Universiteti turon zarmed universiteti


Download 91.78 Kb.
bet3/5
Sana22.03.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1286025
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi dunyo tarixi fanidan

Adabiyoti


Yunonistonda yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. „Iliada“ hamda „Odiseya“ dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga kelgan. „Odisseya“ dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.
Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.
Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi zaminida vujudga kelgan. Tarix sahifalarida yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib kelgan boʻlsada, shularga asosan ibtidoiy qabilachilik davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy va rangbarang ogʻzaki adabiyoti — ertaklari, maqollari, matallari, topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan.
Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning oʻsishi bilan miflar ham oʻzgargan, yangi maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi ibtidoiy qabilachilik davrida tevarak atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan. Keyinchalik qabilachilik tuzumining yemirilishi va harbiy aristokrat tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi tabaqa vakillarining ahvoli yanada ogʻirlashgan, boylarning zulmi kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson tasavvurida falak hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs — momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi; Poseydon — dengiz hukmroni; Aid oxirat xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi, maʼbudalar malikasi va h.k.
Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirgan va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bagʻishlagan. „Iliada“ dostonida muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan boʻlib, qolgan voqealar faqat 50 kun ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon toʻla taassurotga ega boʻlishi uchun asar davomida muallif yoʻlyoʻlakay chekinishlar yasab, turlituman hodisalar bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan. Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik „Odisseya“ dostonida ham bor. Jafokash Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har safar mobaynida uning boshidan kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot, gʻaroyibotlar — asarning asosiy mavzusidir.
Qahramonlarning qiyofasini ular, ning tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida — realistik tavsifi nihoyatda sezilarli. Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida turuvchi ilohiy kuchlar, odam bolalari: Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari, devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar, podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar, malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar, goʻdaklar va h.k. koʻz oʻngida gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va orzularini ana shunday qahramon nomi bilan bogʻlab kelgan.
Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida talqin etgan boʻlsa, shu xalqning hayot bobida orttirgan donishmandligi, aql va zakovatini Odissey obrazi orqali koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi darajali shaxslar bor: Agamemnon — takabbur, Menelay — botir, Diomed — sergʻayrat, Nestor — nuroniy, Baris — xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.
Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan. „Uygʻonish“ soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash, yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.
17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. Elin madaniyati Oʻrta Osiyo madaniyatining ravnaq topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholigi hukmdorlari davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana q. [[El[[linizm).

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling