Samarqand -2023
Download 85.51 Kb.
|
bioinformatika 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchi interfeysi
Dasturiy interfeysiFoydalanuvchi tomonidan tanlangan barcha kirish kanallari orqali nazorat bloklaridan namunalar olinadi va o‘zgarmaydigan hajmdagi ma’lumot paketlariga formatlanadi (barcha analog kanallar tanlanganida 8 bayt va analog kanal tanlanmagan xolda 2 bayt). Ma’lumot siklidagi cheklovni tekshirish (CRC) kodi ma’lumotlar paketidagi uzilishlardan (masalan, muloqotdagi bayt yo‘qolganligi sababli) aniqlash va tiklash uchun kiritilgan va ma’lumotlar to‘plami yo‘qolishini aniqlashga yordam berish uchun paketli tartib raqami ham qo‘shilgan. 4-rasmda qurilma tomonidan yuborilgan ma’lumot paketlerining tuzilishini ko‘rsatilgan. BITalino dagi aniq sozlamalar bazaviy stansiyasidan qurilmaga 1 baytli buyruqlar yuborib o‘zgartirilishi mumkin (4-rasm), dasturiy ta’minot qurilmaga yuborilgan buyruqlar to‘plamini jamlaydi. Bir tomondan, BITalino tizimining bu past darajadagi nazorati tadqiqotchilarni qurilmani boshqa o‘rnatilgan tizimlar (masalan, robotdagi dasturiy ta’minot) bilan bog‘lay olish imkonini beradi. Boshqa tomondan, bu raqamli aloqa bilan bog‘liq tushunchalarni tajriba qilish uchun ishlatilishi mumkin, masalan, ma’lumotlarni to‘plamdan chiqarish, bitli operatsiyalar o‘tkakazish, CRC tekshiruvi, boshqalar qatorida ma’lumotlarini ishlatish tushuniladi. Tadqiqotchilar shuningdek, past chastotali barcha operatsiyalar yuqori darajadagi funksiyalarga bog‘langan xolda API (Application programming interfeys) larni ham qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Ushbu API lar orqali BITalino boshqaruvini ta’minlashda hozirgi vaqtda standartlardan Java SDK (Bluesock wrapper orqali), Android Java SDK, LabView, Matlab va Python kabi dasturiy vositalar mavjud [4]. Foydalanuvchi interfeysiFoydalanuvchilar uchun GUI HTML5 va CSS3 dasturiy vositalarni qo‘llab-quvvatlovchi interfeys yaratilgan. Python tilida biosignal ma’lumotlarini boshqarish, JavaScript da esa signalni osongina kiritishni amalga oshirish mumkin (5-rasmga qarang). 6-rasmda foydalanuvchi interfeysi va real vaqt ma’lumotlarini olish ekrani ko‘rsatilgan (Signal BIT). U odatda mavjud bo‘lgan ikkita operatsiya rejimiga ega: Haqiqiy vaqt. BITalino qurilmasini boshqarish uchun real vaqtda biosignal qabul qila olishni boshlash va to‘xtatish, keyinchalik ishlash uchun panel tomonidan saqlangan dastlabki ma’lumotlarni saqlab qo‘yish, raqamli chiqish portlarini almashtirish, BITalinoning real vaqt rejimida ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalarni bajarish. Oldin saqlangan biosignal ma’lumotlar yozuvlarini yuklash va navigatsiya qilish uchun filtrlash, xususiyatni tanlab olish, keyinchalik qayta ishlash operatsiyalarni bajarish uchun. Download 85.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling