Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
A.B. PARDAYEV, S.A. QURBONOV 
HOZIRGI OʻZBEK
TILI
 
 
Oliy oʻquv yurtlarining sirtqi ta‘lim talabalari uchun
Samarqand – 2021



UDK 494.3 
BBK 81.2.Uz 
Pardayev A.B., Qurbonov S.A. Hozirgi oʻzbek tili. Oʻquv qoʻllanma.
Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. – 304 b. 
Ushbu qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining filologiya yoʻnalishi sirtqi ta‘lim 
talabalari, oʻqituvchilar va soha bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun 
moʻljallangan boʻlib, mavzular izchil tarzda sodda uslubda bayon qilingan va til 
haqidagi amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga asosiy e‘tibor qaratilgan. 
Mas‟ul muharrir: 
filologiya fanlari doktori, professor 
S.A. Karimov 
Taqrizchilar: 
filologiya fanlari doktori
X.Z. Xayrullayev 
filologiya fanlari doktori 
D.B. Oʻrinboyeva 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021-
yil 30 noyabrdagi 5-bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-6672-6-6 
 
© A.B.Pardayev, S.A.Qurbonov, 2021 
© Samarqand davlat universiteti, 2021 



SOʻZBOSHI
 
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz ta‘lim tizimida katta islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, til ta‘limida ham oʻzgarishlar, yangilanishlar jarayoni 
kechyapti, dunyoning ilgʻor ta‘lim usullari asosidagi milliy til ta‘limini ishlab 
chiqishga harakatlar davom etmoqda va bu borada bir qator muhim ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Talabalarga va, umuman, oʻrganuvchilarga til bilimlarini sodda va tushunarli 
tarzda bayon qilish; ularda tildan toʻgʻri, oʻrinli foydalanish, fikrni aniq ifodalash 
koʻnikmalarini, nutq madaniyatini shakllantirish bugungi til ta‘limi oldida turgan 
asosiy maqsad va vazifalar boʻlmogʻi lozim. Bu borada keyingi yillarda samarali 
ishlar qilinayotganligini, til oʻqitish metodlari oʻzgarayotganligini amalda 
koʻrmoqdamiz. 
E‘tiboringizga taqdim etilayotgan ushbu qoʻllanma ham ana shunday ishlarning 
uzviy davomi oʻlaroq maydonga keldi. Mazkur toʻplam, avvalo, oliy oʻquv 
yurtlarining filologiya yoʻnalishi sirtqi ta‘lim talabalari, oʻqituvchilar va, umuman, 
sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Qoʻllanmada Hozirgi 
oʻzbek tiliga oid nazariy ma‘lumotlar umumlashtirilgan va mualliflar tomonidan 
barcha mavzular sodda tilda tushuntirilib, keng va batafsil bayon qilingan. 
Mazkur qoʻllanmaning eng muhim jihatlaridan biri asosiy e‘tibor talabada 
fanga oid nazariy ma‘lumotlarni shakllantirib, uni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini 
rivojlantirishga qaratilganidir. Bu esa til bilimlaridan amalda foydalanish malakasini 
shakllantirish va mustahkamlashda muhim amaliy ahamiyatga ega. Qoʻllanmada 
nazariy ma‘lumotlarni sodda tarzda bayon qilish, oʻz navbatida talabalarning oson 
tushunishi va xotirasida mustahkam saqlab qolishi uchun turli xil jadvallardan keng 
foydalanilgan.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling