qo‘qon va Qoshg‘arning ayrim voqea-hodisalari bayoni” B)“Saralangan tarixlar”
C)“Podshohlar gulshani” D)“Yilnomalar to‘plami”

  1. Nechanchi yilda Ispaniya Filippin orollari ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatgan edi?

A) 1507-y. B) 1510-y. C) 1529-y. D) 1522-y.

  1. “Demobilizatsiya” atamasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri korsatilgan?

A)bir turdagi ishga barchani jalb qilish B)boshqa davlat hududini zo‘ravonlik yo‘li bilan butunlay yoki qisman o‘z davlatiga qo‘shib olish C)harbiy xizmatdan bo‘shatish D)Yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzda ifoda etuvchi tushuncha

  1. O‘rta Osiyo hududlarida dastlabki tanga pullar tarqalgan davrni aniqlang.

A) mil.avv. III-II asrlar B) mil.avv. II-I asrlar C) mil.avv. IV-III asrlar D) mil.avv. V-IV asrlar

  1. Semekexon boshchiligidagi O‘rta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o‘tgan davrda Xiva xonligida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang. A) Anushaxon B) Elbarsxon C) Muhammad Amin D) Sherg‘ozixon

  2. Qoraqalpoqlar Oydo‘stbiy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘targan vaqtda Qo‘ng‘irot hokimi kim edi?

A) Muhammad Rizoquli B) G‘oyib ibn Muhammad C) Muhammad Yaqub D) Muhammad Nazarbiy

  1. Angliyaning qaysi qiroli 1337-yilda Fransiyaga qarshi (tarixga "Yuz yillik urush" nomi bilan kirgan) urush e’lon qilgan? A) Georg B) Genrix IV C) Eduard III D) Yakov I

  2. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 2011-yil yanvar oyida Bryusselga tashrifi chog‘ida uchrashgan Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidentini va NATO Bosh kotibini aniqlang.

A) J.Kollinz va R.Kembri B) R.fon Vayzenker va G.Kol
C) R.Romer va T.Sandvest D) J.M.Barrozo va A.F.Rasmussen

  1. Quyidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan olimni aniqlang. “Xiva shahri keng maydonda bog‘-rog‘ bilan o‘ralgan. Atrofi devor bilan o‘ralgan hamda Amudaryodan suv chiqarilgan. Xiva aholisi o‘zining mashaqqatli mehnati bilan cho‘l-u biyobonni hosildor o‘lkaga aylantirgan”. A) X.Vamberi B) N.Ignatyev C) N.Vasilevskiy D) N.Muravyov

  2. 1601-yilda Jonibek Sultonning ikkinchi o‘g‘li, ... hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o‘tqazildi.

A) Balx B) Buxoro C) Samarqand D) Toshkent

  1. Mustaqil Toshkent hokimligi tarixiga doir quyidagi voqealar orasidan bir yilda yuz berganlarini toping. 1) Chimkent va Sayramning Toshkentga qo‘shib olinishi; 2) Turkiston va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo‘lgan yerlar Toshkentga qo‘shib olinishi; 3) Toshkent elchilari Sankt-Peterburgda Aleksandr I qabulida bo‘ldi; 4) 24 kishidan iborat Toshkent savdo karvonining Semipalatinsk shahriga kelishi; 5) Sibir ma’muriyati ikkinchi bor yuborgan elchilarining Toshkentga yetib kelishi A) 2, 5 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 5

  2. Argentinada qaysi prezident davrida universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi?

A) M.Alveor B) P.Xusto C) R.Ortis D) I.Irrigoyen

  1. RKP(b) MQ "Turkiston-Buxoro ishlari haqida" qaror qabul qilgan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Baltimor-Ogayo deb nomlangan reja qabul qilindi. B)Germaniya Lokarno shahrida "Reyn pakti"ni imzoladi. C)Kichik Antanta tashkil topdi. D)Vitvatersrandeda qurolli qo‘zg‘olon kelib chiqdi.

  1. Frank qiroli Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar keltirgan tarixchi rohibni aniqlang.

A) Sinon B) Mavrikiy C) Eyngard D) Tatsit

  1. Birinchi afg‘on-ingliz urushi nechanchi yilda tugagan? A) 1841-yil B) 1839-yil C) 1843-yil D) 1842-yil

  2. Qo‘qon xonligida katta shaharlar hokimligiga kimlar tayinlanar edi?

A)xonning o‘g‘illari yoki yaqin qarindoshlari B)xon oldidagi xizmatlari evaziga loyiq deb topilgan amaldorlar C)shaharning eng boy va obro‘-e’tiborli amaldorlari D)xonlikdagi yirik qabila boshliqlari

  1. 1891-yilda Fransiya va Rossiya davlatlari o‘rtasida ittifoq bitimi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra ittifoqchilar qanday majburiyat oldilar?

A)Fransiya Rossiyaning Bolqondagi siyosatini qo‘llab-quvvatlash, Rossiya esa Fransiyaning Erondagi manfaatlarini himoya qilish B)bu ikki davlatdan biriga tashqi hujum sodir etilganda, har ikki tomon bir vaqtning o‘zida harbiy safarbarlik e’lon qilishi C)Fransiya Rossiyaning Sharqdagi harakatlariga bundan buyon to‘sqinlik qilmasligini, Misrning Buyuk Britaniya ta’sir doirasida ekanligini tan olishi D)bu ikki davlatdan biriga tashqi hujum sodir etilganda, har ikki tomon ham betaraflik siyosatini tutishi kerakligi

  1. Kolumb kashf etgan yangi qit’ani 1507-yilda Amerika deb atash taklifi bilan chiqqan olim Valdzemuller qayerlik edi? A) Lotaringiyalik B) Portugaliyalik C) Genuyalik D) Venetsiyalik

  2. 1921-yil martida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, jumladan, ... zarur edi. 1) Turkiston asosan qishloq xo‘jaligi o‘lkasi bo‘lib, bu yerda zamonaviy qishloq xo‘jaligi va sanoatni yangidan barpo etish; 2) o‘lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish; 3) ko‘p millatli o‘lkadagi yerli xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari, an’analarini hisobga olish; 4) o‘lkaning izdan chiqqan iqtisodiyotini yo‘lga solishda Markazdan yordam olish; 5) o‘lkada yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga sotish A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5

  3. Chingizxon vafotidan so‘ng kim mo‘g‘ullar davlatining ulug‘ xoqoni qilib tayinlangan?

A) Botuxon B) Jo‘jixon C) Tulu D) O‘qtoy

  1. 1996-yilda Shoh Muzaffariddin tasdiqlagan Eron Konstitutsiyasining birinchi qismida shohga qanday huquqlar berilganligi ko‘rsatilgan javobni toping. 1) barcha qonunlarni tasdiqlash; 2) qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish; 3) byudjet qabul qilish; 4) byudjet ijrosi ustidan nazorat qilish; 5) vazirlarni lavozimiga tayinlash; 6) majlis chaqirish va uning faoliyatini to‘xtatish A) 2, 5, 6 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 4

  2. Misr davlati tarixiga doir quyidagi voqealardan qaysi biri polkovnik Ahmad Orabibey Seylon oroliga umrbod surgun qilingan yilda sodir bo‘lgan? 1. Hadiv yangi qonunga imzo chekdi, unga ko‘ra birorta qonun deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo‘ldi. 2. Buyuk Britaniya qo‘shini Iskandariyani to‘plardan o‘qqa tutdi. 3. Jamoliddin al-Afg‘oniy "Xizb ul-Vatan" partiyasini tuzdi. 4. Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi. 5. General Xiks boshliq ingliz qo‘shini sudanliklar tomonidan tor-mor etildi.

A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4

  1. Surunkasiga 4 marotaba AQSh prezidentligiga saylangan F.Ruzvelt yashagan yillarni ko‘rsating.

A) 1890-1948-yillar B) 1900-1945-yillar C) 1880-1946-yillar D) 1882-1945-yillar

  1. Qaysi davrdan boshlab Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atala boshlangan?

A) XV asr boshlaridan B) XIV asrning 60-yillaridan C) XII asrning 20-yillaridan D) XV asrning 60-yillaridan

  1. G‘azna viloyati noibi (Somoniylar davrida) Alptegin qaysi viloyatlarni mustaqil boshqarishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos solgan edi? A) Ray va Isfaxon B) Termiz va Balx C) G‘azna va Nishopur D) Qobul va G‘azna

  2. Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi hukmronligining tugashiga sabab bo‘lgan qo‘zg‘olon rahbarini aniqlang.

A) Bobek B) Abu Muslim C) Muqanna D) Rofe ibn Lays

  1. Pyotr I davrida tuzilgan Senatga qanday vakolatlar yuklatilganligini aniqlang.

A)qonun loyihalarini tayyorlash va davlat muassasalari faoliyatini nazorat qilish B)qonun loyihalarini tayyorlash, senat a’zolarini saralash va boyarlar dumasiga hisobot berish C)boyarlar dumasi va davlat muassasalari faoliyati hamda qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish D)qonunlar ijrosi ustidan nazorat yuritish va gubernatorlarni lavozimlariga tayinlash

  1. Angliyaning "Ost-Indiya" kompaniyasi vakillari Ch.Stoddart va A.Konnoli Buxoro amiri tomonidan qatl ettirilgan vaqtda Qo‘qon xoni kim edi? A) Sheralixon B) Muhammad Alixon C) Xudoyorxon D) Nasriddinbek

  2. Quyidagilardan qaysi biri qirol Yonchjon davrida e’lon qilingan? 1. Dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligining bekor qilinishi; 2. Qul ayolning farzandi ozod inson bo‘lishi haqidagi deklaratsiya; 3. Mamlakatda ayollarning og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishining qat‘iy man etilishi; 4. Qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqidagi deklaratsiya; 5. Mamlakatda katta yer egaligining tugatilishi va barcha yerlarning davlat tasarrufiga olinishi. A) 2, 5 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4

  3. Afrika xalqlari Yevropa mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashlarida ularga rahbarlik qilgan shaxslar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Muhammad Ahmad; 2) Ketchvayo; 3) Xendrik Vitboy; 4) Samuil Magarero; a) gererolar; b) namalar; c) sudanliklar; d) zuluslar

A) 1 - a; 2 - d; 3 - b; 4 - c B) 1 - c; 2 - d; 3 - b; 4 - a C) 1 - d; 2 - c; 3 - b; 4 - a D) 1 - c; 2 - b; 3 - d; 4 - a

  1. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi va Buxoro, Qo‘qon, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va elchilik munosabatlarining rivojlanishi sabablarini aniqlang. 1) Xiva xonligi hududining o‘rtaosiyolik savdogarlar va haj safariga boruvchilar uchun Kaspiy dengizi orqali boshqa shaharlarga o‘tish manzilgohiga aylanganligi; 2) Raim istehkomining qurilishi; 3) turkmanlarning yovmut qabilasining Xiva xonligiga bo‘ysundirilishi; 4) savdoning rivojlanishi davlat xazinasiga katta daromad keltirayotganligi; 5) «Majburiyatlar akti»ning qabul qilinishi A) 4, 5 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 2, 3

  2. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida anarxiyachilar kurashning terror usulini qo‘llab bir qator qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirganlar. Fransiyaning qaysi prezidenti terror qurboniga aylangan edi?

A) M. Magon B) T’yer C) Troshyu D) S. Karno

  1. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda mustamlaka tartibi qay tarzda o‘rnatildi? 1) harbiy kuch, politsiya tizimi joriy etildi; 2) mahalliy bosma nashrlar tashkil qilindi; 3) temiryo‘llar qurildi; 4) Davlat kengashi faoliyatida mahalliy aholi qatnashadigan bo‘ldi; 5) paxta ekiladigan maydonlar kengaytirildi; 6) yangi usul maktablari ochildi A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5

  2. XIX asr oxirlarida Rossiya Buxoro amirligi hududlari orqali Afg‘onistonga qanday buyumlarni katta miqdorda chiqarib turgan? 1) temir; 2) movut; 3) farang matolari; 4) chinni buyumlar; 5) baxmal; 6) mo‘yna; 7) chit; 8) g‘alla; 9) gugurt; 10) kerosin; 11) cho‘qqi qalpoqlar

A) 2, 4, 5, 7, 9, 10 B) 1, 3, 4, 8, 9, 11 C) 1, 4, 5, 6, 8, 10 D) 3, 5, 7, 9, 10, 11

  1. Ma’lumki, Parij sulh konferensiyasi qarorlariga ko‘ra Millatlar Ittifoqi mandatli nazoratga berilgan hududlar uch (A, B, D) kategoriyaga bo‘lingan bo‘lib, shundan "D" kategoriyaga kiritilgan davlatlar boshqaruvi qanday tartibda amalga oshirilgan?

A)Mandat berilgan davlat o‘z qonunlari asosida boshqargan. B)Mandat berilgan davlat mahalliy tartiblarni buzmagan holda boshqargan. C)Millatlar Ittifoqi to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqargan. D)Mandatga ega bo‘lgan davlatlar oldiga bir qator shartlar qo‘yilgan.

  1. 1925-yilda Xitoyda boshlangan xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi milliy inqilobning asosiy shiorlarini ko‘rsating. 1) Xitoy suverenitetini tiklash; 2) mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag‘darish; 3) demokratik milliy harakat hokimiyati ostida Xitoyning butunligini ta’minlash; 4) yapon militaristlari va Manchjou-Go davlatiga qarshi kurash; 5) Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy frontini tuzish A) 1, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4

  2. Amir Temur markazlashgan davlat barpo etishdek ulkan maqsadini ro‘yobga chiqarish ishini nimadan boshlagan edi?

A)Oltin O‘rdaga hujum qilishdan B)avvalo ichki g‘animlarga qarshi kurashdan
C) davlat chegaralarini qayta tiklashdan D)avvalo o‘z davlati uchun qulay poytaxt tanlashdan

  1. 1946-yil Yaponiya parlamenti tomonidan qabul qilingan agrar islohot to‘g’risidagi qonunning maqsadi nima edi?

A)fermer xo‘jaligini tugatish B)pomeshchik yer egaligini tugatish
C) davlatning qishloq xo‘jaligidagi rolini kuchaytirish D)sanoatni qayta tiklash

  1. Qoraqalpog‘iston poytaxtini respublikamizning temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lagan Taxiatosh-Nukus yo‘nalishi qachon ishga tushirilgan? A) 1969-yilda B) 1975-yilda C) 1957-yilda D) 1962-yilda

  2. Xiva xonlari kutubxonalarida qachondan xattotlik, husnixat maktabi shakllandi?

A) XV asrda B) XVI asrda C) XVII asrda D) XIV asrda

  1. Hindiston hukmdori Avrangzeb Olamgir bilan elchilik munosabatlarini olib borgan Buxoro hukmdorini toping.

A) Imomqulixon B) Mahmud Sulton C) Nodirmuhammadxon D) Subhonqulixon

  1. O‘zbekiston Respublikasida ...xalqaro sharnomalarni ratifikatsiya qilish huquqiga ega.

A) Vazirlar Mahkamasi B) Prezident C) Oliy Sud D) Oliy Majlis

  1. Rossiyada samoderjavie va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshlagan Dekabristlar nechta maxfiy jamiyat tuzgan edi? A) to‘rtta B) beshta C) uchta D) ikkita

  2. Xuroson va Movarounnahrda Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida jahon tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Normanlar Londonni bosib olib, taladilar va yondirib yubordilar. B)Kiyev Rusi davlatiga asos solindi. C)Bolgariya davlati Simeon tomonidan boshqarildi. D)Ozarbayjonda Bobek boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi.

  1. Buyuk Britaniyada “bekor o‘tgan 13 yil” davomida hukumatni qaysi siyosiy partiya boshqargan?

A) konservatorlar B) respublikachilar C) liberallar D) leyboristlar

  1. 1897-1898-yillarda Germaniya tomonidan egallangan bandargohni aniqlang.

A) Lyuishin B) Veyxaybey C) Sindao D) Guamchjuvan

  1. AQSh hukumati trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etishi natijasida kimning temiryo‘l kompaniyasi ikkiga bo‘lindi? A) Morganning B) Stennesning C) Rokfellerning D) Karnegining

  2. Quyidagi davlatlarning 1875-1900-yillar oralig‘ida chet ellarda joylashtirgan kapitallarining o‘sishi mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Buyuk Britaniya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; a) 7,5 baravar; b) 2 baravar; c) 2,25 baravar A) 1 - a; 2 - c; 3 - b B) 1 - b; 2 - a; 3 - c C) 1 - b; 2 - c; 3 - a D) 1 - c; 2 - b; 3 - a

  3. Quyidagi javoblar orasidan to‘g‘risini toping.

A)XV asrda uchta harbiy siyosiy kuch: shayboniylar, safforiylar, boburiylar kurash maydoniga chiqdilar. B)Shayboniylar temuriylar davrida yurtimizda yaratilgan yuksak rivojlangan madaniyatga munosib voris bo‘la olmagan. C)1558-yilda “Ost-Indiya” savdo kompaniyasi vakili Antoniy Jenkinson Abdullaxon II qabulida bo‘ldi. D)Hofiz Tanish Buxoriyning “Shayboniynoma” asari o‘zbek tilida yozilgan va Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘ishlangan

  1. Fransiyada Leon Blyum hukumati qabul qilgan qarorlar to‘g‘ri korsatilgan javobni toping. 1) ish haqini oshirish; 2) soliqlarni kamaytirish; 3) 40 soatlik ish haftasini joriy qilish; 4) korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish; 5) jarimalarni bekor qilish; 6) kasaba uyushmalari huquqlarini himoya qilish; 7) ishchilarga nafaqa belgilash; 8) haq to‘lanadigan ta’til berish A) 1, 3, 4, 6, 8 B) 1, 4, 6, 7, 8 C) 1, 2, 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 7, 8

  2. 1878-yilning 13-iyunida ochilgan Berlin Kongressining qarorlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1. Bosniya va Gersogovina, Ruminiya davlatlarining mustaqilligi tan olindi. 2. Chernogoriya va Serbiya Avstriya-Vengriyaga in’om qilindi. 3. Buyuk Britaniya kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi. 4. Kipr oroli Fransiyaga berildi. 5. Bolgariya ikkiga bo‘lib yuborildi. 6. Turkiya to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovning katta qismi evaziga Bolqondagi Botumi, Kars, Ardagan hududlari Rossiyaga berildi. A) 5, 6 B) 3, 5 C) 1, 2 D) 4, 6

  3. Argentinada P.Xusto hukumati tashqi siyosatda qaysi davlat bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi?

A) Buyuk Britaniya B) AQSh C) Fransiya D) Germaniya

  1. Quyidagi tarixiy asarlardan qaysi biri Munis Xorazmiyga tegishli bo‘lib, uni Ogahiy nihoyasiga yetkazgan?

A) "Riyoz ud-davla" B) "Firdavs ul-iqbol" C) "Shohidi iqbol" D) "Zubdat ut-tavorix"

  1. Avstriya-Vengriya hukumati tomonidan Chexiyada qamal holati joriy etilgan va Praga universitetida o‘qitish 2 tilda olib boriladigan bo‘lgan yillarni ko‘rsating.

A) 1869, 1880-yillar B) 1867, 1880-yillar C) 1868, 1880-yillar D) 1868, 1882-yillar

  1. Zardushtiylik dinida farovonlik va mol-davlat homiysi bo‘lgan xudoni aniqlang.

A) Mitra B) Xumo-Farna C) Axuramazda D) Anaxita

  1. Somoniylar davrida markaziy boshqaruv idorasini bildirgan atamani aniqlang.

A) rabot B) sultoniy C) devon D) xonaqoh

  1. Madagaskar ustidan Fransiya protektorati o‘rnatilgan va uni Fransiya mustamlakasi deb e’lon qilingan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) 1883-, 1896-yillar B) 1882-, 1895-yillar C) 1882-, 1897-yillar D) 1885-, 1896-yillar

  1. Nercha shartnomasi imzolangan yilni aniqlang. A) 1689-yil B) 1693-yil C) 1698-yil D) 1789-yil

  2. Bir yilda yuz bergan voqealar keltirilgan javobni aniqlang.

A)Xitoyda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Yaponiya Koreya yarimorolini o‘ziga qo‘shib oldi. B)Avstriya-Vengriya taxt vorisi Frans Ferdinand o‘ldirildi. Italiya Liviyani bosib oldi. C)Yuan Shikay Konstitutsiyaviy kengash chaqirdi. Panama kanali ochildi. D)I jahon urushi boshlandi. Bolgariyada hokimiyat tepasiga germanparast kuchlar keldi.

  1. Afg‘on hukmdori Ahmadshox hukmronligi davrida Amudaryoning janubiy hududlarida istiqomat qilib turgan o‘zbeklar qo‘zg‘olon ko‘targan yilni toping. A) 1769-y. B) 1767-y. C) 1768-y. D) 1765-y.

  2. XX asr boshlarida Fransiyada pensiya haqida qonun qabul qilingan yilda Germaniya va Buyuk Britaniyada pensiya yoshi necha yosh deb belgilangan edi? A) 60 B) 70 C) 55 D) 65

  3. 1843-1844-yillarda Xiva xonligi qaysi davlat bilan hamdo‘stlik o‘rnatishga va o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirishga kelishildi? A) Afg‘oniston B) Buxoro amirligi C) Eron D) Qo‘qon xonligi

  4. Quyidagi sulolalarni hukmronlik yillari bilan to‘g‘ri joylashtiring. 1) Suy; 2) Ummaviylar; 3) U Day; 4) Tan; 5) Abbosiylar; 6) Sun; a) 907-960-yillar; b) 589-618-yillar; c) 750-1258-yillar; d) 960-1279-yillar; e) 661-750-yillar; f) 618-907-yillar. A) 1-a; 2-e; 3-b; 4-f; 5-d; 6-c B) 1-b; 2-e; 3-a; 4-f; 5-c; 6-d C) 1-a; 2-e; 3-b; 4-c; 5-f; 6-d D) 1-b; 2-d; 3-a; 4-f; 5-c; 6-e

  5. Qadimgi Rimning qaysi shaharlarida Yer osti xudosi Osiris va Quyosh xudosi Amon-Ra sharafiga ibodatxonalar qurilgan? A) Xattusa, Memfis B) Suza, Memfis C) Ur, Uruk D) Baolbek, Abidos

  6. Amir Temur huzuriga yuborilgan ispan elchisi Klavixoning Samarqandga safari taassurotlari hikoya qilingan asarlarini aniqlang. 1) "Buyuk Temur tarixi"; 2) " Temur qarorgohi"; 3) "G‘alabalar kitobi"; 4) "Tarix majmuasi"; 5) "Samarqandga sayohat kundaligi". A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 5

  7. Amir Temur qo‘shinlari tuzilishini esga oling. Quyidagi qaysi atama qo‘shinning har bir qanoti yon tomonidagi qo‘riqchi askariy qo‘shilmani anglatgan? A) manglay-avangard B) qanbul C) yasovul D) izofa

  8. Veymar Konstitutsiyasiga ko‘ra Germaniyada yalpi saylov huquqi necha yoshdan va kimlarga berilganligini aniqlang. A) 20 yoshdan boshlab erkak va ayollarga B) 18 yoshdan boshlab erkak va ayollarga C) 20 yoshdan boshlab faqat erkaklarga D) 18 yoshdan boshlab faqat erkaklarga

  9. Bir yilda bo‘lib o‘tgan voqealarni toping. 1) Dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urush boshlandi; 2) Kuba nomiga mustaqillik oldi; 3) AQSh davlat kotibi Xeyning "Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar" siyosati e’lon qilindi; 4) Fransuzlar G‘arbiy Sudan ozodlik kurashi rahbari Samori Tureni taslim eta olishdi va Gabonga surgun qilishdi. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4

  10. Buyuk ajdodlarimiz haqidagi "Alisher Navoiy" tarixiy-biografik filmi kim tomonidan yaratilgan?

A) L.Fayziev B) K.Yormatov C) N.G‘aniev D) A.Hamroev

  1. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti davriga kelib daromadning oshib borishiga qarab qo‘shimcha soliq solinadigan bo‘ldi? A) T.Ruzvelt B) V.Vilson C) L.Jonson D) F.Ruzvelt

  2. Amir Shohmurod soliq siyosatida qanday yo’l tutgan?

A)ayrim yerlardan olinadigan soliqlarni bekor qildi B)boj va xirojdan boshqa barcha soliqlar miqdorini kamaytirdi C) yangi soliq turlarini joriy qildi D)mavjud barcha soliqlar miqdorini kamaytirdi

  1. Eftallar davlati qulagach, Amudaryodan Suriyagacha qadar Ipak yo‘li ustidan kimlar nazorat o‘rnatgan?

A) eronliklar B) xitoyliklar C) so‘g‘diylar D) turklar

  1. Pokiston-Hindiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar nechanchi yilda tiklandi?

A) 1976-yil B) 1974-yil C) 1969-yil D) 1984-yil

  1. XVI asrda Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo‘jaligi, rivojlangan davlat bo‘lsa ham qaysi davlatning mulkiga aylantirilgan edi? A) Portugaliya B) Ispaniya C) Daniya D) Angliya

  2. Chor Rossiyasi qo‘shinlari O‘ratepa va Jizzaxga qarshi harbiy harakatlar olib borgan davrda Orenburg general-gubernatori bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) P. Chernyayev B) F.Romanovskiy C) N.Krivonosov D) N.Krijanovskiy

  3. Afg‘oniston hukmdori Temurshox necha yil hukmronlik qilgan? A) 20 yil B) 25 yil C) 15 yil D) 30 yil

  4. Xorazmni bosqinchilardan himoya qilishga otlangan Sulton Jaloliddin G‘aznaga yetib borguniga qadar qaysi shaharlarda mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarbalar bergan? 1) Marv; 2) Niso; 3) Hirot; 4) Qandahor; 5) Nishopur

A) 1, 4 B) 3, 4 C) 3, 5 D) 2, 4

  1. Rossiya imperatori tomonidan Bolgariya davlat boshlig‘i sifatida taklif etilgan A.Battenberg taxtdan voz kechishga majbur qilinganidan keyin necha yil o‘tib Rossiya-Bolgariya munosabatlari tiklandi?

A) 10 yil B) 20 yil C) 15 yil D) 5 yil

  1. Fransiyada diniy urushlar davom etayotgan davrda katolik liga tuzgan shaxsni aniqlang.

A) Fransua Giz B) Genrix Burbon C) Karl IX D) Genrix Giz

  1. “Buyuk chekinish” rus armiyasining og‘ir talofotlar bilan chekinishi bo‘lib, bu qachon yuz bergan edi?

A) 1915-yilda B) 1916-yilda C) 1917-yilda D) 1914-yilda

  1. Qadimgi yunnonlarda adliya xudosi qanday atalgan? A) Artemida B) Yustitsiya C) Fortuna D) Femida

  2. Xitoyda mo‘g‘ullarga qarshi xalq ozodlik harakatlari kuchaygan davrda yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Germaniyaning shimolidagi shaharlar Ganza Ittifoqiga birlashdi. B)Inklar Kusko shahriga asos soldilar.
C) Qo‘ng‘irot so‘fiylari Xorazmda o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. D)Mali davlati butunlay inqirozga yuz tutdi.

  1. Birinchi jahon urushidan keyin Turkiyaning mustamlakasi bo‘lgan qaysi davlatlar mustaqil davlatlarga aylandi?

A)Iroq va Yaman B)Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni
C) Saudiya Arabistoni va Yaman D)Birlashgan Arab Amirlikari va Iroq

  1. Yevropadagi ilk uyg‘onish va gumanizm davri vakillarini aniqlang. (XIV-XV asrlar)

A)Petrarka, Bokachcho, Salyutati B)Eyngard, Bokachcho, Alkuin
C) Avitsenna, Alkuin, Eyngard D)Bekon, Robert de Sorbonn, Salyutati

  1. Qoraqalpoq adabiyotida alohida o‘rin tutgan “Qirq qiz” dostoni qaysi asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirilgan?

A) XVIII-XIX asrlardagi B) XVII-XVIII asrlardagi C) XIV-XVI asrlardagi D) XVI-XVII asrlardagi

  1. Roman uslubida barpo etilgan quyidagi inshootlardan qaysilari Fransiyaga joylashgan? 1) Puate; 2) Vorms; 3) Klyune; 4) Axen; 5) Arl; 6) Shpeyer A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5

  2. Rus qo‘shinlari Xo‘jand qal’asini qamal qilib, egallagan yilda tarixda yana qanday voqea sodir bo‘lgan?

A)Erjar qishlog‘i yaqinida Buxoro amiri va chor Rossiyasi qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ldi. B)Zarafshon okrugi tashkil etildi. C)Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida Nizom loyihasi qabul qilindi. D)Zirabuloq shartnomasi imzolandi.

  1. Parij Kommunasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga quyidagilardan qaysilari mos kelishini belgilang. 1. Parijdan qochib ketgan T’yer hukumatini butunlay tugatdi. 2. Egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi. 3. Majburiy va bepul ta’lim joriy etildi. 4. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. 5. Kommuna davlat xazinasini o‘z qo‘liga olib banklar ustidan nazorat o‘rnatdi. 6. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddati kechiktirildi. 7. Xususiy mulk bo‘lib kelgan temir yo‘l idoralarini Kommuna o‘z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o‘rnatdi. 8. Bepul tibbiy xizmat joriy qilindi.

A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 7, 8 C) 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 4, 5, 6, 8

  1. Quyidagi qaysi hudud Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa yurishlari davrida egallanmagan?

A) Xorazm B) Suriya C) Eron D) Misr

  1. Ilk o‘rta asrlarda Shimoliy Hindiston hududida 75 yil davomida hukmronlik qilgan davlatni aniqlang.

A) Kidariylar B) Eftaliylar C) Sosoniylar D) Xioniylar

  1. 1918-1920-yillar oralig‘ida Ispaniya hukumati necha marotaba almashganligini toping.

A) 5 marotaba B) 10 marotaba C) 8 marotaba D) 3 marotaba

  1. Toshkent hokimligining Katta qozoq juzi ustidan nazoratni kuchaytirishi qaysi davlatning iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo‘ydi?

A) Qo‘qon xonligining B) Sibir ma’muriyatining C) Xiva xonligining D) Buxoro amirligining

  1. Gollandiya Respublikasi to‘liq ozodlikka erishgan vaqtda Xiva xoni bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) Asfandiyorxon B) Avaneshxon C) Abulg‘oziyxon D) Arab Muhammad

  1. Xitoy hududida ilk sivilizatsiya qachon va qayerda vujudga kelgan?

A)mil.avv. IV-II mingyillikda Xuanxe daryosi bo‘ylarida B)mil.avv. III-II mingyillikda Xuanxe va Yanszi daryolari bo‘ylarida C)mil.avv. II-I mingyillikda Xuanxe daryosi bo‘ylarida D)mil.avv. IV-III mingyillikda Yanszi daryosi bo‘ylarida

  1. Muhammad Amin hukmronligining so‘nggi yillarida kimlarning madadiga tayanib, mamlakatda nisbatan osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi?

A)o‘z qabilasining faol qatlami, ruhoniylar, savdogarlar B)o‘z qabilasining faol qatlami, turk sarbozlari, Buxoro harbiylari C)harbiylar, ruhoniylar, hunarmandlar D)turkman sardorlari, ruhoniylar, harbiylar

  1. XIII asr boshlarida Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismini Volga va Ural daryolari bo‘ylariga, Sirdaryo vohalariga ko‘chib ketishga majbur qilgan voqeani aniqlang.

A)qipchoq qabilalarining beto‘xtov va ayovsiz hujumlari B)Xorazmshohlar davlatining barham topishi C)No‘g‘ay xonligining tarkib topishi D)Chingizxon tomonidan Amudaryo to‘g‘oni buzdirib tashlangach, Amudaryo o‘zani o‘zgarib, bu yerlarning suvsiz qolishi

  1. Ikkinchi jahon urushi davrida Yevropadagi ittifoqchi qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan, urush tugagandan keyin AQShda prezident etib saylangan shaxsni aniqlang. A) G.Trumen B) F.Ruzvelt C) D.Eyzenxauer D) U.Garding

  2. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ko‘chma bozorlar ham tashkil qilingan bo‘lib, ularda. ..

A)asosan dasht ko‘chmanchilarining chorva mahsulotlari keltirib sotilgan B)sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to‘plangan C) yevropalik savdogarlar va ko‘chmanchilar o‘z mahsulotlarini sotish yoki ayriboshlash uchun to‘plangan D)faqat qurol-yarog‘ va qullar sotilgan

  1. AQShning quyidagi prezidentlari tomonidan ilgari surilgan dasturlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) R.Reygan; 2) G.Trumen; 3) L.Jonson; 4) J.Kennedi; a) "Adolatli yo‘l"; b) "Apollon"; c) "Buyuk jamiyat"; d) Strategik mudofaa tashabbusi A) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b

  2. Ivan IV oprichnina siyosatini bekor qilishga majbur bo‘lgan yilda sodir bo‘lgan voqeani belgilang. A) Utrext uniyasi imzolandi B) Genrix IV taxtga o‘tirdi C) ”Varfolomey tuni” voqeasi yuz berdi D) Humoyun Eron yordamida taxtni egalladi

  3. To‘qimachilik, qog‘oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo‘l hunari texnikasiga asoslangan korxonalar G‘arbiy Yevropada qachon vujudga keldi?

A) XVII asrning boshlarida B) XVI asrning oxirlarida C) XVI asrning boshlarida D) XVI asrning o‘rtalarida

  1. XX asr 30-yillari oxirlariga kelib Lotin Amerikasi davlatlari xo‘jaligining qaysi tarmoqlari AQSh sarmoyasiga qaram bo‘lib qolganligini toping. 1) elektrostansiyalar; 2) neft; 3) mashinasozlik; 4) temir yollar; 5) pochta-telegraf; 6) go‘sht; 7) port va tog‘ sanoati; 8) kemasozlik va avtomobilsozlik

A) 2, 3, 6, 8 B) 1, 2, 5, 8 C) 1, 4, 5, 7 D) 4, 5, 6, 8

  1. Yaponiya sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Italiyadan o‘zib ketib, Fransiyaga yaqinlashgan yillarda sodir bo‘lgan voqealarni ko‘rsating. 1. Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazildi. 2. Rossiyada agrar islohot o‘tkazildi. 3. Skobelev boshchiligida rus qo‘shinlari turkmanlarga qarshi harbiy harakatlar boshladi. 4. “Hindiston milliy kongressi” tuzildi. 5. Efiopiya va Sudan o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. 6. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi. A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 6

  2. XII asrda Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida "Faqihlar madrasasi" qurilgan asrga oid ma’lumotni aniqlang.

A)Kitob chiqarishda qog‘ozdan keng foydalanila boshlandi. B)Islom olamidagi birinchi madrasa Farjak bunyod etildi C)Buxoro "Qubbat ul-Islom" - "Islom dinining gumbazi" nomi bilan shuhrat topdi. D)Yevropaning yirik shaharlarida oliy maktab - universitetlar ochila boshladi.

  1. XIX asr oxirlarida Turkiya iqtisodining taraqiyyotiga to‘siq bo‘lgan sabablarni ko‘rsating.

A)sanoatda qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan xom ashyoni qayta ishlash texnikasining yetishmasligi B)Germaniya bilan yaqinlashish oqibatlari C)haydaladigan yerlarning 75%i katta yer egalariga qarashliligi D)eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko‘pligi

  1. Buyuk Britaniya Eron neft konlaridan foydalanishi, tosh va temir yo‘llar qurish konsessiyalarini qo‘lga kiritgan va Eronda “Shahanshohbank” ochilishigan yillarni aniqlang.

A) 1870, 1887-yiliar B) 1872, 1888-yillar C) 1872, 1889-yillar D) 1871, 1889-yillar

  1. 1811-1812-yillarda Xivaga Buxorodan tashrif buyurgan elchilar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) Avaz Murod va Hasan Murod B) O‘rozboy Jo‘ra va Avaz Murod
C) Ibrohim Dodxoh va Shayx Abdulla D) Niyozbek parvonachi va Mirzo Qalandar

  1. G‘arbiy Rim imperiyasi qulagan vaqtda sosoniylar davlati hukmdori kim bo‘lganligini aniqlang.

A) Kubod B) Shopur II C) Pero‘z D) Anushervon

  1. Mil.avv. VII asrlarda etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun kimlarga qarshi kurash olib borgan? A) yunon koloniyalariga B) doriylarga C) elamiylarga D) karfagenliklarga

  2. Eron va Rossiya o‘rtasida imzolangan qaysi shartnomadan keyin Eron Kavkazorti hududlariga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi? A) Tehron B) Gandamak C) Turkmanchoy D) Kuchukqaynarji

  3. XVI asrda Rossiya hududi bosqinchilik urushlari olib borish hisobiga qaysi tomonga qarab kengayib bordi?

A) sharq va janubga B) g‘arb va shimolga C) sharq va shimolga D) g‘arb va janubga

  1. Quyidagi qaysi shaharda qoraqalpoq adabiyotining yirik vakillaridan biri Berdaqning byusti o‘rnatilgan?

A) Toshkentda B) Urganchda C) Xo‘jaylida D) Chimboyda

  1. Safaviylar sulolasi vakili Abbos I hukmronligi qachon boshlangan?

A) 1584-yil B) 1586-yil C) 1587-yil D) 1589-yil

  1. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida mavjud bo‘lgan uchta devon qanday sohalar bilan shug‘ullangan?

1) xo‘jalik; 2) soliq va yig‘imlar; 3) ijtimoiy-siyosiy ishlar; 4) yer masalalari; 5) harbiy ishlar; 6) chegaralar masalasi A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 4 D) 3, 5, 6

  1. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga bo‘ysundirilishi qaysi voqeadan keyin nihoyasiga yetkazildi?

A)1810-yilda Orol bo‘yi o‘zbeklari va Jana qal’a zabt etilgach B)1813-yil Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlarning bo‘ysundirilishibilan C)1811-yilda Yangidaryo atroda yashovchi qoraqalpoqlar bo‘ysundirilgach D)1812-yilda Quvondaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar bo‘ysundirilgach

  1. Lotin Amerikasidagi qaysi davlatda 2010-yildagi Prezident saylovlarida ilk marta ayol kishi g‘olib bo‘ldi?

A) Braziliya B) Argentina C) Chili D) Venesuela

  1. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylar yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Maymurg‘; 2) Chag‘oniyon; 3) Poykand; 4) Marv; a) 667-yil; b) 654-yil; c) 651-yil; d) 707-yil

A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

  1. Misrni mustamlakalikdan chiqarilishida va respublika deb e’lon qilinishida hal qiluvchi rol o‘ynagan davlat arbobini aniqlang. A) qirol Farrux B) X.Muborak C) A.Sadat D) J.A.Nosir

  2. 1614-yilda xristian dinini ta’qiqlovchi qonun chiqargan syogunni toping.

A) Oda Nobunaga B) Toyotomi Xidayosi C) Yosimune D) Tokugava Iayasu

  1. Jazoir Fransiya mustamlakasi bo‘lib turgan yillar oralig‘i to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

A) 1830-1962-yillar B) 1828-1960-yillar C) 1831-1963-yillar D) 1832-1864-yillar

  1. 1925-yilgi Shanxaydagi talabalar namoyishi kim tomonidan o‘qqa tutildi?

A)xorijliklar bilan hamkorlik yo‘lini tutgan kuchlar tomonidan B)AQSh politsiyasi tomonidan
C)umummilliy birlashgan inqilobiy front tomonidan D)ingliz politsiyasi tomonidan

  1. Buyuk Britaniyada qaysi soha ishchilarining 1911-yildagi ish tashlashlari 6 hafta davom etgan?

A) yuk tashuvchlar B) kemasozlar C) temiryo‘lchilar D) ko‘mir qazuvchilar

  1. Xorazmda Afrig‘iylar suloasi davrida qanday tasvirlar tushirilgan tangalar zarb etilgan?

A)old tarafiga shoh surati, orqasiga malika tasviri tushirilgan kumush tangalar B)old taraga shoh surati, orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar C)old tarafiga shoh surati, orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan oltin tangalar D)old tarafiga shoh surati, orqa tarafiga bars tasviri tushirilgan oltin tangalar

  1. Yuqori Peru vatanparvarlari general Sukre boshchiligida ispan qo‘shinlarini tor-mor etgan vaqtda Qo‘qon xonligi kim tomonidan boshqarilgan? A) Muhammad Alixon B) Olimxon C) Umarxon D) Sheralixon

  2. Avliyo-otada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi tashkil etilgan yili .. .

A)Angliyada B.Dizraeli bosh vazir lavozimini egalladi B)Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tashkil etildi C)“Uch imperator shartnomasi” imzolandi D)Fransiyada kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi

  1. XIX asrning o‘rtalarida qaysi davlatning ichki vaziyatidan kelib chiqib, missionerlardan biri o‘z yashirin xabarida “Kichik bir uchqun shunday yong‘in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini hatto hisobga olib ham bo‘lmaydi” deb yozgan? A) Koreya B) Usmoniy turklar C) Xitoy D) Yaponiya

  2. Norbo‘tabiy madrasasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) XVIII asr oxirida bunyod etilgan; 2) XIX asr I choragida bunyod etilgan; 3) to‘g‘ri burchakli, bir qavatli va 4 minorali obida; 4) hovlisi va hovli atrofida peshayvonli hujralar mavjud; 5) aylana shaklida qurilgan bo‘lib, atrofida 4 ta minora qad rostlagan

A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4

  1. Mil.avv. 202-yilda Karfagenning buyuk sarkardasi Gannibal qo‘shinlari qayerda tor-mor etilgan?

A) Karxadesh yaqinida B) Kann yaqinida C) Rim yaqinida D) Zama yaqinida

  1. XVI asrda vujudga kelgan “quloqlar qabristoni” (o‘ldirilgan koreyslardan kesib olingan 30 mingta quloq va burun ko‘milgan) qaysi xalqning bosqinchilikdagi vahshiylikning isboti hisoblanadi?

A) yapon B) xitoy C) manchjur D) mo‘g‘ul

  1. Hozirda Shanxay hamkorlik tashkiloti nomi bilan tanilgan tashkilot dastlab qanday atalgan?

A) «Shanxay forumi» B) «Shanxay muloqoti» C) «Shanxay sammiti» D) «Iqtisodiy forum»

  1. Mussolini boshchiligidagi fashistlar bir necha vazirlik lavozimlarini talab qilib, Rimga yurish uyushtirgan yili bo‘lib o‘tgan voqealarni toping. 1) Buyuk Britaniyada Lloyd-Jorj iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 2) Fransiya-Polsha harbiy ittifoqi tuzildi. 3) Germaniyaning Rur viloyatidan Fransiyaga ko‘mir yuborish to‘xtatildi. 4) Sovet Rossiyasida mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi. 5) Myunxenda bir guruh fashistlar fashistik diktatura o‘rnatish talabi bilan miting o‘tkazdilar. 6) Rapallo shartnomasi imzolandi. 7) AQShda K.Kulij prezidentligi boshlandi. A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 4, 6, 7

  2. Xiva elchisi Xoja Nafas Astraxanga kelgan yil va Or qal’asi barpo etilgan yillar to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) 1713, 1735-yillar B) 1713, 1747-yillar C) 1715, 1736-yillar D) 1714, 1739-yillar

  1. Palermo shahri Juzeppe Garibaldi tomonidan egallanishidan oldin qaysi qirollik tarkibida bo‘lgan?

A) Sardiniya B) Sitsiliya C) Neapol D) Vatikan

  1. XIX asrning I yarmida Liberiya ozod davlati tuzilgan yilda ...

A)Rossiyaning Turkiyaga qaram o‘lkalarda mustahkamlanib olishga urinishlari oqibatida “Qrim urushi” kelib chiqdi B)Jazoirliklar yo‘lboshchisi Abdulqodir qo‘shini qurshab olindi va tor-mor etildi C)AQShda fuqarolar urushida Shimol ustun kelib, mamlakatda qulchilik bekor qilindi D)Muhammad Ali Misrni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi

  1. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzgan yilda...

A)Nasr ibn Ahmad Somoniylar mulkini birlashtirdi. B)Sulton Sanjarga qarshi o‘g‘uzlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. C)Alptegin G‘azna viloyati noibi bo‘ldi. D)Amir ibn Lays Saoriylar davlati hukmdori bo‘ldi.

  1. 1845-yilda qaysi shahar aholisi soliqlarning haddan tashqari og‘irligidan norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘targan?

A) O‘sh B) Namangan C) Ko‘krev D) Isfara

  1. Buxoro xonligida Ubaydullaxon hukmronlik qilgan yillarda Angliya qiroli bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) Richard II B) Yelizaveta C) Mariya D) Genrix VIII Tyudor

  1. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

A)M.Gorbachyov Xitoyga rasmiy safar uyushtirdi; Vyetnam Kambojadagi xitoyparast «qizil kxmerlar» hukumatini ag‘darib tashladi B)AQShda prezidentlik saylovlarida A. Nikson g‘alaba qozondi; Yaponiya va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi C)Xitoy bilan AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi; Mao Szedun vafot etdi D)Yaponiya va Xitoy o‘rtasida tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida bitim tuzildi; G. Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi

  1. Tekin ishchi kuchiga ega bo‘lgan mustamlakachilar 1510-yildan boshlab yurita boshlagan Konkista siyosati qachongacha davom etgan?

A) XVII asr boshlarigacha B) XVI asr oxirigacha C) XVIII asr boshlarigacha D) XVII asr o‘rtalarigacha

  1. Qo‘qon xonligi saroy tarixchisi Muhammad Yunus tomonidan yozilgan asar nomini belgilang.

A) "Zubdat ut-tavorix" B) "Tarixi Shohruxiy" C) "Xudoyqul Anvar" D) "Tavorixi manzuma"

  1. Turkman qabilalari bilan bo‘lgan jangda Mironshoh Mirzo halok bo‘lgach (1408-yil), qaysi hududlar temuriylar tasarrufidan chiqib ketdi?

A) Ozaybarjon va Sharqiy Eron B) Armaniston va Gurjiston C) Ozarbayjon va Iroq D) Gurjiston va Eron

  1. Parijda gugenotlar qirg‘ini uyushtirilgan yilda ...

A)Gollandiya Respublikasi shimolida “Utrext uniyasi” deb atalgan ittifoq tuzildi B)Buyuk Britaniyada Karl I bilan parlament o‘rtasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi C)Filipp II ga muxolifatda bo‘lgan Niderlandiyaning eng boy va obro‘li katta yer egasi shahzoda Vilgelm Van Oranyeni shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qilindi D)Koreya tarixida mashhur qo‘mondon Sun Sin yapon flotini tor-mor etdi

  1. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning qaysi sanoati eng qoloq tarmoqa aylanib qolganligini toping. A) metallurgiya sanoati B) ko‘mir sanoati C) to‘qimachilik sanoati D) oziq-ovqat sanoati

  2. Quyida keltirilgan ma’lumot qaysi davlat haqidaligini aniqlang. "XIX asrning oxirida bu yerda 300 mingdan ortiq fransuz yashardi. 1905-1906-yillarda mustamlaka zulmiga qarshi kurash boshlandi".

A) Tunis B) Marokash C) Jazoir D) Suriya

  1. German qabilalaridan bo‘lgan langobardlar qaysi hududda davlat tuzishgan?

A) Italiyada B) Galliyada C) Ispaniyada D) Portugaliyada

  1. Qo‘qon shahrining Mo‘yi muborak darvozasi bilan bog‘liq javobni aniqlang.

A)uning qarshisida Mingoyim madrasasi bunyod etilgan B)uning yaqinida Xudoyorxon saroyi joylashgan
C) uning orqasida qog‘oz ishlab chiqaruvchi juvozxona joylashgan D)bu yerdagi karvonsaroyda Musulmonqul rus qo‘mondonligi vakili V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy tarzda uchrashgan

  1. Buxoro amirligida davlat yerlarining taqsimlanishi va ulardan foydalanish qay tarzda bo‘lgan? 1) suvsiz dasht va to‘qayzorlar ko‘chmanchilarga ijaraga berilgan va evaziga xiroj undirilgan; 2) hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilarga "suyurg‘ol" shaklida in’om etilib, yerni boshqarish huquqi ham berilgan; 3) dasht va to‘qayzorlar dehqonlarga suyurg‘ol shaklida berilib, evaziga harbiy majburiyat yuklangan; 4) "tanho" shaklida in’om etilib, mansabiga qarab yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan; 5) "tanho" shaklida in’om etilib, tanhodorlar yerning katta-kichikligiga qarab hosilning bir qismiga egalik qilgan; 6) dehqonlarga ijaraga berilgan va olinadigan soliq xazina tushumining katta qismini tashkil qilgan

A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6

  1. Qadimgi Rimda xonadon o‘chog‘i ilohasini aniqlang. A) Geya B) Venera C) Vesta D) Diana

  2. Sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlagan o‘rta osiyolik hukmdorni aniqlang. A) Amir Nasrullo B) Xudoyorxon C) Yunusxo‘ja D) Muhammad Ali

  3. Turkistonda dastlabki rus qishlog‘i va Buxoro amirligi hududida birinchi rus qishlog‘i paydo bo‘lgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) 1873, 1885-yillar B) 1875, 1885-yillar C) 1875, 1888-yillar D) 1875, 1889-yillar

  4. AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o‘rinni egallagan davrda yuz bergan voqeani toping.

A)Meksikada dehqonlar g‘alayoni boshlandi. B)AQSh-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi. C)Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida O‘rta Osiyodagi ta’sir doiralar masalasida kelishuvga erishildi. D)Buyuk Britaniyaning jami mustamlaka hududlari 33 mln km2ni tashkil etdi.

  1. XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab bergan asarni aniqlang.

A)"Ziji jadidi Ko‘ragoniy" B)"Al-jabr val-muqobala"
C)"Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum" D)"Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim"

  1. I jahon urushidan keyin Iroqda tuzilgan siyosiy tashkilotlarni aniqlang. 1) “Iroq vasiyati”; 2) “Mustaqillik posbonlari”; 3) Iroq uyg‘onish partiyasi; 4) Iroq milliy partiyasi; 5) “Mag‘ribchilar bloki”; 6) “Dastur”; 7) “Saylangan musulmonlar federatsiyasi” A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 6

  2. Oda Nobunaga nima sababdan Yaponiyada xristiyan dinining tarqalishiga homiylik qilgan? 1. Budda peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo‘lgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda edi; 2. Oda Nobunaganing fikricha yaponlar xristiyan dinini qabul qilsa, yevropaliklar Yaponiyaga hech qachon harbiy hujum qilmas edi; 3. Oda Nobunaga tezlik bilan qo‘shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to‘la qurollantirish maqsadida yevropaliklar ishonchini qozonish uchun ham xristianlikni qo‘llab quvvatlagan edi; 4. Oda Nobunaga xristian dini vositasida yaponlarni yagona bayroq ostida birlashtirmoqchi edi; 5. Oda Nobunaga shu yo‘l bilan Yaponiyaga yevropaliklarni ko‘plab kirgizib, shu orqali yapon xalqining naslini ham o‘zgartirmoqchi edi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 5

  3. "Al-izoh" jurnali ...ning nashriy organi hisoblangan.

A) "Yosh turklar" B) "Sho‘royi Islomiya" C) "Sho‘royi Ulamo" D) "Yosh buxoroliklar"

  1. Italiyada demokratiyaning barcha ko‘rinishlari, jumladan, parlament ham tugatilgan davrni toping.

A) XX asr boshi B) XX asr 30-yillari C) XX asr o‘rtalari D) XX asr 20-yillari

  1. Arablarga qarshi qaysi davlatda bo‘lgan qo‘zg‘olon 20 yildan ortiq davom etgan? (IX asr)

A) Misrda B) Xurosonda C) Movarounnahrda D) Ozarbayjonda

  1. Dehli sultonligida kimning hukmronligi davrida Panjob, Sind va Bengaliya hududlari bo‘ysundirildi?

A) Shamsiddin Eltutmish B) Bobur C) Mahmud G‘aznaviy D) Muhammad Tug‘luq

  1. Quyidagi asarlardan qaysi biri Mir Olim Buxoriy tomonidan yozilgan?

A)“Buxoro, Qo‘qon va Qoshg‘arning ayrim voqea-hodisalari bayoni”
B)“Shohnomayi nusratpoyon” C)“Fathnomayi sultoniy” D)“Saralangan tarixlar”

  1. Quyidagi qaysi tarixchi(lar) tomonidan Somoniylar davlatida boshqaruv, asosan, 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanganligi haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan?

A) Juzjoniy B) Narshaxiy C) Ibn Havqal va Ishtahriy D) Sharafiddin Ali Yazdiy

  1. 1856-yilda imzolangan qaysi shartnoma Turkiya ustidan amalda G‘arb davlatlarining “homiyligini” o‘rnatdi?

A) Parij tinchlik shartnomasi B) Andrianopol shartnomasi C) London shartnomasi D) Sevr shartnomasi

  1. Xitoyda Min sulolasi boshqaruvi davrida qaysi davlat bilan munosabatlari buzilgan? (XV asr boshi)

A) Amir Temur saltanti bilan B) Yaponiyadagi Asikaga sulolasi bilan
C) Oltin O‘rda xonligi bilan D) Dehli sultonligi bilan

  1. Italiyani birlashtirish jarayoni kechayotgan davrda Italiya siyosiy tarqoqligining tayanchi bo‘lib qolayotgan hududlarni aniqlang.

A) Sitsiliya va Sardiniya B) Sardiniya va Neapol C) Vatikan va Sitsiliya D) Sitsiliya va Neapol

  1. Quyidagi tarixiy voqealar orasidan bir yilda yuz berganlarini aniqlang. 1. Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanishi; 2. Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida harbiy shartnoma imzolanishi; 3. Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida Parij Tinchlik shartnomasi imzolanishi; 4. Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida Turkiyaga qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko‘zda tutuvchi bitim imzolanishi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4

  2. 1875-yilda Nasriddinbek va fon Kaufman o‘rtasida imzolangan shartnomada quyidagi qaysi shartlar belgilab qo‘yilgan edi? 1) Nasriddinbek o‘zini rus imperatorining sodiq quli deb tan olishi; 2) rus imperatori Nasriddinbekni sodiq hamkori deb tan olishi; 3) Nasriddinbek tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi; 4) Rossiyaga uch million rubl tovon to‘lashi; 5) Sirdaryoning o‘ng sohilidagi yerlar - Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi; 6) Sirdaryo sohillaridagi barcha yerlar Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi; 7) Rossiyaga ikki million rubl tovon to‘lashi A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 3, 4, 6

  3. XX asr boshlarida G‘arbiy Afrikadagi Portugaliyaning mustamlakasini ko‘rsating.

A) Nigeriya B) Gveniyaning bir qismi C) Gambiyaning sharqiy qismi D) Senegalning g‘arbiy qismi

  1. Vetnamda urush boshlangan va to‘xtagan yillarda AQShda prezident bo‘lib turgan shaxslarni aniqlang.

A) J.Kennedi, J.Ford B) G.Trumen, J.Kennedi C) D.Eyzenxauer, R.Nikson D) L.Jonson, R.Nikson

  1. Angliya qirolligi tomonidan Denlo qo‘shib olingan vaqtni aniqlang.

A) X asr o‘rtalarida B) X asrning birinchi choragida C) IX asr oxirida D) X asrning so‘nggi choragida

  1. Hindistonda La’l Bahodir Shastri Bosh vazir lavozimida ishlagan davrda jahon tarixida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1) SSSRda hokimiyat L.I.Brejnev qo‘liga o‘tdi. 2) Polshada "Birdamlik" harakati tashkil etildi. 3) Chexoslovakiyada "Praga bahori" nomini olgan voqealar bo‘lib o‘tdi. 4) Ruminiyada G.Georgiu-Dej vafotidan so‘ng partiyada uning o‘rnini N.Chaushesku egalladi. 5) Bolgariyada T.Jivkov mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. 6) M.Ayubxon Pokistonda yangi muddatga Prezident etib saylandi.

A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 6

  1. Tohiriylar davlatida Abul Abbos Abdulloh hukmronligi davrida yangi poytaxtga aylangan shaharni aniqlang.

A) Marv B) Samarqand C) Hirot D) Nishopur

  1. Dunyoda birinchi temir yo‘l qurilgan davrda Buxoro taxtida kim hukmronlik qilgan?

A) Amir Haydar B) Amir Muzaffar C) Amir Nasrullo D) Amir Shohmurod

  1. Angliyada cherkov qachondan boshlab parlamentga bo‘ysundirildi?

A) 1688-yildan B) 1832-yildan C) 1646-yildan D) 1716-yildan

  1. “Shimoliy Germaniya Ittifoqini tuzish haqida shartnoma” imzolangan yilda tarixda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi. B)AQSh Kongressi tomonidan Konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. C)Parij Kommunasi tashkil topdi. D)Rus qo‘shinlari Avliyo-otani egalladi.

  1. Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qilgan va Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga "Yer-suv akti"ni taklif etgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) 1875-, 1882-yillar B) 1879-, 1881-yillar C) 1881-, 1886-yillar D) 1875-, 1881-yillar

  1. Buyuk Britaniya 1997-yilda Xitoyga qaytarib bergan hududni aniqlang.

A) Xaynan B) Sindao C) Taypey D) Gonkong

  1. Amir Umarxonning topshirig‘i bilan "Umarnoma" dostonini yozgan tarixchi nomini ko‘rsating.

A) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy B) Mulla Ali qori Qunduziy
C) Mirzo Qalandar mushrif Isfarangiy D) Abdulkarim Fazliy Namangoniy

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan sanani aniqlang.

A) 1993-yil 28-dekabr B) 1999-yil 27-dekabr C) 2002-yil 4-aprel D) 1994-yil 22-sentabr

  1. Poytaxti Niara shahri hisoblangan davlatni aniqlang. (O‘rta asrlar) A) Aksum B) Gana C) Mali D) Songai

  2. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda joylashtirilgan javobni toping. 1) G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi; 2) Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi; 3) Verden bo‘linishi; 4) Franklar davlatining tashkil topishi A) 3, 2, 1, 4 B) 2, 3, 4, 1 C) 1, 4, 3, 2 D) 1, 3, 2, 4

  3. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tomonidan Germaniyaning Yangi Gvineyadagi mustamlakalarini boshqarish huquqi qaysi davlatga berilganligini aniqlang.

A) Fransiyaga B) Janubiy Afrika Ittifoqiga C) Buyuk Britaniyaga D) Avstraliyaga

  1. Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e‘lon qilingan yil sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Italiyada ishlab chiqarishning pasayishi to‘xtadi B)Yaponiya va Sovet davlati o‘rtasida harbiy to‘qnashuv yuz berdi C)Yaponiya Mo‘g‘ilistonga hujum qildi D)“Antikomintern pakti”ga Italiya qo‘shildi

  1. Qaysi davrga kelib Sin imperiyasining istilochilik qudrati zaiflashdi?

A) XVIII asr oxirida B) XVII asr o‘rtalarida C) XVIII asr boshlarida D) XVIII asr o‘rtalarida

  1. Italiya yagona davlatga birlashgan davrda kim qirollik taxtini boshqarib turganini toping.

A) Viktor Emanuel III B) Orlando C) Viktor Emanuel II D) Qirolicha Izabella

  1. Amir Temur davrida qo‘shinning minglik bo‘linmasi boshqaruvchisi hisoblangan lavozimni aniqlang.

A) "tuman og‘a" B) "mirihazora" C) "aylboshi" D) "qo‘shinboshi"

  1. XIX asrning 90-yillari o‘rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli Fransiyada qaysi davrga kelib mo‘tadil barqarorlik ta’minlandi?

A) XX asrning boshlariga B) XX asrning oxiriga C) XX asrning 60-70-yillariga D) XX asrning o‘rtalariga

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi boshlangach (1929-yil) qaysi davlatda ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi?

A) AQSh B) Fransiya C) Buyuk Britaniya D) Germaniya

  1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya tarixiga oid ma’lumotlardan to‘g‘rilarini toping. 1. Rossiya imperiyasi tarkibida 100 ga yaqin millat va elat vakillari yashardi. 2. Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos xususiyat, bu - Rossiyaga chetdan kapital kiritishdan ko‘ra, chetga kapital chiqarishning ustunligi edi. 3. Rossiya sanoatiga qo‘yilgan chet el kapitalining asosiy qismi Buyuk Britaniya hissasiga to‘g‘ri kelardi. 4. Rossiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish ham o‘sgan bo‘lib, asosiy eksport mahsuloti g‘alla edi. 5. Rossiya neft qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda birirnchi o‘ringa chiqib oldi. A) 3, 4 B) 4, 5 C) 2, 3 D) 1, 2

  2. Quyidagi javoblardan qaysi biri to‘g‘ri?

A)XX asr boshida AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan 2-o‘rinni egallar edi. B)XIX asrning 70-yillarigacha industrial davlatlarda ish kunining uzunligi 10-12 soatni tashkil etardi. C)XX asr boshlarida “ishchi aristokratiyasi” Buyuk Britaniyada umumiy ishchilar sonining uchdan bir qismini tashkil etardi. D)XIX asrning o‘rtalariga kelib Parij shahri ichimlik va oqava suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo‘ldi.

  1. Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga kelgan davrda Yevropa tarixida yuz bergan jarayonni toping.

A)Britt qabilalari birlashtirildi. B)Vizantiyada feodal munosabatlar uzil-kesil qaror topdi.
C)Vizantiyada slavyan qabilalarining istilolalari boshlandi. D)Bolgariya podsholigi tashkil topdi.

  1. O‘zbekistonning quyidagi viloyatlari orasidan aynan bir yilda tashkil topganlarini aniqlang. 1) Andijon; 2) Buxoro; 3) Namangan; 4) Samarqand; 5) Toshkent; 6) Farg‘ona; 7) Xorazm; 8) Qashqadaryo

A) 3, 4, 5, 6, 7 B) 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 7, 8 D) 1, 3, 5, 7, 8

  1. XIX asrning 90-yillariga kelib Germaniya hukmron doiralari tomonidan Tinch okeanida qo‘lga kiritilgan hududlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Kurill orollari; 2) Karolina orollari; 3) Mariana orollari; 4) Gavay orollari; 5) Samoa orolining bir qismi; 6) Marshall orollari; 7) Faros oroli; 8) Filippin oroli.

A) 1, 6, 7, 8 B) 2, 3, 5, 6 C) 4, 5, 6, 8 D) 1, 2, 4, 7

  1. Rus qo‘shinlari Kattaqo‘rg‘onga hujum uyushtirishdan oldin Buxoro amirligining qaysi shahrida mahalliy aholining qarshiligiga duch kelgan? A) Samarqand B) Jizzax C) Urgut D) Zirabuloq

  2. Fransiyada Karl X hukmronligi davrida yuz bergan inqilobning maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A)Fransiyada Respublika tuzumini o‘rnatish B)Burbonlar hokimiyatini mustahkamlash
C)monarxiyani tiklash D)Napoleon tarafdorlari hokimiyatini qayta tiklash

  1. Quyidagi Angliya qirollarining ular hukmronlik qilgan yillari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Genrix II; 2) Ioann; 3) Richard II; a) 1377-1399-yy.; b) 1154-1189-yy.; c) 1199-1216-yy.

A) 1 - a; 2 - c; 3 - b B) 1 - b; 2 - a; 3 - c C) 1 - c; 2 - a; 3 - b D) 1 - b; 2 - c; 3 - a

  1. Italiya qirolining buyrug‘i bilan hibsga olingan Mussolinini qutqarish uchun Gitler kimni jo‘natgan edi?

A) feldmarshal Keytelni B) Otto Skorsenini C) marshal Gebbelsni D) Genrix Gimmlerni

  1. Xitoy va Buyuk Britaniya o‘rtasida I afyun urushi qaysi yillarda bo‘lib o‘tgan?

A) 1840-1842-yy. B) 1843-1846-yy. C) 1856-1857-yy. D) 1838-1840-yy.

  1. Iroqda «Iyun inqilobi» natijasida prezidentlik lavozimini kim egalladi?

A) Saddam Husayn B) Ahmad Hasan al-Bakr C) Bashar al-Asad D) Ayyad Alaviy

  1. II jahon urushi boshlangach, Germaniya va Italiya bilan yaqinlashish yo‘lini tutgan Misrdagi siyosiy kuchlar rahbarini aniqlang. A) bosh vazir Ismoil Sidqiy B) qirol Faruh C) qirol Fuad D) bosh vazir Naxxas

  2. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo‘qon, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalarining rivojlanish sabablarini toping. 1) Xiva xonligi hududining kengayib borishi; 2) xonlik hududining o‘rta osiyolik savdogarlar va Haj safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali Makka va boshqa shaharlarga o‘tish manzilgohiga aylanganligi; 3) chet davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari davlat xazinasiga katta daromad keltirayotganligi; 4) xonlik hududining ushbu davlatlarning barchasi bilar chegaradosh bo‘lishi A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 4

  3. Quyidagi Uyg‘onish davri vakillarining aytgan fikrlari to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) M.Servantes; 2) Leonardo da Vinchi; 3) V.Shekspir. a) «Inson - tabiatning ajoyib mo‘jizasi!»; b) «Rassomlik san’ati - san’atlar malikasi»; c) «Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek jonni xavfga qo‘yish kerak». A) 1-b; 2-c; 3-a B) 1-a; 2-c; 3-b C) 1-a; 2-b; 3-c D) 1-c; 2-b; 3-a

  4. 1857-yilda imzolangan Parij Tinchlik shartnomasidan keyin Eron va Afg‘oniston o‘rtasida nizo kelib chiqqudek bo‘lsa, bu nizo qaysi davlat vositachiligida hal etiladigan bo‘ldi?

A) Fransiya B) Germaniya C) Buyuk Britaniya D) AQSh

  1. Amir Temur bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, yozishmalar olib borgan Angliya qirolini aniqlang.

A) Genrix III B) Ioann VII C) Karl VI D) Genrix IV

  1. Avestoning ilk qismi paydo bo‘lgan davrda tarixda yuz bergan voqeani aniqlang.

A)Axamoniylar davlati tashkil topdi. B)Mamlakatimiz hududlarida temir buyumlar keng tarqala boshladi. C)Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi. D)Mamlakatimiz hududlarida temirdan yasalgan eng qadimgi qurollar paydo bo‘ldi.

  1. XIX asrlarga kelib Buxoroda ichki va shaharlararo savdo amalga oshilgan tim va chorsular soni nechta bo‘lgan? A) yettita B) o‘n ikkita C) oltita D) to‘qqizta

  2. Menokal (1916-1920) quyidagi qaysi davlat rahbari bo‘lgan? A) Braziliya B) Meksika C) Argentina D) Kuba

  3. Avstriya-Vengriya imperiyasini Gabsburglar sulolasi boshqara boshlagan yilda. ..

A)yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilindi B)hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e’lon qildi C)inglizlar Eopiya negusi Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi D)Kuba xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi boshlandi

  1. Qadimgi Ellada aholisini birlashib, makedoniyaliklarga qarshi kurashishga da’vat etgan mashhur notiqni aniqlang. A) Solon B) Leonid C) Miltiad D) Demosfen

  2. Oliver Kromvel vafot etgan yili Dehli shahri kim tomonidan egallanganligini toping.

A) Avrangzeb Olamgir B) inglizlar C) Jahongirshoh D) Shoh Jahon

  1. Rim imperiyasiga 455-yilda hujum qilgan german qabilalarini aniqlang.

A) vestgotlar B) vandallar C) langobardlar D) ostgotlar

  1. GFRning XX asr 50-yillaridagi tarixiga doir to‘g‘ri ma’lumotni toping.

A)Birlashgan nemis kasaba uyushmasi (BNKU) tuzildi va sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi. B)Xristian-demokratlar ittifoqi tuzildi. C)Okkupatsiya tartibi hukm surdi va separat pul islohoti o‘tkazildi. D)Oziq-ovqat muammosi to‘la hal etildi va sanoat ishlab chiqarishi 1936-yil darajasiga yetdi.

  1. Quyidagi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarini ochilgan yillari bilan to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1) Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti; 2) Moskva davlat universiteti filiali; 3) Moskva neft va gaz universiteti filiali; 4) Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti. a) 2008-y.; b) 2007-y.; c) 2006-y.; d) 2002-y. A) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a B) 1-b; 2-d; 3-c; 4-a C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c D) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d

  2. Samarqandga dastlabki poyezd kelganidan temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazilgan yillar oralig‘i to‘g‘ri korsatilgan javobni toping.

A) 1882-1898-yillar B) 1880-1899-yillar C) 1888-1899-yillar D) 1888-1906-yillar

  1. Rossiyaning Kavkazortida mustahkam o‘rnashib olishiga imkon bergan Rus-Eron shatnomasi imzolangan yilni toping. A) 1813-yil B) 1818-yil C) 1812-yil D) 1825-yil

  2. Buyuk Britaniyada ikkinchi parlament islohoti o‘tkazilgan yilda sodir bo‘lgan voqealarni toping. 1. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Efiopiyada imperator Kasa hokimiyati ag‘darildi; 2. Tokugava sulolasining oxirgi sioguni hokimiyatdan voz kechdi; 3. Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi; 4. Otto fon Bismark Germaniyada mavjud davlatlarning Prussiya bilan “Shimoliy Germaniya Ittifoqi”ni tuzish haqida shartnoma imzolanishiga erishdi. A) 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3

  3. 1917-yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarning favqulodda qurultoyi qanday shior ostida o‘tkazildi?

A)Muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish B)Qo‘qon muxtoriyatini tezlik bilan tugatish choralarini ko‘rish va sovetlashtirishni jadallashtirish C)O‘lkada sovet hokimiyati tuzumini mustahkamlash D)Farg‘ona vodiysida tinchlik va osoyishtalik o‘rnatish

  1. Xorazmda afrig‘iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar hukmronligi boshlangan yilni aniqlang.

A) 995-yil B) 991-yil C) 992-yil D) 994-yil

  1. “Ittifoqning nima ekanligini, yolg‘iz o‘z manfaati, shaxsiyati yo‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib bizning odam bo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo‘lsak, yaqindirki podsho istibdodi Turkistonimizni egallar”, degan fikrlar qaysi asarda keltirilgan?

A) “O‘tgan kunlar” B) “Mehrobdan chayon” C) “Eng go‘zal tarix” D) “Toshkentning yangi tarixi”

  1. 1926-yilda Buyuk Britaniya kon egalari konchi ishchilar oldiga qo‘ygan ultumatumda quyidagilardan qaysilari aks etganligini aniqlang. 1) ish haqining kamaytirilishiga rozi bo‘lish; 2) ish kunini ikki soatga oshirilishiga rozi bo‘lish; 3) ish tashlashlarni to‘xtatishga rozi bo‘lish; 4) ish kunini bir soatga oshirilishiga rozi bo‘lish; 5) shaxta egalari bilan tred-yunionlar o‘rtasida mamlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo‘lish A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5

  2. Fashist davlatlar Buyuk Sharqiy Osiyo kengligida yangi tartib o‘rnatish borasida Yaponiya gegemonligini tan olgan vaqtni ko‘rsating. A) 1938-yil kuzi B) 1939-yil bahori C) 1932-yil yozi D) 1936-yil kuzi

  3. Usmonli turklar davlati kuch-qudratga nimalar hisobiga erishganligini ko‘rsating. 1) sultonlarning oqilona siyosati; 2) mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilish; 3) XVI asr o‘rtalaridan boshlab ayniqsa qishloq xo‘jaligining gurkirab rivojlanishi; 4) mustamlaka o‘lkalardan tashib kelingan ulkan miqdordagi boyliklar; 5) musulmonlarning muqaddas ziyoratlaridan keladigan tushumlar A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4

  4. Qoraqalpoq xalqi tomonidan bunyod etilgan qal’a shaklidagi shaharlarni aniqlang. 1) Oydo‘stqal’a, Ernazarqal’a; 2) Jonbosqal’a, Tuproqqal’a; 3) Eshonqal’a; 4) Qo‘yqirilganqal’a; 5) Janaqal’a, Ko‘ko‘zakqal’a.

A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5

  1. 1921-yilga kelib Ispaniyada ijtimoiy harakatning pasayishiga nima tufayli erishildi?

A)hukumatning ishchilarga yon berishi B)harbiy diktaturaning o‘rnatilishi
C) Marokashda boshlangan milliy-ozodlik harakati D)hukumatning shafqatsiz terrori

  1. Platon Afina akademiyasiga asos solgan davrda tarixda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Avesto 21 ta kitobga jamlangan. B)Xorazmning qadimgi shahri Jonbosqal’a vujudga kelgan.
C)Xorazmiylar Ahamoniylar istibdodidan ozod bo‘ldi. D)Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylandi.

  1. Chig‘atoy ulusi davriga oid me’moriy obidalarni aniqlang. 1) To‘rabekxonim maqbarasi; 2) Bayonqulixon maqbarasi; 3) Nomozgoh masjidi; 4) Ernazar elchi madrasasi. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 2, 3

  2. Shayboniylarga amakivachcha bo‘lgan ashtarxoniylar qachondan boshlab Ashtarxon xonligida hukmronlik qila boshlagan?

A) XVII asr boshlaridan B) XIV asrning 80-yillaridan C) XV asrning 20-yillaridan D) XVI asr o‘rtalaridan

  1. Quyidagi ta’rif qaysi yozuvchi haqida ekanligini to‘g‘ri toping. “Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini ko‘rsatishdan iborat edi. Asarlari esa burjuaziya jamiyatiga qarshi o‘ziga xos aybnoma edi.”

A) O.Balzak B) I.Gyote C) P.Bomarshe D) A.Pushkin

  1. Salavkiylar davlatida strateg qanday vazifani bajargan?

A)viloyat hokimlarini nazorat qilish B)davlat mudofaasi va qo‘sinlarni tashkil etish C) mahalliy aholidan yig‘iladigan soliqlarni nazorat qilish D)mamlakatning istiqboldagi rejalarini ishlab chiqish

  1. Qo‘qon xonligida Yangiariq kanali nechanchi yillarda qazilgan?

A) 1842-1845-yillar B) 1819-1823-yillar C) 1837-1839-yillar D) 1819-1822-yillar

  1. Qadimgi misrliklar sig‘ingan qaysi iloh, rivoyat qilishlaricha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o‘rgatgan? A) Ptax B) Osiris C) Set D) Isida

  2. Jahon iqtisodiy inqirozi (1929-y.) davrida qaysi davlatda universitetlar va hatto umumta’lim maktablari ham yopib qo‘yildi? A) Tunis B) Argentina C) Kuba D) Meksika

  3. Yaponiya tarixiga doir quyidagi ma’lumotlardan bir yilda sodir bo‘lganlarini toping. 1. Simonoseki sulhi tuzildi. 2. 10 yillik qurollanish dasturi qabul qilindi. 3. Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo‘shib oldi. 4. Yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilindi. A) 1, 2 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 3, 4

  4. XX asrning 50-80-yillarida qurib ishga tushirilgan O‘rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESi qaysi Respublika hududida joylashgan? A) O‘zbekiston B) Qirg‘iziston C) Tojikiston D) Qozog‘iston

  5. 1961-yilda SSSR va AQSh munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib yuborgan voqeani aniqlang.

A)Vyetnamda AQSh qo‘shinlarining mag‘lubiyatga uchrashi B)AQShning SSSR hududiga josus samolyotini uchirishi C)Berlin devorining qurilishi D)Falastin davlatining tuzilmay qolganligi

  1. Yevropada xristian dinining tarqalish davrini aniqlang. A) IV asrdan boshlab XIV asrgacha B) I asrdan boshlab XII asrgacha C) VII asrdan XVI asrgacha D) IV asrdan boshlab XVI asrgacha

  2. XIV asr oxirida tashkil topgan No‘g‘ay xonligi chegaralari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Volga daryosidan Irtish daryosigacha; 2) Ural daryosidan Ili bo‘ylarigacha; 3) Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Kama daryosigacha; 4) Volga daryosidan Issiqko‘lgacha; 5) Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Ural tog‘larigacha

A) 3, 5 B) 2, 4 C) 4, 5 D) 1, 3

  1. Tarixdan ma’lumki, Rossiya 1877-yilda Turkiyaga qarshi urush e’lon qildi va katta talofot yetkazdi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Buyuk Britaniyani tashvishga solib qo‘ydi va... 1) o‘z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi; 2) o‘z harbiy kemalarini O‘rta yer dengiziga kiritdi; 3) rus armiyasi Konstantinopolga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzishini ma’lum qildi; 4) o‘z harbiy kemalarini Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlariga joylashtirib, Istambul shahri himoyasida Turkiyaga harbiy madad taklif etdi; 5) Andrianopol shahriga ingliz harbiy kuchlarini joylashtirib, Turkiyani muqarrar halokatdan saqlab qolish choralarini ko‘rdi

A) 1, 5 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 2, 3

  1. Lotin Amerikasi mamlakatlari rahbarlaridan kim sarmoya va mehnat o‘rtasida hamkorlikni ta’minlay olganligini aniqlang. A) J.Vargas B) I.Irigoyen C) S.Bernardis D) M.Alvero

  2. Sug‘d ixshidlari ittifoqiga (ilk o‘rta asrlar) qaysi vohalarning o‘n bitta yirik mulklari kirgan?

A)Poykand, Naxshab, Kesh B)Samarqand, Naxshab, Kesh
C)Samarqand, Buxoro, Kesh D)Buxoro, Chag‘oniyon, Ustrushona

  1. Fosfor olish jarayoni quyidagi qaysi olim tomonidan soddalashtirilgan?

A) Mendeleyev B) Kostovich C) Daymler D) Tomson

  1. G‘arbiy Yevropada XIX asrning II yarmida o‘rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, qaysi toifa ajralib turardi?

A) shifokorlar B) ofitserlar C) o‘qituvchilar D) huquqshunoslar

  1. Safaviylar xazinaga tushadigan daromadlar kamayishining oldini olish maqsadida XVIII asrdan boshlab qanday yo‘l tutganliklarini aniqlang.

A)savdo-sotiqdan keladigan tushumni ko‘paytirish B)dehqonlar to‘laydigan soliqlarni oshirish C)davlat yerlarini sotish va dehqonlar sharoitini yaxshilash D)katta ko‘lamdagi urushlar olib borish va mustamlakachilik

  1. Italiya bosh vaziri Orlando davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Italiya qo‘shinlari Vladivostokka jo‘natildi; 2) Italiya Simernani bosib olish uchun hujum boshladi va bu hujum mag‘lubiyat bilan tugadi; 3) Egey dengizi sohilidagi Triyest porti Italiyaga o‘tdi; 4) Italiya armiyasi safidan bo‘shatilganlar ishsiz qoldi; 5) Italiya Albaniyani tashlab chiqishga majbur bo‘ldi; 6) Yugoslaviyaga qarashli Dodekanes oroli Italiya mulkiga aylandi; 7) Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirildi

A) 2, 3, 4, 5 B) 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 2, 4, 5

  1. Turkistonda mustamlaka davrigacha boshlang‘ich ta’limdan keyingi bosqichda o‘quvchilarga o‘qitilgan kitoblar ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A)"Haftiyak", "Chor kitob", "Risolai aziza" B)"Chor kitob", "Haftiyak", "Sabot ul-ojizin"
C)"Haftiyak", "Risolai aziza", "Chor kitob" D)"Chor kitob", "Risolai aziza", "Haftiyak"

  1. 13 shtat vakillari Filadelfiya shahrida I Kontinental Kongressida Buyuk Britaniyaning majbur etuvchi qonunlariga itoat etish majburiy emasligi haqida qaror qabul qilingan yilda Rossiya tarixida quyidagi voqealarning qaysi biri yuz bergan?

A)Pugachyov boshchiligida qo‘zgolon boshlandi B)Polsha qirolligi va Buyuk Litva knyazligi ittifoqi asosida tashkil topgan Rech-Pospolitaning bir qismi Rossiya tarkibiga o‘tdi C)Qrim xonligi tor-mor qilinib Rossiya tarkibiga kiritildi D)Rossiya Turkiyani “Kuchukqaynarji” shartnomasini imzolashga majbur etdi

  1. II jahon urushi arafasida Buyuk Britaniya qaysi davlatlarga Germaniya hujum qilsa, unga harbiy yordam ko‘rsatish haqida kafolat bergan? 1) Polsha; 2) Ruminiya; 3) Bolgariya; 4) Fransiya; 5) Gollandiya; 6) Gretsiya; 7) Yugoslaviya A) 5, 6, 7 B) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5

  2. Mayya davlatiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsating. 1) mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar; 2) davlat tepasida saylanma hukmdor - tlatoani turgan; 3) mayyalar matematikaga "nol" belgisini hindlardan avvalroq kiritganlar; 4) Chichen-Itsa Mayya davlatining poytaxti hisoblangan; 5) saroy va ibodatxonalar derazalari albatta sharqqa qarab qurilgan; 6) mayyalar sollarda "suzuvchi dalalar" barpo etganlar

A) 3, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 4, 5, 6

  1. Qo‘qon xoni Olimxon davrida muntazam qo‘shin tuzilishidan keyin ham nomuntazam qo‘shindan foydalanish davom etgan va u nima deb atalgan? A) askariya B) qilquyruq C) tunqator D) sipoh

  2. 1512-yilda kimning ra’yiga ko‘ra Samarqand Ko‘chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo‘jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydullo Sultonga doimiy merosiy mulk qilib berildi?

A) Boyshayxning B) Shayboniyxonning C) Jonibek Sultonning D) Xo‘ja Mahmud Sultonning

  1. Quyidagi voqealardan qaysi biri Turkiyaning Bolqondagi ta’siridan to‘la ajralishiga olib keldi?

A)Turkiyaning I jahon urushida “Uchlar ittifoqi”ga qo‘shilishi B)Turkiyaning Germaniya bilan yaqinlashishi C)San-Stefano sulh shartnomasining imzolanishi D)I va II Bolqon urushlari

  1. Braziliyada S.Bernardis prezidentligi davrida qaysi shaharlarda harbiylar qo‘zg‘oloni boshlandi?

A) San-Salvador va Brazilia B) Santo Anjelu va San-Marino
C) San Diyego va San-Xose D) San-Paulo va Santo Anjelu

  1. Qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo‘lgan voqealari yilnomasi bayon etilgan asarni belgilang. A) "Zubdat ut-tavorix" B) "Tarixi jadidayi Toshkand" C) "Tarixi Farg‘ona" D) "Tarixi Turkiston"

  2. Buxoro amirligida harbiy qo‘shin bosh sarkardasi qanday atalgan?

A) sohibi shurat B) amiri lashkar C) sohibi askar D) parvonachi

  1. Xitoyda manjurlarning Sin sulolasi hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) 1644-1914-yillar B) 1644-1911-yillar C) 1641-1911-yillar D) 1640-1912-yillar

  1. Makedoniyalik Aleksandr bosib olingan shaharlarda nima maqsadda yunonlarni joylashtirgan?

A)mahalliy xalqlarni qirib yuborish B)bosib olingan hududlarda yunon davlatlarini barpo etish C)ulkan hududda yunon madaniyatining tarqalishiga imkon yaratish D)ushbu hududlarda o‘ziga tayanch bo‘ladigan zodagonlar toifasini shakllantirish

  1. Marafon jangida yunon qo‘shinlariga yetakchilik qilgan sarkardani aniqlang.

A) Leonid B) Miltiad C) Femistokl D) Kalliy

  1. Avstriya-Vengriya imperiyasi vujudga kelgach oradan necha yil o‘tib imperiya poytaxti Vena shahrida ishchilarning demokratik erkinliklar berilishini talab qilgan ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tdi?

A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 4 yil

  1. "Al-izoh" jurnali ...ning nashriy organi hisoblangan.

A) "Yosh buxoroliklar" B) "Sho‘royi Islomiya" C) "Sho‘royi Ulamo" D) "Yosh turklar"

  1. Kiyev Rusida Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Xazar hoqonligi zulmidan ozod bo‘lish; 2) qipchoqlarni tor-mor keltirish; 3) sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom ettirish; 4) davlat chegaralarini tashqi dushmanlardan asrash; 5) g‘arbiy va sharqiy slavyanlarni birlashtirish; 6) Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o‘rnatish; 7) xazarlar yerlarini slavyanlarga birlashtirish A) 1, 3, 4, 6 B) 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 6, 7 D) 1, 2, 5, 6

  2. Ispaniyada fashistik diktaturalar o‘rnatilgan yillar to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) 1929-, 1938-yillar B) 1920-, 1936-yillar C) 1931-, 1939-yillar D) 1923-, 1939-yillar

  1. Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o‘rni alohida 3 yo‘nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Bular. .. 1) xalqaro maydonda AQSh ning asosiy ittifoqchisiga aylanishi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashishi; 2) xalqaro maydonda G‘arbiy Yevropa davlatlariga bosh bo‘lib dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashishi; 3) G‘arbning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolishi; 4) G‘arbning yetakchi davlatlari safidan tushib qolishi; 5) Hamdo‘stlik mamlakatlari boshlig‘i bo‘lishi. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 4, 5

  2. O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida So‘g‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan sanani aniqlang.

A) 1993-yil 7-yanvar B) 1998-yil 10-noyabr C) 1995-yil 4-fevral D) 2000-yil 12-noyabr

  1. XIX asr oxirlarida qaysi mamlakat hukmron doiralari “quyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishi” talabi bilan chiqdilar? A) Buyuk Britaniya B) Germaniya C) Yaponiya D) AQSh

  2. Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kimning asarlari orqali bilib olish mumkin?

A) Eyngard B) Tatsit C) Alkuin D) Buyuk Karlning o‘zi

  1. Rus va fransuz qo‘shinlari o‘rtasidagi Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan jangda rus qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan sarkardani aniqlang. A) Suvorov B) Brusilov C) Kutuzov D) Aleksandr I

  2. 1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi davrida katta ta’sirga ega bo‘lgan mujohidlar ilgari surgan talablar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) yashirin saylov huquqi; 2) shoh tuzumini ag‘darish; 3) parlament joriy etish; 4) shaxs erkinligini joriy qilish; 5) shoh yerlarini musodara qilish; 6) ish vaqtini 8 soat qilib cheklash; 7) chet elliklar bilan tuziladigan iqtisodiy bitimlarga parlament roziligi olish; 8) bepul va majburiy ta’lim joriy qilish.

A) 2, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 5, 6, 7 D) 1, 4, 5, 6, 8

  1. Xudoyorxonsaroyi (xono‘rdasi) devorlaridagixattotlikishlarinibajarganshaxslarnianiqlang. A) Usta Shirin va Shohali B) Turdi Ali va Mirzo Mahmud C) Mirzo Mahmud va Muso Ali Rizo D) Turdi Ali va Usta Shirin

  2. Arablar tomonidan Xuroson deb atalgan hudud yerlari ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A)Hozirgi Afg‘oniston, Eronning sharqiy qismi, qisman Pokiston, Kaspiy dengizning sharqi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar B)Hozirgi Afg‘onistonning sharqiy, Eronning sharqiy qismi, shimoliy Pokiston hamda markaziy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar C) Hozirgi Afg‘onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar D)Hozirgi Afg‘oniston, Eronning shimoli-sharqiy qismi, Pokistonning shimoliy qismi hamda Sind yerlaridan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar

  1. Afg‘onistondagi kurash maydoniga "tolibonlar" nechanchi yildan qo‘shildi?

A) 1995-yil B) 1997-yil C) 1996-yil D) 1994-yil

  1. Buxoro amirligida amlokdor boshqaruv ishida kimlarga tayangan?

A)amin, mirobboshi va sadrlarga B)qishloq oqsoqollari, qozi va tumanog‘aga
C)amin, askarboshi va qishloq oqsoqollariga D)qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga

  1. "Ost-Indiya" kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo‘ysundirgan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Rossiyada krepostnoylik tuzumi bekor qilindi. B)Qo‘qon xonligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
C)Qo‘qon xonligi elchilari Xivaga keldi. D)Buxoro amirligi taxtiga Amir Muzaffar o‘tirdi.

  1. 1579-yilda niderland xalqi ispan bosqiniga qarshi “Utrext uniyasi”ni tuzgan bo‘lib, uning a’zolari nimaga va’da berdilar?

A)xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga, Ispaniyaga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga B)o‘zaro janjallarga chek qo‘yishga va janubiy viloyatlarni Ispaniyga berishga C)chet mamlakatlar bilan boshqa aloqalar o‘rnatmaslikka D)Ispaniyaga qarshi Amerika mustamlakalari bilan ittifoq tuzishga

  1. Mauriya davlati parchalanib ketgach uning hududlarining katta qismini qaysi davlat bosib oldi?

A) Eftaliylar B) Kushon podsholigi C) Kidariylar D) Sosoniylar

  1. XIX asrning oxirlarida Xitoy-Fransiya munosabatlarining yomonlashuviga nima sabab bo‘lganini toping.

A)Afyun urushining kelib chiqishi B)Fransiya konsuliga uyushtirilgan fitna
C)Xitoy tomonidan bandargohlarning yopib qo‘yilishi D)Fransiya tomonidan Vyetnamning bosib olinishi

  1. 1947-yilda O‘zbekistonning qaysi shaharlarida ochilgan ikki yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlar tayyorlab berib turgan?

A) Toshkent va Samarqand B) Toshkent va Andijon C) Samarqand va Buxoro D) Samarqand va Farg‘ona

  1. Quyidagi mualliflardan qaysi biri o‘z asarida o‘zbeklarni “aql idrokli, suhbati yoqimli va o‘tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg‘on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar” deb ta’riflagan? A) G.Danilevskiy B) N.Muravyov C) N.Ignatyev D) N.Vasilevskiy

  2. Lotin Amerikasi davlatlariga yordam berishga qaratilgan "Taraqqiyot yo‘lidagi ittifoq" dasturining tashabbuskori bo‘lgan AQSh prezidentini aniqlang. A) R.Nikson B) L.Jonson C) J.Kennedi D) D.Eyzenxauer

  3. Ilk o‘rta asrlarda qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan davlat(lar)ni toping. A) So‘g‘d B) Farg‘ona C) Choch va Eloq D) Toxariston

  4. Antikomintern paktini imzolagan davlatlarni eslang. Ulardan birining tarixida 1162-yilda sodir bo‘lgan voqea to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A)Ronkal vodiysida seym chaqirildi. B)Kioto shahri yong‘in tufayli kulga aylandi. C) Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. D)Rudolf Gabsburg taxtga o‘tqazildi.

  1. Buyuk Britaniyada qaysi qonunga ko‘ra ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararni tred-yunionlardan undirilishi taqiqlangan?

A)"Ishtimoiy shartnoma to‘g‘risida"gi qonun B)"Ish tashlashlarga ruxsat berish to‘g‘risida"gi qonun
C) "Narx-navo va daromadlar to‘g‘risida"gi qonun D)"Ish haqi minimumi to‘g‘risida"gi qonun

  1. XX asr boshlarida Yevropa mustamlakachilari Afrikadagi o‘zlarining mustamlakalarida joriy qilgan boshqaruv haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

A)Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalarida mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirdi B)Fransiya o‘z mustamlakalaridagi boshqaruv tizimiga umuman qiziqish bildirmadi, faqat boylik orttirish yo‘lidan bordi C) Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalarida eski mahalliy boshqaruv tizimini umuman buzib tashlab, o‘ziga mos yangi tartiblarni joriy etdi D)Fransiya o‘z mustamlakalarida mahalliy boshqaruv tizimini saqlab qoldi va mahalliy hukmdorlarni qat’iy himoya qildi, shu yo‘l bilan ularni uzoq vaqt o‘ziga to‘be qilib qo‘ymoqchi bo‘ldi

  1. Qaysi davrda Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi gollandlarga qarashli Kap koloniyasini bosib olgan edi?

A) XIX asr boshlarida B) XVIII asr oxirida C) XIX asr o‘rtalarida D) XIX asr oxirida

  1. Buxoro amiri Muzaffarning tobelik siyosatidan norozi bo‘lib, xalq qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan amirning katta o‘g‘li kim edi? A) Abdulahad B) Jo‘rabek C) Bobobek D) Abdumalik to‘ra

  2. XIX asrda Afrikadagi eng muhim qul savdosi bazalari quyidagi qaysi davlatning mustamlakasi edi?

A) Angliya B) Fransiya C) Ispaniya D) Portugaliya

  1. Eronda Ismoil Safaviy hukmronligi tugagan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.

A)Germaniya reyxstagi lyuterchi-knyazlar bilan kelishuvga erishdi va cherkovga qarshi harakat to‘xtadi. B)M.Lyuter “95 tezis” deb atalgan murojaatnomani e’lon qildi va 30 yillik diniy urushga chek qo‘ydi. C)Germaniyada katolik cherkovi zulmiga qarshi boshlangan harakat yer egalari zulmiga qarshi urushga aylanib ketdi. D)Germaniya protestant knyazlari Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

  1. Germaniya va Avstriya-Vengriya 1915-yilgi harbiy harakatlar vaqtida Rossiyaga qarshi o‘z harbiy kuchlarining qancha qismini tashlagan edi?

A) yarmidan ortig‘ini B) uchdan ikki qismini C) uchdan bir qismini D) yarmiga yaqinini

  1. Amir Temur Sharqiy Turkistonning janubi-g‘arbini qaysi shaxzodaga bergan?

A) Ibrohim Sultonga B) Ulug‘bekka C) Pirmuhammad Mirzoga D) Shohrux Mirzoga

  1. Uesseks qiroli Buyuk Alfred vafot etgan yili...

A)butun Xuroson Somoniylar qo‘l ostiga o‘tdi B)Xurosonda hokimiyat safforiylar qo‘liga o‘tdi
C) Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga zarba berdi D)xalifa Mu’tazid xalifalik taxtiga o‘tirdi

  1. IV asrning o‘rtalarida xion qabilalarining O‘rta Osiyoga hujumi qaysi hududlardan boshlanganligini aniqlang.

A) Xorazm va Sirdaryo bo‘ylaridan B) Yettisuv va Sirdaryo bo‘ylaridan
C) Oltoy va Yettisuvdan D) Yettisuv va Sharqiy Turkistondan

  1. Abulfayzxon hukmronligi davrida amalda mustaqil bo‘lib olgan hududlarni ko‘rsating. 1) Samarqand; 2) Toshkent; 3) Qarshi; 4) Shahrisabz; 5) Balx; 6) Hisor; 7) Farg‘ona; 8) Badaxshon

A) 2, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 4, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 8 D) 1, 3, 5, 7, 8

  1. Fransiyada diniy urushlar davom etayotgan davrda katoliklarning fitnasiga ko‘ra qaysi qirol olib qochilib, majburan monax qilindi? A) Genrix II B) Genrix III C) Navarralik Genrix D) Genrix Giz

  2. 1936-yilgi Fransiya parlamentiga o‘tkazilgan saylovlarida g‘olib chiqqan "Xalq fronti" ichida kelishmovchilikning yuzaga kelishiga nima sabab bo‘lganligini toping.

A)Ispaniyaning ichki ishlariga aralashuvi B)Sovet davlatining tan olinishi
C)hukumatning 8 soatlik ish kuni haqidagi qarori D)xalqaro va ichki siyosatda yagona krga kela olmaganlik

  1. Italiyada "qizil ikki yillik" davriga to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarni anilang. 1) 8 soatlik ish vaqti belgilandi; 2) hukumat ishchi va dehqonlardan shakllantirildi; 3) ish haqiga qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi e’lon qilindi; 4) yer egalariga yollanib ishlovchilar, ijaraga yer olib ishlovchilar uchun shartlar yengillashtirildi; 5) janubdagi dehqonlar yer egalaridan tortib olgan yerlarining bir qismi ularga qonuniylashtirib berildi; 6) dehqonlar soliqlardan vaqtincha ozod etildilar A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6

  2. Vudro Vilson davrida o‘tkazilgan parlament islohotiga ko‘ra ...

A)oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi B)senatorlar saylovida shtatlarning faqat mulk senziga ega bo‘lganlari ishtirok etishi, prezidentlik saylovida barcha erkak fuqarolarning qatnashishi belgilandi C)saylov yoshi 20, shtat senatorligiga saylanish 25, parlamentga saylanish 30 yosh etib belgilandi D)parlament deputatligiga saylanish uchun ma’lum miqdorda belgilangan mol-mulk egasi bo‘lish man etildi

  1. Quyidagi qozoq juzlarining Rossiya imperiyasi tobeligiga o‘tgan yillari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) Kichik juz; 2) O‘rta juz; 3) Katta juz; a) 1747-yil; b) 1732-yil; c) 1739-1740-yillar
A) 1 - c; 2 - b; 3 - a B) 1 - a; 2 - c; 3 - b C) 1 - b; 2 - a; 3 - c D) 1 - b; 2 - c; 3 - a

  1. 1970-yilda qaysi davlatlar GFR bilan Yevropada tinchlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan shartnomalar imzolagan? 1) Yugoslaviya; 2) Polsha; 3) SSSR; 4) Ruminiya; 5) Bolgariya; 6) Chexoslovakiya

A) 4, 5, 6 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 6

  1. 1583-1600-yillarda Xiva elchilari necha marta Moskvada bo‘lishgan?

A) 2 marta B) 6 marta C) 5 marta D) 1 marta

  1. Xiva xonligida “Islohotlar loyihasi” qabul qilingan yilda tarixda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Eronda ingliz monopolisti Reyter "Shahanshohbank"ni ochdi. B)Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo‘shib oldi. C) Nukus volosti va Qo‘ng‘irot bekliklarida norozilik harakatlari bo‘lib o‘tdi. D)“Osiyo” gazetasi chop etila boshlandi.

  1. Xitoyda Sin sulolasini ag‘darib tashlash va demokratik milliy davlat tuzish uchun kurash olib borgan tashkilotni ko‘rsating.

A) “Ixetuan” harakati B) “Xitoy ozodlik tashkiloti”
C) “Xitoy uyg‘onish jamiyati” tashkiloti D) Xitoy sotsialistik partiyasi

  1. Quyidagi badiiy asarlarni ular yaratilgan qadimgi davlatlar bilan moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) "Gilgamish haqida afsona"; 2) "Iliada"; 3) "Ramayana"; 4) "Isida va Osiris haqida afsona"; a) Mesopotamiya; b) Yunoniston; c) Hindiston; d) Misr
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d D) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b

  1. Afrikada o‘rta asrlarda yashagan qabilalarni hududlari bilan mos ravishda ko‘rsating. 1) barbar va tuareglar; 2) fulbe; 3) masai, galla, sidamo, tigre; a) Sahroning janubi; b) G‘arbiy Afrika; c) Sharqiy Afrika

A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-a, 3-b

  1. Xivada qaysi xon davrida 14 gumbazli tim, karvonsaroy va omborxonadan iborat majmua bunyod etilgan?

A) Olloqulixon B) Muhammad Aminxon C) Muhammad Rahimxon II D) Muhammad Rahimxon I

  1. Samarqand yaqinida barpo etilgan Ulug‘bek rasadxonasi etagidagi ikkita chorbog‘ qanday atalgan? A) Bog‘i Maydon, Bog‘i Baland B) Davlatobod, Bog‘i Nav C) Bog‘i Maydon, Chinnixona D) Bog‘i Chinor, Bog‘i Bihisht

  2. Xitoyda katta yer egaligi qay tariqa tugatildi?

A)fuqarolar urushi natijasida B)1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida
C)industrlashtirish natijasida D)davlat barcha yerlarni sotib olib, dehqonlarga sotishi natijasida

  1. Rossiyada natural xo‘jalik negizlariga zarba bergan omillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) hunarmandlarning bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi; 2) mamlakatning yagona markazga birlashishi; 3) g‘allaning hamma yerda tovarga aylanishi; 4) ayrim pomeshchiklarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullana boshlashi; 5) fabrika ishlab chiqarishga o‘tishi; 6) obrok mahsulot bilan emas, balki pul bilan olina boshlanishi; 7) krepostnoylikning bekor qilinishi
A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 6, 7 D) 2, 3, 4, 7

  1. Mustaqil Toshkent hokimligi tarixiga doir quyidagi voqealardan qaysilari bir yilda sodir bo‘lgan? 1) Qorako‘l mavzesining Toshkentga qo‘shib olinishi; 2) Qo‘qon xoni Olimxon qo‘shinining Toshkentni egallash maqsadida yurish boshlashi (Yunusxo‘jaga qarshi); 3) Yunusxo‘janing Mahmudxo‘ja va Azizxo‘ja boshliq Toshkent savdo karvoni orqali Sibir ma’muriyati nomiga maktub jo‘natishi; 4) Sibir ma’muriyati elchilari A.T.Beznosikov va T.S.Burnashevlarning Toshkentga jo‘natilishi; 5) Sirdaryo bo‘yidagi G‘urumsaroy yaqinida Toshkent hokimligi qo‘shini bilan Qo‘qon xoni qo‘shini o‘rtasida asosiy jang bo‘lishi A) 1, 5 B) 4, 2 C) 1, 2 D) 3, 4

  2. Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi harakatlarini olib borishdagi harbiy markazini aniqlang.

A)1864-yilda bosib olingan Chimkent shahri B)1852-yilda bosib olingan Oqmachit qal’asi
C)1847-yilda barpo etilgan Raim va Kopal istehkomlari D)1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati

  1. XX asr boshlariga kelib sanoat ishchilarining soni jihatdan birinchi o‘rinni egallagan davlatni ko‘rsating.

A) Buyuk Britaniya B) AQSh C) Germaniya D) Fransiya

  1. Muhammad Shayboniyxon harbiy yurishlarda faol qatnashgan Jonibek Sulton kimning o‘g‘li edi?

A)Shohbudoq Sultonning o‘g‘li Mahmudning B)Berka Sultonning o‘g‘li Iskandarning
C)Abulxayrxonning o‘g‘li Suyunchxo‘janing D)Abulxayrxonning o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning

  1. 2009-yilda Respublikamizda 2200 yilligi nishonlangan shaharni ko‘rsating.

A) Urganch B) Marg‘ilon C) Toshkent D) Shahrisabz

  1. Insoniyat tarixida neolit davrining oxiridagi eng buyuk kashfiyot −...

A)kulolchilikning vujudga kelishi B)metall - misdan foydalanish
C)ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish D)yog‘ochdan idish tayyorlash

  1. 1947-yil 14-martda qabul qilingan "Trumen doktrinasi" qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlang.

A)Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish B)Gretsiya va Turkiyaga yordam berish C)urushda vayron bo‘lgan Yevropa davlatlariga vayrongarchiliklarni tugatishga yordam ko‘rsatish D)Germaniyani tiklash va moliyalashtirish

  1. Buyuk Britaniya hukumati tomonidam qo‘llanilgan proteksionizm siyosati quyidagi qaysi tarmoqlarga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi? 1) paravozsozlik; 2) avtomobil; 3) kemasozlik; 4) metallurgiya; 5) aviatsiya; 6) elektrotexnika; 7) asbobsozlik; 8) kimyo A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 3, 4, 8 D) 2, 5, 6, 8

  2. Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan qaysi shoir o‘z she’rlarida yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan? A) Mushqiy B) Mujrim Obid C) Mahmur D) Turdi Farog‘iy

  3. XX asr 60-yillarida O‘zbekistonning irrigatsiya mashinasozlik tarmog‘i markaziga aylangan shaharni toping.

A) Samarqand B) Jizzax C) Toshkent D) Andijon

  1. Lotin Amerikasining quyida keltirlgan mamlakatlari yevropaliklar zulmidan mustaqillikka erishgan yillari bo‘yicha to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Venesuela; 2) Yuqori Peru; 3) Chili; 4) Paragvay A) 2, 3, 1, 4 B) 4, 2, 1, 3 C) 3, 1, 4, 2 D) 1, 4, 3, 2

  2. XVI asrda "Haq ish uchun" xalq partizan guruhlari tuzilgan mamlakat tarixida 1948-yil yuz bergan voqeani toping.

A)Respublika tuzumi o‘rnatildi B)Mehnatkashlar partiyasi tuzildi
C)Konstitutsion monarxiya o‘rnatildi D)Uch palatali parlament tuzildi

  1. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik yurishlari uyushtirgan qozoqlar kimlarning bosqinidan katta talofot ko‘rib, talangan va ocharchilikka mahkum etilgan edi?

A) Xiva lashkarlarining B) qipchoq qabilalarining C) jung‘or, qalmoq ko‘chmanchilarining D) Ural kazaklarining

  1. AQShda aholining 2 foizini tashkil etgan sarmoyadorlar jami milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshlagan vaqtda mamlakat prezidenti kim edi? A) V.Vilson B) V.G.Taft C) B.Garrison D) T.Ruzvelt

  2. Quyidagi berilgan voqealar orasidan boshqalariga nisbatan keyinroq sodir bo‘lganini toping.

A)Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi birinchi mustamlakasiga asos solinishi B)Mustamlakachilarning Afrikada yashovchi aholini qulga aylantirib Amerikaga olib kela boshlashi C) Amerika sivilizatsiyasining markazi Mayya davlatining Ispaniyaga to‘la bo‘ysundirilishi D)Ispaniyaning Filippin orollari ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishi

  1. Germaniyadagi "Birlashuv jarayonining otasi" degan nom olgan arbobni aniqlang.

A) G.Kol B) G.Shryoder C) E.Xonneker D) M.S.Gorbachyov

  1. Katta va qisman kichik juz o‘rdalari qaysi Qo‘qon xoni davrida bo‘ysundirildi?

A) Umarxon B) Erdona C) Olimxon D) Norbo‘tabiy

  1. Ulug‘bek rasadxonasining ulkan sekstanti o‘rnatilishida qaysi olim boshchilik qilgan?

A) Shamsiddin Muhammad Havofiy B) Qozizoda Rumiy
C) G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy D) Alouddin Ali Qushchi

  1. Qang‘ davlati qachon qudratli davlat birlashmasiga aylangan?

A) mil.avv. II asr oxirida B) mil.avv. III asr oxirida C) mil.avv. I asr oxirida D) milodiy I-II asrlarda

  1. Yut qabilalari Kent viloyatini bosib olgan davrda mamlakatimiz tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.

A)toxar qabilalari Xorazm va Amudaryo havzalariga kirib keldi
B)Yettisuv va Sharqiy Turkistondan xion qabilalari kirib keldi
C)eftal qabilalari kirib keldi D)Turk hoqonligi tashkil topdi

  1. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlaridan qaysi biri 1816-yilda mustaqillikga erishgan?

A) Chili B) Argentina C) Paragvay D) Braziliya

  1. Mustaqil Afg‘oniston davlati qachon tashkil topgan? A) 1747-y. B) 1748-y. C) 1749-y. D) 1746-y.

  2. Liviya Italiya mustamlakasiga aylangan yilda quyidagi voqealardan qaysi biri sodir bo‘lgan?

A)Italiya Fransiyaning Marokashga bo‘lgan huquqlarini tan oldi B)Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil deb e’lon qildi C)Panama kanali ochildi D)Birinchi Bolqon urushida Turkiyaning yengilishi natijasida Albaniya mustaqillikka erishdi

  1. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyish marosimi qaysi shaharda o‘tkazilgan? (O‘rta asrlar)

A) Ruan shahri B) Parij shahri C) Reyms shahri D) Orlean shahri

  1. "Birlik va taraqqiyot" partiyasi a’zolarining yevropacha nomini belgilang.

A) panislomistlar B) yosh turklar C) panturklar D) tolibonlar

  1. Qachondan boshlab Rimda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo‘ldi?

A) mil. II-III asrda B) mil.av. II-I asrlarda C) mil. III asrda D) mil. I-II asrlarda

  1. Ikkinchi jahon urushi boshlangandan o‘tgan ikki yarim yil orasidagi nemislarning birinchi yirik mag‘lubiyati qaysi shaharda bo‘lib o‘tdi? A) Moskva B) Stalingrad C) Kaluga D) Kursk

  2. Qaysi davrda Xorazm hududlarida bir necha sug‘orma dehqonchilik vohalarini boshqargan, iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lgan hokimliklar tashkil topgan?

A) mil. av. III asr B) III asr C) mil. av. VII-VI asrlar D) X asr

  1. Ikki jahon urushi oralig‘ida Uzoq Sharqda Buyuk Britaniya, AQSh va Yaponiya munosabatlari keskinlashgan maydonga aylangan hududni toping. A) Mo‘g‘uliston B) Xitoy C) Primorye o‘lkasi D) Tinch okeani orollari

  2. “Oy fazolarining tengligi haqida risola” asari bilan astronomiya ilmi rivojiga hissa qo‘shgan olimni toping.

A) Bobokalon Samarqandiy B) Mavlono Kavkabiy
C) Muhammad Husayniy Buxoriy D) Mahmud ibn Ahmad Faroziy

  1. Quyidagi javoblardan qaysi biri to‘g‘ri?

A)XIX asrning I yarmida G‘arbiy Yevropada o‘rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, huquqshunoslar toifasi ajralib turardi. B)XIX asrda G‘arbiy Yevropa davlatlarida aristokratiya jamiyatda o‘z mavqeini saqlab qola olmadi, ular boyligining asosiy qismini avvalgidek yer-mulklar emas, bank omonatlari tashkil etdi. C)1906-1916-yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan bir qismi elita bilim yurtlari bitiruvchilari edi. D)XIX asr o‘rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar palatasining 652 a’zosidan 489 tasi yer mulkdorlari edi.

  1. Quyidagi madaniyat arboblarining faoliyatiga oid faktlar to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) I.Guttengberg; 2) Marko Polo; 3) F.Petrarka; 4) Robert de Sorbon. a) Parij universiteti asoschisi; b) Yevropadagi ilk Uyg‘onish davri va gumanizmning dastlabki vakili; c) venetsiyalik savdogar va sayyoh; d) kitob bosish dastgohi ixtirochisi. A) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c B) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d

  2. Xitoyda shoyi gazlama ishlab chiqarila boshlanganidan qancha o‘tib paxtadan mato tayyorlana boshlangan?

A) bir vaqtda B) 2 asr C) 4 asr D) 3 asr

  1. Buyuk Britaniyaning quyidagi qaysi bosh vaziri davrida maktab islohoti o‘tkazilgan?

A) D. Lloyd-Jorj B) U. Gladston C) B. Dizraeli D) Mak-Magon

  1. Quyidagi atamalar nimani anglatishi to‘g‘ri juftlangan javobni toping. 1) aqinak; 2) sagaris; 3) bargustivon; a) jangovar oybolta; b) jangovar otlar ustiga va ko‘kragiga yopiladigan yopinchiq; c) xanjar

A) 1 - a; 2 - c; 3 - b B) 1 - b; 2 - a; 3 - c C) 1 - c; 2 - b; 3 - a D) 1 - c; 2 - a; 3 - b

  1. Quyidagilar orasidan Afrikada mahalliy aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan golland, fransuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari tomonidan tuzilgan davlatlarni aniqlang. 1) Monroviya; 2) Liberiya; 3) Kap; 4) Erkin Oranj; 5) Gvineya; 6) Transvaal; 7) Angola; 8) Mozambik A) 7, 8 B) 4, 6 C) 1, 2 D) 3, 5

  2. Qadimgi Xitoy tarixchilari qayerni Ansi deb keltirishgan? A) Eronni B) Baqtriyani C) Antioxni D) Ershini

  3. Tarixdan ma’lumki, Chig‘atoy xonlaridan Kebekxon davrida ma’muriy va pul islohotlari o‘tkazilgan bo‘lib, mamlakatda yagona pul joriy qilingan. Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan tanga pul qanday atalgan? A) “somoniy” B) “g‘itrifiy” C) “kepaki” D) “ismoiliy”

  4. Angliyada Tyudorlar sulolasi davri tarixiga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri to‘g‘ri berilgan?

A)Angliyada xalqning xohish-irodasi bilan reformatsiya amalga oshdi va bu qirol hikimiyatini yanada mustahkamladi. B)Toifaviy vakillik organi bo‘lmish parlament butunlay bo‘lmasa-da, o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, yangi soliq joriy etish masalasida parlament roziligining shartligi belgilab qo‘yildi. C)Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yer va boshqa mol-mulklar bilan taqdirladi, ya’ni unumdor yerlarning 2/3 qismini ularga tortiq qildi va sotdi. D)Genrix VIII Tyudor o‘zi taxtga o‘tirgan vaqtga qadar hali ham mustaqilligini saqlab qolgan ayrim janubiy grafliklar, Shotlandiya, Uels yerlariga yurish qilib, butun mamlakatni birlashtirdi.

  1. Meksikada mustaqillik kurashining yetakchisi Xose Morelos otib tashlangandan keyin ozodlik harakatiga rahbarlik kimlarning qo‘liga o‘tdi?

A) mayda va o‘rta burjuaziyaning B) hindu va mulatlarning
C) badavlat pomeshiklarning D) kambag‘al dehqonlarning

  1. Sopollitepa manzilgohi qaysi davrga oid?

A) mil.avv. 3-mingyillikka B) mil.avv. 1-mingyillikka C) mil.avv. 2-mingyillikka D) mil.avv. 4-mingyillikka

  1. XX asrning 30-yillarida qaysi davlatda siyosiy partiya davlat xizmatini bajaruvchi fuqaro militsiyasiga aylandi? A) Germaniyada B) Ispaniyada C) Fransiyada D) Italiyada

  2. Kiyevdagi avliyo Sofiya ibodatxonasi nima munosabat bilan barpo etilgan?

A)Bijanak qabilalari ustidan qozonilgan g‘alaba sharaga B)Yaroslavning Kiyev taxtiga o‘tirishi munosabati bilan C)Vizantiya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga D)Kiyev ostonalarida paydo bo‘lgan drevlyan qabilalari ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga

  1. Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘islangan asar yozgan mualliflarni aniqlang.

A)Muhammad Haydar va Mahmud ibn Ahmad Faroziy B)Sultonali Samarqandiy va Muhammad Solih C)Kamoliddin Binoiy va Muhammad Buxoriy D)Muhammad Solih va Hoz Tanish Buxoriy

  1. Yevropa Kengashining oliy organlarini aniqlang.

A)Parlament Assambleyasi va Strasburg Kengashi B)Yevroparlament va Bosh vazirlar Kengashi
C)Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi va Gaaga Sudi D)Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi va Parlament Assambleyasi

  1. Qaysi davrdan boshlab yevropaliklar tomonidan Afrika qit’asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish harakatlari boshlandi?

A) XIX asrning 80-yillaridan B) XIX asrning 70-yillaridan
C) XIX asrning 50-yillaridan D) XIX asrning 60-yillaridan

  1. Hindistonda Boburiy Akbarshoh hukmronlik qilgan yillarda Angliya taxtini boshqargan hukmdorni aniqlang.

A) Genrix VIII Tyudor B) Yelizaveta II C) Karl I D) Yelizaveta I

  1. Afinada xalq hokimiyatini bekor qilgan qonunlarni yozgan hukmdorni aniqlang.

A) Solon B) Perikl C) Drakont D) Filipp II

  1. XIX asrning oxirida Fransiya Guamchjuvan ko‘rfazini egalladi va quyidagi qaysi viloyatga hukmronlik ta’sirini o‘tkaza boshladi? A) Shandun B) Port-Artur C) Yunan D) Futsziyan

  2. O‘rta asrlarga oid sug‘d yozuvlari topilgan Mug‘ qal’asi qayerda joylashgan?

A) Samarqand atrofida B) Panjikent yaqinida C) Sharqiy Turkistonda D) Yettisuvda

  1. XVIII asrning I yarmida Sibirda istehkomlar barpo etgan harbiy guruh rahbarini aniqlang.

A) I.Kirillov B) F.Berg C) I.Buxgols D) B.Cherkasskiy

  1. Quyidagi qaysi yozuvchining asarlarida ko‘plab qirollar, kanslerlar, zodagonlar, amaldorlar, xalqqa xiyonat qilganlar, hatto imperator Vilgelm II ham tasvirlangan? A) V.Gyugo B) G.de Mopassan C) R.Rollan D) G.Mann

  2. Nechanchi yilda uyushtirilgan ekspeditsiya Yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi? A) 1522-y. B) 1492-y. C) 1507-y. D) 1605-y.

  3. Quyidagi kanallar ochilish yillari bo‘yicha to‘g‘ri joylashtirilgan javobni aniqlang. 1) Suvaysh; 2) Panama; 3) Katta Farg‘ona. A) 2, 3, 1 B) 1, 2, 3 C) 2, 1, 3 D) 3, 1, 2

  4. Yunon shahar-davlatlari ittifoqini tuzishga kelishilgan Korinf yig‘ilishida qaysi davlat ishtirok etmagan?

A) Plateya B) Attika C) Sparta D) Beotiya

  1. Yaponiyada samuraylar imperator hokimiyatini tiklash maqsadida syogun hokimiyatiga qarshi kurashda ularga qaysi toifalar qo‘shilganligini aniqlang.

A)qishloq va shaharlarning boy va o‘rta tabaqalari B)shaharning barcha aholisi
C)qishloq va shaharlarning kambag‘al va o‘rta tabaqalari D)qishloq aholisining kambag‘al va o‘rta tabaqalari

  1. Imperator Vilgelm II davrida ochilgan, Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizini tutashtirgan kanalni aniqlang.

A) Kil B) Bungo C) Reyn D) Angra-Peken

  1. Mir Ma’sum Olamiyon qaysi hukmdor davrida ijod qilgan?

A) Muhammad Rahimxon II Feruz B) Amir Shohmurod C) Amir Muzaffar D) Amir Haydar

  1. Slovakiya Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilingan yil sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)M.Karzay Afg‘oniston Prezidenti qilib saylandi. B)A.Akayev Qirg‘iziston Prezidenti lavozimidan ketdi. C)L.Kachinskiy Polsha Prezidenti bo‘ldi. D)Ozarbayjonda I.Aliyev Prezident qilib saylandi.

  1. Buyuk Britaniya o‘z armiyasini Eron hududlaridan olib ketishiga majbur qilgan voqeani aniqlang.

A)1919-1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati B)1919-yilgi ingliz-Eron shartnomasining bekor qilinishi C)1920-1922-yillarda Eronda markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar D)Sovet davlati bilan shartnoma imzolanishi

  1. 1918-yil dekabr oyida Buyuk Britaniyada parlament saylovida Liberallar va Konservatorlar partiyalari birga qatnashdi. Ular saylovda qanday shior bilan ishtirok etganlar?

A)Mustamlakachilik siyosatini rivojlantirish B)Buyuk Britaniyaning dunyoga hukmron bo‘lishini ta’minlash
C) iqtisosiy va siyosiy hayotni qayta qurish D)chet el tovarlarini ko‘proq kiritish

  1. Abdullaxon II Muhammad Islomning ko‘magida Buxoro taxtini amalda egallagan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Rossiya podshosi tomonidan Yormuhammadxon hukmronligiga chek qo‘yildi. B)Ivan Grozniy tomonidan Qozon xonligi egallandi. C)Ivan Grozniy tomonidan Moskva savdo kompaniyasi vakili Antoniy Jenkinson Buxoro xonligiga jo‘natildi. D)Rossiya podsholigi taxtini amalda Boris Godunov boshqarishni boshladi.

  1. Dastlab Xorazmni xorazmshoh unvoni bilan idora qilgan shaxsni aniqlang.

A) Farasman B) Afrig‘ C) Kayxusrav D) Saksafar

  1. O‘rta asrlarda Angliyada qaram dehqonlar qachon va qanday tartibda ozodlikka chiqarilgan?

A)XV asrda to‘lov evaziga B)XV asrda qo‘zg‘olondan so‘ng
C)XVI asrda qirol farmoniga ko‘ra D)mamlakatda qo‘shimcha jon solig‘i joriy etilishi bilan

  1. Do‘st Muhammadxon ingliz-afg‘on do‘stlik shartnomasini imzolagan yilda sodir bo‘lgan voqeani belgilang.

A)o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryo janubiy sohilidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi B)Raim qal’asi bunyod etildi C)AQShda shimol va janub o‘rtasida fuqarolar urushi boshlandi
D)Qrim urushi Rossiyaning mag‘lubiyati bilan tugadi

  1. O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan Mali davlati tarixiga oid quyidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri joylashtiring. 1) o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishdi; 2) feodal tarqoqlik va sulolaviy nizolar sababli zaiflashdi; 3) butunlay inqirozga uchrab parchalandi; 4) davlat sifatida vujudga keldi; 5) aholisi islomni qabul qildi; a) XV asr; b) VIII asr; c) XIII asr; d) XI asr; e) XIV asr oxiri

A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c, 5-e B) 1-c, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b C) 1-c, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e

  1. Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining to‘rtinchi bosqichi amalga oshirilgan davrda tarixda sodir bo‘lgan voqearni toping.

A)Braziliyada qullikka qarshi kuchlar "Ozodlik manifesti"ni e’lon qildi. B)Meksikada dehqonlar harakati yuz berdi. C)Bolgariyada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. D)Peterburgda “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” tuzildi.

  1. 1927-yil martida Xitoyga o‘z qurolli kuchlarini kiritgan davlatlarni aniqlang. 1) AQSh; 2) Buyuk Britaniya; 3) Italiya; 4) Germaniya; 5) Fransiya A) 1, 2 B) 2, 5 C) 1, 5 D) 3, 4

  2. Xorazm davlatining qaysi shahri mo‘g‘ullar istilosi davrida suvga bostirilgan?

A) O‘tror B) Urganch C) Naxshab D) Buxoro

  1. XIX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyaga mustamlakalari ustidan hukmronlikni mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini bergan omilni ko‘rsating.

A)mustamlakalarda Buyuk Britaniyaga qarshilik ko‘rsatuvchi kucharning yo‘qligi va ularga nisbatan yuritilgan adolatli siyosat B)barcha mustamlakalarida temir yo‘l tarmoqlarining qurilishi, xom ashyoga talabning ortishi va dengizdagi qudrati C) Buyuk Britaniya sanoatining rivojlanish darajasi, savdoning ko‘lami va dengizdagi qudrati D)Buyuk Britaniyaning savdo yo‘llari ustida joylashganligi va mustamlakalarning sodiqligi

  1. Akademik I.Mo‘minov boshchiligida “Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi” asari qachon yaratilgan? A) 2002-yil B) 1976-yil C) 1997-yil D) 1962-yil

  2. “San’at va sanoatni rivojlantirish” jamiyati qaysi yilda yigiruv mashinasini ixtiro qilgan kishiga katta mukofot va’da qilgan edi? A) 1761-yil B) 1763-yil C) 1760-yil D) 1762-yil

  3. Chingiziy hukmdor To‘xtamish ustidan Amir Temurning g‘alaba qozonishi (1395-yil) nima uchun xizmat qilgan?

A)Yetti yillik urushning g‘alaba bilan yakunlanishi B)rus knazliklarining birlashishi
C)Amir Temurning Hindiston yurishiga tayyorgarlik ishlari
D)Rossiya bilan diplomatik va savdo aloqalarining o‘rnatilishi

  1. Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan,...

A)Turkiy xalqlar madaniyati an’analarining qo‘shilishi va ilk o‘rta asrlar madaniyati ravnaqiga olib keldi B)dasht aholisi mahalliy me’morchilik an’analari bilan uyg‘unlashib ilk o‘rta asr madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynadi C)Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi D)Xitoy va Eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashuvi yuz berib ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishiga ta’sir etdi

  1. XIX asrning oxirida Yaponiya to‘qimachilik sanoati juda tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining necha foizini tashkil etdi? A) 47 B) 45 C) 44 D) 52

  2. Parij tinchlik konferensiyasida "katta uchlik" davlatlari vujudga kelgan bo‘lib, ulardan qaysi biri urushda eng ko‘p zarar ko‘rgan edi? A) AQSh B) Fransiya C) Rossiya D) Buyuk Britaniya

  3. XVI asrda "Haq ish uchun" xalq partizan guruhlari tuzilgan mamlakatni toping.

A) Yugoslaviya B) Vyetnam C) Belorussiya D) Koreya

  1. Rossiya tarixida chuqur iz qoldirgan hukmdor Pyotr I hukmronligi nihoyasiga yetgan yilda ...

A)Nodir Quli afg‘on qo‘shinini butunlay tor-mor etib, Eronni afg‘on qaramligidan ozod etdi B)Xitoy bandargohlari tashqi savdo uchun yopib qo‘yildi C) Koreyada qirol Yonchjon hukmronligi boshlandi D)Tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi Yosimune hukmronligi boshlandi

  1. Turkiyada 1912-yil avgustidan1913-yil yanvar oyigacha davlatni boshqargan siyosiy partiya qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) "Birlik va taraqqiyot" B) "Hurriyat va birdamlik" C) "Yosh turklar" D) "Ittihodi Muhammadiy"

  2. Bobur vorislari ichida eng mashhuri, buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan hukmdor Akbarshoh taxtga o‘tirgan yilda Buyuk Britaniya hukmdori kim edi? A) Yakov II B) Genrix VIII C) Yelizaveta I D) Mariya

  3. Gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadigan Baroqxon madrasasini qurdirgan Baroqxon aslida kim bo‘lganligini toping.

A) Jonibek Sultonning o‘g‘li B) Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li
C) Ubaydulloxonning o‘g‘li D) Ko‘chkunchixonning o‘g‘li

  1. Quyidagi qaysi shaxs boshchiligidagi harbiy guruh Orol dengizida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarishi lozim edi?

A) I.Kirillov B) F.Beneveni C) F.Berg D) I.Buxgols

  1. Qachon Zakarpatyedagi ukrain aholisi "vengrlashtirildi"?

A) XIX asr o‘rtalarida B) XIX asrning so‘nggi o‘n yilida C) XIX asrnig II choragida D) XIX asrning 70-yillarida

  1. Tarixdan ma’lumki, Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy va G‘arbiy turk xoqonliklariga bo‘linib ketgan. Sharqiy turk xoqonligining poytaxti qaysi hududda qaror topgan?

A) Toxaristonda B) Yettisuvda C) Ustrushonada D) Mo‘g‘ulistonda

  1. XVII asrda Fransiya viloyatlari ham o‘z parlamentlariga ega edi. Mamlakat fuqarolariga bu parlamentlarga qanday masala yuzasidan shikoyat qilish huquqi berilgan?

A) ruhoniylar ustidan B) viloyat sudlari hukmi ustidan
C) graflar, gersoglar ustidan D) qirol xatti-harakatlari ustidan

  1. Kim hukmdorlik etib turgan davrda Buxoroga nisbatan Rossiyada “Velikaya Buxariya” iborasi qo‘llanilgan?

A) Abdullaxon II B) Muhammad Shayboniyxon C) Said Olimxon D) Amir Nasrullo

  1. Afg‘onistonda amir Abdurahmon hukmronlik qilgan davrda quyidagi qaysi voqea sodir bo‘lganligi toping.

A)Toshkentda “Shahar nizomi" joriy etildi. B)Bur respublikasi Buyuk Britaniya mulki tarkibiga qo‘shib olindi. C)Xazorasp, Xonqadagi qo‘zg‘olonlar keskin tus oldi. D)Transvaalda oltin va mis konlari ochildi.

  1. Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyani G‘arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qilgan konferensiya va uning tashabbuskori bo‘lgan davlatni toping. A) Vashington konferensiyasi, AQSh B) Lokarno konferensiyasi, AQSh C) Lokarno konferensiyasi, Buyuk Britaniya D) Genuya konferensiysi, Buyuk Britaniya

  2. Yangi tarix davrini eslang va quyidagi hukmdorlardan qaysilari turli sabablar tufayli o‘z davlatini tashlab chet ellatrga ketishga majbur bo‘lishgan edi. 1) Karl II; 2) Yakov II; 3) Karl X; 4) Genrix IX; 5) N.Bonapart; 6) Lyudovik XVI; 7) Lui Filipp; 8) Shohjahon; 9) Li Song A) 4, 6, 7 B) 2, 3, 7 C) 1, 3, 9 D) 2, 5, 8

  3. Qaysi shaharda 1997-yilda "Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi? A) Bishkekda B) Ostonada C) Dushanbeda D) Toshkentda

  4. XX asrning 20-yillarida Kubada qaysi siyosiy guruhlar hokimiyat uchun kurash olib borgan?

A) kommunistlar va respublikachilar B) konservatorlar a leyboristlar
C) sotsialistlar va demokratlar D) liberallar va konservatorlar

  1. Genrix VIII Tyudor qaysi hududlarga yurishlar qilib, butun mamlakatni birlashtirdi?

A) Irlandiya va g‘arbiy grafliklarga B) shimoliy graiklar va Uelsga
C) Irlandiya va Shotlandiyaga D) sharqiy grafliklar va Shotlandiyaga

  1. Taypinlar qo‘zg‘oloni 1850-yilda Xitoyning qaysi tomonida boshlangan edi?

A) shimolida B) g‘arbida C) janubida D) sharqida

  1. Qaysi davrda Rossiya o‘zbek savdogarlari uchun katta imkoniyatlar yaratdi va ba’zi cheklashlar bekor qilinib, ular Rossiyaning ichkari shaharlariga ham borib savdo qila oladigan bo‘lishdi?

A) XIX asrning o‘rtalarida B) XVIII asrning o‘rtalarida C) XVIII asrning oxirlarida D) XIX asrning boshlarida

  1. Antanta davlatlari tomonidan mustaqil Turkiya Respublikasi tan olingan anjuman va uning vaqti to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) Vashington konferensiyasi, 1921-yil B) Gaaga konferensiyasi, 1929-yil
C) Lokarno konferensiyasi, 1925-yil D) Lozanna konferensiyasi, 1923-yil

  1. Toshkent elchilari Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I qabulida bo‘lgan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.

A)Qo‘qon va Toshkent qo‘shinlari G‘urumsaroyda to‘qnashdi. B)Yunusxo‘ja kasalga chalinib, vafot etdi. C)Toshkent Qo‘qon xonligiga qo‘shib olindi. D)Sibir ma’muriyati ikkinchi bor yuborgan elchilar Toshkentga yetib keldi.

  1. Qadimgi Misrda kimlar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon hisoblangan?

A)jamoadagi yuqori martabali kishilar B)folbinlar C) husnixat san’atini egallagan kishilar D)harbiy a’yonlar

  1. Ma’lumki, qadimgi Yunonistonda oliy ta’lim 3-4 yil davom etgan. Unda qanday fanlar o‘qitilgan?

A)tarix, geograya, astronomiya, geometriya B)falsafa, tarix, geometriya, geografiya
C) matematika, geografiya, adabiyot, astronomiya D)tarix, jismoniy tarbiya, geografiya, adabiyot

  1. Xiva xonligida yerlarni ijaraga oluvchilar yer turiga qarab qanday atalgan? 1) davlat yerlarini ijaraga oluvchilar; 2) xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar; 3) vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar; a) koranda; b) vaqfchi; c) bevatan

A) 1 - a; 2 - c; 3 - b B) 1 - c; 2 - b; 3 - a C) 1 - a; 2 - b; 3 - c D) 1 - c; 2 - a; 3 - b

  1. XX asr 30-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnoma AQSh tomonidan ham imzolandi. Bu shartnoma tarixga qanday nom bilan kirdi?

A) Brian Kellog pakti B) Yaxshi qo‘shnichilik tamoyili C) Reyn kafolat pakti D) Savedro Lamas pakti

  1. Quyidagi tasviriy san’at ijodkorlaridan qaysi biri Nasrulloxon amirligi davrida qo‘lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan?

A) Mir Ma’sum Olamiyon B) Ahmad Donish C) Mirzo Sodiq Jondoriy D) Ahmad Dabir

  1. Quyidagi so‘zlar qaysi tarixiy shaxsga tegishli? "Dunyoda bo‘lmagan, bo‘lmaydi hech ham, G‘alaba ta’midan shirinroq bir ta’m". A) Bal Gangadxara Tilak B) Samore Ture C) Xendrik Vitboy D) Ketchvayo

  2. Movarounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi qaysi asrlarda shakllangan?

A) VIII-IX asrlarda B) IX-XII asrlarda C) IV-VII asrlarda D) XI-XIII asrlarda

  1. Rossiyada qaysi podsho davrida Ye.Pugachyov qo‘zg‘oloni yuz berganligini aniqlang.

A) Yekaterina II B) Pyotr I C) Yekaterina I D) Nikolay I

  1. Qo‘qon xonligida "qilquyruq" atamasi nimani anglatgan?

A)ko‘chmanchilardan tuzilgan doimiy lashkarni B)nomuntazam qo‘shinni
C)xonning kamonchilar bo‘limi askarlarini D)doimiy piyoda askarlarni

  1. Yuz yillik urush natijasida Angliya ...tashqari Fransiyadagi barcha yerlaridan mahrum bo‘ldi.

A) Lotaringiyadan B) Bretaniyadan C) Kale portidan D) Burgundiyadan

  1. Nechanchi yillarda Yaponiyada qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istagan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi?

A) 1867, 1868-yillarda B) 1869, 1879-yillarda C) 1871, 1878-yillarda D) 1900, 1913-yillarda

  1. G‘arbiy Afrikada mustamlakalar uchun kurashda quyidagi qaysi davlatlarning manfaatlari to‘qnash keldi?

1) Angliya; 2) Fransiya; 3) Ispaniya; 4) Portugaliya; 5) Italiya; 6) Germaniya; 7) Belgiya; 8) AQSh; 9) Daniya; 10) Shvetsiya A) 1, 2, 3, 5, 6, 9 B) 1, 2, 4, 5, 6, 10 C) 1. 2, 3, 7, 9, 10 D) 1, 2, 4, 6, 7, 8

  1. Xiva hududlarida Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi yillari oralig‘i to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) 1883-1886-yillar B) 1881-1885-yillar C) 1881-1888-yillar D) 1885-1887-yillar

  2. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya va Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi bo‘lib qolishini istamagan davlatni aniqlang. A) Italiya B) Germaniya C) Sovet Rossiyasi D) AQSh

  3. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri portugaliyalik emas?

A) Vasko da Gama B) Kabral C) Fernan Magellan D) Amerigo Vespuchchi

  1. Quyidagi qaysi hukmdorlar bir yilda vafot etgan? 1) Boris Godunov; 2) Abdullaxon II; 3) Boqi Muhammad; 4) Vali Muhammad; 5) Ivan IV Grozniy A) 3, 5 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 5

  2. Quyidagi davlatlar 1875-1900-yillarda chet ellarda joylashtirgan kapitalining o‘sish darajasi kamayish tartibida joylashtirilgan javobni aniqlang. 1) Buyuk Britaniya; 2) Fransiya; 3) Germaniya

A) 3, 2, 1 B) 1, 3, 2 C) 2, 1, 3 D) 3, 1, 2

  1. 1543-yilda Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to‘g‘risida shartnoma imzolagan portugaliyalik shaxs kim edi?

A) Kristiyan Kuper B) Mendish Pintu C) Plano Kapraniy D) Alonso Mendiyar

  1. Quyidagi qaysi voqea Qo‘qon xonligida Muhammad Alixon hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan?

A)Xitoyda II afyun urushi bo‘lib o‘tdi. B)Lion to‘qimachilari qo‘zg‘olon ko‘tardilar. C)Koreyada "Qonunlarning buyuk to‘plami" nomli hujjat qabul qilindi. D)Eron shohi Nodirshoh ichki ziddiyatlar oqibatida o‘ldirildi.

  1. Qadimgi Spartada shaxsan ozod bo‘lgan, ammo to‘la huquqlarga ega bo‘lmagan kishilar qanday atalgan?

A) meteklar B) perieklar C) goplitlar D) ilotlar

  1. Xiva xonligida XIX asr boshlarida barpo etilgan kanal nomini belgilang.

A) Tuyatortar B) Afshona C) To‘g‘uzariq D) Lavzan

  1. Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida "Buyuk Britaniyaning Afg‘onistonda temir yo‘l qurishiga rozilik berish, ingliz fuqarolarining Afg‘onistonga erkin kirib-chiqishiga ruxsat berish" talablari ko‘zda tutilgan bitim qachon imzolangan? A) 1901-yilda B) 1905-yilda C) 1910-yilda D) 1907-yilda

  2. Xalqlarning buyuk ko‘chishlari jarayoni qaysi davrda bo‘lib o‘tgan?

A) V-VII asrlar B) V-IX asrlar C) IV-VI asrlar D) IV-VII asrlar

  1. Yunon-Baqtriya davlatida zarb qilingan tangalarga kim(nima)ning tasviri tushirilgan?

A) bars B) suvoriy C) davlat tamg‘asi D) hukmdor

  1. Quyidagi davlatlarning qaysi birida kapitalistik jamiyatga xos xususiyatlar boshqa davlatlarga nisbatan ertaroq vujudga kelgan? A) Buyuk Britaniya B) Italiya C) Germaniya D) Fransiya

  2. “Maxfiy kecha” deb nomlangan devoriy rasm quyidagi ijodkorlarning qaysi biriga tegishli?

A) Rembrandt Van Rein B) Rafael Santi C) Leonardo da Vinchi D) Mikelanjelo Buanarroti

  1. Kiyev Rusi knyazi Igor kimlar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan?

A) drevlyan qabilalari B) qipchoqlar C) Xazar xoqonligi D) pecheneglar

  1. Ikkinchi jahon urushi davrida sanoat shahri sifatida vujudga kelgan respublikamizdagi shaharni toping.

A) Qo‘qon B) Kattaqo‘rg‘on C) Bekobod D) Olmaliq

  1. Fransiyada 1881-1882-yillarda qabul qilingan ta’lim tog‘risidagi qonunga ko‘ra . ... 1. Maktab cherkovdan ajratildi. 2. Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 3. Diniy va dunyoviy ilmlarni o‘qitish birday olib borish joriy etildi. 4. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. 5. 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus internat maktablar joriy etildi. 6. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo‘ldi. 7. Maktabgacha maxsus ta’lim joriy etildi. A) 1, 2, 4, 6 B) 3, 4, 6, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 6, 7

  2. Afg‘oniston mustaqil davlat deb e’lon qilingan yilni toping. A) 1919-yil B) 1920-yil C) 1918-yil D) 1921-yil

  3. Misrda XVIII-XIX asrlar chegarasida mamlakatga bostirib kirgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo‘shiniga qarshi mahalliy aholi bilan birgalikda kurashda qatnashgan mamluk jangchilari haqidagi ma’lumotlardan to‘g‘risini toping.

A)Afrikaga Yevropa va Amerika davlatlaridan kelgan ko‘ngilli jangchilar B)Afrikadagi nemis, fransuz va portugallarning avlodlari C)Sahroyi Kabir ko‘chmanchilaridan tuzilgan jangchilar D)qullikka olingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi

  1. Qo‘qon xoni Olimxon davrida harbiy islohot o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra tuzilgan muntazam qo‘shin nima deb atalgan? A) qilquyruq B) askariya C) tunqator D) lashkari sipoh

  2. Gandamak bitimi imzolanganidan keyin Afg‘oniston mustaqilligini yo‘qotdi va Qobulga ingliz rezidensiyasi ochildi. Rezidensiyaning vazifasiga nima kirgan edi?

A)Afg‘oniston xoni va Rossiya hukumati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ustidan nazorat olib borish B)afg‘on amiri hatti-harakatlari hamda Buyuk Britaniyadan yuborilgan qarzlar qanday saranayotgani ustidan nazorat qilish C) Afg‘oniston hududlariga joylashtirilgan ingliz harbiy qismlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turish D)Rossiya hukumati va uning qo‘shinlari Afg‘oniston hududlariga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik

  1. Akbarshoh tomonidan Hindiston shimolidagi Sind va Kashmirning egallanishini Buxoro xonligi Hindistonning Shayboniylar davlatining ... chegarasiga yaqinlashuvi deb hisoblaganlar.

A) janubiy B) shimoliy C) sharqiy D) g‘arbiy

  1. Rim qachon Alarix boshchiligidagi gotlar tomonidan talon-taroj qilingan?

A) 422-yilda B) 410-yilda C) 476-yilda D) 455-yilda

  1. Hirot hokimi Abulqosim Bobur 1454-yilda Movarounnahrga bostirib kirib Samarqandni qamalga olganida kim bu mojaroga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashtirgan?

A) Xo‘ja Ubaydulloh Ahror B) Ho‘ja Abulmakarim C) Xo‘ja Islom D) Bahovuddin Naqshband

  1. XX asr boshlarida qaysi davlat parlamenti Katta Kengash deb yuritilgan? A) Jazoir B) Tunis C) Misr D) Marokash

  2. Quyida keltirilgan voqealardan aynan bir yilda sodir bo‘lganlarini aniqlang. 1) Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. 2) Kasa o‘zini Efiopiya imperatori deb e’lon qildi. 3) Jazoirliklar yo‘lboshchisi Abdulqodir qo‘shini qurshab olindi va tor-mor etildi. 4) Urugvay mutaqil davlat deb e’lon qilindi. 5) Rossiya tomonidan Kopal istehkomi barpo etildi. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 4, 5

  3. Berilgan voqealardan bir yilda sodir bo‘lganlarini toping. 1. SSSRda alohida senzura organi - Glavlit tashkil etildi. 2. SSSR davlati tashkil etildi. 3. SSSRda mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi. 4. K.Marks va F.Engels instituti ochildi. 5. Buyuk Britaniya SSSRni tan oldi. A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 4

  4. XVIII asrda Zarafshon daryosidan chiqarilgan (3-4 chaqirim uzunlikdagi) ariqlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) Xurmo; 2) Qozonariq; 3) Toyman; 4) To‘g‘uzariq; 5) Sarazm; 6) Oqariq

A) 1, 5 B) 1, 2 C) 3, 6 D) 2, 4

  1. 1952-yilda Parijda “Yevropa mudofaa hamkorligi” haqida imzolangan shartnoma amalda qaysi davlatni qayta qurollantirish uchun yo‘l ochgan edi? A) Fransiya B) Italiya C) Gollandiya D) GFR

  2. 1924-yilda Sovet davlatini . ..

A)Yevropaning barcha davlatlari tan oldilar B)V.I.Lenin boshqara boshladi
C)AQSh tan oldi D)Millatlar Ligasi qabul qildi

  1. Koreyaning o‘rta asrlar tarixiga oid quyidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri joylashtiring. 1) Parxe qirolligi o‘zining qudrat cho‘qqisiga erishdi; 2) Pekche davlati vujudga keldi; 3) Choson qirolligi iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi; 4) Silla qirolligining oltin davri boshlandi; 5) qadimgi Choson uch qirollikka bo‘linib ketdi; a) mil.av. I asr; b) VIII asr o‘rtalari; c) XV asr o‘rtalari; d) III-IV asrlar; e) IX asrning I yarmi A) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b, 5-c B) 1-c, 2-a, 3-e, 4-d, 5-b C) 1-b, 2-c, 3-e, 4-a, 5-d D) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a

  2. G.Prinsipning qaysi harakati keskinlik keltirib chiqarib, oxir-oqibat katta siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi?

A)sovuq urush siyosati g‘oyalarini ilgari surishi B)portlovchi moddalarni kashf etishi C)vodorod bombasini yaratishi D)shahzoda Frans Ferdinandni o‘ldirishi

  1. Quyi Amudaryo shahar va tumanlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan bog‘laydigan Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temiryo‘li qachon qurilgan? A) XX asrning 60-yillarida B) XX asrning 50-yillarida C) XX asrning 70-yillarida D) Ikkinchi jahon urushi yillarida

  2. Buxoro amirligida xiroj solig‘ining to‘lanish tartibini aniqlang. (XIX asrgacha)

A)yer miqdoridan, asosan, mahsulot bilan to‘langan B)hosil ulushidan, asosan, mahsulot bilan to‘langan C) mol-mulk hisobidan, asosan pul bilan to‘langan D)hosil ulushidan, mahsulot yoki ishlab berish orqali to‘langan

  1. Kubada S.Martin hukumati tomonidan qanday to‘lovlar 45%ga kamaytirilgan?

A)kommunal xizmat, uy-joy solig‘i, gaz B)elektr energiyasi, gaz, telefon
C) gaz, aloqa xizmati, uy-joy solig‘i D)elektr energiyasi, ichimlik suvi, pochta-telegraf

  1. Ispaniyadagi o‘ng kuchlar 1932-yilda qanday uyushmaga birlashganligini aniqlang.

A)“Ispan monarxistlar partiyasi” B)“Ispaniya avtonom o‘nglar konferensiyasi”
C)“Ispan falangasi” D)“Ispaniya o‘nglar uyushmasi”

  1. Rossiyada Ivan IVni G‘arbiy Yevropa qirollari bilan bir qatorga qo‘ygan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan voqea sodir bo‘lgan yilni aniqlang. A) 1520-yil B) 1485-yil C) 1549-yil D) 1547-yil

  2. “Papalarning Avinon tutquni” davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1285-1314-yillar B) 1309-1377-yillar C) 1307-1379-yillar D) 1302-1789-yillar

  1. O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Favqulodda sessiyasi "Yer va suvni milliylashtirish to‘g‘risida" dekret qabul qilgan yilda quyidagi qaysi voqea sodir bo‘lgan?

A)Suriya va Fransiya hukumati o‘rtasida shartnoma imzolandi. B)Misrda Saad Zag‘lul boshchiligida hukumat tuzildi. C)Jabel-Druz viloyatida dehqonlar qo‘zg‘oloni boshlandi. D)Mandat tizimi yo‘li bilan Buyuk Britaniya Iroq ustidan o‘z hukmronligini to‘liq o‘rnatdi.

  1. Tushpa shahri qaysi qadimgi davlatning poytaxti bo‘lgan? A) Ossuriya B) Urartu C) Mitanni D) Falastin

  2. Katta juz Rossiya tobeligiga o‘tgan davrda Buxoro hukmdori bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) Doniyolbiy B) Subhonqulixon C) Abulfayzxon D) Ubaydullaxon II

  1. Xorazmda kim hukmron bo‘lib turgan vaqtda Yevropada feodallarning II salib yurishlari yuz bergan? A) Otsiz B) Takash C) Qutbiddin Muhammad D) Elarslon

  2. B.G.Tilak qaysi shaharda mustaqil o‘rta maktab tashkil qilgan? A) Kalkutta B) Bombey C) Puna D) Kesari

  3. Angliya parlamenti tomonidan qabul qilingan qaysi hujjatda qirolga sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majburiyati yuklatilgan edi?

A) Erkinlikning buyuk xartiyasi B) Huquqlar to‘g‘risidagi bill C) Nant edikti D) Xartiya-77

  1. 1882-yilda Bremen savdogarlari Afrikaning ...yetib keldilar va 200 ta eski miltiq, 2000 marka evaziga yerli qabila boshlig‘idan anchagina hududni sotib oldilar.

A)shimoli-sharqiy sohilidagi Bingo viloyatiga B)janubi-g‘arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga C) janubi-sharqiy sohilidagi tuareglar manziliga D)janubi-g‘arbiy sohilidagi macho-sidamolar yeriga

  1. Litva nechanchi yilda NATOga a’zo bo‘lgan? A) 2001-yilda B) 2004-yilda C) 2008-yilda D) 1998-yilda

  2. Xiva xonligida kimlar bevatan deb atalgan?

A)Xurosondan qaytib kelgan turkman qabilalari B)davlat yerlarini ijaraga oluvchilar
C) ko‘chmanchi qozoq chorvadorlari D)qoraqalpoqlar

  1. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan?

A)Italiyaning shimoliy hududlaridagi shaharlar B)Germaniyaning sharqidagi shaharlar
C)Italiyaning markaziy hududidagi shaharlar D)Germaniyaning shimoliy shaharlari

  1. 1940-yil 27-sentyabrda "uchlar ittifoqi" shartnomasi tuzilgach, Germaniya tez orada qaysi davlatlar hududida armiyasini joylashtirgan? 1) Yugoslaviya; 2) Vengriya; 3) Fransiya; 4) Bolgariya; 5) Chexoslovakiya; 6) Ruminiya; 7) Polsha A) 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6

  2. Buyuk Britaniya Bunoro davlatini qachon bosib olgan edi?

A) XIX asr o‘rtalarida B) XIX asr boshlarida C) XIX asr oxirida D) XX asr boshida

  1. 1902-yilda quyidagi qaysi davlarlar o‘rtasida shartnoma va bitimlar imzolangan? 1) Italiya va Fransiya; 2) Rossiya va Yaponiya; 3) Buyuk Britaniya va Yaponiya; 4) Buyuk Britaniya va Fransiya A) 2, 4 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 3

  2. Fransiyada mutlaq monarxiya davrida qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tushunchani aniqlang.

A)Fransiyaning qudratini yanada mustahkamlash B)qirol shaxsini ilohiy deb hisoblash
C)yangi mustamlakalarga ega bo‘lish D)Papaning ilohiy qudratiga sig‘ininsh

  1. Birinchi jahon urushidan keyin AQSh iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlangan vaqtni ko‘rsating.

A) 1922-yilning oxiri B) 1921-yilning boshlari C) 1924-yilning boshi D) 1923-yilning o‘rtalari

  1. Qo‘qondagi Madrasayi Mirda o‘qib, keyinchalik qo‘shinga sipohlik qilgan ijodkorni aniqlang.

A) Muxsim B) Fazliy Namangoniy C) Maxmur D) Gulxaniy

  1. Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida hokimiyatni fashistlar egallashlarida qaysi davlatda amalga oshirilgan usulga umid bog‘lagan edilar? A) Yaponiya B) Ispaniya C) Avstriya D) Italiya

  2. Quyida berilgan voqealardan bir yilda sodir bo‘lganlarini aniqlang. 1. Xitoy va Buyuk Britaniya o‘rtasida Xitoyni yanada asoratga soluvchi konvensiya tuzildi. 2. San-Stefano shartnomasi imzolandi. 3. Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. 4. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi. 5. Xristo Botev turklar bilan jangda halok bo‘ldi. 6. Buyuk Britaniyada haftasiga 54 soat ish vaqti belgilandi.

A) 2, 5, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 6

  1. Hindistonda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuz solig‘i joriy etilgan yili O‘rta Osiyoda . ..

A)Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi B)Turkiston viloyati tashkil etildi
C)Zarafshon okrugi tuzildi D)Sirdaryo viloyati tashkil etildi

  1. O‘zbekistondagi eng yirik Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan davrni toping.

A) Ikkinchi jahon urushi yillarida B) XX asrning 70-yillarida
C) XX asrning 60-yillarida D) XX asrning 50-yillarida

  1. Quyidagi qaysi voqealar bir yilda sodir bo‘lgan? 1) Toshkent elchilari Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I qabulida bo‘ldilar. 2) Fransiyada konsullik deb ataluvchi hukumat tuzildi. 3) Yaponiyada Yosimune hukmronligi boshlandi. 4) Toshkent hokimi Yunusxo‘ja vafot etdi. 5) Angliya va Shotlandiya o‘rtasida uniya qonuniylashtirildi A) 1, 4 B) 1, 5 C) 2, 4 D) 3, 5

  2. “Ozbeksanoat” davlat assotsiatsiyasi Hindistonning qaysi firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurgan? A) “Xabar group” B) “Silk group” C) “Indian-uzbek textile” D) “Shri export”

  3. Qaysi asrdan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi o‘zbek deb atala boshlandi?

A) XIII asrdan B) XVI asrdan C) XI asrdan D) XIV asrdan

  1. Konservatizm ta’limotining ko‘zga ko‘ringan arbobini aniqlang.

A) Lui de Bonald B) Sharl Monteskye C) Sen Simon D) Sharl Fyure

  1. O‘z davrida Movarounnahr, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos darvoza vazifasini o‘tagan hududni aniqlang. A) Balx B) Baqtriya C) Xuroson D) Chag‘oniyon

  2. XX asrning 30-yillarida “Halol raqobat kodeksi” deb nomlamgan hujjat qaysi davlatda ishlab chiqilgan?

A) Germaniyada B) AQShda C) Italiyada D) Buyuk Britaniyada

  1. Fransuzlarning 100 ming kishilik qo‘shini Mets qal’asida mag‘lubiyatga uchragan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

A)Braziliyada qirolicha Izabell "Oltin qonun"ni imzoladi. B)AQSh Konstitutsiyasiga irqiy kamsitishlarni bekor qiluvchi tuzatish kiritildi. C)Berlin Kongressi bo‘lib o‘tdi. D)Italiyada cherkov va davlat munosabatlarini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.

  1. "Kitob at-tavhid" asari muallifini aniqlang.

A) Abu Mansur al-Moturidiy B) Mahmud az-Zamaxshariy C) Burhonuddin al-Marg‘inoniy D) Hakim at-Termiziy

  1. Hindistonning shimoliy hududlariga o‘rta asrlarda (XI-XII) kimlarning hujumlari, ayniqsa, kuchaygan? A) eron va qipchonlarning B) turk va afg‘on qabilalarining C) xitoy va mo‘g‘ullarning D) qipchoq va mo‘g‘ullarning

  2. Qadimgi Rim tarixchi olimlari ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Plutarx; 2) Arrian; 3) Tit Liviy; 4) Tatsit; 5) Strabon. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5

  3. Imomqulixon Toshkent va o‘z xonligining qaysi chegaralari uchun qozoqlar, jung‘orlar va qalmiqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi? A) janubi-g‘arbiy B) Shimoli-g‘arbiy C) janubi-sharqiy D) shimoli-sharqiy

  4. 1830-yilda Fransiyada mamlakat parlamentini tarqatib yuborgan qirol kim edi?

A) Lui Filipp B) Lyudovik XVIII C) Karl X D) Napoleon III

  1. 1934-yilda Tunisda tuzilgan “Yangi dastur” partiyasi rahbari Habib Burg‘iba qaysi kasb egasi bo‘lgan?

A) shifokor B) o‘qituvchi C) ishchi D) advokat

  1. Yaponiya 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarishida ...(1)dan o‘zib ketib, . ..(2)ga yaqinlashdi. a) Buyuk Britaniya; b) Rossiya; c) AQSh; d) Germaniya; e) Fransiya; f) Italiya A) 1 - f; 2 - e B) 1 - a; 2 - c C) 1 - d; 2 - b D) 1 - b; 2 - a

  2. Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi asari islom huquqshunosligi va islom dinining asoslari, xususan namoz va zakot, haj ziyoratlarining mezonlariga bag‘ishlangan?

A) “Xatti Boburiy” B) “Mubayyin” C) “Boburnoma” D) “Turkiy devon”

  1. Qudratli Xorazmshohlar sulolasi tarixi qaysi hukmdor vafoti bilan yakun topgan?

A) Oqshoh B) Muhammad Xorazmshoh C) Jaloliddin D) Uzloqshoh

  1. Eronliklar yordamida Hindiston taxtini egallagan Boburiy hukmdorni aniqlang.

A) Akbarshoh B) Shohjahon C) Bobur D) Humoyun

  1. Buyuk Britaniyada J.Meyjor Bosh vazirligi davrida ilgari surilgan dasturni aniqlang.

A) "Adolatli jamiyat" B) "To‘g‘ri yondashuv" C) "Teng imkoniyatlar jamiyati" D) "Buyuk jamiyat"

  1. XX asr boshlarida Ispaniyada mavjud yer maydonlarining uchdan ikki qismi kimlarga tegishli bo‘lganligini ko‘rsating.

A) yirik yer egalari va katolik cherkoviga B) ijarachi dehqonlarga
C) qirol xonadoni va katolik cherkoviga D) chet ellik sarmoyadorlarga

  1. Quyidagi qaysi davlatda protestant ruhoniylarni ko‘chirish jarayonida 1989-yil 17-dekabrida g‘alayonlar kelib chiqdi va ular qurol yordamida bostirildi? A) Polsha B) Ruminiya C) Bolgariya D) Yugoslaviya

  2. Qo‘qon xonligida yer egaligi munosabatlariga oid ma’lumotlar orasidan to‘g‘rilarini toping. 1) Qo‘qon xonligida yer egaligining 3 ta shakli mavjud bo‘lgan. 2) Xonlikda mulklar, asosan, 20 sotixdan 40 sotixgacha bo‘lgan. 3) Xonlikda xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 ming nafargacha yetar edi va ular mardikorlar deb atalardi. 4) Xonlikda xususiy yerlarda yersiz, ot-ulovsiz kambag‘allar hosilning 1/2 qismi uchun yollanib ishlardi va ular korandalar deb atalardi. 5) Xonlikda hosilning 1/4-1/2 qismi evaziga yerlarni ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari bilan yollanib ishlovchilar chorikorlar deb atalardi. 6) Xonlikda xususiy yer egalari shu yerdan olinadigan mahsulotga va shu yerda qurilgan imoratlarga egalik qilish bilan birgalikda yerning o‘ziga ham egalik qilar edi. A) 5, 6 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 2, 4

  3. AQSh Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to‘g‘risida qonun qabul qilgan vaqtda mamlakat prezidenti kim edi? A) D.Garfild B) R.Xeys C) U.Grand D) Ch.Artur

  4. Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdirgan mo‘g‘ul xonini aniqlang.

A) Kebek B) Chig‘atoy C) Tuvoxon D) Tarmashirin

  1. Tropik Afrika hududlari Yevropa davlatlari tomonidan bosib olingan davr to‘gri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) XVI-XVIII asrlar B) XVII-XIX asrlar C) XVI-XIX asrlar D) XVIII-XX asrlar

  1. "Yangi usmonlilar harakati" ning ilg‘or demokratik g‘oyalari targ‘ibotchisiga aylangan gazeta nomini ko‘rsating. A) "Taraqqiy" B) "Uchuq" C) "Ma’rifat" D) "Ibrat"

  2. XIX asr oxirlariga kelib qaysi davlat Uzoq Sharqda Yaponiyaning asosiy raqobatchisiga aylandi?

A) Rossiya B) Xitoy C) Buyuk Britaniya D) AQSh

  1. Otto fon Bismark Germaniyada mavjud davlatlarning Prussiya bilan "Shimoliy Germaniya Ittifoqi"ni tuzish haqida shartnoma imzolashga erishgan yili vatanimiz tarixida sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Kaspiyorti viloyati tashkil topdi. B)Jizzax shahri rus askarlari tomonidan egallandi.
C) Buxoro taxtiga Amir Muzaffar o‘tirdi. D)Qo‘qon shahrida Po‘latxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.

  1. Quyidagi tarixiy shaxslardan qaysi biri Shohbudoq sultonga otaliq qilgan amir hisoblanadi?

A) Muhammad Mazid B) Hasan Murod C) Boyshayx D) Murodshayx

  1. Buyuk Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal davlatga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan omilni aniqlang.

A)Hindistonni mustamlakaga aylantirilishi va inglizlarning Afg‘oniston chegaralarida chiqishi B)Afg‘oniston masalasida Buyuk Britaniya-Rossiya bitimining imzolanishi C)1855-yilda imzolangan ingliz-afg‘on do‘stlik shartnomasi D)Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida 1857-yilda tuzilgan harbiy shartnoma

  1. Arab xalifaligi davrida 721-yilda Xurosonga noib etib tayinlangan shaxsni aniqlang.

A) Qutayba ibn Muslim B) Abu Muslim C) Nasr ibn Sayyor D) Said Xaroshiy

  1. Bir yilda yuz bergan voqealarni belgilang. 1. Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. 2. “Bobiylar qo‘zg‘oloni” boshlandi. 3. Yettisuv Olatog‘ida Kopal istehkomi barpo etildi. 4. Kasa o‘zini imperator deb e’lon qildi. 5. Jazoirliklar yo‘lboshchisi Abdulqodir qo‘shini qurshab olindi va tor-mor etildi. 6. Fransiyada “Iyul monarxiyasi” qulatildi. 7. Xiva elchilari Peterburgda podsho qabulida bo‘ldilar. 8. Prussiyada Konstitutsiya qabul qilindi. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 5, 6, 8 C) 1, 3, 5, 7 D) 4, 5, 6, 8

  2. O‘z o‘g‘liga qarshi kurashish maqsadida Shoh Jahondan yordam so‘ragan shaxsni aniqlang.

A) Ubaydullaxon B) Abdulazizxon C) Subhonqulixon D) Nodir Muhammad

  1. 1723-yildagi jung‘orlarning bostirib kelishi oqibatida vujudga kelgan quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo va Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarda joylashib, bu yerda qaysi daryodan suv chiqarib dehqonchilik bilan shug‘ullangan? A) Aqshadaryo B) Quvondaryo C) Ko‘ko‘zak D) Janadaryo

  2. Kubada kimning rahbarligi davrida mamlakat Konstitutsiyasi 30 kunga to‘xtatilgan?

A) Mendetta B) K.de Sespedes C) S.Martin D) X.Machado

  1. 1919-yil Fransiya saylovlarida g‘alaba qozongan "Milliy blok" saylovchilarga bergan va’dalarini bajarmaganligiga nima sabab b‘ldi?

A)Germaniya xavfining kuchayib ketishi B)mustamlakalarda boshlangan milliy ozodlik harakatlari
C)jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi D)Milliy blokda boshlangan bo‘linish

  1. Qaysi davrga kelib Afrika qit’asi hududining 90 foizi mustamlakachilar qo‘liga o‘tdi?

A) XVIII asr oxiriga kelib B) XIX asr boshlariga kelib C) XIX asr oxiriga kelib D) XX asr o‘rtalariga kelib

  1. Qoraqalpoqlarning Eshmuhammad boshchiligida birlashgan davlati qaysi hududlar bilan chegaradosh bo‘lgan? 1) Katta juz qozoq xonliklari; 2) Sirdaryoning quyi oqimi; 3) Amudaryoning quyi oqimi; 4) Volga bo‘ylari jung‘orlari; 5) Bulg‘orlar davlati; 6) Boshqird ulusi; 7) Kichik juz qozoq xonliklari

A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 2, 4, 5

  1. Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilgan yilda amirlikning ichki siyosiy hayotida quyidagi voqealardan qaysi biri yuz berganligini aniqlang.

A)Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. B)Amirlik taxtiga Amir Haydar o‘tirdi. C)Amir siyosatiga qarshi Miyonqo‘lda qo‘zg‘olon ro‘y berdi. D)Amir Shohmurod hukmronligi nihoyasiga yetdi.

  1. Qaysi davlat tarixda “Tonggi tarovat” nomini olgan?

A)Ilk o‘rta asrdagi Yapon davlati B)Qadimgi Xitoy davlati
C)Qadimgi Choson (ilk Koreys) davlati D)Qadimgi Xorazm davlati

  1. Xitoyda mo‘g‘ullar zulmi barham topgandan keyin mamlakat xo‘jaligini tiklash maqsadida o‘tkazilgan tadbirlarni aniqlang.

A)hunarmand va savdogarlardan olinadigan to‘lovlar kamaytirildi, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi B)hunarmand va savdogarlardan olinadigan to‘lovlar 5 yilga bekor qilinib, dehqonlarning soliqlari kamaytirildi C)erkin savdoga ruxsat berilib, davlat tomonidan moliyalashtirish boshlandi, mo‘g‘ul savdogarlarining imtiyozlari daxlsiz bo‘lib qoldi D)dehqonlarga yerlar umrbodga sotildi, endi ulardan soliq ikki yilda bir marta olinadigan bo‘ldi

  1. Buxoro amirligida davlatning barcha boshqaruv idoralari qaysi amaldorga bo‘ysungan?

A) qo‘shbegiga B) ko‘kaldoshga C) mushrifga D) devonbegiga

  1. Ma’lumki, 1882-yilda Italiya Avstriya-Vengriya-Germaniya ittifoqiga qo‘shiladi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

A)Fransiya bilan munosabatining keskinlashuvi B)Germaniya tomonidan katta-katta mustamlakalarga va’da berilishi C)Italiya iqtisodiyotini inqrozdan chiqarish maqsadida Germaniyaning yordam berishi D)Italiyada inqlobning kuchayishi

  1. 1895-yilda qaysi davlatlarda elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan tramvaylardan foydalanila boshlandi? A) AQSh, Fransiya B) Angliya, Germaniya C) Germaniya, Fransiya D) Angliya, AQSh

  2. Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilingan yili sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Rossiya O‘rta Osiyo xonliklariga olib boradigan yo‘lda ikkita istehkom qurdi. B)Hindistonda sipohilar qo‘zg‘oloni boshlandi. C)Yaponiyadagi AQSh fuqarolariga eksterritoriallik huquqi berildi. D)Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo‘shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirdi.

  1. Abulxayrxon o‘z davlati poytaxtini Turadan qaysi shaharga ko‘chirgan?

A) Oqqo‘rg‘onga B) Sig‘noqqa C) Suzoqqa D) Marvga

  1. Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan quyidagi lavozimlar ma’nosiga mos ravishda juftlangan javobni aniqlang. 1) devonbegi; 2) parvonachi; 3) mushrif; 4) sadr; a) harbiy qo‘shin bosh sarkardasi hisoblangan; b) moliya-xazina ishlarini boshqargan, soliq undirilishi ustidan nazorat olib borgan; c) vaqf mulklarini boshqargan; d) xonga in’om etilgan buymlarni hamda harbiy anjomlarni ro‘yxatga olgan, soliq tushumlarini yozib borgan

A) 1 - b; 2 - a; 3 - d; 4 - c B) 1 - d; 2 - a; 3 - b; 4 - c C) 1 - a; 2 - b; 3 - d; 4 - c D) 1 - b; 2 - c; 3 - d; 4 - a

  1. O‘rta asrlarda mo‘g‘ullar Movarounnahrning qaysi shahrini 5 oy davomida qamal qilganlar?

A) Yangikent B) O‘tror C) Xo‘jand D) Urganch

  1. Quyidagi qaysi voqea Xivada shayboniylardan bo‘lgan Asfandiyorxon hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi?

  2. A)Rossiya va Xitoy o‘rtasida Nercha shartnomasi imzolandi. B)Li Szi-chen boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Pekinni ishg‘ol qildilar. C)Li Szi-chen boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar harbiy kehgashi Pekinga hujum boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. D)Yaponiya tarixida "kurashuvchi viloyatlar davri" bo‘ldi.

  3. Quyida keltirilgan ta’rif qaysi davlat haqidaligini toping. ". ..XX asr boshida ishlab chiqarish sanoati yo‘q qoloq davlat bo‘lib qolaverdi; soliqlar pul bilan emas, mahsulot sifatida olinardi".

A) Braziliya B) Afg‘oniston C) Xitoy D) Argentina

  1. 1791-1795-yillarda Rossiya tarkibiga o‘tgan hududni ko‘rsating.

A) G‘arbiy Sibir B) Azov dengizi bo‘ylari C) Qrim xonligi D) Rech Pospolitaning bir qismi

  1. Chingizxon qo‘shinlari Dashti Qipchoq yerlariga qaysi hududlar orqali chiqqan?

A)Afg‘oniston, Sharqiy Eronni egallab, Kavkaz orqali B)Afg‘oniston, Shimoliy Eron egallab, Xorazm orqali
C) Yettisuv, Sharqiy Eron, O‘rta Osiyo orqali D)Sharqiy Eron, Xorazm egallab, Kaspiy sohillari orqali

  1. Tarixdan ma’lumki, 1592-yilda Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirib, dastlab Seul, keyinroq Pxenyanni egallagan edi. Oradan qancha vaqt o‘tib Xitoy va Koreyaning birlashgan qo‘shinlari ularni ozod qildi? A) bir yil B) uch yil C) olti yil D) to‘rt yil

  2. Transval, Oranj, Natal, Kapni "Janubiy Afrika Ittifoqi" nomi ostida birlashgan yilda sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Meksikada prezidentlik saylovi o‘tkazildi. B)Rus-Yapon urushi boshlandi.
C)Avstriya-Vengriyada og‘ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi. D)Buyuk Britaniya-Rossiya bitimi imzolandi.

  1. Italiyada fashistlar yanada faollashib, o‘zlarining harbiy otryadlarini tuza boshlagan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

A)Ispaniya parlamentiga saylovlarda liberal partiya g‘alaba qozondi. B)AQShda "Sanoatni qayta tiklash haqida" qonun qabul qilindi. C)Fransiya kommunistik partiyasi tuzildi. D)Argentinada Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili I.Irrigoyen hukumati davri nihoyasiga yetdi.

  1. Qaysi davrga kelib mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqeyiga ega bo‘lib oldi? A) XIX asrning 60-yillariga kelib B) XIX asrning 70-yillariga kelib C) XIX asrning 40-yillariga kelib D) XIX asrning 30-yillariga kelib

  2. Buxoro va Qo‘qon xonliklarining qaysi hukmdorlari harbiy islohot o‘tkazganlar? A) Xudoyorxon va Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Ali va Amir Haydar C) Olimxon va Nasrullo D) Sheralixon va Muhammad Rahimxon

  3. Mirzo Ulug‘bek vafotidan keyin Movarounnahrda toj-u taxt uchun kurashlarda kim g‘alaba qozonib, Movarounnahr taxtini egallaydi? A) Sulton Ali Mirzo ibn Sulton Muhammad B) Sulton Ahmad ibn Sulton Mahmud C) Halil Sulton ibn Mironshoh D) Abu Said Sulton Muhammad

  4. Fransuz harbiy kemalarining Koreyaga yuborilishi uchun bahona bo‘lgan omilni aniqlang.

A)fransuz savdogarlarining Koreyadan haydab yuborilishi B)fransuz missionerlarining qatl etilishi
C) koreyslarning fransuz kemasiga hujumi D)Fransiya elchisining hibsga olinishi

  1. Qaysi davlatga Asparux tomonidan asos solingan? A) Bolgariya B) Chexiya C) Polsha D) Xorvatiya

  2. Afg‘oniston o‘z mustaqilligiga erishgan vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallab turgan shaxsni aniqlang. A) B.Lou B) S.Bolduin C) D.Lloyd-Jorj D) R.Makdonald

  3. XIX asrlarda Afrikada qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan xalqlar ham bo‘libular, asosan, qanday mahsulot yetishtirganlar? 1) paxta; 2) qahva; 3) yeryong‘oq; 4) zig‘ir; 5) kakao; 6) kauchuk A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5 C) 1, 5, 6 D) 3, 4, 5

  4. Qaysi olimning kashfiyotlari yangi fan - genetikaning rivojlanishiga asos solgan?

A)Ch.Darvinning turlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyasi B)G.Mendelning ba’zi irsiyat qonunlarini kashf etishi C)I.Pavlovning bosh miya faoliyatini o‘rganishdagi kashfiyotlari D)L.Pasterning mikroorganizmlarni o‘rganish davomidagi kashfiyotlari

  1. Quyida berilganlar orasidan bir yilda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni aniqlang. 1. Ingliz monopolisti Reyter Eronda “Shahanshohbank”ni ochishga erishdi. 2. Buyuk Britaniya Bag‘dod temir yo‘lining Fors ko‘rfaziga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Quvaytda o‘z protektoratini o‘rnatdi. 3. Vilgelm II “Hazrati Iso qabrini ziyorat qilish” bahonasida Falastinga keldi. 4. Sudanda mustaqil Mahdiylar davlati tuzildi. A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 1, 3

  2. Fransiyada Iyul monarxiyasi davrida ishchilar tomonidan ilgari surilgan qanday talablar yirik mulkdorlar tabaqasini cho‘chitib qo‘ygan edi? 1) Konstitutsiya moddalarini yangilash; 2) bo‘lajak respublika mamlakatda ishsizlikni tugatishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish; 3) barcha fuqarolar uchun mehnat qilish huquqini kafolatlovchi qonunlar qabul qiladigan respublika barpo etish; 4) qishloq aholisiga saylov huquqi berish; 5) ish kunini qisqartiradigan va mehnat sharoitini yaxshilaydigan respublika o‘rnatish; 6) xotin-qizlarga saylov huquqini beradigan respublika barpo etish A) 3, 4, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4

  3. Uyg‘onish davri namoyandalaridan qaysi biri rasm chizish san‘atini “san’atlar malikasi” deb atagan?

A) Leonardo da Vinchi B) Mikelanjelo Buanarroti C) Rembrandt D) Rafael Santi

  1. XIX asr o‘rtalarida Xivada rivoj topgan hunarmandchilik turlari sonini aniqlang.

A) 80 ga yaqin B) 65 ta C) 32 ta D) 50 dan ortiq

  1. XVI asrda Koreyada bosib oligan hududlarda bosqinchilarga qarshi kurashish uchun xalq qo‘shinlarining harakatlariga kimning qo‘mondonligi ostidagi koreys flotining g‘alabalari dalda bo‘lgan edi?

A) De Dmso Yong B) Li Sun Sin C) De Junsan D) Li Song

  1. Quyida berilganlardan XIX asrda Afrikadagi eng muhim qul savdosi bazalarini aniqlang. 1) Misr; 2) Tunis; 3) Marokash; 4) Sudan; 5) Angola; 6) Mozambik; 7) Madagaskar A) 1, 2 B) 4, 7 C) 5, 6 D) 3, 4

  2. Parlamentning Angliyada Rim Papasi hokimiyatini qayta tiklash haqidagi qarori chiqarilishiga erishgan hukmdorni aniqlang. A) Mariya B) Yakov I C) Yelizaveta I D) Viktoriya

  3. Chingiziylardan bo‘lgan To‘xtamishxon va Amir Temur o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo‘lib o‘tgan?

A)Yettisuvda B)Oltin O‘rdada C)Shimoliy Kavkazda D)Orolbo‘yida

  1. Reyn kafolat paktidan norozi bo‘lgan sovet davlati quyidagi qaysi davlatlar bilan betaraflik to‘g‘risida shartnoma imzoladi? 1) Germaniya; 2) Eron; 3) Turkiya; 4) Litva; 5) Mo‘g‘uliston; 6) Afg‘oniston; 7) Finlandiya A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 5, 6, 7 D) 2, 3, 6, 7

  2. XVIII asrdayoq paydo bo‘lgan Konservatizm qaysi toifa mafkurasi sanalar edi? A) yirik yer egalari bo‘lgan pomeshchiklar B) intelligensiya C) burjua jamiyatidagi o‘rta toifa D) burjua jamiyatidagi aslzodalar

  3. Quyidagi qaysi davlat ichki siyosiy tarqoqlik natijasida XVII asrning ikkinchi yarmida Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib qoldi? A) Fransiya B) Germaniya C) Turkiya D) Shvetsiya

  4. Dehqon va chorvadorlarning eng qadimgi manzilgohlaridan biri bo‘lmish Zamonbobo manzilgohi qayerdan topilgan? A) Buxoro viloyatidan B) Toshkent viloyatidan C) Surxondaryo vohasidan D) Farg‘ona vodiysidan

  5. 1887-yilda Transvaal oltin va mis konlari ochilgan edi. Quyidagi shaxslardan qaysi biri unga egalik qilgan? A) Reyter B) Sesil C) Simens D) Filipp II

  6. Amerika qit’asini aylanib o‘tib, Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochgan dengizchi nomini toping. A) Vasko da Gama B) Fernand Magellan C) Xristofor Kolumb D) Frensis Dreyk

  7. Yaponiyada fashistik isyon ko‘tarilgan yillar to‘gri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) 1931- va 1935-yillar B) 1934- va 1939-yillar C) 1932- va 1936-yillar D) 1933- va 1939-yillar

  8. Fransiyada hukumatni R.Puankare boshqargan davr bilan bog‘liq ma’lumotlarni toping. 1) pul islohoti o‘tkazilishi; 2) soliqlarning 9 mlrd frankka ko‘paytirilishi; 3) davlat xarajatlarining qisqartirilishi; 4) urush nogironlariga to‘lanadigan nafaqalarning kamaytirilishi; 5) ishsizlik va nogironlik nafaqalarining bekor qilinishi; 6) ta’lim islohoti o‘tkazilishi A) 1, 5, 6 B) 2, 3, 6 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5

  9. Quyidagi javoblardan XIX asrning I yarmida ijod qilgan, burjuaziya jamiyatini haqqoniy tasvirlashda beqiyos bo‘lgan fransiyalik yozuvchini toping. A) F.Shiller B) O.Balzak C) J.Svift D) P.Bomarshe

  10. Arab Muhammadxonning o‘g‘illari otalariga qarshi isyon ko‘targan yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan shaxsni ko‘rsating. A) Abdulazizxon B) Imomqulixon C) Nodir Muhammad D) Vali Muhammad

  11. Shayboniylar davrida Oqchob suv omborining qayerda qurilganligini aniqlang.

A) Murg‘ob vohasida B) Vaxsh atrofida C) Pomir tog‘ida D) Nurota tog‘ida

  1. XX asrning 20-yillari o‘rtasida Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakatlar boshlanishiga turtki bo‘lgan voqeani aniqlang.

A)Gomindan armiyasi Sovet davlatidan iqtisodiy va harbiy yordam ola boshlashi B)talabalar namoyishining ingliz politsiyasi tomonidan o‘qqa tutilishi C)Sun Yat Senning prezidentlik lavozimiga saylanishi D)Gomindan va XKP umummilliy birlashgan frontining tuzilishi

  1. Xitoyda yozuv uchun bambuk o‘rnida shoyi matodan foydalanishga o‘tilgan davrda Yunoniston tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.

  2. A)Drakont qonunlari e’lon qilindi. B)Teatr dunyoga keldi. C)Ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etila boshlandi. D)Yunon-Makedon urushi bo‘lib o‘tdi.

  3. Lashkarboshi Van Gon asos solgan Koryo sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 918-1392-yillar B) 917-1392-yillar C) 908-1397-yillar D) 918-1397-yillar

  1. 1934-yilda Tunisda tuzilgan “Yangi dastur” partiyasi rahbari Habib Burg‘iba qaysi kasb egasi bo‘lgan? A) ishchi B) advokat C) shifokor D) o‘qituvchi

  2. Samarqandda Amir Temur ko‘rsatmasi bilan barpo etilgan bog‘larning qaysi birida mehmonlar qabul qilinadigan oltin taxtli qarorgoh bo‘lgan? A) Bog‘i Dilkusho B) Bog‘i Chinor C) Bog‘i Baland D) Bog‘i Nav

  3. Quyidagi voqealardan qaysilari bir yilda sodir bo‘lganligini aniqlang. 1) Pyotr I ning Rus davlati taxtiga o‘tirishi; 2) Amur daryosi chap sohilining Rossiyadan ajratib olinishi; 3) Rossiya va Shvetsiya o‘rtasida tarixga “Shimoliy urush” nomi bilan kirgan urushning boshlanishi; 4) M.Kutuzov bosh qo‘mondonligi ostidagi rus qo‘shinlarining dushman ustidan porloq g‘alabasi A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 3, 4

  4. XVI asr o‘rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy Yevropa bilan aloqalari qayerdan o‘tgan? A) Venetsiya B) Germaniya C) Oltin O‘rda D) Konstantinopol

  5. XIX asrning II yarmida qoraqalpoq xalq amaliy san’atining qaysi turlari yuqori darajada rivojlangan? 1) o‘tovlar uchun o‘ymakor eshiklar; 2) turli taqinchoqlar; 3) uy-ro‘zg‘or buyumlari; 4) arava g‘ildiraklari; 5) gilam to‘qish; 6) o‘tovlar uchun yog‘och derazalar; 7) kashtachilik; 8) naqshinkor ustunlar

A) 1, 4, 5, 6 B) 3, 5, 6, 8 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 4, 6, 8

  1. 1878-yil 13-iyunida ish boshlagan Berlin kongressida ishtirok etgan davlatlar sonini toping.

A) 8 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 5 ta

  1. Mil. avv. 338-yilda Xeroneya shahri yaqinidagi jang kimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan?

A) rimliklar va karfagenliklar B) midiyaliklar va yunonlar C) yunonlar va forslar D) makedonlar va yunonlar

  1. Ispaniya hukumati tomonidan Kataloniyaga cheklangan avtonomiya va basklarga milliy avtonomiya berilgan yillar to‘gri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

A) 1931-yil va 1939-yil B) 1933-yil va 1939-yil C) 1933-yil va 1936-yil D) 1931-yil va 1936-yil

  1. ... - Islomda oxirzamon bo‘lganida kelib, yerda adolat o‘rnatadi, deb ishoniluvchi payg‘ambar hisoblanadi. A) Nuh B) Mahdiy C) Ansor D) Bob

  2. Ko‘chkunchixon tomonidan pul islohoti o‘tkazilishi sabablarini aniqlang. 1) Shayboniyxon vafotidan so‘ng boshlangan toj-u taxt uchun kurash va uning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri; 2) muomaladagi pulning kamayib ketishi; 3) muomalaga qalbaki, ya’ni tarkibidagi oltin miqdori kam pullarning paydo bo‘lishi; 4) Eron bosqinchilariga qarshi kurash natijasida iqtisodiy hayotga zarar yetishi; 5) pulning qadrsizlanishi

A) 2, 4, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5

  1. “Yulduzlar axboroti” kitobi muallifini aniqlang. A) G.Galiley B) J.Bruno C) N.Kopernik D) G.Leybnis

  2. Mamlakatda yopiq siyosat yuritib, chet elliklar, ayniqsa, yevropaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagan afg‘on hukmdorini toping. A) Amir Abdurahmon B) Omonulloh C) Habibullo D) Yoqubxon

  3. II jahon urushi davrida Germaniya armiyasi qaysi jangdan so‘ng sharqiy frontda hujum qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotdi? A) Brest B) Kursk C) Leningrad D) Moskva

  4. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida monarxiyachilar ikki marta o‘z nomzodlarini prezidentlikka saylashgan. Ammo monarxiyani tiklay olmagan. Bunga sabab nimada bo‘lgan?

A)Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga qarshi bo‘lganligi B)Armiya respublikachilar tarafida ekanligi C)Monarxiyachilar orasida birlik yo‘qligi D)Respublika parlamentida respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etganligi

  1. Quyidagi hukmdorlardan qaysi birining davrida Qo‘qon xonligi bilan Rossiya o‘rtasida birinchi marta savdo aloqalari o‘rnatilgan? A) Erdonabiy B) Norbo‘tabiy C) Olimxon D) Umarxon

  2. Shayboniylar hukmdori Abdullaxon II vafot etgan yili tarixda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.

A) Nant edikti imzolandi. B) Polyaklar Moskvani egalladi.
C) Angliyada birinchi birja ochildi. D) Rus podshosi Ivan IV vafot etdi.

  1. “Ekspansiya” so‘zi qaysi tildan olinganligini aniqlang. A) ingliz B) lotin C) fransuz D) ispan

  2. XIX asrning 80-yillarida O.Bismark quyidagi qaysi davlatni o‘z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo‘lidagi asosiy g‘ov deb bilardi? A) Fransiyani B) Rossiyani C) AQShni D) Buyuk Britaniyani

  3. 1832-yilgi Buyuk Britaniyadagi parlament islohotlari natijasida yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin ajratilishi. . .

A)yirik yer egalari - lendlordlar noroziligiga sabab bo‘ldi B)sanoat burjuaziyasining siyosiy jihatdan hukmronligini mustahkamladi C)qo‘zg‘olonlarning avj olishiga olib keldi D)sanoat burjuaziyasining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi

  1. Fransiya Lokarno shartnomasini imzolash orqali o‘z ittifoqchisi hisoblangan qaysi davlatlarga nisbatan xiyonat qilgan? A) Chexoslovakiya va Ruminiyaga B) Polsha va Chexoslovakiyaga C) Polsha va Buyuk Britaniyaga D) AQSh va Buyuk Britaniyaga

  2. Fransiya tomonidan 1891-1896-yillar davomida quyidagi qaysi hududlar bosib olingan? 1) Laos; 2) Mavritaniya; 3)Vyetnam; 4) Gvineya; 5) Senegal; 6) Madagaskar; 7) Tunis; 8) Efiopiya; 9) Mozambik; 10) Angola A) 1, 3, 4, 9, 10 B) 1, 3, 7, 8, 9 C) 3, 4, 5, 10 D) 2, 4, 5, 6

  3. “Taypin tyango” davlatining markazi qaysi shahar bo‘lgan? A) Shanxay B) Pekin C) Nankin D) Incheon

  4. Eronda Shoh Abbos I davrida amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) soliq tizimida tartib o‘rnatilib, soliqlar kamaytirildi; 2) viloyat hokimlariga erkinliklar berildi; 3) savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanishiga alohida e’tibor berildi; 4) qo‘shni mamlakatlar hududlariga yurishlar olib borildi; 5) yangi-yangi karvonsaroylar va savdo yo‘llari qurildi; 6) hunarmandlar va savdogarlarga katta miqdorda soliqlar belgilandi; 7) savdo karvonlari qaroqchilariga qarshi shafqatsiz kurashildi.

A) 2, 4, 6, 7 B) 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 2, 5, 6

  1. Rim papasi tomonidan Koreya yepiskopligi e’lon qilingan yilni belgilang.

A) 1815-yil B) 1843-yil C) 1833-yil D) 1831-yil

  1. XX asr boshlarida "Yosh buxoroliklar" siyosiy harakat sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan yilda jahon tarixida sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Bolgariyada hukumat tepasiga germanparast kuchlar keldi. B)Rossiyada II davlat Dumasiga saylov o‘tkazildi. C)Buenos-Ayresda IV Panamerika konferensiyasi o‘tkazildi. D)Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi.

  1. Turkmanlarga qarshi jangda temuriy hukmdor Abu Said (1469-yil) halok bo‘lgan vaqtda turkmanlar egallab turgan viloyatlarni aniqlang.

A)Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistongacha bo‘lgan viloyatlar B)Panjob, Kobul va G‘aznagacha bo‘lgan viloyatlar C)Janubiy Eron, Tabriz va Sultoniyagacha bo‘lgan viloyatlar D)Ozarbayjon, G‘arbiy Eron va Iroqqacha bo‘lgan viloyatlar

  1. O‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar davlat arbobi Nodira kimlarning g‘azallariga muxammaslar yozgan? 1) Maqtumquli; 2) Mashrab; 3) Bedil; 4) Fuzuliy; 5) Mirzo Latif; 6) Navoiy; 7) Jomiy

A) 1, 4, 6 B) 3, 4, 6 C) 5, 6, 7 D) 2, 3, 4

  1. Mo‘g‘ullar hukmronli davriga joriy etilgan soliq turlarini aniqlang. 1) xiroj; 2) kalon; 3) tamg‘a; 4) targ‘u; 5) qopchur; 6) shulen; 7) ushr; 8) tuz solig‘i; 9) tutun solig‘i; 10) jun solig‘i; 11) jiz’ya; 12) kumush solig‘i.

A) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 B) 2, 3, 5, 6, 10, 11, 12 C) 2, 4, 5, 6, 8, 10, 12 D) 1, 2, 4, 5, 6, 9, 10

  1. Xitoyning Sin imperiyasi tomonidan Sharqiy Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirish harakatlari olib borilgan yillarni ko‘rsating. A) 1717-1741-yillar B) 1825-1829-yillar C) 1745-1751-yillar D) 1755-1759-yillar

  2. Nechanchi asrda mashhur Xonbandi suv ombori bunyod etilgan?

A) XI asrda B) X asrda C) IX asrda D) VIII asrda

  1. O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan Xioniylar davlati qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?

A)Sirdaryoning shimoliy va janubiy qismlaridagi keng maydon hamda Orol bo‘ylari, qisman janubi-g‘arbiy Dashti Qipchoqni B)Sirdaryo bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho‘zilgan keng hududlarni C)Amudaryoning janubiy va shimoliy qismidagi keng yerlardan to Kaspiy havzasigacha yastangan hududlarni D)Orol va Kaspiy oralig‘idagi keng yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi, Dashti Qipchoqning janubiy qismini

  1. Versal tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Germaniya ixtiyorida 100 ming qo‘shin saqlashi mumkin edi. V.Vilson fikricha, bu qo‘shin Germaniyaga nima maqsadda zarur bo‘lgan?

A)ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavga qarshi turish B)Germaniyada joylashgan strategik obyektlarni qo‘riqlash C)Fransiya tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan agressiyaga qarshi turish D)Germaniyaning chegaralari xavfsizligini ta’minlash

  1. Ma’limki, Germaniya reyxstagi Bismark tashabbusi bilan sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun qabul qilgan edi. Bismark ularni kim deb hisoblardi?

A)mamlakatda terrorchilarni keltirib chiqaruvchilar B)bir guruh bezorilar
C)Germaniya kelajagiga xavf soluvchilar D)jamoat tartibini buzuvchilar

  1. Quyidagilardan Potsdam konferensiyasi qarorlariga muvofiq keladigan javobni toping.

A)Germaniya chegarasini 1939-yilgi holatiga qisqartirilishi B)Sharqiy Prussiyaning sohil bo‘yi, Kenigsberg shahri Polshaga berilishi C)Germaniyaning yaxlit davlat bo‘lib qolishi D)Germaniya to‘lashi lozim bo‘lgan tovon pulining 22 foizi SSSRga berilishi

  1. Germaniyada reformatsiya to‘lqinining kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan Martin Lyuter qaysi universitetda ilohiyotdan dars bergan? A) Kyoln B) Myunster C) Vittenberg D) Birmingem

  2. Italiyani yagona davlatga birlashtirish davrida Venetsiya viloyati qaysi davlat qo‘l ostida bo‘lgan?

A) Fransiya B) Avstriya C) Ispaniya D) Vatikan

  1. Quyida berilgan tashkilotlar qaysi davlatlarda tuzilganligi mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. a) "Jangovor xochlar"; b) "Vatanparvarlik ittifoqi"; c) "Sariq ko‘ylaklilar"; 1) Ispaniya; 2) Fransiya; 3) Janubiy Afrika. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a

  2. Hindistonda sipohilar qo‘zg‘oloni bostirilgach, ingliz mustamlakachilari qanday islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘lganlar? 1) yer egalarining soliqlarni oshirishi taqiqlab qo‘yildi; 2) qo‘zg‘olonni bostirishga ketgan xarajatlarni qoplash uchun yangi soliqlar joriy etildi; 3) mahalliy knyazlarning o‘z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi; 4) “Ost-Indiya” kompaniyasi tugatildi; 5) Hindistonda soliq tartibi va qishloq xo‘jaligi nazorati Buyuk Britaniya ma’murlari qo‘lidan ketdi A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5

  3. Abruy boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun Turk xoqoni tomonidan Buxoroga yuborilgan qoshinga kim sarkardalik qilgan? A) Yo‘llug‘ Tigin B) To‘ng Yabg‘u C) Bug‘roxon D) Sheri Kishvar

  4. Versal shahrida Germaniya bilan Antanta davlatlari o‘rtasida shartnoma imzolangan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

A)Xalq vakillari I Butun Xorazm qurultoyi chaqirildi. B)Turkmanlar sardori Junaidxon Xivaga chaqirilib, xon qo‘shonlariga qo‘mondon etib tayinlandi. C) Andijon yaqinidagi Oyimqishloqda vodiylik qarshilik ko‘rsatish harakati yo‘lboshchilarining qurultoyi bo‘lib o‘tdi. D)Qarshilik ko‘rsatish harakati yo‘lboshchisi Madaminbek va Sovet qo‘mondonligi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

  1. 1938-yilning 3-noyabrida Yaponiya...

A)Xitoy hududlariga bostirib kirdi B)Sharqiy Osiyoda tartib o‘rnatish haqida deklaratsiya e’lon qildi C)Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasiga hujum qildi D)Tinch okeanida joylashgan AQSh harbiy bazalariga ig‘vogarlik hujumlari uyushtirdi

  1. Dengizchi admiral Xristofor Kolumb vafot etganidan qancha vaqt o‘tib, lotaringiyalik xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit’ani “Amerika” deb atashni taklif etdi?

A) 5 yil B) 2 yil C) 1 yil D) 10 yil

  1. Rossiyada qaysi hukmdor davrida davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‘lganlar egallashi tartibiga chek qo‘yildi? A) Ivan III B) Pyotr I C) Ivan IV D) Vasiliy III

  2. Arab alifbosida yangi "Nasta’liq" xat uslubini yaratgan mashhur xattot nomini aniqlang.

A) Mahmud Muzahhib B) Kamoliddin Behzod C) Mirali Tabriziy D) Sultonali Mashhadiy

  1. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda Buyuk Britaniya hayotini belgilash quyidagi qaysi partiyalar o‘rtasidagi kurashga bog‘liq bo‘lib qoldi?

A)liberallar, konservatorlar va leyboristlar B)liberallar, sotsialistlar va demokratlar C)konservatorlar, demokratlar va leyboristlar D)sotsialistlar, liberallar va konservatorlar

  1. Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini Fransiyadagi Daladye hukumati qachon tan oldi?

A) 1939-yil mart B) 1938-yil dekabr C) 1939-yil may D) 1940-yil iyun

  1. “Rus haqiqati” deb atalgan konstitutsiya loyihasini kim yaratgan edi?

A) A.Alekseyev B) Nikolay I C) N.Muravyov D) P.Pestel

  1. Nercha shartnomasiga ko‘ra Rossiyadan ajratib olingan hududni ko‘rsating.

A) Saxalin orollari B) Amur daryosining chap sohili C) Kuril orollari D) Boltiq dengizi sohillari

  1. XVI asrda Koreyada markazlashgan mamlakat asta-sekin zaiflashib borayotganda, ayniqsa, janubdan qaysi davlatning xavfi kuchaydi? A) Xitoyning B) Manchjurlarning C) Yaponiyaning D) Mo‘g‘ullarning

  2. Somoniylar hukmdori Nuh ibn Mansur G‘azna noibi Sobuqteginni qaysi xizmatlari evaziga Xuroson noibi etib tayinlaydi?

A)G‘aznada somoniylarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirganligi B)sadoqat bilan xizmat qilganligi C)qoraxoniylarga qarshi kurashda yigirma mingli qo‘shin bilan kelib yordam berganligi D)qoraxoniylardan Movarounnahr yerlarini qaytarib olishga yordam berganligi

  1. Inglizlar Efiopiyaga urush qilib, podsho Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazgan yilda sodir bo‘lgan voqeani toping.

A)Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag‘darildi. B)Transvaalda oltin va mis konlari ochildi. C)Tunisda Fransiya hukmronligi o‘rnatildi. D)Jamoliddin al-Afg‘onoy “Xizb ul-Vatan” partiyasini tuzdi.

  1. Chexoslovakiyadagi “Praga bahori” nomi bilan tarixga kirgan voqea yuz berganda hokimiyat tepasida kim turgan edi? A) A.Novotniy B) A.Dubchek C) K.Gotvald D) E.Benesh

  2. Fransiya-Prusiya urushi bo‘lib o‘tgan davrida Rim papasi bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) grigoriy IX B) Piy IX C) Piy II D) Silvestr VII

  1. Tarixga "Loy jangi" nomi bilan kirgan jang (1365-yil) qayerda bo‘lgan?

A)Buxoro va Samarqand oralig‘ida B)Marv shahri atrofida
C) Toshkent va Chinoz oralig‘ida D)Zarafshon vodiysida

  1. Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirilgan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.

A) V.I.Lenin instituti ochildi B) SSSRning Konstitutsiyasi qabul qilindi
C) Glavlit tashkil qilindi D) SSSR tashkil qilindi

  1. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik tashkil topgan vaqtda tarixda yana qanday voqea sodir bo‘lgan?

A)Qoraxoniylar davlati tashkil topdi B)Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil topdi C)O‘g‘uzlar Islom dinini qabul qildi D)Qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘ldi

  1. XIX asrning so‘nggi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasining ilg‘or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur’atlarining sekinlashuviga nima sabab bo‘lgan edi?

A)imperiya asosiy aholisining ishsizligi B)mustamlakalarning mavjud emasligi C)mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolinganligi D)chet davlatlarga ko‘plap sarmoya chiqarganligi

  1. XVI asrda Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi bo‘lgan Antverpen shahri hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan? A) Daniya B) Belgiya C) Lyuksemburg D) Shvetsiya

  2. Ernazarbiy qo‘zg‘oloni ...hukmdorligi davrida bostirilgan.

A) Said Muhammadxon B) Muhammad Rahimxon II C) Muhammad Aminxon D) Muhammad Rahimxon I

  1. I jahon urushi yillarida Fransiya armiyasi saflariga chaqirilgan jazoirliklardan ... foydalanishgan.

A) flotda B) Afrikadagi janglarda C) aviatsiyada D) front orti ishlarida

  1. Shayboniylar tomonidan ta’limni rivojlantirish sohasida islohot o‘tkazilishining sababini aniqlang.

A)barcha sohalar bo‘yicha ilmli amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish B)Temuriylar davridan yetib kelgan ilmiy muassasalarni yanada rivojlantirish C)Yevropaning rivojlanib ketish sabablarini o‘rganish va unga imkon qadar yetib olish D)aniq va tabiiy fanlarda erishilgan yutuqlarni keng ommaga yetkazish

  1. Buyuk Fransuz burjua inqilobi davrini eslang va qaysi voqeadan so‘ng saylovda qatnashish uchun talab etiladigan mulk senzi bekor qilinganligini aniqlang.

A)1789-yil 26-avgustda "Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi" qabul qilingach B)1794-yil Fransiyada Yakobinchilar diktaturasi ag‘darilgach C)1791-yilda birinchi Konstitutsiya qabul qilingach D)1792-yil 22-sentyabrda Fransiya Respublika deb e’lon qilingach

  1. Meydzi islohotlari davrida Yaponiyada tuzilgan Yevropacha nusxadagi qo‘shinga ta’lim berish uchun mutaxassislar qayerdan taklif etilgan edi? A) AQShdan B) Fransiyadan C) Portugaliyadan D) Buyuk Britaniyadan

  2. 1566-yil Gollandiyada qo‘zg‘olon boshlanganda qo‘zg‘olonchilar Ispaniya zulmining tayanchi bo‘lgan nimalarni vayron qildilar?

A) savdo kompaniyalarini B) cherkov va monastirlarni C) bandargohlarni D) manufakturalarni

  1. Buyuk Britaniyada birinchi ”Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi” qachon qabul qilindi?

A) 1962-yilda B) 1963-yilda C) 1965-yilda D) 1964-yilda

  1. Xitoyda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi qaysi voqeadan boshlandi?

A)Sun Yat Senning vafot etishi B)nemis generali Fon Sektning harbiy operatsiyalarni boshlashi C)Gomindan va XKP o‘rtasidagi umummilliy birlashgan frontning barham topishi D)Yaponiyaning Xitoyga hujum qilishi

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuzilgan sanani toping.

A) 1993-yil yanvar B) 1992-yil yanvar C) 1992-yil noyabr D) 1991-yil sentabr

  1. 1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada bo‘lib o‘tgan Konferensiya qanday masalaga bag‘ishlanganligini aniqlang.

A)Germaniyani yagona davlatga birlashtirish B)Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik
C)Yadro qurolidan foydalanish va uni tarqatishni man etish D)Hindixitoyda tinchlik o‘rnatish

  1. XVII asrdagi Hindiston va Buxoro xonligi tarixiga oid ma’lumotlar ichidan bir yilda yuz berganlarini belgilang.

A)Hindistonda Akbarshoh hukmronligining tugashi; Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi vakillaridan Vali Muhammad hukmronligining boshlanishi B)Hindiston hukmdori Avrangzeb Olamgir hukmronligining yakunlanishi; Xiva xoni Abulg‘oziyxonning katta qo‘shin bilan Buxorogacha yetib kelishi C)Humoyun Eron yordamida Hindiston taxtiga da’vogarlarni tor-mor etib, hokimiyatni qaytarib olishi; keksayib qolgan Abdullazizxonning taxtdan voz kechishi D)Xalq hukmdori, Milliy podshoh nomlariga sazovor bo‘lgan Akbarshohning vafot etishi; Subhonqulixonning Balxni egallashi

  1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya agrar-industial davlat bo‘lib, mamlakat aholisining necha foizi qishloqlarda yashardi? A) 78 B) 90 C) 67 D) 85

  2. Angliyada "Oq va Qizil gullar urushi" necha yil davom etgan? A) 30 yil B) 25 yil C) 20 yil D) 35 yil

  3. Shayboniyxon Farg‘onani egallagach Axsi va Andijonni kimga tortiq etgan?

A) Xoja Mahmud Sultonga B) Jovshon Sultonga C) Jonibek Sultonga D) Ko‘chkunchixonga

  1. O‘rta asr Yevropa haykaltaroshligida diniy mavzu nima sababdan yuqori turgan?

A)haykaltaroshlar diniy ruhda tarbiya topib ulg‘ayganliklari sababli B)haykallarning asosiy buyurtmachilari cherkov bo‘lganligi sababli C)barcha qissa va dostonlar diniy mavzuda bo‘lganligi sababli D)boshqa mavzuda ijod qilish cherkov tomonidan taqiqlanganligi sababli

  1. Buyuk Britaniya nemislar tashabbusi bilan qurilayotgan Bag‘dod temir yo‘lining Fors qo‘ltig‘iga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qachon va qayerda o‘z protektoratini o‘rnatdi?

A) 1891-yil Suriyada B) 1898-yil Falastinda C) 1899-yil Quvaytda D) 1896-yil Iroqda

  1. Qaysi davlatda faoliyat olib borgan Sotsialistik partiya XIX asr oxiri-XX asr boshida ruhoniy va harbiylardan tashqari 18 yoshga to‘lgan barcha erkak fuqarolarga umumiy saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqarishga erishgan edi? A) Italiya B) Germaniya C) Argentina D) Avstriya-Vengriya

  2. Buxoro hukmdori Nodir Muhammad toj-u taxtni o‘g‘li Abdulazizdan qaytarib olish maqsadida qaysi Hindiston podshosidan yordam so‘raydi?

A) Avrangzeb Olamgirdan B) Akbarshohdan C) Bahodirshoh I dan D) Shoh Jahondan

  1. XIX asr oxirida tashkil etilgan Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi qaysi davlat monopoliyalari tomonidan tarqatib yuborildi? A) Ispaniya B) Meksika C) Kuba D) AQSh

  2. Buxoro hukmdori Abulfayzxon Peterburgga o‘z elchilarini yuborgan yilda sodir bo‘lgan voqeani belgilang.

A)Xiva elchisi Xo‘ja Nafas Astraxanda bo‘ldi. B)Ivan Buxgols qo‘shini Toboldan Irtish bo‘ylab Yorkentga yo‘l oldi. C)Rossiya hukumati tomonidan Florio Beneveni Buxoroga elchi qilib yuborildi. D)Bekovich-Cherkasskiy qo‘shini Xiva hududlariga kirib keldi va harbiy to‘qnashuvlar bo‘ldi.

  1. Germaniyaning birlashuviga qadar Gabsburglar sulolasidan bo‘lgan imperatorlar Germaniyaning qaysi hududida hukmronlik qilgan?

A) Lyuksemburgdagi yerlarida B) Prussiyadagi yerlarida C) Bovariyadagi yerlarida D) Avstriyadagi yerlarida

  1. Qirol Yonchjon hukmronligi tugagan yilda quyidagi qaysi voqea sodir bo‘lgan?

A)Rossiya va Turkiya o‘rtasida Kuchukqaynarji shartnomasi imzolandi B)AQSh mustaqillikka erishdi C)”Qonunlarning buyuk to‘plami” nomli hujjat qabul qilindi D)Sin sulolasi Nepalni bosib oldi

  1. 1889-yil tashkil topgan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi dasturida qanday talablar bor edi? 1) siyosiy erkinliklar joriy etish; 2) Germaniya bilan yaqinlashish; 3) parlamentni umumiy va teng ovoz berish yo‘li bilan saylash to‘g‘risida qonun qabul qilish; 4) cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish; 5) antisemitizmni targ‘ib qilish; 6) ish kunini qisqartirish. A) 2, 3, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4, 6

  2. Qadimgi dunyoning urush xudolari nomini aniqlang.

A) Aton, Ea, Femida B) Mars, Ishtar, Ares C) Mars, Ganesh, Ea D) Yupiter, Zevs, Ares

  1. Qadimgi Midiya kimning hukmronligi davrida qudratli davlatga aylandi?

A) Sargon I B) Menua C) Kiaksar D) Salmanasar

  1. AQShning Respublikachilar partiyasidan saylangan prezidentlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) R.Nikson; 2) L.Jonson; 3) D.Eyzenxauer; 4) R.Reygan; 5) B.Klinton; 6) B.Obama
A) 3, 4, 6 B) 2, 5, 6 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 4

  1. Taypinlar qo‘zg‘oloni necha yil davom etgan? A) 13 yil B) 11 yil C) 14 yil D) 10 yil

  2. Berdaq o‘zining qaysi she’rlari orqali yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqiradi? 1) “Hoy yigitlar, yigitlar”; 2) “El bilan”; 3) “O‘g‘limga”; 4) “Umrim”; 5) “Ahmoq bo‘lma”; 6) “Xalq uchun”; 7) “Bor, bolam bor” A) 4, 6 B) 2, 7 C) 1, 6 D) 3, 5

  3. XX asrning I choragida Xiva xonligida dehqonlar g‘alayonlari keng tus olgan davrda jahon tarixida qanday voqea yuz berdi?

A)Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil deb e’lon qildi. B)AQSh Panamada Kolumbiyagaqarshi isyon tashkil etdi. C)Germaniya va Turkiya o‘rtasida maxy suratda ittifoq shartnomasi imzolandi. D)Buyuk Britaniya-Rossiya bitimi imzolandi.

  1. Birinchi jahon urushi tufayli Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab bo‘lgan holatlarni toping. 1) urushayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosi va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabning ortib ketganligi; 2) urushayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali katta miqdordagi foiz hisobiga foyda ko‘rishi; 3) urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamayib, Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatining kuchayishi; 4) Jahon bozorida xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining ko‘tarilishi; 5) urushayotgan davlatlarga qurol-yarog‘ sotish va undan foyda olinishi; 6) urushayotgan davlatlar oltin zahiralarining sotib olinishi. A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 2, 5, 6 D) 1, 4, 6

  2. Yassaviya tariqatining asoslari qaysi asarda bayon etilgan?

A) "Dalil al-oshiqin" B) "Hidoya" C) "Hikmat" D) "Hayotnoma"

  1. Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni bo‘ysundirishga harakat qilgan (1360-1361-yy.) Mo‘g‘uliston xonini aniqlang. A) Tug‘luq Temur B) Amir Qazag‘on C) Ilyosxo‘ja D) Amir Husayn

  2. Butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga erishgan Bobil podshosini aniqlang. (mil. avv. XVIII asr) A) Xammurapi B) Gilgamesh C) Sargon I D) Navuxodonosor II

  3. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o‘rganish bahonasi bilan yevropaliklar qaysi mamlakatni “ochishdi”? A) Uganda B) Ruanda C) Chad D) Buganda

  4. Puritanlar kimlar?

A)kapitalistik jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan o‘rta asr tarafdorlari B)Angliyada protestant anglikan cherkovini katolik qoldiqlaridan tozalash uchun kurashganlar C) Germaniyada katolik cherkovining zulmiga va zo‘ravonligiga qarshi kurashgan islohotchilar D)amaldagi hukumat va uning siyosati bilan kelishmay, boshqacha faoliyat yuritish tarafdorlari

  1. Muhammad Ali 1840-yilda quyidagi qaysi hududlarni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi? 1) Misr; 2) Tunis; 3) Jazoir; 4) Suriya; 5) Sudan; 6) Efiopiya. A) 2, 4 B) 3, 6 C) 1, 5 D) 1, 2

  2. Qanday jarayon Xiva savdogarlariga Qobul bozorlarida erkin savdo qilish huquqini berdi?

A)Muhammad Rahimxon I ning shoh Mahmudni taxtga o‘tirishiga ko‘rsatgan yordami B)Xivadan Hindistonga chiqariladigan mollarning bir qismini Afg‘oniston bozorlarida sotilishiga ruxsat berilishi C)afg‘on savdogarlariga Xiva orqali boj to‘lovlarisiz Rossiyaga o‘tishlariga ruxsat berilganligi D)Afg‘oniston va Buxoro o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida keskinlikning kuchayganligi

  1. 1984-yil Janubiy Afrika Respublikasida...

A)aparteid tuzumi tugatildi B)uch palatali parlament joriy etildi
C)Afrika Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi D)F.Klerk prezidentlikka saylandi

  1. Quyida keltirilgan davlatlarni ularni boshqargan sulolalar bilan moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Yaponiya (1603-1867-yy.); 2) Hindiston (1526-1858-yy.); 3) Xitoy (1644-1911-yy.); 4) Eron (1796-1925-yy.); a) Qojarlar; b) Sin; c) Boburiylar; d) Tokugava

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-d ; 2-c; 3-b; 4-a C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c D) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b

  1. Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Sovet Respublikasi tuzilgan yilni ko‘rsating.

A) 1949-yil B) 1945-yil C) 1935-yil D) 1931-yil

  1. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani qaysi davlat bilan haddan tashqari bog‘langanlikda ayblab, uning “Umumiy bozor”ga qabul qilinishiga qarshlik ko‘rsatgan?

A) SSSR bilan B) AQSh bilan C) Hindiston bilan D) Germaniya bilan

  1. Germaniyada Federativ davlat maqomi bekor qilingan yilda.. .

A)A.Gitler reyxkansler etib tayinlandi B)Fransiyada "Xalq fronti" vujudga keldi
C) Angliyada "Vestminster nizomi" joriy etildi D)SSSRda 10 yillik ta’lim joriy etildi

  1. Movarounnahr va Xurosonda yer egaligining qaysi shakli XI-XII asrlarda kengayib, mulkchilikning asosiy shakliga aylandi? A) iqto B) tanho C) mulki xos D) vaqf

  2. Quyidagilardan qaysi biri XX asrning 30-yillari boshlarida ham konservator, ham diktator, ham liberal islohotchilar obro‘sining xalq ommasi ko‘z o‘ngida birday to‘kilishiga sabab bo‘lgan?

A)jahon iqtisodiy inqirozining ta’siri B)liberal islohotchilar, diktatorlarva konservatorlarning Germaniya fashistlari bilan hamkorligining kuchayishi C)Fashistik tashkilotlarning davlat hayotiga aralashuvining kuchayib borishi D)AQSh tomonidan Lotin Amerikasi mamlakatlarida turli ig‘vogarliklarning kuchayib borishi

  1. Germaniya hukumati sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun qabul qilingan yili O‘rta Osiyoda .. .

A)Andijonda Darveshxon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi B)Mingtepada Yetimxon qo‘zg‘oloni bo‘ldi C) Toshkentda “Shahar nizomi” joriy etildi D)Qo‘qon xonligida mustamlakachilarga va xonga qarshi Po‘latxon boshchiligida harbiy harakat boshlandi

  1. Fransiyaning markazlashuviga olib kelgan tasarrufidagi erlarni birlashtirish jarayonini boshlab bergan qirol Lyudovik VI nechanchi asrda hukmronlik qilgan? A) XI asrda B) X asrda C) XIII asrda D) XII asrda

  2. XorazmshohTakashNishopur, RayvaMarvshaharlarinizabtetgandavrdaquyidagiqaysivoqeayuzberdi?

A)Burxoniddin al-Marg‘inoniy tavallud topdi. B)II salib yurishlari tashkil etildi. C)Salohiddin Ayubiy salibchilardan Quddusni tortib oldi. D)Salibchilar Konstantinopolga hujum uyushtirdilar.

  1. 1882-yilda “Uchlar Ittifoqi”ning tashkil etilganligi Fransiya va Rossiyaning yaqinlashishiga majbur etdi va nechanchi yilda ular o‘rtasida ittifoq tuzildi? A) 1890-y. B) 1883-y. C) 1891-y. D) 1892-y.

  2. 1952-yilda “Yevropa Mudofaa Hamkorligi” haqida shartnoma qaysi davlat poytaxtida imzolangan?

A) Fransiya B) Angliya C) Germaniya D) AQSh

  1. “Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi” (MOH) qayerda, qachon va nechta davlat ishtirokida tashkil etildi?

A)Moskvada; 1993-yil yanvar; 6 ta B)Toshkentda; 1993-yil yanvar; 5 ta
C)Bishkekda; 1994-yil mart; 4 ta D)Ostonada; 1995-yil mart; 5 ta

  1. XIX asrda Xiva xonligida . .. obro‘li oqsoqollar, qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan.

A) tuman B) shahar C) masjid qavmlari D) amlokdorlik

  1. Qirol Yonchjon davrida so‘roq qilish paytidagi qiynoqlarning qaysi biri ta’qiqlandi?

A) oyoqlarni sindirish B) qizigan temir bosish C) quloqlarni kesish D) barmoqlarni chopish

  1. Quyidagio‘rtaasrlardavlatlaripoytaxtlaribilanmoslabko‘rsatilganjavobnianiqlang. 1) Chingizxon davlati; 2) Usmonlilar imperiyasi; 3) Yaponiya. a) Kioto; b) Qoraqurum; c) Istanbul.

A) 1-c; 2-b; 3-a B) 1-b; 2-c; 3-a; C) 1-s; 2-b; 3-a D) 1-a; 2-b; 3-s

  1. Parij shahri qachondan ichimlik va oqava suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo‘lgan shaharga aylandi? A) XX asr boshlarida B) XIX asr o‘rtalarida C) XIX asr oxiriga kelib D) XX asr o‘rtalariga kelib

  2. Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan yilda.. .

A)Abdullaxon II Badaxshonni egalladi B)Abdullaxon II tavallud topdi
C)Shayboniy Abu Said taxtga o‘tirdi D)Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solindi

  1. Safaviylar sulolasi vakillaridan qaysi birining hukmronligi davrida yirik yer-mulk egalarining mustaqilligi tugatilib, davlat o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi? A) Ismoil I B) Sulton Husayn C) Abbos I D) Taxmasp

  2. Atigi 37 yil umr ko‘rib, lekin o‘z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg‘onish davri vakilini aniqlang. A) Rembrandt B) Mikelanjelo C) Rafael Santi D) Leonardo da Vinchi

  3. Fransiyada qabul qilingan qaysi hujjatda feodal to‘lovlar butunlay bekor qilingan?

A) 1793-yilgi Konstitutsiya B) 1791-yilgi Konstitutsiya
C) 1795-yilgi Konstitutsiya D) ”Imtiyozlarni tugatish haqida Dekret”

  1. Al-Farg‘oniy qaysi shaharda joylashgan rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga rahbarlik qilgan? A) Damashq B) Madina C) Samarqand D) Bag‘dod

  2. Xitoyda “Minbao” gazetasi chiqa boshlagan va “Yangi Xitoy konstitutsiyasi” qabul qilingan yillarni aniqlang. A) 1905, 1914-yy. B) 1920, 1912-yy. C) 1905, 1915-yy. D) 1904, 1914-yy.

  3. Musulmonqul o‘z mavqeyini yo‘qotmaslik yo‘lida ruslar bilan aloqa o‘rnatishga intilib rus qo‘mondonligi vakillaridan kim bilan maxfiy ravishda uchrashadi? A) A.V.Voskovoynikov B) V.V.Velyaminov-Zernov C) N.S.Mixaylov D) A.T.Beznosikov

  4. Ma’lumki,Vashington konferensiyasida (1921-1922-yy.) mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib olingan edi. Bu kelishuvni buzgan mamlakatlarni ko‘rsating.

A) Yaponiya va Italiya B) Yaponiya va Germaniya C) Germaniya va Italiya D) Italiya va Ispaniya

  1. Quyidagi qaysi davlatda 1936-yil hukumat banklarning tadbirkorlarga eng arzon - 2 foiz miqdorida kredit berish tartibini joriy etgan? A) Buyuk Britaniyada B) Fransiyada C) AQShda D) Italiyada

  2. 1915-yilda Germaniya suvosti kemalari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Luzitaniya” deb ataluvchi yo‘lovchilar kemasi cho‘ktirib yuborilgan vaqtda uning bortida qancha AQSh fuqarosi bo‘lgan?

A) 124 nafar B) 126 nafar C) 120 nafar D) 128 nafar

  1. Ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini belgilash bo‘yicha muzokaralar boshlangan yilda quydagi qaysi voqea sodir bo‘lgan?

A)Berlin kongressi chaqirildi B)Xitoy-Yaponiya urishi bo‘lib o‘tdi
C)Kushka shahri bosib olindi D)Gonduras, Salvador va Nikaragua Buyuk Amerika Respublikasiga birlashdi

  1. Yaponiyada modernizatsiya davri boshlangan yilda Buyuk Britaniyada ...

A)Dublinda Irlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-hokimi o‘ldirildi B)Parlament Lordlar palatasining veto huquqlari cheklandi C) erkak aholining 50 foizi saylov huquqiga ega bo‘ldi D)Dizraeli hukumati haftasiga 54 soatlik ish vaqtini belgiladi

  1. Fransiya 1881-yilda bosqinchilik harakati bilan Afrika shimolida yangi mustamlakalar bosib olishdagi dastlabki qadamini tashlaganda Germaniya nima uchun ataylab qarshilik ko‘rsatmagan edi?

A)Avval Fransiyaning mustamlakalari ko‘payishini, keyin bir zarba bilan Fransiyani zabt etishni va shu tariqa uning mustamlaka hududlariga ham ega bo‘lishni rejalashtirganligi uchun B)Fransiyaning Afrika davlatlari bilan urushlari natijasida uning zaiflashuvini kutib turgani uchun C)1881-yilda Fransiya tomonidan bosib olingan hudud avval inglizlarga tegishli bo‘lib, Buyuk Britaniya o‘rtasida ushbu masalada urush kelib chiqishini poylab turganligi sababli D)Fransiya va Italiya munosabatlarining keskinlashuvi Germaniya maqsadlariga mos kelganligi sababli

  1. XVII asr Angliya tarixiga oid voqea to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.

A)1649-yilgi inqilobdan so‘ng parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi. B)1652-yilda O.Kromvel "Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord-protektori" deb e’lon qilindi. C)1649-yilda O.Kromvel avval Shotlandiyani, so‘ng Irlandiyani bosib oldi. D)1645-yil Neyzbi qishlog‘i yaqinidagi jangda qirolning o‘ldirilishi bilan fuqarolar urushi tugadi.

  1. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi – urbanizatsiya jarayonining avj olishi Germaniyada va AQShda qachon boshlandi? A) XIX asrning 70-yillarida B) XIX asrning 30-40-yillarida C) XIX asrning 50-yillarida D) XIX asrning 80-90-yillarida

  2. 1512-yilda Shayboniylar Movarounnahrni tamoman egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni kimga topshirgan?

A) Ko‘chkunchi Sultonga B) Ubaydulla Sultonga C) Suyunchxo‘ja Sultonga D) Jonibek Sultonga

  1. Quyidagi davlatlardan qaysi birida "Yosh zobitlar va yangi konsernlar ittifoqi" vujudga kelgan?

A) Germaniyada B) Yaponiyada C) Xitoyda D) Italiyada

  1. Qaysi davrdan boshlab mustamlakachilar Afrikada yashovchi aholini qulga aylantirib, Amerikaga olib kela boshladi? A) XVI asr boshlaridan B) XVI asr o‘rtalaridan C) XV asr oxiridan D) XVII asr boshlaridan

  2. Abdulla Avloniy muharrirligida "Shuhrat", Ahmadjon Bektemirov muharrirligida "Osiyo" gazetalari chop etilgan yillarda tarixda sodir bo‘lgan voqeani ko‘rsatining.

A)Rus-Yapon urushi bo‘lib o‘tdi. B)Xitoyda chet el intervensiyasi boshlandi.
C)Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopildi. D)Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi.

  1. Quyidagi javoblarning qaysi biri 1814-yildagi Vena kongressi bilan umuman aloqador emas?

A)Shveysariyaning mustaqilligi tiklanishi va abadiy betaraf maqomga ega bo‘lishi B)Buyuk Britaniyaning Seylon oroliga egaligi tan olinishi C) Rossiya Qora dengiz bo‘yida harbiy flot qurish huquqini qo‘lga kiritishi D)Qora tanli qullar savdosini taqiqlovchi deklaratsiyaning qabul qilinishi

  1. Qadimgi Rimning qaysi shaharlarida Yerosti xudosi Osiris va Quyosh xudosi Amon-Ra sharafiga ibodatxonalar qurilgan? A) Suza, Memfis B) Baolbek, Abidos C) Ur, Uruk D) Xattusa, Memfis

  2. 1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanidan topilgan “Uchquloch” rangli metallar konidagi tog‘ jinslari qaysi shaharga tashib keltirilgan va ulardan qo‘rg‘oshin, rux, mis ajratib olish yo‘lga qo‘yilgan?

A) Bekobod B) Olmaliq C) Angren D) Jizzax

  1. Quyidagi qaysi atama dastlab sudya, advokat, notarius, shifokorlarga nisbatan ishlatilgan?

A) burjuaziya B) magnat C) negosiant D) intelligent

  1. Quyidagi qaysi davlatlar armiyasi 1925-yilda Rif Respublikasiga qarshi hujum boshlagan?

A) Ispaniya va Fransiya B) Italiy va Fransiya C) Ispaniya va Buyuk Britaniya D) Fransiya va Buyuk Britaniya

  1. Afrikada mustaqil Songai davlatiga asos solgan hukmdorni aniqlang. (XIV asr oxiri)

A) Manelik B) Almi C) Muso I D) Sulaymon

  1. 1880-yilda qaysi dovon ostida 15 kilometrlik temiry‘ol tunneli qurilgan?

A) Sent-Luiz B) Sen-Gotard C) Sen-Duvr D) Sen-Deno

  1. Quyidagi tarixiy shaxslarining faoliyatiga oid faktlar to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Yelizaveta I; 2) Martin Lyuter; 3) Tomas Myunser; 4) Mariya Tyudor; a) Angliyada kontrreformatsiya o‘tkazgan; b) Germaniyada dehqonlar qo‘zg‘oloniga rahbarlik qilgan; c) diniy ruhdagi «95 tezis» xitobnomasi yaratgan; d) protestantlikni davlat dini deb e’lon qilgan. A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a D) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c

  2. XitoyniXVIIIasrdatashqidunyodanajratibqo‘yishsiyosatiboshlanganyilnitoping.

A) 1757-y B) 1753-y C) 1754-y D) 1776-y

  1. A.Griffit tomonidan “Shinfeyn” partiyasi tuzilgan yilda sodir bo‘lgan voqeani belgilang.

A)Buyuk Britaniya Quvaytda protektorat o‘rnatdi. B)Vilgelm II “hazrati Iso qabri”ni ziyorat qilish bahonasida Falastinga bordi. C)Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda urush olib borish rejasini ishlab chiqdi. D)Turkiya va Germaniya o‘rtasida temiryo‘l masalasida yakunlovchi bitim imzolandi.

  1. 1988-yilda Pokiston Bosh vaziri etib saylangan Benazir Bxutto qaysi partiya rahbari edi?

A) Avomi liga B) Sotsial demokratik partiya C) Xalq partiyasi D) Musulmon ligasi

  1. “Milliy kongress inqilobdan arzonroq” degan fikr kim tomonidan aytilgan?

A) A.Griffit B) Dyurand C) Daerin D) Dizraeli

  1. Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardan biri hisoblangan tarixiy asar va uning muallifini aniqlang.

A)"Tavorixi Manzuma", Mulla Ali qori Qunduziy B)"Tarixi jahonnomayi", Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro‘zimuhammad o‘g‘li C)"Muntaxab ut-tavorix", Muhammad Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon D)"Tarixi jadidayi Toshkand", Muhammad Solih

  1. Usmoniylar davlatida sipohiylar xo‘jaligining daromadini nima tashkil etganligini aniqlang.

A)savdogarlarning ularning xizmatlaridan foydalanganliklari uchun to‘lovlari B)sulton xazinasidan olinadigan katta miqdordagi maosh C)ijarachi dehqon to‘laydigan soliq D)urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar va shartnoma asosida harbiy xizmatlar

  1. Germaniya imperiyasi tarixida nechanchi yildan boshlab yakshanba dam olish kuni deb belgilandi?

A) 1891-yildan B) 1889-yildan C) 1892-yildan D) 1890-yildan

  1. Ikki jahon urushi oralig‘ida Meksika iqtisodiyotiga mustahkamlanib olgan davlatlarni ko‘rsating.

A) Buyuk Britaniya va AQSh B) AQSh va Fransiya
C) Buyuk Britniya va Fransiya D) Germaniya va Buyuk Britaniya

  1. XIX asrning I yarmida Toshkentda muhtasham me’moriy inshootlar qurilib, eskilarini ta’mirlash ishlari olib borildi. Mazkur ishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) Kamol qozi, Tunqator, Hakim To‘ra jome’ masjidlari qurildi. 2) Shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘rinishda shakllantirildi. 3) Zayniddin Bobo uchun yangi maqbara qad ko‘tarildi. 4) Ko‘kaldosh madrasasi bunyod etildi. 5) Baroqxon madrasasi qayta ta’mirlandi. 6) Qo‘qon O‘rdasi bunyod etildi. A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5

  2. AQSh ning birinchi prezidenti saylangan yilda .. .

A)Fransiyada qonun chiqaruvchi majlis “Vatan havf ostida” chaqirig‘i bilan xalqqa murojaat qildi B)Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat Konsitutsiyasi e’lon qilindi C)Fransiyada ta’sis majlisi “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. D)Fransiyada monarxiya ag‘darib tashlandi

  1. Quyidagi qaysi voqeadan keyin Albaniya mustaqillikka erishdi?

A)Birinchi Bolqon urushida Turkiyaning yengilishi natijasida B)Birinchi jahon urushida Turkiyaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida C)Italiya-Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi natijasida D)Chor Rossiyasi tomonidan Turkiyani mag‘lubiyatga uchratilishi natijasida

  1. Rossiyada samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshlagan Dekabristlar kimlarning farzandlari edi?

A)hunarmandlarning B)zodagonlarning C) dehqonlarning D)konchilarning

  1. 1814-yildagi Vena kongressiga ko‘ra shimoliy Italiya hududlarida mustahkamlanib olgan davlatni ko‘rsating. A) Prussiya B) Polsha C) Avstriya D) Ispaniya

  2. 1918-yilda Orlando hukumati Italiya qo‘shinlarini harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun quyidagi qaysi hududlarga yuborgan edi? A) Odessa, Murmansk va Arxangelsk B) Odessa, Murmansk va Vladivostok C) Murmansk, Vladivostok va Turkmaniston D) Arxangensk, Boku, Kaspiyorti

  3. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda Usmoniylar imperiyasida aholining ... boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan. A) savdogarlardan B) vazirlardan C) ruhoniylardan D) o‘qituvchilardan

  4. “Monopoliya” (1), “kartel” (2), “sindikat” (3) atamalarining qaysi tillardan olinganligini aniqlang. a) yunon; b) italyan; c) lotin; d) ingliz; e) fransuz A) 1 - c; 2 - b; 3 - a B) 1 - a; 2 - b; 3 - a C) 1 - e; 2 - a; 3 - c D) 1 - c; 2 - d; 3 - b

  5. X.Kolumb ochgan qit’aga “Yangi dunyo” deb nom bergan dengizchi qayerlik edi?

A) portugaliyalik B) italiyalik C) genuyalik D) lotaringiyalik

  1. Quyi Amudaryo shahar va tumanlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan bog‘laydigan Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘li qachon qurilgan? A) Ikkinchi jahon urushi yillarida B) XX asrning 50-yillarida C) XX asrning 60-yillarida D) XX asrning 70-yillarida

  2. Qanotning ko‘tarish kuchini aniqlash formulasini kashf etgan olimni aniqlang.

A) P.Kyuri B) N.Jukovskiy C) Siolkovskiy D) N.Lobachevskiy

  1. Arab xalifaligi taxtiga Abbosiylarning chiqishida katta xizmat ko‘rsatgan shaxsni aniqlang.

A) Nasr ibn Sayyor B) Volid C) Abu Muslim D) Qutayba

  1. G‘arbiy Yevropada qaysi davrga kelib savdogar (negosiant) va bank egalari burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandi?

A) XVII asr o‘rtalariga kelib B) XVII asr boshlariga kelib C) XVI asr oxiriga kelib D) XVII asr oxiriga kelib

  1. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik yurishlari uyushtirgan qozoqlar kimlarning bosqinidan kata talofot ko‘rib, talangan va ocharchilikka mahkum etilgan edi?

A) jung‘or, qalmoq ko‘chmanchilarining B) Ural kazaklarining C) qipchoq qabilalarining D) Xiva lashkarlarining

  1. O‘zbekistonning qaysi viloyatida Xitoyning “Nunkel” firmasi bilan hamkorlikda yo‘g‘och tolali plita ishlab chiqarish yolga qo‘yildi? A) Qashqadaryo B) Samarqand C) Jizzax D) Namangan

  2. Yevropa davlatlarining Afrikadagi mustamlakachilik siyosati tufayli Kongo hududlari quyidagi qaysi davlatlarning mustamlakasiga aylandi? 1) Buyuk Britaniya; 2) Belgiya; 3) Fransiya; 4) Gollandiya; 5) Portugaliya; 6) Germaniya A) 4, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 4

  3. “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qachon qabul qilingan? A) 1994-yil 15-mayda B) 1994-yil 15-iyunda C) 1994-yil 1-iyulda D) 1994-yil 16-iyunda

  4. Nechanchi yilda Vengriya ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlari Avstriya-Vengriya imperiyasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmini tashkil etgan?

A) 1898-yilda B) 1888-yilda C) 1892-yilda D) 1895-yilda

  1. Amir Temur davlatida tavochi qanday vazifalarni bajargan?

A)vaqf mulklarini boshqargan B)shikoyatlarni ko‘rib chiqqan
C)viloyatlardan askariy qismlar to‘plagan D)hukmdorning shaxsiy ishlarini bajargan

  1. Quyidagi davlat rahbarlaridan qaysi biriga 1933-yilda mamlakatni tashlab chiqib ketish uchun 48 soat muhlat berilgan edi? A) J.Vargas B) P.Xusto C) X.Machado D) K.de Sespedes

  2. Quyidagi qaysi voqea Farg‘ona vodiysida aka-uka Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek, ulardan so‘ng Islom Polvon va Rahmonqullar yetakchiligida sovetlarga qarshi kurash olib borilgan davrga to‘g‘ri keladi?

A)Vashington shahrida 9 ta davlat ishtirokida konferensiya o‘tkazildi. B)Sovet hokimiyati o‘rtahol dehqonlarga nisbatan siyosatini o‘zgartirdi. C) Lokarno konferensiyasida "Reyn kafolat pakti" imzolandi. D)Parij Konferensiyasi ish boshladi.

  1. "Quloqlar qabristoni" joylashgan davlat tarixida 1895-yilda quyidagi qaysi voqea yuz bergan?

A)Efiopiyani bosib olish uchun hujum boshlandi B)Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi tuzildi C)10 yillik qurollanish dasturi qabul qilindi D)Xose Marti va Maksimo Gomes boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi

  1. Mulla Olim Mahdumxo‘ja Toshkandiyning “Tarixi Turkiston” asari qaysi yilda nashr etilgan?

A) 1915-yilda B) 1913-yilda C) 1909-yilda D) 1911-yilda

  1. I jahon urushi yillarida Fransiya armiyasi saflariga chaqirilgan jazoirliklardan . .. foydalanishgan.

A) aviatsiyada B) Afrikadagi janglarda C) flotda D) front orti ishlarida

  1. Chig‘atoy xonlari xazinasiga hunarmandlar va savdogarlardan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o‘ttizdan bir qismi hajmida undirilgan soliq turini aniqlang.

A) kalon B) targ‘u C) qopchur D) shulen

  1. XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida Turkiya...

A)har doimgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi B)avvalgidek hujumkor qudratga ega bo‘lmay qoldi C) barcha mustamlakalaridan birin-ketin mahrum bo‘ldi D)Yevropa davlatlariga xavf solib turardi

  1. Hindistondasipohiyqo‘zg‘olonchilarqaysiBoburiyhukmdornihindxalqinimustamlakachilargaqarshiqo‘zg‘olonko‘tarishgachorlovchichaqiriqniimzolashgamajburetdi? A) Bahodirshoh I B) Muzaffarshoh C) Bahodirshoh II D) Rameshvaran

  2. XX asrning 30-yillarida Germaniya sarmoyalari Lotin Amerikasining quyidagi qaysi davlatlari iqtisodiyotiga joylashtirilgan? 1) Argentina; 2) Meksika; 3) Urugvay; 4) Braziliya; 5) Chili; 6) Peru; 7) Paragvay; 8) Kolumbiya A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 3, 6, 8 C) 4, 5, 6, 8 D) 1, 4, 5, 7

  3. Qo‘qon xoni Xudoyorxon Rossiyaga elchi yuborib, Raim istehkomi qurilganidan noroziligini bildirgan vaqtda Rus podshosi kim edi? A) Aleksandr II B) Aleksandr I C) Nikolay I D) Nikolay II

  4. Birinchi jahon urushudan keyin mustamlakachi davlatlar Osiyova Afrikadagi o‘z mustamlaklaridagi mavqeini saqlab qolishlariga quyidagilardan qaysilari sabab bo‘lganligini toping. 1) mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar to‘la yetilmaganligi; 2) jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasining vujudga kelishi; 3) mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi; 4) Millatlarlar Ligasining tashkil etilishi va uning Mandat tizimining joriy etilishi; 5) Germaniya mustamlaklarining Antanta davlatlari o‘rtasida taqsimlanishi.

A) 2, 4 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 3, 4

  1. Davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang.

A) V.Belinskiy B) Sharl Furye C) Jon Lokk D) N.Muravyov

  1. Meksikadagi ozodlik kurashining mashhur qahramonlaridan biri - Migel Idalgo tuzgan qo‘shin kimlardan iborat edi?

A) hindu va qora tanli qullardan B) metis va mulatlardan C) hindu va ajnabiylardan D) hindu va mulatlardan

  1. Quyidagi atamalardan qaysi biri lotinchadan olingan bo‘lib, “yo‘qotish”, “bekor qilish” ma’nolarini bildiradi? A) irridentizm B) demobilizatsiya C) ssuda D) abolitsionizm

  2. Kontributsiya”, “konsentratsiya” atamalari qaysi tildan olingan? A) ispan B) ingliz C) fransuz D) lotin

  3. Birinchi jahon urushidan keyin Xitoyda aholi soni qancha bo‘lganligini ko‘rsating.

A) 450 mln dan ortiq B) 835 mln C) 900 mln ga yaqin D) 600 mln ga yaqin

  1. Parij Kommunasini tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi, chunonchi, Bismark qancha fransuz askar va zobitlarini asirlikdan bo‘shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi?

A) 30 ming B) 60 ming C) 50 ming D) 40 ming

  1. G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida reformatsiya yoyilgan davrda Vatanimiz tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan voqeani belgilang.

A)Xiva xonligiga asos solindi. B)Imomqulixon markaziy davlat hokimiyatini nisbatan mustahkamladi. C)Qo‘qon xonligi tashkil topib, mustahkamlandi. D)Abulg‘oziyxon va Anushaxon qo‘shinlari Buxoroga hujum uyushtirdilar.

  1. M.V.Lomonosov haqida “Tarixchi, notiq, kimyogar, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko‘rgan, hamma narsani o‘rgangan” degan fikrni kim bildirgan edi?

A) V.Putin B) A.S.Pushkin C) E.Jenner D) D.I.Mendeleyev

  1. Angliyada mutlaq monarxiya davrida mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini ... belgilar edi. A) Maxfiy Kengash B) Parlament C) qo‘shin bosh sarkardalari va cherkov D) Bosh Vazir

  2. Jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilish bilan birga ijtimoiy taraqqiyotga, adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo‘ravonlikka qarshi qo‘yish g‘oyalari ilgari surilgan "Shayton shogirdi" asari muallifini toping.

A) Stiven Kreyg B) Mark Tven C) Viktor Gyugo D) Bernard Shou

  1. Quyidagi qaysi asar inson kurashining buyukligini tasdiqlaydi va ma’rifat asrini yakunlaydi?

A)“Faust” B)“Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”
C)“Makr va muhabbat” D)“Insoniy Komediya”

  1. 1919-yilda HMK syezdi saylovni boykot qilish haqida qaror qilgan edi. Boykotda yana nimalar nazarda tutilgan edi? 1) ingliz tovarlarini sotib olmaslikni; 2) inglizlar joriy etgan unvonlar va mansablardan voz kechishni; 3) Buyuk Britaniya oliy o‘quv yurtlariga o‘qimaslikni; 4) xristianlikni rad etishni; 5) rasmiy qabullarga bormaslikni; 6) ingliz maktablariga o‘qimaslikni; 7) ingliz tilida gapirmaslikni; 8) ingliz sudlarini rad etishni; 9) davlat soliqlarini to‘lamaslikni; 10) inglizlar qo‘li ostida ishlamaslikni

A) 1, 2, 5, 6, 8, 9 B) 1, 3, 4, 6, 7, 10 C) 1, 4, 5, 6, 9, 10 D) 1, 2, 3, 5, 7, 9


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling