Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qurilish fakulteti 401-b va iq idiyeva adiba


Download 0.63 Mb.
Sana06.11.2021
Hajmi0.63 Mb.
#170981
Bog'liq
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QURILISH FAKULTETI 401-B VA

SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QURILISH FAKULTETI 401-B VA IQ

Idiyeva adiba

Gips bog’lovchi moddalar

GIPS

  • Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips-toshni maydalab tuyish bilan hosil qilinadi. Gips-toshning kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab undan qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil qilinadi. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gips (CaSO4∙2Н2О) ni va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib, suvsizlantirib bog‘lovchilar olinadi.

GIPS


Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Maos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200-2400 kgg‘m3 bo‘lgan jinsdir. Gips tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud

150….170 0С da kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalangan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.


GIPS

  • Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi:
    • Gips-tosh kukunlatib tuyiladi va pishiriladi.
    • Gips-tosh maydalanib pishiriladi, so‘ngra tuyiladi.
    • Gips-tosh maydalanib, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlanadi va quritilib tuyiladi.

GIPS

  • Gips bir qator qimmatli qurilish xossalariga ega. U yonmaydigan va olovga mustahkam materialdir. Gipsning boshqa materiallar bilan birga ishlatish, bino va inshootlar xonalarida, ishonchli ovoz-va issiqlik izolyasiyasini ta’minlaydi. Gipsda insonga zararli komponentlar mavjud emas. Gipsda kislotaning miqdori inson terisidagi miqdor bilan barobar (rN=5,5), hidga ega emas, dielektrik bo`lib hisoblanadi. Bu sifatlar gipsning qurilish ishlab chiqarishida keng qo`llanilishiga imkon yaratib kelayapti.

GIPS

  • Qurilishda qo`llanilayotgan gips materiallari va buyumlari nomenklaturasi xilma-xildir va quyidagi asosiy turlarini o`z ichiga oladi:
    • 1) Devor detallari (bloklar, toshlar).
    • 2) Inshootlarning konstruktiv elementlari (pardevor plitalari, pol va shiftlar uchun plitalar).
    • 3) Qoplama materiallari - gipsli quruq suvoq (GKQ), gips panellari (GКP) turli ko`rinishdagi qurilish konstruktsiyalarini qoplash uchun, gipstolali plitalar (GTQ) yig`ma pol,pardevorlar, va osma shiftlarni yasash uchun.
    • 4) Arxitektura-dekorativ detallar.
    • 5) Qurilish qorishmalari, shuvoq aralashmalari, yelimlar.

GIPS

  • КNAUF kompaniyasi qurilish gipsidan olingan buyumlardan foydalanish asosida anchagina qurilish materiallari va buyumlari nomenklaturasini kengaytirib, uning sifatini ham oshirishga erishdi. Shu bilan birga, to`plamiy tizimlarini ham kengaytirdi, bu esa bino va inshootlarning inter`erlarini bezashda turli xil pardozlash imkoniyatlarini yaratdi. КNAUF to`plamiy tizimlarining asosiy konstruksion va pardozlash materiallari bo`lib ekologik toza sinklangan temirdan turli xildagi profillar ko`rinishidagi elementlar; yuqori sifatli dekorativ pardoz materiallari qoplangan gips kartonli listlar, tarkibida yuoqri effektivli issiqlik o`tkazmaydigan materiallari bor gips kartonli listlar, tovushdan himoya qiladigan perforatsiyalangan gips kartonli listlar. Bu maxsulotlar, turli xildagi quruq suvoqlash qorishmalari, quruq va qo`llanishga tayyor shpaklyovkalar, gruntovkalar, tekislovchi aralashmalar, yyelimlar, germetiklar kabi qo`shimcha materiallar bilan boyitilgan.

Gipskartonli listlar

  • Gipskartonli listlar β modifikatsiyali gipsdan tayyorlangan listli pardozlash materiali hisoblanib, mineral tolalar bilan armaturalangan va ikki tomonidan yuqori sifatli ko`p qatlamli presslangan qalinligi 0,6 mm dan ko`p bo`lmagan, karton yyelimli modda bilan yyelimlangan (dekstrin, kazein yyelim, suyuq shisha). Bundan materiallardan tashqari, GKQ larni ishlab chiqarishda ularning massasini kamaytiruvchi moddalar ham qo`llaniladi; gips-digidrat – qotish tezligi vaqtini sozlash uchun, sul`fatli achitgich bardasi va ko`pik hosil qiluvchi qo`shmalar (kazein, kanifol, kaustik soda).

Gipskartonli listlar

  • Gips o`zagidan va karton qobig`idan tashqil topgan gipskarton list,qurilish bo`yumi hisoblanib, uncha katta bo`lmagan qalinligiga qaramasdan, anchayin egilishga bo`lgan mustahkamlikga ega, bu mustahkamlikga ega bo`lish uchun o`nga tarkibidagi tolalar yordam beradi, bundan tashqari, gips o`zagini o`rab turgan karton ham qo`shimcha armatura hisoblanadi

GTL

  • GOST R 51829 asosida КNAUF korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan gipstolali listlar (GTL) quruq qurilishda pardevorlar, devor qoplamalari, osma shiftlar, mansardalar, yig`ma pollar asoslarining КNAUF to`plamiy tizimining asosi sifatida ishlatiladigan konstruktiv material bo`lib hisoblanadi.

GTL

  • Yuqoridagi ko`rsatgichlar shuni ko`rsatadiki, GVL lar boshqa keng qo`llaniladigan qurilish buyumlari va materiallariga qaraganda anchagina yuqori yong`in- texnik xossalarga ega, bu esa ularni yangi qurilishda, hamda bino va inshootlarni rekonstruksiyasida yoki mustahkamlash tadbirlarida qo`llaniladigan buyumlar qatoriga qo’yadi. Xususan, GKQ larga nisbatan alanga oluvchanlik tavsiflari yuqori bo`lganligi uchun, ular mansarda xonalaridagi konstruksiyalarni yoki karkaslarini qoplashda afzalroq hisoblanadi. GVL larning afzalligini ularning anchagina yuqori bo`lgan fizik-texnik tavsiflari ham ko`rsatadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling