Samarkand State Institute of Foreign Languages English Faculty II student of group 301 Uzbek reflection of D. Xudoynazarova


- o`zbek guruh talabasi Xudoynazarova Dilfuzaning malakaviy ( o'quv


Download 12.27 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi12.27 Kb.
#1522542
1   2
Bog'liq
Tavsifnomalar

301 - o`zbek guruh talabasi Xudoynazarova Dilfuzaning malakaviy ( o'quv
tanishuv ) amaliyot bo'yicha
HISOBOTI
Men Xudoynazarova Dilfuza , Samarqand viloyati Urgut tumani 62- umum ta'lim maktabiga Samarqand davlat chet tilar institutidan malakaviy ( o`quv tanishuv ) amaliyotni o'tash uchun yuborildim .
Amaliyotning ilk kunida institutimizning faollar zalida konferensiya o'tkazildi.Ushbu konferensiyada malakaviy amaliyotning maqsadlari xususida gap bordi . Yig'ilishda Institut rektori I.M.To'xtasinov , Ingliz tili nazariy aspektlar kafedrasi mudiri L.Tohirovna ishtirok etishdi.301 - guruh malakaviy amaliyot rahbari etib G.R.Yusupova belgilandi .
Malakaviy amaliyot jarayoni 24-kundan iborat bo'lib , 3 bosqichdan tashkil topgan :
1. Tayyorlov bosqichi
2. Asosiy bosqich
3. Yakuniy bosqich
Ilk tayyorlov bosqichida maktabdan amaliyot uchun biriktirilga rahbarim Samatova Inobatning reja jadvali , dars jadvali bilan tanishdim . Bundan tashqari maktabning joylashishi , sharoitlari , otaliq va hamkor tashkilotlari , Yoshlar Ittifoqi faoliyati bilan tanishdim . Malakaviy amaliyot obyektlari , baholash mezonlari bilan tanishtirildim . Amaliyot davomida dastlab passiv amaliyotchi bo'lganligimiz sababli darslarni kuzatish va tahlil qilish huquqiga ega edik .
Shu o'rinda bir narsani aytib o'tmoqchimanki , maktabda ingliz tili fan oyligi bo`lganligi sababli biz o'quvchilar bilan darsdan tashqari faol to'garak tashkil etdik.Deyarli butun maktabni qamrab olgan faol , zukko , bilimga chanqoq o'quvchilardan tashkil topgan ushbu klubimiz o'quvchilarga yangi bilimlar berish , ularning darsdan keyingi faoliyatini mazmunli o'tkazishga qaratilgan edi . Guruh tarzida yoki individual ishlash jarayonida ular o'zlarining qiziqish va bilimlarini namoyon eta bilishdi . Xatto ba'zi o'quvchilar ingliz tilida she'r yozishga rag'bat bildirishdi .
Malakaviy amaliyot davrida faqatgina hujjat ishlari bilan shug'ullanib qolmasdan , men biriktirilgan o`qituvchi va maktab psixologi sinf jamoasi bilan ishlashda ijtimoiy psixologik muhitni o`rganishning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirdi , ya'ni sinf o'quvchilarining bir - biriga bo`lgan munosabati qanday bo'lishi lozim , o'quvchi va o`qituvchi o`rtasida qanaqa bo'lishi lozim , o`quvchilar bilan ish yuritishda qanday oltin qoidalarga rioya etish kerak va shu kabi savollar ustida muhokama olib bordik . Malakaviy amaliyot asosiy bosqichi ikkinchi davridan boshlab biriktirilgan amaliyot o'qituvchim menga dars o'tishimga ruxsat berdi . Va shu ondan boshlab men o'zimni shu maktabning bir qismi - o'qituvchisi sifatida his eta boshladim . Darsga xuddiki bir san'at asaridek qarashimiz lozim .
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi , o`quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi . Shu sababli ham darsni interaktiv usulda turli xil qiziqarli o'yinlar bilan o'quvchilarning bor diqqat e'tiborini darsga qaratishlari uchun harakat qildim . Har bir darsni noan'anaviy usulda boshlashga harakat qildim . Bunda darsni interaktiv usulda zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o'tish eng samarali va foydali yo'ldir .
Dars jarayonida bir qancha usullardan foydalandim , masalan , mavzuga doir grammatik o`yinlar , sahna ko'rinishlari , savol - javob , xotira tezligi , topishmoqlar , muhokamalar , jadvallar , klasterlar , rasmlar va boshqalar orqali darsni qiziqarli o`tishga intildim .
Amaliyot rahbarim yordamida pedagog faoliyati haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'ldim , tushunchalar oldim hamda amaliyotda qo`llashga harakat qildim .
Malakaviy amaliyot rahbari : G.R.Yusupova
SamDChTI Ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 301 - guruh talabasi : D.Xudoynazarova
Samarqand Davlat Chet tillar instituti
" Ingliz tili II " fakulteti Xorijiy til va adabiyoti
( ingliz tili ) ta'lim yo'nalishi 301 - ( kunduzgi )
guruh talabasi Xudoynazarova Dilfuzaga 62-
maktab direktori To'xliboyev Ulug'bek tomonidan
TAVSIFNOMA
Samarqand Davlat Chet tillar instituti " Ingliz tili - II " fakulteti xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili ) ta'lim yo'nalishi 3 - bosqich 301 - guruh ( kunduzgi) talabasi Xudoynazarova Dilfuzaa 2023 - yil 6-fevralidan 6- martgacha malakaviy amaliyotini Samarqand viloyati Urgut tuman XTB ga qarashli 62 - umum taʼlim maktabida o'tadi .
Amaliyotim davomida Xudoynazarova Dilfuza maktabning yetuk petagoglari bilan shug'ullandi.. Dars berishining zamonaviy usullaridan foydalangan xolda o'quvchilarga bilim berishni o'rgandi.
Guruh rahbari yordamida sinfda o'quvchilarni psixologik nuqtayi nazarini o'rganishga harakat qilib , ularning oilaviy ahvoli , dars jaroyonida va darsdan tashqari bo'sh vaqtlarida nimalar bilan shug'ullanishini o'rganib chiqdi . Maktabda o'tkazilgan tadbirlarni qanday tashkil etishda va o'tkazishda ham faol ishtirok etdi.
Amaliyotining dastlabki uch kunini passiv amaliyot maruza, ya'ni o'z biriktirilgan o'qituvchilarning darslari bilan olib bordi , oxirigi xaftasida olgan nazariy bilimlarini o'quvchilarga dars o'tish orqali amalda sinab ko'rdi . Dars jarayonida turli metodikalardan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'quvchilarga dars o'tdi . Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki , Xudoynazarova Dilfuza amaliyot davomida bilimli , mehnatkash , tirishqoq va vazifasiga ma'suliyat bilan yondashadigan shaxs sifatida ko'rsatdi .
Yuqoridagilardan kelib chiqib , Xudoynazarova Dilfuza kelajakda yetuk pedagog o'qituvchi bo'lib yetishishga ishonch bildirib qo'llaymiz , hamda amaliyotni a'lo baholarga o'tadi deb xisoblaymiz .
Taʼlim muassi direktori _____________ _________________________ Imzo F.I.SH
Qabul qiluvchi tashkilotdan _______________ ____________________________
Amaliyot rahbari. Imzo F.I.SH
Download 12.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling