Samarqand -2023


Download 85.51 Kb.
bet1/4
Sana27.10.2023
Hajmi85.51 Kb.
#1726196
  1   2   3   4
Bog'liq
bioinformatika 1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali


Bioinformatika va biomexanika Fanidan

1-AMALIY ISHI


Mavzu: EKG bilan ishlovchi qurilamalar





KI 20-03 – guruh talabasi

Bajardi :Mavlonova Sabina.

Tekshirdi : Kurbanov.A.R.




Samarqand -2023
1-Amaliy mashg’ulot


Mavzu: EKG bilan ishlovchi qurilamalar

Elektrokardiogramma (elektro., kardio... va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. E. elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar ogʻir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkoniyatini beradi.


Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma-ket qoʻzgʻalishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. EKG yordamida yurak ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi.


Normal EKG
Tahrirlash
Odatda EKGda 5 ta tish ko'rinadi: P,Q,R,S,T
P tish

I, II, aVF, V2-V6 tarmoqlarda doim musbat


III, aVL, V1 tarmoqlarda musbat, ikki fazali, III va aVL da boʻlsa manfiy boʻlishi ham mumkin
aVR tarmoqda doim manfiy
Davomiyligi 0,1 s dan oshmaydi, amplitudasi – 1,5-2,5 mm
P-Q interval – 0,12-0,2 s
Q tish

V1-V3 da R tishning 1/6 qismidan oshmaydi.


aVR dan boshqa barcha tarmoqlarda amplitudasi R tishning ¼ qismidan oshmaydi, davomiyligi – 0,03 s
aVRda normada chuqur va keng Q tish yozilishi mumkin, hattoki QS kompleks ham
R tish

Barcha tarmoqlarda yoziladi. aVRda yaxshi korinmasligi yoki umuman yoqolishi mumkin


Koʻkrak tarmoqlarida V1 dan V4 gacha amplitudasi ortib boradi, keyin kamayib boradi.
RV1,V2 qoʻzgʻalishning qorinchalararo toʻsiq va oʻng qorincha boʻylab tarqalayotganini koʻrsatadi. RV4,V5,V6 qoʻzgʻalishning chap qorincha va qisman oʻng qorincha boʻylab tarqalayotganini koʻrsatadi.
Amplitudasi standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda 20, koʻkrak tarmoqlarida 25 mm gacha.
aVR va V1 da 3-4 mm boʻladi.
S tish

Amplitudasi turli tarmoqlarda katta farq qiladi, lekin 20 mm dan oshmaydi.


V1 dan V4 gacha amplitudasi pasayib boradi, V5,6 da yoʻqolishi ham mumkin.
QRS 0,1 s dan oshmaydi.
T tish:

RS-T segment standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda izoliniyada joylashgan (±0,5 mm)


V1-V3 izoliniyadan koʻtarilishi mumkin (<2 mm), V4,5,6da boʻlsa pasayishi mumkin (<0,5 mm)
T tish I, II, aVF, V2-V6 da doim musbat
III, aVL va V1 da musbat, ikki fazali yoki manfiy boʻlishi mumkin. aVRda doim manfiy.
Amplitudasi standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda 5-6 mm gacha, koʻkrak tarmoqlarida 15-17 mm gacha boʻlishi mumkin.
Davomiyligi 0,16-0,24 s.
Biosignallarni tibbiyot sohasida keng foydalaniladigan turlariga elektrokardiografiya (ECG) va elektroensefalografiya (EEG) misol bo‘la oladi. So‘ngi bir necha o‘n yillar mobaynida muhandislik tamoyillari va asbob-uskunalarini ushbu mavzuga tadbiq etish zamonaviy dunyoning zamonaviy texnika va ilmiy yutuqlariga olib boradigan muhim ahamiyatga ega yo‘l ekanligini isbotladi. Bugungi kunda ushbu mavzu global mavzuga aylanib bormoqda. Biosignallarni zamonaviy usullarni qo‘llagan xolda insonning ish faoliyatini monitoring qilish va xulosa qiluvchi mexanik muhandislik qurilmalarini tadqiq qilish orqali bu mavzuni rivojlantirishimiz mumkin bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, biosignallarni qayta ishlash, eksperimental faoliyat o‘tkazish apparat va dasturiy muhit tomonidan bir qancha qiyinchiliklarga olib kelmoqda [1].
Shuning uchun xam bizga biosignallarni qayta ishlash va ularni xayotga tadbiq etadigan innovatsion dasturiy va apparat komplekslarni o‘rganish, shu bilan birga ular orqali ilmiy tadqiqotlar va ilmiy tajribalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratib beradi.
Ushbu maqolada biosignallar orqali laboratoriya sharoitida faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan va ularni tadbiq qilish, qayta ishlash uchun o‘z ichiga tezkor prototiplar orqali tadqiqotlar o‘tkazadigan innovatsion apparat va dasturiy platforma – BITalino (Biosignal Igniter Toolkit - BIT) qurilmasini tadqiq etamiz. Bizning maqsadimiz nafaqat ilmiy tadqiqotchilarni balki, barchani biosignallarni ishlatish bo‘yicha dastlabki qadamni beruvchi va shaxsiy foydalanish imkoniyatini yaratuvchi muhit imkoniyatlarini boyitishdan iboratdir.

Umumiy tahlil;


BITalino qurilmasi foydalanish uchun qulay va ihcham bo‘lib, uning yordamida biosignallarni o‘rganish orqali tibbiyotning nevrologiya, psixologiya, kardiologiya kabi soxalarda tashhis imkoniyatlarini oshirish va masofaviy (teletibbiyot) tibbiyotni rivojlantirish vazifalarini bajarishi
mumkin bo‘ladi. Tadqiq etilayotgan qurilmani asosan quyidagi uchta rakursda ko‘rib chiqamiz:
Asbob-uskunalar. Umuman olganda, ushbu qurilma biosignalni qayta ishlovchi xam nisbatan arzon va biosignal xususiyatlarining barchasini o‘lchash imkonini beruvchi kompakt to‘plamdan iborat.
Qabul qilish. Aksariyat arzon vositalar faqatgina signalni yuqori darajada kirishini ta’minlash maqsadida ularning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi (masalan yurak urish signallari – ECG faqat shu signalni qo‘llab-quvvatlaydi). Ushbu qurilmaga bir qancha turdagi kiruvchi va chiquvchi signal turlarini bir joyga (kompakt) jamlash va bir vaqtning o‘zida ishlov berish kabi xususiyatni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Odatda eksperiment o‘tkazish qiziqarli bo‘lishi uchun bir qancha dasturiy va apparat bloklar yordamida tajribalar o‘tkaziladi.
Qayta ishlash. Biosignallarning ma’lumotlarini tahlil qilish va o‘rganishda, odatda, filtratsiya, to‘lqin xarakteristikalarini aniqlash, xususiyatni ajratish kabi xodisalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy qurilish bloklari Matlab va Labview kabi ilmiy hisob-kitob vositalari mavjud bo‘lsa-da, ammo algoritmlar va funksiyalarni biosignallarga bog‘lash bilan bartaraf etish uchun tuzilgan usullar to‘plamini tuzishda, xamda bu sohada ishlashni alohida (personal) ta’minlab berishga xizmat qiladi.
BITalino yuqoridagi aytib o‘tilgan muommolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, biosignallarni aniqlovchi (BITalino), dasturiy ta’minot va amaliy dasturlar interfeysi (API), signallarni vizuallashtirish (OpenSignals) va multimodal biosintez ishlov berish (BioSPPy) kabi qismlardan iborat bo‘ladi.



Download 85.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling