Samarqand -2023


BITalino: Ko‘p turdagi biosignallar olish tizimi


Download 85,51 Kb.
bet2/4
Sana27.10.2023
Hajmi85,51 Kb.
#1726196
1   2   3   4
Bog'liq
bioinformatika 1

BITalino: Ko‘p turdagi biosignallar olish tizimi


  • Qurilma instrumental muammolarini bartaraf etish maqsadida bioelektrik va biomexanik ma’lumotlarni to‘plash uchun bir nechta sensorlarni birlashtiradigan (all-in-one) va simsiz texnologiyaga asoslangan qulay va arzon narxli qilib ishlab chiqilgan.

  • BITalino modulli bloklar majmuasi sifatida yaratilgan bo‘lib, maksimal ko‘p tomonlama qulayliklarga ega bo‘lgan quyidagi avtonom mobil qurilmalardan tashkil topgan:

  • ATMEga328P raqamli mikrokontroller;

  • Kuch boshqaruv bloklari;

  • Class II Bluetoth v3.0 simsiz ma’lumot uzatish moduli;

  • Ikkita yordamchi RJ22 aloqa bloklari;

  • Analogli kiritish-chiqarish kanallari orqali elektromiografiya (EMG) moduli;

  • Elektrokardiograf (ECG) moduli;

  • Elektrodermal faoliyat (EDA) moduli;

  • Akcelerometr (ACC) moduli;

  • 2-rasmda BITalino ni umumiy arxitekturasi keltirilgan.

  • Odatda, tizim yagona panelga ega bo‘lib, uning sensorli qurilmalari nazorat blokidagi analog va raqamli portlarga ulaydi. BITalino ning har bir bloki asosiy paneldagi jismoniy jihatdan ajratish mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan va uchta konfiguratsiya ega bo‘lishi mumkin:

  • Panel. BITalino modifikatsiyalar bilan foydalanilmaydi, chunki tadqiqotchilar laboratoriya faoliyatida ijobiy natijalar olishi uchun nafaqat sensorlarni sinab ko‘rish, balki asosiy fiziologik hodisalarni real vaqtda kuzatish orqali muhitdagi aniq tushunchalarni ifodalash imkonini berishi kerak bo‘ladi [2].

  • Plagin. BITalino ga qo‘shimcha ravishda qo‘shiladigan xamda, sensor qurilmalari bilan aloqani bog‘laydigan shinali qism.

  • Ozod qism. Barcha shaxsiy raqamli va analog bloklar BITalino asosiy panelidan ajratib turadi, bu esa tadqiqotchilarni o‘zlarining loyiha g‘oya- lariga va ilovalariga mos keladigan tarzda birlashtirilishini ta’minlaydi.

1-jadval – BITalino xususuyatlari

Spetsifikatsiya

Namuna olish o‘lchami

1, 10, 100 xamda 1000 Hz

Analog portlar

4 ta kiruvchi (10-bit) + 2 ta
kiruvchi (6-bit)

Raqamli portlar

4 ta kiruvchi (1-bit) + 4 ta
chiquvchi (1-bit)

Ma’lumotlarga
murojaat

Class II Bluetoth v2.0 (qamrovi 10
metrgacha)

Aktuatorlar

LED

Sensorlar

ECG; EMG; EDA; ….

Battareyka

3.7V LiPo

Og‘irligi

30 g

O‘lchami

100 × 60 mm

100 Hz chastotali biosignallarni o‘rganish bosqichida ECG (40 Hz dan yuqori) va panelning arzon narxlardagi sensorlari yordamida qon tomirlari pulsini (BVP) o‘lchash uchun Pulse Sensor9 datchiklari tanlanadi. 10 GHz li chastotali o‘lchashlarda esa EDA biosignali va nafas olish kabi boshqa past chastotali biosignallarni hisobga olgan holda tanlanadi. Nihoyat, 1 Hz li signallarni o‘lchashda tana harorati (boshqa sensorlari ham ishlatilishi mumkin) biosignallari qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi (3-rasm).

Download 85,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling