Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Multimediani ta’limda qo’llashning asosiy afzalliklari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/110
Sana31.08.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1671824
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Bog'liq
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Multimediani ta’limda qo’llashning asosiy afzalliklari
Talab darajasida to’g’ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda
bir muncha ilg’or usul bo’lib, o’quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur)
shakllanishiga yordam beradi. O’tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko’ra (Shephard –
Shepard) to’g’ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
· Muqobil istiqbollar.
· Faol ishtirok.
· Tezkor ta’lim olish.


· Bilimlarni xotirada saqlash va qo’llay olish.
· Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko’nikamalari.
· Tizimli ravishda tushuna borish.
· Yuqori darajadagi tafakkur.
· Mustaqillik va e’tiborlilik.
· Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish.
· Qo’llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari.
Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o’tgan.
Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida
olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko’ra multimedianing ma’lum ustunligi mavjud.
Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan,
ularning multimediadagi kombinasiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala
tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o’rtasidagi aloqalar
mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng
imkoniyatlar yaratadi.
Мультимедиа воситаларини таълимда қўллаш қуйидагиларга имконият яратади:
· таълимнинг гуманизациялашувини таъминлаш;
· ўқув жараёнининг самарадорлигини ошириш;
· таълим олувчининг шахсий фазилатларини ривожлантириш (ўзлаштирганлик, билимга
чанқоқлик, мустақил таълим олиш, ўзини ўзи тарбиялаш, ўзини ўзи камол топтиришга
қаратилган қобилиятлилик, ижодий қобилиятлари, олган билимларини амалиётга
қўллай олиши, ўрганишга бўлган қизиқиши, меҳнатга бўлган муносабати);
· таълим олувчининг коммуникатив ва ижтимоий қобилиятларини ривожлантириш;
· компьютер воситалари ва ахборот электрон таълим ресурслари ёрдамида ҳар бир
шахснинг алоҳида (индивидуал) таълим олиши ҳисобига очиқ ва масофавий таълимни
индивидуаллаштириш ва дифференциялаш имкониятлари сезиларли даражада
кенгаяди;
· таълим олувчига фаол билим олувчи субъект сифатида қараш, унинг қадр-қимматини
тан олиш;
· таълим олувчининг шахсий тажрибаси ва индивидуал хусусиятларини ҳисобга олиш;
· мустақил ўқув фаолиятини олиб бориш, бунда таълим олувчи мустақил ўқиб ва
ривожланиб боради;
· таълим олувчиларда, ўзларининг касбий вазифаларини муваффақиятли бажариш учун
ҳозирги тез ўзгарувчан ижтимоий шароитларга мослашувига ёрдам берадиган
замонавий таълим технологияларидан фойдаланиш кўникмаларини ҳосил қилиш.
Multimedia – kompyuterning axborotlarini rangli grafika, matn va grafikada effektlar,
ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar, annimasiya, shuningdek, to’laqonli video-
kliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling