Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Parazitlar xilma-xilligi sababli barcha tirik organizmlar-sodda hayvonlardan sut emizuvchilargacha zararlaydi. Odamda 270 dan ortiq gelmint turlarining parazitlik qilishi aniqlangan bo’lib, ularning ayrimlari tasodifan zararlasa, 40 turi odamning obligat parazitlari hisoblanadi.
Parazitlarning biologiyasi va tarqalishining xususiyatlariga ko’ra 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi: geogelmintlar, biogelmintlar va kontakt. Bundan quyidagi muammo va gipotezalar kelib chiqadi: Parazitofaunaning baliq xo’jaligi mahsuldorligiga ta’siri. 2. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlar kam va eskirgan, ammo odam va hayvonlar uchun bugungi kunda ham dolzarbdir. 3. Chet elda va mamlakatimizda qo’llaniladigan zamonaviy diagnostika uslublarini o’rganish. 4. Tadqiqotning laboratoriya va dala uslublarini qo’llagan holda tadqiqotlar olib boorish malakasiga ega bo’lish. 5. Dissertasiya ma’lumotlarini baliqchilik xo’jaliklari va aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishda joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |