Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/110
Sana31.08.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1671824
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab
chiqishning katta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini
ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks
foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni boshqarishning


rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish
asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.
Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini
hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan
alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan foydalanishi o’zaro
bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy dasturlarning ma’lumotlarni
jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini,
ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni
bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab
chiqishni ta’minlaydi.
Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo
ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir.
Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi
avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tashkil qilinishi, mukammal olib borilishi,
saqlanishi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi. Texnik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi
bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi
shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosida tizimli
tamoyillar yotadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling