Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-MAVZU: MEHNAT SHAROITLARI AUDITI Reja
- 1. Kasalliklar va travmatizm oqibatlarida ish vaqti yо‘qotishlarini aniqlash
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Ish haqi jamg‘armasi auditining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasining shakllanish tamoyillarini tasniflab bering? 3. Ish haqi jamg‘armasining shakllanish tartibi qaysi usullar bilan amalga oshiriladi? 4. Ish haqi jamg‘armasining mutlaq farqlanishi qanday aniqlanadi? 5. Ish haqi jamg‘armasining nisbiy farqlanishini qanday topiladi? 6. Nima sabablarga kо‘ra asosiy ish haqi о‘zgaradi? 7. Ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlarni tahlil qilish vazifalari nimalardan iborat? 8. Korxona kadrlari mehnatiga haq tо‘lash mablag‘larining о‘zgarishiga qanday omillar ta’sir kо‘rsatishi mumkin? 9. Ish haqining bir sо‘miga olinadigan sof foyda miqdorini aniqlang? 10. Ish haqi jamg‘armasidan foydalanish samaradorligi qanday tahlil etiladi? 11. Mehnat unumdorligini va о‘rtacha ish haqi о‘rtasidagi optimal nisbatni qanday ta’minlash mumkin? 178 13-MAVZU: MEHNAT SHAROITLARI AUDITI Reja: 1. Kasalliklar va travmatizm oqibatlarida ish vaqti yо‘qotish- larini aniqlash 2. Kadrlar qо‘nimsizligi va kadrlarning ichki harakati 3. Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samara- dorligini baholash 4. Jamoa psixologik muhiti va uning kadrlar turg‘unligiga ta’siri 1. Kasalliklar va travmatizm oqibatlarida ish vaqti yо‘qotishlarini aniqlash Ish vaqti yо‘qotishlarining kо‘pchiligini ishlab chiqarishdagi travmavtizm va kasb kasalliklari keltirib chiqaradi. Ular asosan noqulay mehnat sharoitlari va mehnatni noqulay tashkil qilish sababli yuzaga chiqadi. Umuman, sanoat korxonalarida tо‘liq ish kunlari yо‘qotishlarining 60-80% kasalligi tufayli ishga kelmaslikdan tashkil topadi. Korxona yillik ish vaqti jamg‘armasi yо‘qotishining 25% mehnat sharoitlarida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik tufayli vujudga keladi, mehnat sharoitlari yomon bо‘lganda bu kо‘rsatkich 5- 10% ni tashkil qiladi. Keltirilgan ma’lumotlar ish vaqtini tejashning zahirasi borligini va bunga erishish uchun korxonalarda kasallanishlar va travmatizmni kamaytirish kerakligini kо‘rsatadi. Ishchi va xizmatchilarning umumiy kasallanishlariga va ish vaqtini yо‘qotishlariga mehnat sharoitlarining ta’sirini, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik tо‘g‘risidagi statistik hisobot ma’lu-motno- malariga kо‘ra va davolash muassasalarida ishchi-xizmatchilarga kо‘rsatilgan tibbiy yordam materiallari yordamida aniqlanadi. Dastlab statistik hisobot shakli bо‘yicha barcha kasalliklar tufayli yо‘qotilgan ish kunlari aniqlanadi va 100 ishchiga nisbatan absolyut kо‘rsatkich topiladi. Kasalliklar miqdorining hisobot va о‘tgan yil kо‘rsatkichlariga nisbatan solishtirish kasallanishlarning kо‘payganlik yoki kamay- ganliklarini aniqlash imkonini beradi va bu kо‘rsatkich qо‘yidagi formula asosida aniqlanadi: 179 Pn = Kx x Kо‘ (16.1) bu yerda Pn – hisobot yilida о‘tgan yilga nisbatan kasallanishlarning о‘zgarishi; Kx va Kо‘ – hisobot va о‘tgan yildagi 100ta ishchiga tо‘g‘ri keladigan kasallanishlarning kalendar kunlari soni. Agar olingan о‘lchov 100dan oshsa (masalan, 126%) kasallanish 26% oshganligini, va aksincha, 100% dan kam bо‘lsa (masalan, 96%), kasallanish 4% kamayganligini bildiradi. Bunday tahlil ish vaqti zahiraini aniqlash imkonini beradi, lekin mehnat sharoitlari bilan bog‘liqligini aniqlamaydi. Bu bog‘liklikni topish uchun tsexlar yoki korxona bо‘yicha kо‘p takrorlangan kasallanishlarni tahlil qilish zarur. Buning uchun 100 kishiga tо‘g‘ri keladigan kо‘p takrorlangan kasallanishlar tufayli yо‘qotilgan ish kunlari korxona bо‘yicha topiladi va bu kо‘rsatkich viloyat yoki tumandagi boshqa shunga о‘xshash korxonalar kо‘rsatkichlari bilan solishitiriladi. Ishlab chiqarish travmatizmi va kasbiy kasallik kabilar kо‘pincha mehnat sharoitlarining yomonligi bilan bog‘liq bо‘ladi. Korxona yoki stexlar bо‘yicha travmatizm tufayli ish vaqti yо‘qotishlarini aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydala- niladi: - travmatizm tufayli mehnatga layoqatsizlik kunlari (№7-t shakldagi statistik hisobot va korxonaning №N-1 dalolatnomasi); - shikastlangan shaxsni qutqarish va unga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish va transportirovka uchun ketadigan vaqt (masterning xizmat yozuvlari); - ishlab chiqarishda baxtsizlik sodir bо‘lgan kunda, smenada shikastlangan ishchining ishlamagan ish vaqti (tsex tabeli); - shikastlangan shaxsni kasalxona yoki uyiga borib kо‘rish uchun ketgan vaqt (masterning xizmat yozuvi); - sanator-kurort davolanish uchun ketgan vaqt (tibbiyot punktidagi mehnatga layoqatsizlikni hisobga olish shaxsiy kartasi yoki buxgalteriyaga topshirilgan kasallik varaqasi). Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlarini baholashda mikrotravmatizmni ham hisobga olish zarur, chunki u umumdavlat hisoblarida hisobga olinmaydi va ish vaqti yо‘qotishlarining berkitishga sabab bо‘ladi. Mikrotravmatizm oqibatida ish kunining 1 sutkadan kam bо‘lmagan vaqtida mehnatga 180 layoqatsizlikka kiradi. Kо‘pincha jarohatlangan ishchilar tibbiyot punktiga boradi va ish vaqti tugamasdan uyiga ketadi, bu esa о‘z navbatida ish vaqtining yо‘qotishlariga sabab bо‘ladi. Mikrotravmatizmni tahlil qilish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bо‘ladi: - zararli va og‘ir mehnat sharoitli uchastkalarda bajariladigan ishlar bо‘yicha, yetakchi kasblar bо‘yicha yoki umuman korxona bо‘yicha mikrotravmatizmlar soni (tibbiyot punktidagi kasallik va ishlab chiqarish jarohatlarini rо‘yxatga olish jurnali); - shikastlangan ishchining tibbiyot punktiga kelib-ketishiga ketgan vaqt (agar kuzatuvchisi bо‘lsa, bu vaqt ikkiga kо‘paytiriladi) yoki tibbiy yordam kо‘rsatishga ketgan vaqt (masterning xizmat yozuvi). Tajribalar shuni kо‘rsatadiki, ma’lumotlarni bu kо‘rsatkichlar bо‘yicha yig‘ish kо‘pincha qiyinchilik tug‘diradi, chunki sex va tibbiyot punktlarida birinchi yordam har doim ham hisobga olinmaydi. Shuning uchun birinchi yordam uchun ketgan vaqtni, smena tugamasdan uyga ketib qolgan vaqtni yoki kuzatuvchi sarflagan vaqtni rо‘yxatga olib borish zarur. Mehnat sharoitlarini yaxshilash travmatizm, kasbiy kasalliklarni va mikrotravmatizmni kamaytirib borish samarali ish vaqti jamg‘armasining oshishiga, shu bilan birga, ishchilarning yillik mahsulot ishlab chiqarishini oshishiga olib keladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling