Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Sharq tillari fakulteti


Download 12.45 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi12.45 Kb.
#1418544
Bog'liq
zuxra 3 hAfta hisobot 2



Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Sharq tillari fakulteti
Filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili yo'nalishi 4-bosqich
405-guruh talabasi Olimova Zuxraning
3-hafta amaliyot davri
Hisoboti
Men Olimova Zuxra 19.09.2022 yildan 24.09.2022-yilgacha Xorazm viloyati, “All or Nothing” o’quv markazida malakaviy amaliyotda bo'ldim. Amaliyot davrida ingliz tili o'qituvchilari va amaliyot rahbarim bilan muntazam ish olib bordim , ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo'ladigan turli o'qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarni dars davomida qo'llanilishini, shu bilan birga, noan'anaviy o'qitish uslublarıdan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o'quvchi bilan to'g'ri va samarali aloqa o'rnatishni kuzatdim va o'rgandim.
Ingliz tili o'qituvchilari va amalyot rahbarim yordamida dars rejasini tuzishni, foydalanishni va darsni to'g'ri tashkillashtirish mavzuga mos bo'lgan materiallar, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o'yinlar tayyorlashni, barcha o'quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o'quvchilarni rag'batlashni, vaqt taqsimotini to'g'ri tashkil etishni o'rgandim va o'zim ham mustaqil ravishda o'quvchilarga dars o'tdim. Bunda menga o'qituvchilardan o'zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Kafedraga kelib o'qituvchilarning dars o'tish uchun zarur bo'ladigan bir qancha hujjatlari bilan tanishib chiqdim va ularni qanday tuzishni va yuritish to'g'risida tushunchalarga ega bo'ldim. Amaliyotim mobaynida bir qancha tashkiliy ishlarni, nimalarga ko'proq e'tiborli bo'lish kerakligini, qanday usullar orqali darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o'rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinfarda o'tkaziladigan ma'naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma'naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishni o'rgandim. Davomati va o'zlashtirishi past o'quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko'maklashishni o'zlashtirdim.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o'rgangan va keyingi bosqichlarda o'rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda yetuk malakali mutaxassis bo'lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyot rahbari: N.Shodmonqulov ________
Amaliyotchi talaba: Z. Olimova ________


Download 12.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling