Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


 Biror kishidan biror ishni bajarib yuborishni so’raganimizda “Will you


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

6. Biror kishidan biror ishni bajarib yuborishni so’raganimizda “Will you … ” shaklida kelasi 
zamon ishlatamiz: Will you shut the door, please? Eshikni yopib yuborasizmi, iltimos? Will you please 
be quite? Iltimos jim bo’lasizmi?
7. Payt va shart ergash gaplarning birinchi turida “when, if, while, till, until, after, before, as 
soon as, in case” va hokazo bog’lovchilardan keyin Present Simple zamoni ishlatiladi. Lekin gap kelasi 
zamon ma’nosida bo’ladi. Ya’ni bu qoidag ko’ra Present Simple zamoni kelasi zamon ma’nosini 
anglatadi: We shall clean the room if we come earlier tomorrow. Agar biz ertaga ertaroq kelsak 
xonani tozalaymiz. When he comes, they will go to Canada. Qachonki u kelsa ular Kanadaga 
boradilar.
8. Zamon ko’rsatgichlari: tomorrow – ertaga, tonight – bugun kechqurun, next week (month, 
year) – kelasi hafta (oy, yil), in a minute (an hour, month) – bir daqiqa (soat, oy) dan keyin.
“To be going to – moqchi bo’lmoq” 
S + am/is/are + going to + V

+ SPS 
1. Biror ishni kelasi zamonda bajarishni oldindan rejalashtirsak ushbu birikmani ishlatamiz. 
Oldindan rejalashtirilgan ish-harakatlar uchun “shall/will” ishlatilmaydi, balki “to be going to” 
ishlatiladi: I am going to travel to Italy. Men Italiyaga sayohat qilmoqchiman. He is going to learn 
English. U Inglizcha o’rganmoqchi.
2. O’tgan zamonda “was/were going to” (moqchi edi) ishlatiladi. was/were going to o’tgan 
zamonda rejalashtirilgan-u lekin bajarilmay qolgan ish-harakatlarga ishlatiladi: We were going to 
take a bus but we went by taxi. Biz avtobusda ketmoqchi edik lekin taksida ketdik.


21 
3. Kelajakda biror ish-harakatning sodir bo’lish alomati hozirdan ma’lum bo’lsa va uning sodir 
bo’lishiga ishonsak ham “to be going to” birikmasini ishlatamiz. Lekin bu qoidaga ko’ra ish-harakat 
oldindan rejalashtirilmagan bo’ladi: Look at those black clouds. It is going to rain. Ana u qora 
bulutlarga qara. Yomg’ir yog’moqchi. I am feeling bad. I am going to be ill. Men o’zimni yomon his 
qilyapman. Kasal bo’laman shekilli. He is going to fall into the hole. U hozir chuqurga yiqiladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling