Samarkand davlat universiteti


IV. Turar-joy ishlarini yuritish va maishiy-xo’jalik ko’nikmalarga o’rgatish


Download 3.33 Mb.
bet79/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
IV. Turar-joy ishlarini yuritish va maishiy-xo’jalik ko’nikmalarga o’rgatish

Maishiy-xo’jalik ishlarini yuritish bo’yicha ko’nikmalarning shakllantirilishi boshqa mezonlarning uzviyligini o’zida aks ettiradi. Quyidagilarga alohida e`tibor qaratish lozim:


1) Uydagi sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qila olish bo’yicha ko’nikmalarga egalik;
2) Zarur texnik vositalardan foydalana olish va zaruriyatda texnik nosozlikni bartaraf etish bo’yicha elementar bilim va ko’nikmalarga egalik;
3) Ovqat va boshqa eguliklarni tayyorlash, ularni saqlash hamda ulardan sog’liqqa bezarar foydalana olish borasida bilim, amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish; ovqatlanish madaniyatining shakllanganligi;
4) Kir yuvish, jihozlarni ozoda tutish ko’nikmalarining shakllanganligi va h.z.


V. Oilaviy tarbiya

Oilaviy tarbiyaning maqsadi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini muassasadan keyingi hayoti davrlarida jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli kirishib ketishlari uchun o’z oilalarining tuzilishi haqida tasavvurlarini shakllantirish orqali oilaviy-ma`naviy asosni yaratish.


Quyidagilarning shakllanishi ta`minlanishi lozim:
1) Bilish sohasida:
- bolalarda oila, uning vazifalari, oiladagi o’zaro munosabatlar, bo’lajak umr yo’ldoshi, er va xotinning roli, ota va onaning roli, ota-ona va farzandlarning roli, aka-uka va opa-singillarning o’zaro rollari haqidagi xissiy ijobiy tasavvurlarning shakllanganligi;
- uydagi mehnat, oiladagi xo’jalik, uning byudjeti va hokazolar haqida nazariy bilimlarning darajasi (suhbatlar, so’rovnomalar, insholar, mulohazalar, hayotiy masalalarni echish orqali);
- oilaga taaluqli me`yoriy-huquqiy xujjatlardan xabardorlik;
- oilaviy hayotning mohiyati va maqsadini anglash, haqiqiy oilaviy hayot haqida, uning og’irliklari, mashaqqatlari va quvonchlari haqidagi tasavvurlarning mavjudligi;
- oilaviy hayotda o’z o’rnini anglash;
- jinsiy sog’lom munosabatlar, gigiena va havfsizik haqida tassavvurlarni shakllantirish.
2) Motivatsion-ehtiyoj sohada:
- oilaviy hayot bilan bog’liq qarashlar va qadriyatlarning shakllanganligi, oiladagi alohida ijtimoiy rollardan birini egallagan shaxs sifatidagi shaxsiy hayot rejasining mavjudligi;
- oilani qadriyat sifatida anglash;
- shaxsiy oilasini qurishga va o’z bolalarini tarbiyalashga va boshqa anglanilgan ehtiyojlarning mavjudligi;
3) Xissiy sohada:
- sevgi-muhabbat, g’amxo’rlik, ishonch, tushunish, hurmat va boshqa tushunchalarning shakllanganligi;
- boshqa jins vakillari bilan ijobiy shaxslararo munosabatlarning shakllanganligi;
- sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga, boshqa insonlarga va boshqalarga nisbatan o’z hislarini o’z o’rni va joyida namoyon eta olish ko’nikmalarining shakllanganligi;
- boshqa inson (farzandi, umr yo’ldoshi, keksalar va boshqalar) uchun ma`suliyatni o’ziga olish qobiliyatining shakllanganligi;
- birgalikda orom olishni uddalay olish ko’nikmalarining shakllanganligi;
- bo’lajak umr yo’ldoshining ideallashtirilmagan qiyofasining mavjudligi;
4) Amaliy faoliyat sohasida:
- uy xo’jaligini olib borish bo’yicha amaliy ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi;
- hayotiy muammolarning mavjudligi va tavsifini haqqoniy baholash malakasi (tengdoshlari, birga yashamaydigan qarindoshlari bilan muloqot orqali, maxsus tuzilgan vaziyatlardagi muammolarni echish orqali);
- oila a`zolari va birga istiqomat qilmaydigan qarindoshlarga nisbatan qondoshlik hislarining paydo bo’lishi;
- kommunikativ ko’nikmalarning va shaxslararo ziddiyatlarni hal etish ko’nikmalarining mavjudligi;
- dam olish, bayramlarni tashkil eta olish, oilaviy an`analarni tashkil etish va ko’llab-quvvatlash salohiyati;
- oilaviy jamg’arma va mablag’larni o’rinli sarflash ko’nikmasi;
- shaxsiy gigienaga rioya qilish, o’zining buyumlarini ozoda tutish ko’nikmasi;
- bolalar, qariyalar va xasta kishilarga g’amxo’rlik qila olish ko’nikmasi va h.z.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling