Samarqand 2023

Tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichi

Download 0.77 Mb.
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1750443
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu. Tovar hayotiy davri bi-121

Tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida tug’ilishdan ancha oddin — g’oyalar, ishlanmalar ko’rinishida boshlanadi. Bu bosqichda marketing roli tovarni yaratish jarayoniga g’oyadan boshlab uning mahsulotda namoyon bo’lishigacha hamroh bo’lishidan iborat. Buning uchun marketing yordamida iste’molchi mazkur mahsulotga muhtojligi, potensial iste’molchilar kimlar, g’oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo’ljallash mumkinligi o’rganiladi.

Marketing vazifasi potensial iste’molchilarga yaratilgan tovarda mujassam bo’ladigan yangi g’oya ularga qanday foyda keltirishini tushuntirishdan iborat.

Bozorga chiqish bosqichi. Bu yerda sotishning asta-sekin o’sish jarayoni kuzatiladi, bunda tovarni chiqarish xarajatlarining ko’pligi tufayli foyda hali hosil bo’lmaydi va tijorat faoliyati zararli bo’ladi, faqatgina shu bosqichning oxiriga kelib foyda olish mumkin. Marketing maqsadi bunda aniq — yangi tovar uchun bozorni yaratish (ayniqsa, agar bu prinsipial yangi tovar va unga bo’lgan ehtiyoj hali bozorda namoyon bo’lmagan bo’lsa). Bu bosqichda raqobatchilar umuman yo’q yoki ular juda kam. Bu tovarning iste’molchilari deyarli faqat novatorlar, shuning uchun dastlab reklama ularga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Yangi mahsulotning modifikasiyalariga zaruriyat yo’q.

O’sish bosqichi. Bu yerdagi marketing qarorlari kengayib boruvchi talab sharoitida bozorni qamrab olish darajasiga mo’ljallanadi. Bozorga keyingi kirib borish sifatni yaxshilash va tovar assortimentini kengaytirish, sotishni intensivlash, buyurtmalar bajarilishining nazoratini ko’chaytirish, ustun segmentlarni tanlash va hokazo bilan bog’liq. Amalda yangi tovarni takroran xarid qilayotgan faol xaridorlarga ko’p sonli boshqa xaridorlar qo’shiladilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling