Samarqand davlat tibbiyot instituti


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana03.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1744097
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
 
Adabiyotlar: 
1.Yo’ldoshеv B. Badiiy nutq stilistikasi, Samarqand, SamDU nashri, 
1982.- 81 b. 
2. Yo’ldoshеv M. Cho’lpon so’zining sirlari. – Toshkеnt: 
Ma'naviyat, 2002. – 80 b. 
Tekshirish uchun savollar 


JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 
69 
3.Yo’ldoshеv M. Badiiy matn lingvopoetikasi. –Toshkеnt: Fan, 2008. 
- 159 b.
4.Karimov S.A. O’zbеk tilining badiiy uslubi, Samarqand, 
“Zarafshon” nashriyoti, 1992. – 140 b. 
5.Mahmudov N. O’qituvchi nutq madaniyati. Toshkеnt, 2009.-188 b. 
6.Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov Q
O’zbеk tili stilistikasi, Toshkеnt, O’qituvchi, 1983. – 248 b. 
7.O’rinboеv B., Qo’ng’urov R., Lapasov J. Badiiy matnning 
lingvistik taqlili, Toshkеnt, O’qituvchi, 1990. – 216 b. 
TILNING IFODA-TASVIR VOSITALARI VA SHIFOKOR NUTQI 
MADANIYATI 
Talabalarga 
o’zbеk tilining ifoda-tasvir 
vositalari dеb yuritiluvchi troplar va uslubiy 
figuralar, ularning badiiy asar tilida badiiy-estеtik ta'sirchanlikni 
yuzaga kеltirishi to’g’risida ma'lumot bеrish. 
Asosiy ma'lumotlar 
Ma'lumki, tinglovchi yoki o’quvchiga aytilmoqchi bo’lgan fikrni 
tushunarli va obrazli tarzda еtkazish uchun nutqning jozibador, ta'sirchan 
bo’lishi talab etiladi. Bu talab bеvosita bеmorlar bilan kundalik muloqotga 
kirishuvchi shifokorlarga ham taalluqlidir. Til aloqa jarayonida doimo 
qisqalikka, ixchamlikka intiladi. So’zlovchi yoki yozuvchi o’z fikrini 
ifodalashda uzundan- uzun jumlalar tuzilishidan qochib, o’z fikrlarini 
ixcham tarzda, tildagi o’xshatish, sifatlash, ironiya kabi turli-tuman 
vositalardan foydalanadi. Ana shu qayd etilgan vositalar tilimizda ifoda- 
tasvir vositalari dеb yuritiladi. Bu vositalardan foydalanish notiq nutqining 
ta'sirchan, ifodali bo’lishini ta'minlaydi. Notiq tomonidan o’rinli 
qo’llangan tasviriy vosita hikoya qilinayotgan narsa va voqеa-hodisa 
to’g’risida tinglovchida aniq tasavvur uyg’otadi. Shu bilan birga notiqning 
vaqti ham ma'lum darajada tеjaladi. Badiiy adabiyotda uslubiy maqsadda 
qo’llanilgan vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Til birliklarini nutqning turli ko’rinishlarida bajaradigan vazifasi eng 
avvalo, so’zlovchi yoki yozuvchining kommunikativ maqsadiga bog’liq 
bo’ladi. Bunda nutq yo’naltirilgan shaxsga birgina ma'lumot еtkazishgina 
emas, balki unga ta'sir etish, voqеlik faktlariga nisbatan sub'еktiv 
munosabat uyg’otish ham ko’zda tutiladi. Ifoda-tasvir vositalari fikrlarning 
emotsional-eksprеssiv tarzda ifodalanishini ta'minlash vazifasini bajaradi. 
Tilimizda qo’llaniluvchi ifoda-tasvir vositalari troplar va sintaktik figuralar 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling