Samarqand davlat chet tillari instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Aqliy qiyinchilik :qaysi so‘z yoki iborani aytishni o‘ylab qolish


Download 313 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2020
Hajmi313 Kb.
#120926
1   2   3   4
Bog'liq
NURKHAN


Aqliy qiyinchilik :qaysi so‘z yoki iborani aytishni o‘ylab qolish;

Jismoniy qiyinchilik :so‘zlarga to‘g‘ri ya’ni maxrajdan chiqarib talaffuz qilish matnlarni ovoz chiqarib o‘qish ikkinchi turdagi qiyinchilikni birinchi turdagi qiyinchilik haqida o‘ylamagan holda yengib o‘tishda yordam beradi.Bu mashg‘ulot til va boblarni umuman nutq organlarini arab tilida tabiiy tarzda talaffuz qilishga tayyorlaydi.Har bir matnni uch marta o‘qish tavsiya etiladi.Birinchi matn o‘qishda matn sekinlik bilan o‘qiladi va so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishiga e‘tibor beriladi .Bu jarayonda talaffuz qilinishi qiyin bo‘lgan ya’ni talaffuzida ع,ح, ص, ض harf turli bo‘lgan so‘zlarni alohida belgilab ketish ham mumkin.Ikkinchi marta o’qishda esa matnni tabiiy tezlikda , xuddi gapirgandek o‘qishga shu bilan birga so‘zlarni aniq talaffuz qilishga harakat qilish lozim .

Gaplarni so‘zlar tashkil etgan sababli so‘zlarni yod olishga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.Bunda so‘zlarni yakka holda emas,jumla tarkibida yodlash tavsiya qilinadi.Har bir yodlanayotgan yangi so‘zlar ishtirokida kamida beshta gap tuzib ,ularni qayta-qayta o‘qish samarali usuldir. Shuningdek ,yangi yodlanayotgan so‘zlarni ibora bilan birgalikda ham qo‘llanilishiga doir gaplar tuziladi.Masalan, معهد so‘zi ishtirokida iboralarni o‘rganmoqchimiz.Mana bunday gaplar tuzishimiz mumkin:

آتي الي سمرقند لدراسة في المعهد

التحقت بالمعهد في العام الماضي

آذهب الي المعهد في الشيارة

Bu tarzida yodlash iboralarni tabiiy gap holida ishlatish imkonini beradi va shu tariqa ularni tezlik bilan eslab qolishimiz mumkin.

Ingiliz tilida gapirishni imkon qadar gapirish orqali o‘rganish samara usullardan biri hisoblanadi.Arab tilida gaplashish mumkin bo‘lmagan sherik bo‘lmaganda uni 2-til o‘rganuvchilar bilan amalga oshiradi.

Arab tilida gapirishni o‘rganish boshlagan paytda sekin tezlikda gapirishga harakat qilinadi.Tezlik bilan gapirish arab tilida yaxshi gapira olishni bildirmaydi.Arab tilida o‘rtacha tezlikda gapirishning ikki foydali jihati bor:

1.Gapirayotganda navbatdagi o‘rinda nima demoqchi ekanligimizni o‘ylab olishga yetarlicha vaqtga ega bo‘lamiz.

2.Sekin gapirilganda talaffuzimiz aniq-aniq bo‘ladi va suhbatdosh nutqimizni qiyinchiliksiz tushuna oladi[25].

Arab tilida tezlik bilan gapirish ko‘nikmasi vaqt o‘tgan sari tinimsiz mashg‘ulotlar va o‘z ustida ko‘proq ishlash davomida tabiiy ravishda shakllanadi[27].

Arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini oshirishda ichki o‘z-o‘ziga gapirish ya’ni fikrlash hamda o‘ylash jarayonini to‘liq arab tilida o‘tkazish lozim.Shu paytgacha o‘zbek tilida fikrlab ,o’ylab kelingani sababli arab tilida o‘ylashga ko‘nikish biroz qiyin bo‘lishi va ma’lum vaqt talab qilishi mumkin.Ammo bu usuldan foydalanish arab tilida ona tilimizdek gapirish imkonini beradi.Arab tilida gapirish jarayonida aytmoqchi bo’lgan gap uchun mos so‘z topilmasa shu so‘zning ma’nodoshini aytsak yoki shu so‘zga qisqacha ta’rif berib vaziyatdan chiqiladi.Ammo bunday qobilyatga ega bo‘lish uchun so‘z boyligi yaxshi shakllangan bo‘lishi kerak.Bundan tashqari agar aytmoqchi bo‘lgan so‘zni eslay olmagan yoki ma’nodosh so’zni topa olmagan vaziyatda suhbatdoshdan bu so‘zning aytilishini so‘rashimiz mumkin.Bilmay turgan so‘zni so‘rab olish suhbatni davom ettirib ketish butunlay jim bo‘lib qolishga nisbatan ancha yaxshiroq yechimdir.

Arab tilida gapirishni o‘rganish jarayonida o‘zimizni erkin tutishimiz va hayajonlanishsiz ,butun e’tiborni gapirishga qaratishimiz talab etiladi. Gapirish jarayonida xatoga yo‘l qo‘yish tabiiy jarayon muhimi to’xtab qolmaslikdir.

Yurtimizda sof arab tilida gaplashish uchun suhbatdosh topish mushkul. Shu sababli guruhdagi o‘rganuvchilar bilan muloqotga kirishish maqsadga muvofiq.Suhbat ikki va undon ortiq kishilar o‘rtasida bo‘lganda ,rollar taqsimoti kabi dialog matni taxminan tuzib chiqiladi va bo‘linadi.Suhbat jarayonida rejadan chetga chiqishlar kuzatilib turadi.Agar rejadan tashqari mavzu rivojlansa ya’ni muloqot davom ettirilsa,gapirish ko‘nikmasi o‘sganidan dalolat beradi.Rol taqsimoti asosida dialoglar quidagicha bo’lishi mumkin:

كيف نقضي العطلة.



الام: العطلة على الأبواب

الام ؛يالها من فرصة طيبة يا أم محمود

الأم؛ هيا ناهاد الاو لادن نناقشه في الامر

الأم؛ فكرة جئدة ساناديهم الأن يامحمد يا محمود يا حسين باندي يا إبراهيم

الأم؛ كيف وقضى العطلة يااوالادنا؟ نريد آراكم

محمود؛ أرى السفر إلى كوريا

الأب؛ احسني ومارأيك يامحسنة

محسنة؛ أرى عمل في حديقة للبيب

الأم؛ يالها من فكرة حسنة أما ليس لنا حديقة

حسين؛ أفضل مشاهدة مرامح التلفاز

الأم؛ لا ما نع مشاهدة البرامج المفيدة

فقط؛ و ساعة أو ساعتين هل إتفقنا يا حسين

حسين؛ نعم والدتى

الأب؛ مارأيكم يانديو إبراهيم؟ندى؛ أقرأ كتبا كثيرا في العطلة

إبراهيم؛ سألعب كرة التزام و سأسبح في البحر

الأم؛ عطلة سعيدة ياولاد

Arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini oshirishda bahs- munozara metodidan ham foydalaniladi.Bahs- munozara metodi biror mavzu bo‘yicha o‘zaro bahs -munozara va fikr almashuv tarzida olib boriladigan mashg‘ulot metodidir.Bu metod o‘quvchi bilan o‘qituvchi bilan amalga oshiriladi. O‘qituvchi talabalarni guruhlarga bo‘lib,ularni munozara mavzusidan og‘ishmasligini ta’minlaydi.Kichik ,tor doiralardagi ixcham guruhlarda uyushtirilgan munozaralarga y‘naltirilgan aniq statesanarli disput va erkin mavzuli turlari mavjud bo‘lib bu tanlagan mavzuga va munozara guruhlarning muloqot tarjibasiga bog‘liq kichik guruhlarda tashkil qilinadigan munozaralardagi asosiy jihat guruh a’zolarining tanlagan mavzu xususiyatiga qarab har birining o‘z fikr-mulohazalarini oxirigacha imkoniyatlari belgidir.

Munozaralar asosan yechimi topilmagan, dolzarb,bugungi kun uchun muhim mavzularda olib boriladi.Munozara mavzusi o‘quvchilarga oldindan beriladi.Talabalar bu mavzuda arab tili asosida tahlil qiladi,mustaqil ravishda savollar yechimlar,yechimlar,fikrlarini shakllantiradi.Munozaraga tayyorgarlik davomida shu mavzuga doir mavzuviy lug‘at ham tuziladi.Lug‘at tuzilishi tabiiy muloqotda ishlatishga tayyor bo‘ladi .Odatda munozaralar shiddatli olib borilganligi sababli,talabala r tez fikrlab ularni aniq va ravon ifodalashga harakat qilishadi, bu esa talabalarda arab tilida muloqotga erkin kirishish va uni uzluklarsiz davom etitish,bahsli mavzularda ham suhbat olib borishini ta’minlaydi.

يعتبر العصر الذي نعيش عصر التقدم العلمي بكل مقاييس فقد استطاع العلم أن يقدم الكثير من الخدمات التي نحتاجها في حياتنا اليومية ولم تتوقف خدمات العلم

عند ذلك ولكنه تصدى العقبات التي كانت تقف سدا ميما أمام الإنسان فهل فكرت في حال الكفوف كيف يستطيع أن يقرأ أم يتعلم؟ و هل فكرت في حال الأثر كيف يستطيع أن يفهم مايقول المتكلم؟ أو الذي فقد سابا أوذراعا أوولد بعاهة تعوقه عن الحياة في وصوتها السليمة؟ لقد عوض العلم هؤلاء وغير هم عما فقدوه من بصر أو سمع أوأعضاء فصار الكفوف قارئا واستطع الأصم أن يفهم قول محدثه وتمن الذي فقد ساقا أوذراعا من مواصلة الحركة مغيره من الأصحاء

فقد ابتكر أحد العلماء طريقة تطبعها كتب خاصة بالمكفوفين وهي طباعة المات بكروت مكونة من نقاط بارزة يلمسها الكفوف بأ نأمله فيعرف ماكتب بعد أن يتم تدريبه على معرفة هذه الروف بالشكل الذي تطبعبه وقد عرفت هذه الطريقة باسم يرسم طريقة برايل نسبة إلى صاحبها كما استطاع ضعيف السمع ان يسمع الأصوات بوضوح والأصم ان يفهم بعض ما حركه الحنجرة أو بلغة الأشارة

أما الدين فقدوابعض اعضانهم وعو قهم هذا الفقد عن الحركة الضرورية مكنهم العلم من المشي والحركة الازمة بتلك الأطراف الصناعية وأشياء أخرى كثيرة قدمها العلم المعوقين فبعث الأمل في نفوسهم البصمات على افواههم وهذه هي ثمرة العلم الذي يسخره العلماء اصالح الحياة الأبسانية كل جوانبه

Arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini oshirishda bizga musiqa ,audiolar,filmlar yordam beradi.Ulardan o‘rganish mumkin bo‘lgan eng muhim jihat bu intonatsion talaffuz.Eshitish mashg‘ulotlarini uzluksiz olib borish lozim.Bu uchun alohida vaqt ham ajratish ham muhim emas.Boshqa jismoniy mashg‘ulot davomida amalga oshirish mumkin. Arab tilidagi audio musiqalarni tinglash miya uchun tajriba hosil qiladi.Agar audio qiziq va so‘zlovchi nutqi maqbul bo‘lsa,eshitish jarayoni biz va arab tili o‘rtasida emotsional bog‘lanish hosil qiladi.Aktivlashtirish va intonatsiya,so’zlar va iboralar tinglovchi ongiga o‘rnashadi.Aarab tilida ko‘plab mavzular yoritilgan audiolar mavjud. Kichik hajmdagi audiolar tinglab borilsa, so‘zlashish ko‘nikmasini oshiradi. Ayniqsa, musiqalarda ohang bo‘lganligi uchun so’z va iboralarni yodda saqlab qolish ancha oson. Ammo eshitish ko‘nikmasi uchun musiqa tanlashga e‘tibor berish lizim.Bizga ma’lumki,arab dunyosida shevalar juda ko‘p dunyoga eng keng tarqalgan sheva bu Misr shevasi hisoblanadi.Misr shevasi har tomonlama qulay bo‘lib , aksar so‘zlar zamonaviy arab adabiy tilida uchraydi.

Hikoyalar so‘zlab berish ham arab tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Oldin o‘qigan, eshitilgan, hikoyalar, ertaklarni mazmunini kengroq yoritish ijodiy fikrlashni oshiradi va gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda yordam beradi. Hikoyalar so‘zlab berish orqali so‘zlovchi nutqini rejalashtirishni o‘zlashtiradi ya'ni kirish, asosiy qism va xulosa.



الأمير والبازلاء

ذات مرة كان هناك أمير وأراد أميرة. ولكن يجب أن تكون أميرة حقيقية. سافر الأمير حول العالم للعثور على الملكة ، لكنه كان دائمًا في مشكلة. كان هناك العديد من الأميرات ، لكن الأمير واجه صعوبة في معرفة ما إذا كانت أميرات حقيقيات أم مزيفات. وأخيرًا عاد برينس إلى منزله واستاء لأنه لم يجد أميرة حقيقية. ذات ليلة كانت هناك عاصفة رهيبة ، عاصفة رعدية ، أمطرت ، كانت ليلة مروعة حقا. في وسط العاصفة ، طرق شخص ما بوابة المدينة وذهب الملك القديم نفسه لفتحها. كانت أميرة تقف في الخارج ، لكنها كانت في حالة رهيبة أثناء المطر والعاصفة. تدفقت المياه من شعره وملابسه. كانت ملابسها مبللة في المطر ، لكنها قالت إنها أميرة حقيقية. حسنا ، سنرى قريبا ، هل هذا صحيح ، فكرت الأميرة العجوز ، لكنها لم تقل شيئا. دخل إلى غرفة النوم ، خلع كل ثيابه ، ووضع حبة على سريره: ثم أخذ عشرون سريرًا ، ووضعهم على حبة البازلاء ، ثم وضع عشرين سريرًا من الريش فوق الفراش. كان المكان الذي كان على الأميرة أن تنام فيه في ذلك اليوم. في الصباح سئل كيف ينام. يا سيئة للغاية! قالت الأميرة. بالكاد استطعت أن أغمض عيني طوال الليل! شعرت بأنني كنت مستلقية على شيء صعب ، وجسدي كله آلم هذا الصباح. هذا فظيع! عندما شعروا بالبازلاء من الأسرة العشرين ، أدركوا على الفور أنها يجب أن تكون أميرة حقيقية. لا يمكن لأحد أن يكون لديه بشرة حساسة مثل أميرة حقيقية. لذا تزوجها الأمير ، لأنه كان متأكدًا من أنه تم العثور على الأميرة الحقيقية الآن ، وتم وضع البازلاء في متحف ، حيث لم يسرقها أحد ، ويمكن رؤيتها.
ظلم

لقد رأيت هذا السباق المثير على شاشة التلفزيون قبل ثلاثين عامًا.في ذلك الوقت كان هناك سباق كبير لخيول البلاد في منطقة كراسنودار. كان ميدان سباق الخيل المهيب المهيب مليئًا بالعويل المزعج للأرامل المختلفة وهتافات الآلاف من المتفرجين.أخيرا ، اصطف الدراجون الخيول إلى الخط الأمامي ، وسرعان ما أطلق مسدس البداية. متعطش للفوز ، فك الدراجون البطانيات. وبينما كان ينظر إلى الآفاق ، ظهر غبار خفيف خلف المخلوقات التي تكافح على أقدامها.فجأة ، سقط أحد الدراجين. وتوقفت بطانيته أيضًا ، واستدارت ، واستنشق صاحبها ، وتنهد بخفة. ولكن ، كما توقع الوحش ، لم يقفز الفارس ويقفز إلى السرج ، ولكنه يعرج إلى الحافة. فوجئت الأرملة بإلقاء نظرة على أحد الخيول الرائدة ، وهو متسابق مخلص ، ثم طار بدون تردد مثل السهم بعد القطيع. وهتف له الحشد وصفق لهم في انسجام تام. من المدهش أن الحيوان سرعان ما وصل إلى القطيع. عندها فقط ذكر المعلق أن لقب الحصان كان "Gir-kok". أعني ، إنه زرافة ، أعتقد أنه حصاننا. ولكن على الرغم من ارتباطي ، لم يذكر المعلق الجمهورية التي ينتمي إليها.قبل كل شيء ، تفوقت جيركوك على أعاصير جمهوريات البلطيق. من المعروف أن الخيول في هذه البلدان ، بشكل عام ، في أوروبا ، تفضل القفز فوق العقبات بدلاً من السباق. فقط الخيول التي نشأت في الصحراء والصحاري يمكنها الفوز بهذه السباقات. هذا هو السبب في فوز الخيول التركمانية والعربية دائمًا في السباقات العالمية.عندما بدأت الخيول الشهيرة بالتخلف وراء بعضها البعض ، وصفق مضمار السباق له بصوت واحد ، "جير كوك" ، "جير كوك" ، أعلن المعلق أنه كان حصانًا أسود. قصف قلبي. بدأت أتمنى له التوفيق من الله.كان الزنبق لا يزال يجري في نفس الاتجاه ، ويواجه الشمس ، وتمتد أجسادهم وتتشبث بالأرض ، مثل الصقور التي تطير على ارتفاع منخفض. أوه ، لقد كانت ممتعة ومثيرة ، كل ذلك! ترك "كيركوك" الحصان الروسي وراءه ووصل إلى جواد كازاخستان و القوقاز. منذ فترة طويلة ، كانت هناك خيول تركمانية ذات رقاب وأرجل رفيعة ، تشبه الخيول العربية الشهيرة. مع اقتراب خط النهاية ، بدأ الفرسان في هز البطانيات.كانوا لا يزالون يحدقون في الشمس ، يطيرون بعيدًا. وصفق آلاف المتفرجين وتمنى له حظاً طيباً.وصل البطل إلى خط النهاية مع التركمان أخال تيك. لكن القضاة لم يأخذوا في الاعتبار انتصار الحيوان. اشتكوا من أنه وصل إلى خط النهاية بدون متسابق. هاجر الآلاف من المتفرجين في حالة من الاستياء

Gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda rasmlardan ham foydalanish mumkin. Mazmunan ketma -ketlikda joylashtirilgan rasmlar asosida hikoya, ertak yoki biror vaziyatni tasvirlab berish vositasi bajarilishi kerak. Rasmlarga umumiy qilib mavzu tanlab olinib, ular asosida lug‘at tuziladi. Bu orqali rasmlarni tasvirlash osonlashadi. Ushbu usulda bir necha grammatik strukturalar berish orqali grammatikasi ham takrorlab o‘tish imkoniyati mavjud.

Arab tilida asosan ergash gapli qo‘shma gaplardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Fe’llardan ikkilangan, ajvaf, noqis kabi turlarining tuslangan holatidan foydalaniladi. Guruh bilan rasm asosida ishlanganda a’zolarini ikki jamoaga bo'lib ,har biriga bir donadan rasm berilib tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt beriladi. So‘ngra jamoa a'zolaridan biri fikrlarni umumlashtirgan holda rasmni tasvirlaydi.

Interviyu olib borish ham gapirish ko‘nikmasini oshirishda yordam beradi. Bunda talabalar tanlagan mavzularni bo‘yicha interviyular olishadi[28]. Mavzu o‘qituvchi tomonidan berilib, savollari mustaqil ravishda talabalarning o‘zlari tomonidan tuziladi. Interviyular guruh bilan, imkon topilsa arab tili ona tili bo'lgan kishilar bilan amalga oshiriladi. Interviyulardan so‘ng har bir talaba tomonidan interviyu taqdimoti berilishi lozim. Interviyulardan quyidagicha savollardan foydalanish mumkin:

هل تروح عن نفسك أحيانا؟ كيف؟

هل القراءة نوع من أنواع الروح؟

هل الترويح مفيد؟

متى يكره الترويح غير مفيد؟

أين تفرويح؟ في البيت أن جارح البيت؟

ما افضل هواية تمارسها على شاطئ البحر؟

أين تعد الطعام؟ في بينيك أو في المجيم

هل تفضل القراءة في وقت الفراغ؟



XULOSA

Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, til doimo rivojlanib boradi. U rivojlanishdan to‘xtamaydi. Til doim boshqa tillar bilan aloqada bo‘ladi va bu jarayonda u rivojlanishda davom etadi. Qolaversa, tilning boshqa bir til doirasida uning qonuniyatlari asosida qiyosiy o‘rganish bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish va tadqiq etishdagi muhim omil sifatida xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edilar:

“Ilgari o‘zbek adabiyotining namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan uchinchi til, ya’ni rus tili orqali amalga oshirilar edi. Bu borada qilingan katta ishlarni munosib baholagan holda, endilikda adabiyotimizning eng yetuk asarlarini bevosita ona tilimizdan g‘arb va sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz zarur. Buning uchun xorijiy tillarni, adabiyot va badiiy tarjima san’atining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari bizda mavjud.” [3,231]

Ushbu ilmiy ishimizdan shuni xulosa qilib aytamizki, arab tili grammatikasi juda mukammal tuzilgan bo‘lib, unda so‘zlarning tuzulishi morfologik va sintaktik jihatdan o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Ushbu ilmiy ishimizda biz arab va o‘zbek tillari morfologiyasining fe’l so‘z turkumining zamon turlari o‘tgan zamon shakli, hozirgi kelasi zamon shakli, va buyruq mayli shakllarini ko‘rib o‘tdik, bunda bizga ma’lum bo‘ldiki, arab tilida fe’l so‘z turkumining ahamiyati juda katta ekan.

Biz ushbu ilmiy ishimizda arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish usullarini bayon etishga imkon qadar harakat qildik. Tadqiqotimiz davomida biz arab shevalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tafovutlarini va qo‘llanish usullarini yoritib, arab tilini o‘rganuvchilar uchun erkin muloqotga kirishish uchun samarali usullarini ochib berishga harakat qildik.

Ilmiy ishimizni yoritish davomida biz ayniqsa birinchi bobning birinchi bo‘limida arab shevalari va ularning arab adabiy tilining yuzaga kelishida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berishga intildik. I bobning uchinchi qismida esa arab shevalarining zamonaviy arab adabiy tilidan farqli tomonlarini katta ekanligini guvohi bo‘ldik. Ikkinchi bobda esa arab tilida gapirish ko‘nikmasini oshirishda grammatika va fonetikaning o‘rni hamda so‘zlashish ko‘nikmasini oshiruvchi samarali usullarni misollar asosida yoritib berdik. Shuningdek,ilmiy ishimizda arab tilida muhim o‘rin tutuvchi fe’l so‘z turkumiga ham to‘xtalib o‘tdik.

Аrаb tilida fe’llarning zamon kategoriyalariga birlashish sistemasi muhim o‘rin tutadi. Bu mavzu fe’l so‘z turkumi, fe’l zamonlari, fellarning birlashish sistemasi, gapdagi o‘rni, qo‘llanilish darajasi, fe’l zamonlarining yasalishi haqida tanishtirib o‘tadi. Hozirgi zamon аrаb tili gramatikasida xususan fe’l zamonlarining yasalishining turlari juda ko‘p. Ularning qo‘llanishining o‘z o‘rni bor. Ularning ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lsada, ular baribir tubdan farq qiladi. Tildagi grammatik ko‘rsatkichlar, xususan so‘z turkumlari, ma’no va vazifalarini alohida-alohida an’anaviy hamda zamonaviy tilshunoslik tomonidan qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tarzda tadqiq etilganligini bilib oldik.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaroridan kelib chiqib, mamlakatda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunini. Hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20 -apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizasiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini hisobga olib, chet tillarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarga keng e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek:

“Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugungi zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” [1,65].

Ilmiy ishimizning dolzarbligini shunda ko‘rishimiz mumkinki, uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi, uning yuksak madaniyati, qadriyatlari, boy ilmiy merosi butun jahonning diqqat - e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan va kelmoqda. Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Muhammad al-Xorazmiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Al Farg‘oniy kabi buyuk ajdodlarimizning nomlari va ular yaratgan asarlari mashhur bo‘lib, ularning ijodlari jahon madaniyati xazinasiga qo‘shilgan bebaho boylik bo‘lib hisoblanadi. Ammo shu allomalar yaratgan ilmiy asarlar, yozma yodgorliklarning aksariyati to‘laligicha o‘rganilgan emas. Bu esa arab tilini biluvchi yetuk kadrlar tayyorlsh masalasi oldimizda turgan eng dolzarb hal etilishi zarur bo‘lgan masala ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib shuni alohida ta`kidlab aytishimiz mumkinki arab tili dunyo tillari ichida o`zining alohida o`ziga xos zususiyatlari bilan ajralib turadigan arab tili bugungi kunga kelib bir qancha yutuqlarga erishganligi va shu bilan bir vaqtda bir qancha muammolarga duch kelganligini e`tirof etish lozimdir. Chunki bu muammolarni hal etmasdan turib bu tilning kelajagi haqida biroz xavotirli fikrlar paydo bo`lishi o`rinlidir. Shunday ekan bu muammolardan asosiysi bu tildagi shevalarning haddan tashqari ommalashuvi va adabiy tilni arab xalqining ko`pchiligi bilmasligidir. Zamonaviy arab tili hozirda 22 ta arab davlatlarida «Davlat tili» maqomidadir. U ilm, fan, matbuot, badiiy adabiyotda, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy xabarlarda, ta’lim-tarbiya muassasalarida, radio, televideniye, barcha davlat hujjatlari olib borishda qo’llanadi. Zamonaviy adabiy arab tili har xil arab davlatlarida yashovchi arab xalqlari uchun umumiy bo’lib, ularning o’zaro munosabatlarida va yaqinlashish jarayonida muhim vositadir.

Bugungi kunga kelib har 50 kishidan biriga adabiy tilni o`rgatish kursi kabi amaliy ishlar olib borilayotganligi fikrimiz isbotidir. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki dunyoda biror tilda arab tili singari sheva va adabiy til o`rtasidagi qarama qarshilik yuqori emas. Arab shevalarini o`rganish xuddi yangi bir chet tilini o`rganishdek muammo bo`lib tiribdi. Ya`ni sheva adabiy tildan fonetik, leksik va morfologik jihatdan juda farq qilishi buni tasdiqlaydi. Arab shevalari bir vaqtning o`zida ko`paymoqda va adabiy tilning o`rnini egallashga harakat qilmoqda. Buni biz kundalik muomalada adabiy til juda kam ishlatilishi va shevalar asosiy o`rinda turishi bilan izohlashimiz mumkin. Agarda adabiy tilda gapirsangiz sizni tushunmasligi bu ular uchun oddiy hol hisoblanadi. Shu vaqtda ular sizga ammiycha gapir degan gapini eshitib qolsangiz siz ham ajablanib qolmang. Bunday holda ham siz shevalarning juda ommalashganligini ko`rishingiz mumkin.

Tadqiqot mavzusini atroflicha o`rganish davomida arab tili tarixi, arab davlatlarining iqtisodiy- siyosiy va ma`naviy madaniyatlari bilan tanishdik. Bu esa bizga tadqiqot mavzusining hatto arab davlatlarining ham dolzarb muammolaridan ekanligini guvohi bo`ldik. Har bir davlat taraqqiyot davri davomida bir qancha

muammolarga duch kelishi aniq. Lekin arablar shevalarga tarixiy jarayon davomida ham bir necha bor to`qnash kelganlar. Buni bir Ka`ba atrofidagi shoirlarning bahs munozaralaridan ham bilib olishimiz mumkin. Chunki ular bu bayramlarda va bahslarda boshqalarni yutib chiqib o`z obro`sini oshirish uchun bu usullardan yaxshigina foydalanganlar. Bu kabi misollarni yuzlab keltirishimiz mumkin. Eng asosiysi arab shevalari bir biridan yuqorida aytganimixdek bir biridan fonetik, leksik va morfologik jihatdan juda farq qiladi. Masalan, Misr shevasida Q va J va A`yn harflarini oddiy hamza kabi talaffuz etishi va buni Suriya yoki Yaman shevalarida boshqacha talaffuz qilinishi o`z navbatida bir qancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bunda eng muhimi bizlar shevalar orasidagi ba`zi farqlarni bilio olishimiz maqsadga movofiq bo`ladi.

Arab tilida so`zlashmoqchimisiz sizga eng asosiy kerak bo`ladigan ma`lumot bu shevalardir. Chunki hamma arablar ham adabiy tilni bilmasligi mumkin, lekin hammasi arab shevalarini bilishadi. Bu shevalarni va shevadagi so`zlarni ozgina bo`lsada bilish eng asosiy ishlardan biridir. Shuning uchun ham arablarning suhbatiga e`tibor beradigan bo`lsak ular o`zaro shevada suhbatlashishadi. Bu esa ular faqatgina bir birini tushunishiga va o`zgalarning bu suhbat mazmunini bilmasligini ozgina bo`lsada bilmaslikka sabab bo`ladi. Chunki shevada gaplashish bir qancha qulayliklar keltirib chiqaradi. Masalan, tez gapirish, nutqning ba`zi qonun qoidalarini chetlashish va faqatgina o`zaro tushunarli bo`lgan ba`zi so`zlardan foydalanish kabi qulayliklarga ega. Shevalar tarixi arablar tarixi bilan chambarchas bog`lanib ketganki ularni o`zaro alohida holda tasavvur qilib bo`lmaydi.

Arabiston yarim oroli va bu orolda joylashgan arab davlatlariga e`tibor bersak ham shevalarning bir biridan farq qilishini bilib olamiz. Chunki ularning geografik joylashuvi va boshqa arab bo`lamagan davlatlar bilan qo`shni bo`lganligi ulardagi so`zlarning arab davlatlarida ham ishlatilishi bunga asosiy sabablardan biri desak yangilishmaymiz. Buni yuqorida keltirgan arab shevalarining geografik joylashuvi nomli materialdan ham bilib olishimiz mumkin.

Arab shevalari ishlatilishiga ko`ra barcha davr so`zlari saqlanib qolganligi bilan ahamiyatlidir, masalan, qadimgi klassik, o`rta davr va zamonaviy arab tillaridagi so`zlar bir vaqtning o`zida ishlatilishini uchratishimiz mumkin. Buni ham yuqorida keltirgan materiallardan ham bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari arab adabiy tili va arab shevalari o`rtasidagi so`zlarning yozilishi harflarning talaffuzi akustikasi transkripsiyasi haqidagi ma`lumotlarni ham bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari bu tildagi bir qancha dolzarb muammolardan ham xabardor bo`lib buni ijobiy hal etishga intilishimiz har bir shu tilning mutaxassisi uchun lozimdir. Yana shuni aytish mumkinki sheva va adabiy tilning o`zaro bog`liqligini unutmagan holda shevadagi so`zlarni bilib olishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki shevalar biz uchun xuddi arab tiliga yaqin bo`lgan boshqa bir chet tilidek bo`lib qolgan. Bu kabi muammolarning amaliy yechimi esa faqatgina bizlarning ilmiy ishlar qilishimiz va izlanishlarimiz natijasida yechilishi mumkin.



Arab tilining hozirgi kundagi bir qancha muammolarga duch kelishi ham tarixiy jarayon natijasi hisoblanadi. Har bir so`zning ishlatilishi tarixiy faktlar asosida yuzaga kelgan. Masalan, Fransuz, Ingliz va Turklarning arab davlatlarini bosib olishi ularni mustamlaka qilib olishlari natijasida so`zlarning o`zlashishi va shevalarning va adabiy tilning boyishiga olib kelgan. Bugunki kunga kelib esa axborot zamonining tezlashuvi natijasida ham yangi so`zlar o`zlashmoqda. Bu ham adabiy til va shevaga o`z ta`sirini ko`rsatmay qo`ymaydi.Har bir tilni o`rganayotgan kishi o`sha tilning qaysidir qismini atroflicha o`rganishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bu tilning qay darajada ahamiytli yoki uning tuzilishi haqida kengroq fikr va mulohaza bildirishda yoki uni anglashga yordam beradi. Til xalq ruhiy olamining o`ziga xos xira tortmas ko`zgusidir14. Til xalqning azaliy va badiiy ruhini, ichki dunyosini, tafakkur tarziyu milliy tabiatini, yashash tarziyu ming yillik an`anlarini, bir so`z bilan aytganda, xalqning botiniy va zohiriy borlig`ini aks ettiradi. Shularni e`tiborga olgan holda bu mavzu ham o`ta dolzarb mavzulardan biri desak mubolag`a bo`lmaydi.Mustaqil O’zbekiston hozirgi kunda arab davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatmoqda. Arab tlini yaxshi o’zlashtirib, bemalol gaplasha oladigan arab tilida puxta tarjima qilib, ilmiy tadqiqotlar olib boradigan mutaxassislarga talab katta. Shu bois respublikamizda arab tilini o’rganishga ahamiyat berilib kelmoqda ekan, butun dunyoda arab tili jahon tili sifatida mavqei oshganligini, ko’p davlatlarda uni o’rganilayotganligini hisobga olib, nazarda tutishimiz kerak. Jahondagi 15 yirik tilning bittasi arab tilidir. Adabiy arab tili bilan bir qatorda har bir arab davlati o’z shevasiga ega. Hozirgi arab shevalari bir tomondan zamonaviy arab adabiy tilidan, ikkinchi tomondan bir-biridan talaffuz, lug’at va nahv jihatida sezilarli darajada farq qiladi. Hatto bir shevada gapiruvchi ikkinchi shevada so’zlovchini tushunmasligi mumkin. Arab mamlakatlarida lahjalar faqatgina og’zaki nutqda foydalanilmasdan, balki radio eshittirishda, teatr, kino va adabiyotda o’z o’rnini topmoqda. Ayniqsa, misr adabiyotida salmoqli o’rin tutgan she’riy asarlar yaratilgan. Adabiy asarlardagi so’zlashuv-dialog ko’pincha lahjalarda yoziladi. Ba’zi bir yozuvchilar o’z asarlarini ham adabiy tilda, ham lahjada yozadilar. Masalan, mashhur yozuvchii Mahmud Taymur birinchi bo’lib ikki tilda yozish uslubini qo’llagan. Arab tilshunosligiga e`tibor bersak ko`pgina so`zlarning shevada turlicha ishlatilishini uchratamiz. Sheva undagi o`zgarishlar barcha barchasi arab tilida o`zgacha ko`rinishga egaligi bilan ahamiyatlidir. Har bir o`rganuvchi shevalarga e`tiborli bo`lsishi maqsadga muvofiqdir. Ilmiy ishimizning ahamiyatini esa bu mavzuning o‘ziga xos xarakterlari muammosini yoritishdagi qiyinchiliklarda deb bilish mumkin. Chunki arab tilining fe’ldagi turli qonuniyatlar va shakldoshlikni anglab yetmay bu tilning asosini tushunib bo‘lmaydi. Ilmiy ishimiz esa bu muammolarni hal etishda o‘ylaymizki, anchayin foydali manba bo‘la oladi. Ma’lumki, arab tili boshqa tillardan farqli o‘laroq, o‘zining jozibasi, so‘z ifodasining o‘ta aniqliligi bilan ajralib turadi. Fe’l so‘z turkumi barcha tillarda anglatgan ma’nosi bir xildir, lekin shakl jihatidan farq qilinishi aniq. Ushbu bitiruv malakaviy ishimda men arab tilida fe’llarga zamin bo‘luvchi birinchi bob fe’li, uning shakllari, qismlari, ma’no xususiyatlari va matnlarda kelganda tarjima xususiyatlari haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Xulosa o‘rnida yana shuni aytish mumkinki, ushbu ilmiy ishimizni fe’lning zamon shakklarini yoritilganlik jihatidan shu mavzuni o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma sifatida ishlatish va dars jarayonlarida shu mavzuni yoritishda foydalanish mumkin bo‘lgan adabiyot sifatida qo‘llash mumkin.


ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016, 65-bet

2. Mirziyoyev Sh.M . Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017,103-175-bet

3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O‘zbekiston, 2011,176-bet

4.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 108-bet

5. Ahmadov A. Arab tili sarf fanidan darslik.Toshkent,2012,32-74-195-bet

6. Begmatova B.Arab tili darsligi .-Toshkent, 2003, 184-254-bet

7. Hasanov M.Arab tili darsligi o‘quv qo‘llanma . Toshkent, 2008, 198-200-203-betlar

8. Hikmatov A. Arab tili sarf darsligi. Toshkent, 2007, 25-203-bet

9. Ibrohimov N,Yusupov M. Arab tili grammatikasi.-Toshkent,1997,12-24-49-85--92-100-143-165-bet 10. Nurmonov A .O‘zbek tilshunosligi tarixi.-Toshkent ,2002,54-76-93-bet

11. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (arab so‘zlari va ularning hosilalari bo‘yicha ),Toshkent ,2003,67-bet

12. Sapayev R,Avazmetov Sh.O‘zbek tilidagi forscha va arabcha so‘zlar.-Toshkent,O‘qituvchi,94-bet 13.Talabov E.Arab tili darsligi. Toshkent: O‘qituvchi,1993,46-79-95-bet

14.Usmonov A. Arab tili sarf muallimi. Toshkent, 2013 15.Xolidov B.Z.Arab tili darsligi. Toshkent; Fan, 2007, 35-bet

16. Баранов Х. Большой арабско-русский словарь: в 2-х т. Изд. 11-е, стер.

М.: Живой язык, 2006.432 с

17.Белкин.В.М. Арабская лексикология. М.: Изд-во Московского университета, 1975. 200 с

18.Гранде Б.М. Арабская грамматика в сравнительно-историческом освещении. Б.М.Гранде. – М.: ИВЛ, 1963.231-305 с

19.Данилов И.С, Рыжков В.И , Анисимов Г. Арабско-русский и русско-арабский словарь. М.: Военное издательство МО СССР, 1965. 704 с.

20.Рыбалкин В.С. Арабская лексикографическая традиция. Киев: Наукова думка, 990. 148 с

21. Сегаль В.С. Арабско-русский словарь сирийского диалекта. М.: Русский язык, 1978. 552 с.

22. ص 143 .2005 .رقم الطبعة: 2 .شرح غريب ألفاظ المدونة . الجبي

23. ص 96 .1982 .ما جاء على فعلت وأفعلت بمعنى واحد .أبو منصور الجواليقي موهوب بن أحمد بن محمد بن الخضر


INTERNET SAYTLAR:

24. http://library.ziyonet.uz/ru/book/33460

25. http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2659.0

26. https://archive.org/details/annaim-arabcha-ozbekcha-lugat

27. https://islom.uz/view/arab-adabii-tili-1-kitob

28. http://gadzhialieva.blogspot.com/p/blog-page62.html

29.https://cyberleninka.ru/article/n/leksikologiya-arabskogo-yazyka-teoriya

30. https://ru.b-ok.org/book/2548329/b6426b

31. https://arabez.ru/dialekt-arabskogo-jazika/

32. https://lektsia.com/1x5bc9.html

33. https://lektsia.com/1x5bc9.html

34. https://litmy.ru/knigi/guman_nauki/374146-arabskaja-leksikologija.html

35. https://lektsia.com/1x5bc0.html

36. https://learning.aljazeera.net/en/blogs/تعليم-العربية-للناطقين-بغيرها- 4



37. https://waqfeya.com/category.phpcid=100


Download 313 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling