Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti
Download 0.79 Mb.
|
Blek bo\'yicha karies kovaklarini restavratsiya
3-sinf karioz kovak kurak va kesuvchi tishlarning yondosh (o‘rta va chetki) yuzasining zararlanishi va qirralari zararlanmagan holda rivojlanadi.
3-sinfning shakli, kovakka kirish va kovakning chuqurligiga, devorlarining zararlangan holatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu sinfda karioz kovak kurak va qoziq tishlarning, ya’ni xusn tishlarning kontakt yon yuzasida joylashgan bo‘ladi. Qo‘shni tishlarning oralig‘idan kirish mumkin bo‘lsa, kontakt yuzada uchburchaksimon shakl beriladi. Uchburchakning asosi shaklning tubida, qirrasi kesuv yuzasiga qaragan bo‘ladi. Ba’zi bir hollarda plombaning yaxshi turishi uchun til yuzasida qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi. Agar karioz kontakt va vestibulyar(tishning lunj va lab yuzasi) yuzasida joylashgan bo‘lsa, asosiy shakl va vestibulyar yuzada qo‘shimcha maydoncha beriladi. Agar karioz kovak medial va distal yuzalarida joylashgan bo‘lsa, shakllantirishga alohida-alohida ishlov beriladi, kerak bo‘lsa qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi. Qo‘shni tishlar oralig‘idagi milklar shishgan bo‘lsa, milk kesib tashlanadi yoki kuydiriladi. Shakl berishda husn nuqtayi nazardan, tish kovagining faqat emal qatlamidan iborat lab tomondagi devori garchi juda yupqalashib qolgan bo‘lsa ham saqlab qolish kerak, undagi pigmentlangan dentinni olib tashlash kerak xolos. Karioz kovakni shakllantirishda va qo‘shimcha maydoncha hosil qilishda kichik teskari konussimon va fissurali borlar yordamida ishlanadi. Tish karioz bo‘shlig‘idagi chirigan to‘qimani toza to‘qimagacha to‘la olib tashlash kerak, lekin ishlov vaqtida toza to‘qimani ortiqcha olib tashlash emal va dentin to‘qimasini oziqlanishi biroz buziladi. Natijada tish devori mo‘rt bo‘lib qoladi. Mana shu karioz kovagidagi chirigan to‘qimani sog‘lom tish to‘qimasigacha olib tashlash va geometrik shakl berilsa, mana shu shakl berilgan karioz bo‘shlig‘ida plomba yaxshi o‘rnashadi va uzoq vaqt turadi. Chirigan to‘qimalarni jarrohlik va kimyoviy usullar bilan olib tashlanadi. 1. Kovak quruq bo‘lishi kerak. Kovak yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Dentinni, chuqur kariyes va pulpani zararsizlantirishdan saqlab qolish kerak. Ba’zi bir bemorlarda og‘riqsizlantirish usuli ishlatiladi. 1. Mahalliy og‘riqsizlantirish shimdirish usuli bilan. Og‘riqsizlantirish suyuqligi. Agar mahalliy og‘riqsizlantirish natija bermasa ikkinchi usul ukol yordamida quyidagi dori eritmalari ishlatiladi. 2. Nerv tolalarini og‘riqsizlantirish usuli bilan quyidagi dorilar ishlatilinadi. Piromekain eritmasi 2% li Lidokain eritmasi 2% li. Piromekain eritmasi 2% li. Ksilokain eritmasi 1-2% li Novokain eritmasi 2% li. 3. Ignasiz og‘riqlantirish BI-8 "Pchelka" 4. Elektr og‘riqsizlantirish asbobi bilan. INAAN-3, Eloz-1. 5. Apupunktura (igna sanchish bilan) 6. Narkoz. Sombrevinni vena tomiriga yuborib davolash, zakis azot, ftorotan va boshqalar. Karioz kovakni charxlab ishlash bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. 1. Karioz kovakni ochish. Bu bosqichda osilib turgan emal olib tashlanadi. Bu bosqichni bajarish uchun fissir va sharsimon bor ishlatiladi. Chirigan va osilib qolgan emal sharsimon, u silindirsimon bor bilan kovak tubiga tushirib emal olib tashlanadi, natijada kovak ochiladi. 2. Kovak kengaytirish. Bu bosqichning maqsadi chirigan, rangi o‘zgargan dentin to‘qimasini olib tashlash. Ekskavator, sharsimon va teskari konussimon borlar yordamida bajariladi. Kovakni ochish paytida ko‘pincha biroz sog‘lom to‘qimani ham kesishga to‘g‘ri keladi, chunki karioz kovakda qulay bo‘shliq hosil bo‘lishi kerak, kovak yaxshi ko‘rinishi kerak va asboblar bilan yaxshi ishlanishi kerak. Frontal tishlar guruhida karioz kovaklarini ochish biroz boshqacha bo‘ladi, bu yerda xusn nuqtayi nazaridan tishning oldingi yuzasi, devori yupqa bo‘lsa ham qoldiriladi. 3. Nekroektomiya — bu uchinchi bosqich. Bu bosqichda hamma karioz bo‘shlig‘ida chirigan va yumshab qolgan dentin olib tashlanadi. Karioz tubida ishlaganda tasodifan tish pulpasini ochib qo‘yish mumkin. Bu holatni aniqlashda zond va ekskavator asboblari ishlatilinadi. Bunday hodisa bo‘lmasligi uchun biroz pigmentli dentin qoldiriladi. Karioz kovakdan chirigan to‘qimani ekskavator va sharsimon bor bilan olib tashlanadi. Karioz bo‘shlig‘ida chirigan to‘qimaniolayotganda borni to‘g‘ri ushlab ishlash katta ahamiyatga ega. Ba’zan chuqur karioz kovakka shakl berishda pigmentli yoki yumshoq dentin qoldiriladi. Karioz bo‘shlig‘idagi chuqur chirigni tozalashda bor mashinaning kichik harakatida ishlash kerak. Bunday holatda konussimon va silindirsimon borlar bilan ishlash mumkin emas, chunki pulpa zararlanishi mumkin. 4. Karioz kovakka shakl berish. Bu bosqichning maqsadi plombani yaxshi ushlaydigan shaklga keltirish va uni uzoq vaqt tutishga sharoit tug‘dirishdir. Kovakka shakl berishda, kovakka qo‘yilgan talablarga amal qilish kerak. a) karioz kovakda: 1-qirra, 2-devor, 3-tub, 4-burchaklar. Karioz kovakning qirrasi, odatda notekis bo‘ladi; ular bir-biriga yaqinlashib, karioz kovak og‘zini hosil qiladi va u doimo kovakning hajmidan kichik bo‘ladi. Shu sababli karioz kovakni to‘g‘ri kavlash va shakllantirish muxim ahamiyatga ega. . Eng kichik karioz kovakni ham karonkaning do‘mboq qiyaligiga, koronkaning bo‘rtiq yuzasiga qadar va hokazo sun’iy ravishda kengaytiriladi, ya’ni karioz kovakdan ko‘p sog‘ emal, dentin to‘qima kesib olib tashlanadi va shakl kengayadi, natijada shaklning yon devorlari yupqalashib pulpadan oziqlanishi yomonlashadi. Natijada yon devorlari sinadi va plomba tezda chiqib ketadi. Kesuvchi borlar yangi va o‘tkir bo‘lishi kerak, silkinib qimirlamasligi kerak. Tez aylanadigan borlar bilan vergulsimon harakatda to‘xtab-to‘xtab ishlash kerak. Keyingi asosiy masala o‘ng qo‘lda nakonechnikni va chap qo‘lda daxanni yoki kasalning tishini ushlab turgan holatda kavlanadi 4-sinfning 3-sinfdan farqi, burchak va kesuvchi qirra zararlangan bo‘ladi. Bunda asosiy vazifa kesuvchi qirrani tiklash kerak. Buning uchun asosiy kovak uchburchak shaklida shakllantiriladi, plombaning yaxshi turishi uchun til yuzasidan qaldirg‘och dum yoki klamerga o‘xshash qo‘shimcha maydoncha shakllantiriladi. Shakllantirilayotgan paytda pulpa shoxiga ehtiyot bo‘lish kerak, chunki til yuzasidan pulpa yaqin turadi. Asosiy va qo‘shimcha maydonchani teskari konussimon va fissurani borlar bilan, burchaksimon nakonechnik bilan ishlov beriladi. G‘ildiraksimon bor bilan asosiy va qo‘shimcha maydonchaning devorlarida chizqsimon fissuralar, retеnsion chuqurchalar hosil qilinadi. Bu esa plombaning mustahkam turishida katta ahamiyatga ega. 5-sinfdagi kovaklar hamma tishlarning lunj, lab, til, tanglay yuzalarining bo‘yin qismida joylashgan bo‘ladi. Bir-biriga yaqin joylashgan kovaklarni birlashtirib shakl berish tavsiya etiladi. Unga yarim oysimon yoki buyraksimon shakl beriladi. Milk oldi qirrasi yarimoysimon shaklda, pastki devori to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Kovakning tubini va devorini fissur va teskarisimon bor bilan shakllantiriladi, sababi pulpa yaqin. Plombaning tish bo‘yin qismida yaxshi turishi uchun g‘ildiraksimon bor bilan shakllangan kovakni devorida qo‘shimcha fissurlar, kesiklar hosil qilinadi va plomba joylanib uzoq turadi. Beshinchi sinfda kovakni shakllantirishda tubi bir muncha bo‘rtgan bo‘lishi kerak. Chuqur va tipik karioz kovaklarni shakllantirish, pulpa shtiftlari va ularning ahamiyati Tish koronkasi anchagina yemirilganda, kariyes sirkulyar holda joylashganda, boshqa hollarda karioz kovaklarni shakllantirishda umumiy qoidalardan biroz chetga chiqishga to‘g‘ri keladi. Molyarlarda va premolyarlarda koronka qismining ko‘pi emirilgan taqdirda yumshab qolgan dentinning hammasi sog‘lom dentingacha kesib olib tashlanadi. Qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi, to‘g‘ri burchak ostida tish kovagi tubi egatsimon qilinadi, devorida g‘ildiraksimon bor bilan kesiklar qilinadi. Tish pulpasi olib tashlangan bo‘lsa, u holda karioz kovakni shakllantirilayotganda tish kovagini (pulpa bo‘shlig‘ini) va ildiz kanallarini qo‘shib yuborish mumkin. Shtiflar bilan plombalanganda plombalash vaqti tez bo‘ladi va sifati yaxshi bo‘ladi. Kanalni sifatli plombalashda, kanalga loyiq shtift tanlash katta ahamiyatga ega. Shtiftni diametri, kanalni diametridan biroz kichkina bo‘lishi kerak. Shtiftni uzunligi kanalni uzunligi bilan barobar bo‘lishi kerak. Kanalni yuqori sifatli qilib plombalash uchun kanal suyuq fosfat sement bilan shtiftda biroz fosfat sement yoki sekin-asta qotuvchi pasta olib kanalga joylashtiriladi va shtofer yordamida tishni apeksigacha oboriladi. Tish kovagi va kanalga kiritilgan metall shtiftlar koronka kovagini tiklab plombani mustahkam ushlashga yordam beradi. Pulpa xastaligida pulpa to‘qimasiga parallel holda dentin to‘qimasini kavlab, o‘yimi bor vintsimon shtiftlar o‘rnatiladi. Bunday shtiftlarga parapulpar shtiftlari deyiladi. Sirkulyar kariyes bilan ko‘pincha frontal gruppadagi tishlarning tish bo‘yin soxasi zararlanadi. Bunday kovaklarni shakllantirish hamda plombalash ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday holda kovaklarni oz-ozdan, sharsimon bor bilan uzib-uzib harakat qilib ishlash mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling