Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Download 81.6 Kb.
bet2/15
Sana31.03.2023
Hajmi81.6 Kb.
#1310872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KOMPARALINGVISTIKA

Komparativistika (lot.comparativus – qiyosiy) turli xil ja­rayonlarning qiyosiy o‘rganilishiga asoslangan fan yo‘nalishi bo‘lib, boshqa sohalar qatorida til va adabiyotni ham qamrab oladi.
Mazkur termin birinchi marta Fransiyada («littérature comparée», 1817-yil), keyin Angliyada («Comparative literature» 1886-yil), Germaniyada (jurnal nomlanishida «Zeitschrift für ver­gleichende Literaturgeschichte», 1887–1910-yillar), Rossiyada (1889 yil A.N.Veselovskiy tadqiqotlarida) qo‘llanila boshlangan.
Filologik komparativistika til va adabiyot sohasida olib bo­riladigan qiyosiy tadqiqotlardir. Shu jihatdan filologik kom­parativistika ikkita katta guruhga ajratiladi:
1. Lingvistik komparativistika, ya’ni qiyosiy tilshunoslik.
2. Adabiy komparativistika – qiyosiy adabiyotshunoslik.
Lingvistik komparativistika, bir-biriga yaqin bo‘lgan va ya­qin bo‘lmagan tillarni turli yo‘nalishlarda qiyosan o‘rganishni maqsad qiladi. «Tillarni qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, ularga tarixiylik jihatidan yondashish kabilar qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohi­da, mustaqil fan sifatida qat’iy tan olinishiga zamin yaratdi». Adabiy komparativistika barcha adabiy hodisalarning mush­tarak va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi va ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
Kurs ishining maqsadi. Komparativistika haqida umumiy ma’lumot to‘plagan holda quyidagilar kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi:
Lingvistik komparativistika, ya’ni qiyosiy tilshunoslik haqida atroflicha ma’lumot berish
Arab va o‘zbek tillaridagi komparalingvistik qarashlari va uning ahamiyati – qiyosiy o‘rganish
Arab va o‘zbek tillaridagi komparalingvistika qarashlarini tahlil qilish kurs ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining tuzulishi. Mazkur kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Asosiy qismni to’rta reja orqali mavzu yoritilgan.
Kurs ishining vazifasi. Kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda “qiyosiy – tarixiy tilshunoslik (komparativistika)” mavzusini rejalar asosida batafsil o‘rganish.

Download 81.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling