Ishning ilmiy yangiligi. Biz bilamizki, tarjima pragmatikasi, pragmatik xususiyatlarning tarjimada berilishi kabi masalalarga bag’ishlangan ilmiy ishlar soni talaygina. Ammo asliyatdagi pragmatik xususiyatlarning tarjimada berilishi borasidagi o’zbek tilidagi ilmiy adabiyotlar sanoqlidir. Shuning uchun ham mazkur bitiruv malakaviy ishida ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda tarjima pragmatikasining o’ziga xos xususiyatlari o;zbek tiliga qilingan tarjima misolida bayon qilinadi. Xususan, Fattoh Abdullayev tomonidan tarjima qilingan “Hayotga muhabbat” hikoyasi misolida pragmatik xususiyatlarning tarjimada qayta yaratilishi tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |