Samarqand 2023 manaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotirani o'rni va saboqlari


Islom Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti


Download 23.15 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi23.15 Kb.
#1829829
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Manaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotirani o\'rni va sa-fayllar.org

Islom Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1989-yilning iyunidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylandi. O‘sha paytda respublikamiz fuqarolar urushi, qon to‘kish, millatlar va konfessiyalararo mojarolar yoqasida turgan edi. Ana shunday o‘ta og‘ir davrda u o‘zining voqealarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyati, kuchli irodasi va qat’iyati bilan xalqimiz va mamlakatimizni shunday achinarli qismatdan saqlab qoldi.
Aynan o‘sha davrda xalqimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov timsolida mard, bukilmas iroda egasi va sodir bo‘layotgan favqulodda murakkab hodisalarning mohiyatini davlat manfaatlari nuqtai nazaridan ko‘ra oladigan, o‘z Vatani va xalqi, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida mas’uliyatni his eta oladigan haqiqiy rahbarga ega bo‘ldi.
1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 25-yil davomida mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibor qozondi.
O’zbelistonni mustaqilligini saqlash va uni mustahkamlash prezident Islom Karimovning eng oliy maqsadi edi. Bu yo’lda ko’plab ishlar olib bordilar va O’zbekiston dunyoda eng jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan beshta davlat qatoridan joy oldi.
2016-yil 2- sentabr kuni Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi. Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.

Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling