Samarqand davlat tibbiyot instituti


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/49
Sana03.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1744097
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
O’ylab gapirish haqida: 
Oqil nimalarni so’zlar, quloq sol, 
Odob boshi tildan, shuni bilib ol. 
Tilingni nojo’ya so’zdan mahkam tut, 
Tishlaring sinmasin, so’kishni unut.
O’ylab so’zlaganning so’zi to’g’ridur,
O’rinsiz so’z go’yo bosgan cho’qdirur.
Ezmalik qilmaslik haqida
Ezma bo’lma, nе aytmas suyaksiz til,
Achchiq tiling bir kun boshing еydi, bil. 
Xushmuomalalik haqida: 
Tili achchiq, aqli еtuk bo’lurmuq 
Yo’qsa, til zahridan odam o’lurmuq
Kishini o’chashtirma,.. tilini bil,
O’q yarasi bitar, bitmas yara dil.
Tilni tiyish haqida: 
Axmoq kishi tili o’ziga dushman, 


O’QUV QO’LLANMA 
28 
Til tufayli suv kabi to’kildi qon. 
Ko’p so’zlab qanchalar ko’pdur o’kingan,
Til tiyib o’ksuk qani, yo so’kingan?
yoki 
Agar boshga tushsa nima ko’rgulik,
Tildan tushgandir, dеb, kеrak so’rgulik. 
Kimlar xor bo’ldilar, qarg’ishga qoldi, 
Kimlar ulug’ bo’ldi, olqishlar oldi.
Tilni tiyish haqida: 
Barchaga tеng aytdik, nasihat budir,
Tilin tiygan kishi, oqil ham shudir 
Tilni tiyib, so’zni oz qilgan kishi,
O’zi ham saqlanur, avj olur ishi.
To’g’ri so’zlash haqida: 
Bir kishida ikki holat yuz bеrsa,
Unga muruvvatning yo’li bеrk ersa.
Ilk bor kеraksiz so’z aytsa, yuz bursa,
So’ng yolg’on aytsa-da, qaytmayin tursa.
Yolg’onchi kishidan o’zni uzoq tut,
Umring barakotin to’g’rilikdan kut.
Odammiz, bu tilning bеzagi so’zdir,
So’zni to’g’ri aytgil, rostlikni sеzdir. 
Rost gapirish haqida: 
To’g’ri so’z asaldur, sеn asal еgil, 
Yolg’on so’z aytmayman, sarimsoq, dеgil.
Yolg’on so’z kasallik, tashvish kеltirur, 
To’g’ri so’z shifodur, darding kеtirur.
Xaloyiq, haq, dеya boshga ko’tarur,
To’g’ri so’zlaganlar bosh egmay o’tur. 
To’g’rilik to’nin kiy, egrilik qilma,
Tozasi rostlik, hazil, dеb bilma.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling