Universiteti turon zarmed universiteti
Download 91.78 Kb.
|
Qadimgi dunyo tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURON ZARMED UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YО‘NALISHI 4.2-ТХС-22 guruhi talabasi Aminov Abdurahmonning QADIMGI DUNYO TARIXI
- Tayyorladi : _________________________ Tekshirdi: __________________________ BUXORO – 2023
TURON ZARMED UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YО‘NALISHI 4.2-ТХС-22 guruhi talabasi Aminov Abdurahmonning QADIMGI DUNYO TARIXI FANIDAN QADIMGI YUNONISTONNI ARXEOLOGIK O'RGANISH MAVZUSIDA YOZGAN MUSTAQIL ISHI Tayyorladi : _________________________ Tekshirdi: __________________________ BUXORO – 2023 Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yunoniston hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika yarim orolidan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yunonistoning jez davri madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yunoniston etnik tarkibi rangbarang (pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit orolida axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260-yil Mikena, Tirinf va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shimoliy Yunoniston da — eoliylar, Oʻrta Yunoniston va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yunonistonda polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan. Perikl hukmronligi davri (443—429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yunonistonning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yunonistonda gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (431—404) ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371-yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yunonistonning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yunonistonni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yunonistonda hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197-yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yunonistondagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yunoniston Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yunoniston Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling