Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti


Download 0.79 Mb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1105583
  1   2   3
Bog'liq
Blek bo\'yicha karies kovaklarini restavratsiya

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti


Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Bu tasnif bo‘yicha kariozning joylashgan o‘rniga asosan besh sinfga bo‘ladi.
Mavzu; Blek bo'yicha karies kovaklarini restavratsiya
qilishning klinik tamoyillari
Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Bu tasnif bo‘yicha kariozning joylashgan o‘rniga asosan besh sinfga bo‘ladi.
1-sinf karioz kovak molyar (katta oziq tish) premolyar (kichik oziq tish) hamda kurak tishlar tabiiy chuqurlarining va o‘yig‘ining zararlanishi.
2-sinf karioz kovak molyar (katta oziq tish), premolyar (kichik oziq tish) yondosh yuzalarining zararlanishi (o‘rta va chetki).
3-sinf karioz kovak kurak va kesuvchi tishlarning yondosh (o‘rta va chetki) yuzasining zararlanishi va qirralari zararlanmagan.
4-sinf karioz kurak va qoziq tishlarining yondosh yuzasi va uning kesuv qirrasi butunligining buzilishi bilan zararlanishi.
5-sinf karioz hamma sinfdagi tishlarning bo‘yin qismida joylanishi va zararlanishi.
4-sinf karioz kurak va qoziq tishlarining yondosh yuzasi va uning kesuv qirrasi butunligining buzilishi bilan zararlanishi.
5-sinf karioz hamma sinfdagi tishlarning bo‘yin qismida joylanishi va zararlanishi.
1-sinfdagi kovaklarning shakllantirish
Katta va kichik oziq tishlarning fissurasida joylashgan tish kovaklarini shakllantirish boshqa sinfdagi kovaklarni shakllantirishga nisbatan bir qancha qulay, negaki bu tishlar chaynov yuzasida va ekvatordan yuqorida joylashgan tabiiy fissurlarda ish olib boriladi. Tish kovaklari biri chaynov yuzasida, ikkinchisi ekvatordan yuqoridagi tabiiy fissurada joylashgan bo‘lsa, bular orasida mustaxkam to‘qima ko‘p bo‘lsa kovaklar alohida shakllantiriladi va alohida plombalanadi. Aksincha bu kovaklar orasidagi masofa juda yaqin bo‘lsa, bu kovaklar bitta umumiy shaklga aylantiriladi va plomba qo‘yiladi. Karioz kesuv tishlarining tabiiy chuqurligida joylashgan bo‘lsa shaklni tanglay tomonidan, ya’ni ko‘r teshik o‘rnida olib boriladi. Bunda pulpa bo‘shlig‘ini yaqin joylashganligini e’tiborga olish kerak. Shakl berishda silindirsimon yoki teskarisimon bor bilan ishlanadi. Shakllantirilayotgan paytda hosil bo‘lgan dentin qipiqlarini ekskavator bilan olib tashlanadi. Yuza va o‘rta karioz kovakka shakl berilganda kovakning tubi yassi, tekis bo‘ladi, chuqur karioz kovakda topografiyasiga qarab ish olib boriladi.
2-sinfda kovaklar kichik va katta oziq tishlarning kontakt yon yuzalarida joylashganligi va bu tishlarning bir-biriga yaqin joylashganligi uchun shakllantirish biroz qiyinroq bo‘ladi. Kontaktda kovakka milk tepa bo‘shlig‘i bilan yoki seperator bilan kengaytirib kiritiladi. Bu holatdan foydalanib bo‘lmasa, kontaktdagi yon kovakka kirib bo‘lmasa, yon kovakning chaynov yuzasiga kesib chiqariladi. Oldin karioz kovakning ustidan ingichka silindirsimon bor yoki g‘ildiraksimon, korborund golovka bilan kesib kiritiladi.
Chirigan to‘qimani sharsimon bor bilan olinadi. Fissur bor bilan kovakning og‘zi kengaytiriladi. Asosiy kovakni to‘rtburchak holatga keltiriladi. Plombani mustaxkam ushlab qolishi uchun asosiy kovak tomon orqali chaynov yuzasida qo‘shimcha maydoncha shakllantiriladi. Bu maydonchaning eng asosiy karioz kovak eniga mos kelishi, chuqurligi esa 1,5-2 mm bo‘lishi lozim.
Agar chaynov yuzasida kovaklar bo‘lsa, ularni qo‘shimcha maydoncha bilan birlashtiriladi va uzunligi fissuraga etkaziladi. Qo‘shimcha maydonchani teskari konussimon va fissur borlar bilan ishlab shakllantiriladi. Karioz tishning oldingi va orqa yuzalarida bir vaqtda zararlangan bo‘lsa, bitta umumiy qo‘shimcha maydoncha bilan shakllantiriladi. Jumladan, qo‘shni tish bo‘lmasa karioz kovakning tepa qismi chaynov yuzasiga etmagan bo‘lsa, bu holatda karioz kovakning chaynov yuzasiga chiqarilmasdan kontakt yuzasida kovakka yashiksimon shakl beriladi. Kichik va katta oziq tishlarda qo‘shimcha maydoncha ishlaganimizda chaynov do‘mboqchalari saqlanadi, shaklni to‘g‘ri zinasimon yoki qaldirg‘och dumisimon shakl beriladi. Bu shakl katta oziq tishlarning fissuralarini egallashi kerak. Bu qo‘shimcha shakl, asosiy shaklga nisbatan ikki marta tor bo‘lishi kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling