Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Download 81.6 Kb.
bet9/15
Sana31.03.2023
Hajmi81.6 Kb.
#1310872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
KOMPARALINGVISTIKA

Umumta‘lim maktablari – uch bosqichli: boshlang‘ich (I-III), gimnaziya (V-VIII), litsey (IX-X) sinflarini o‘z ichiga oladi. V sinfdan boshlab, fakultativ soatlar o‘qitiladi. VIII sinfni bitirganlar (90 %) imtihonsiz litseyga kiradilar. Ko‘pchilik VIII sinf bitiruvchilari (73 %) maxsus litseylarga (sanoat, qishloq xo‘jalik, iqtisod, pedagogik, tibbiyot) yo‘nalishlaridagi o‘qishga kiradi.
Litseyning I-bosqichini bitirganlar kasb ta‘limi beruvchi kurslarda yoki maktablarda (2 yil) o‘qishi mumkin. Litsey ta‘limini to‘la o‘taganlar kasb ta‘limi maktablarida ixtisoslashgan ta‘lim oladilar.
Kasb-hunar ta‘limi (1-2 yil) – 10 yillik ta‘limni bitirganlar qabul qilinadi.
Oliy ta‘lim – universitet va institutlarda beriladi.
O‘qituvchilar – boshlang‘ich sinflar uchun litseylarda (4 yillik) va yuqori sinflar uchun universitetlarda amalga oshiriladi.
Misda –1948 umumiy majburiy ta‘lim haqida Qonun qabul qilindi.
Bolalar bog‘chalari (3-5 yosh, 62 %), 1 yillik tayyorlov guruhlari.
Maktab ta‘limi (6-16 yosh); asosiy maktab – 8 yillik (ikki bosqichli) bo‘lib, boshlang‘ich (I-IV) va to‘liqsiz o‘rta (V- VIII) sinflardan iborat. Uzoq tumanlarda internatlar mavjud.
To‘liq umumiy ta‘lim – o‘smirlarning 20 % ini qamrab oladi. Bu maktabda 4–yillik gimnaziya bo‘lib, differentsial ta‘lim beriladi. Gimnaziya imtihon bilan tugaydi.
Kasb-hunar ta‘limi (4 yil) – o‘rta ma‘lumot va kasb-hunar beradi (75 %). Shuningdek, kasb-hunar shogirdligi (1-3 yil) o‘quvi ham mavjud.
Oliy ta‘lim – universitet va institutlarda amalga oshiriladi. O‘qituvchilar universitetlarning pedagogika fakultetlarida tayyorlanadi.
3.Boshlang‘ich sinflarda – umumta‘lim asoslari (o‘qish, yozuv, hisob malakalari) shakllantiriladi. O‘quv soatlarining yarmi ona tiliga, chorak qismi matematikani o‘rganishga ajratiladi. Qolgan soatlar – rasm, musiqa, mehnat, jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Qisman tabiatshunoslik va tarixga doir ilmlar beriladi.
Bolalar maktabga qabul qilinishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ko‘p mamlakatlarda 1-2 yillarda sinfda qoldirilmaydi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchilarning 60-70 % i qamrab olingan.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyaga asoslangan yangi o‘quv dasturlari va rejalari joriy etilmoqda. Ta‘lim jarayoniga axborot texnologiyalari keng miqyosda kirib borayotir.

Download 81.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling