Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
3. Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari
samaradorligini baholash Korxonada mavjud ish joylarida sanitar-gigiyenik holatlarni baholash sanitar-gigiyenik normalardan chetlanishlar mavjud bо‘lgan vaqtlarda о‘tkazilishi mumkin. Absolyut chetlanishlar katta diapazonlarda о‘zgarishlari mumkinligining sababini ularni 3 zonaga bо‘lib о‘rganish tavsiya etiladi: (ishlash) qulay, qoniqarsiz (noqulay), yо‘l qо‘yib bо‘lmaydigan. Qulay zonaga tegishli kо‘pchilik kо‘rsatkichlarni aniqlagan holda sanitar-gigiyenik holat haqida tasavvurga ega bо‘lish mumkin. Bunda, asosan quyidagilar hisobga olinadi: yorug‘lik, zararli moddalar, gazlar, ayerozollar, mikroiqlim, ya’ni havo harorati, namlik, havo harakati tezligi, mexanik silkinishlar, ya’ni vibrastiya, shovqin, nurlanish, atmosfera bosimi kabi kо‘rsatkichlar. Sanitar-gigiyenik holatni baholashda quyidagi kо‘rsat-kichlardan foydalaniladi: 1. Mehnat sharoitiga kо‘ra qulay zonaga tegishli bо‘lgan ish joylari hajmini belgilovchi (Kij) koeffitsiyent quyidagi formula orqali aniqlanadi: Kij = M+ : MU (16.4.) bu yerda Mk – qulay ish sharoitiga ega bо‘lgan ish joylari miqdori; MU – umumiy ish joylari miqdori. 2. Mavjud ish joylarida norma chegaralaridan pastki tomonga chekinishlarga ega bо‘lgan ishlash sharoitlarining sanitar-gigiyenik kо‘rsatkichlari hajmi (Ks) koeffitsiyenti. 3. Korxona bо‘yicha sanitar-gigiyenik normalarga mos kelmaydigan holatlarda ishlaydigan ishchilar hajmi (Kin) koeffitsiyenti quyidagi formula orqali topiladi: 183 Kin = Ir.n : IU (16.5.) bu yerda Ir.n – sanitar-gigiyenik normalarga mos kelmayligan holatlarda ishlaydigan ishchilar miqdori; Iu – umumiy ishchilar miqdori. 4. Korxonada ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sanitar- gigiyenik sharoitdagi mehnat bilan band ishchilarga qо‘shimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda ishlatilish koeffitsiyenti (Kp). Kp=T : (T+P) (16.6.) bu yerda T – umumiy ishlagan vaqt, P – ish kunining qisqartirilishi va qо‘shimcha dam olish kunlari berilishi sababli ishlatiladigan vaqt. Yuqorida kо‘rib о‘tilgan kо‘rsatkichlar bо‘yicha kichik bо‘limlar, ishlab chiqarish korpuslari va shu kabilarda sanitar- gigiyenik holat bо‘yicha ma’lum tahlillar о‘tkazilishi mumkin. Bu turdagi tahlillar bizga qayerda va qanday noqulay yoki yо‘l qо‘yib bо‘lmaydigan sanitar-gigiyenik holat mavjudligini, u erda band ishchilar miqdori, ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sharoitdagi mehnat bilan band ishchilarga qо‘shimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda ishlatilish koeffitsiyenti hajmini aniqlash imkonini beradi. Korxonada mehnat sharoitlarini umumiy holda baholash juda mushkul. Lekin baribir mehnat sharoitlarini baholashda asosiy kо‘rsatkich bо‘lib yalpi ish vaqti jamg‘armasi hisoblanadi, chunki bu yerda nafaqat sanitar-gigiyenik elementlar hisobga olinadi. Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini baholash jarayonida mehnat sharoiti holatining о‘zgarishi va shuningdek, о‘tkazilgan tadbirlarning iqtisodiy-ijtimoiy natijalari tahlil qilinadi. Ish joylarida mehnat sharoiti holatining о‘zgarishi tо‘g‘risida quyidagi asosiy kо‘rsatkichlarni kuzatish mumkin: havo tarkibidagi zaharli moddalarning kamayishi, yorug‘lik va mikroiqlimning yaxshilanishi, nurlanishning pasayishi va boshqalar. 184 Korxonalarda sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash borasidagi ishlarning ijtimoiy natijalari quyidagi kо‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: - normal mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchilar sonining oshishi; - kasbiy nosozliklar va noqulayliklarning pasayishi; - mehnatning noqulay sharoitlari bilan bog‘liq bо‘lgan kadrlar harakati va korxona ichki migrastiyasi darajasining pasayishi. Iqtisodiy natijalar esa iqtisodiy samaradorlik darajasi bilan hisoblanadi. Bu korxonada sanitar-gigiyenik holati yaxshilangan ishchilarga oldindan tо‘lanadigan kompensatsiya va qо‘shimcha tо‘lovlar miqdorining kamayishi bilan izohlanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling