Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo
TADQIQOT SHAROITI, OBYEKTLARI VA USULLARI
Download 69.23 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
2. TADQIQOT SHAROITI, OBYEKTLARI VA USULLARI
2.1. Tadqiqot ishlari olib borilgan hududning fizik - geografik tavsifi va iqlimi. Geografik oʻrni. Samarqand viloyati Pomir-Oloy togʻlarining gʻarbiy chegarasida Zarafshon daryosi havzasinning oʻrta qismida joylashgan boʻlib, rel’efi asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan va shimoldan Tojikiston togʻ tizmalarining tarmoqlari (Nurota togʻi, umumiy balandligi 2169 m, Ontogʻ 2003 m), janubdan Zarafshon togʻ tizmalari bilan oʻralgan Zarafshon vodiysidan iborat. Vodiy sharqdan (780-800 m) gʻarbga (350 m) pasayib boradi. U gʻarbda 60-100 metr gacha kengayib, shimoliy-sharqda (viloyat hududining tashqarisida) Qizilqum choʻliga, janubiy-gʻarbda Karnob choʻliga oʻtadi, shimoliy-sharqda Nurota choʻllari orqali Mirzachoʻlga birlashadi. Vodiyning oʻrtasidan Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Vodiydan shimoliy qismida va umumiy janubida qiya tekislikda joylashgan va togʻlarga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon togʻ tizmasi (uning gʻarbiy qismi) janubda Qashqadaryo viloyati bilan boʻlgan chegara boʻylab choʻziladi. Bu tizma (2388 m) asosan, paleozoyning kristallaridan shakllanadi va ohaktoshkardan iborat. Gʻarbga bu tizma togʻ asta-sekin pasayib borib, Kattaqoʻrgʻondan janubda past-baland tekisliklardan iborat boʻlgan tekisliklar bilan qoʻshilib ketadi. Asosan qumli slanets va tagmatik jinslardan tashkil topgan Nurota toʻgi bir necha yirik boʻlaklarga parchalanib ketgan. Foydali qazilmalardan oltin, kumush, alyuminiy, volfram chiqadi. Ohaktosh, granit, tergel, gips, biktoniy gili, otonkuton, tenedei boyliklari marmar va 2007 yildan iborat (Nurota togʻlarida) dunyoda yagona boʻlgan gulobi marmarni qazish ishlari boshlandi. Nurobodda korik konlari va mineral buloqlari mavjud. Iqlimi. V.P.Kondratyuk va Samarqand zonal gidrometeostansiyaning ma’lumotiga koʻra tadqiqot hududida oʻrtacha yillik harorat +13,10 C boʻlib, harorat maksimumiga iyul oyida erishiladi, +42,30C. Samarqand zonal gidrometeostansiyasining ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, tadqiqot oʻtkazilgan yillarda oʻrtacha oylik haroratning eng yuqori koʻrsatkichi iyun oyida kuzatildi +27,20C, eng past koʻrsatkichi esa dekabr oyida kuzatildi – 0,40C. Oʻrtacha yillik harorat esa +14,60C ni tashkil etdi. Oʻrtacha uch yillik harorat +14,90C ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich oʻrtacha koʻp yillik harorat yigʻndisidan +1,80C ga yuqoridir. Havo namligi qish, bahor va kuz oylarida yuqori boʻldi. Eng yuqori havo namligi dekabr oylarida (79 foiz), eng past koʻrsatkichi esa iyunda (31 foiz) qayd etildi. Havo namligining oʻrtacha uch yillik koʻrsatkichi esa 56,8; 50,7; 59,4 foizni tashkil etdi. Yogʻingarchiklikning asosiy qismi qish va bahor oylariga toʻgʻri keldi. Mart va aprel oylarida yogʻingarchilik miqdori 100 mm dan ortiq ekanligi aniqlandi. Soʻnggi uch yilning yoz oylarida ham boshqa yillardagidek yogʻingarchilik juda kam boʻlgan yoki umuman boʻlmagan. 2018 yilda yogʻingarchilik juda koʻp - 561,6 mm, 2017 yilda esa juda kam boʻldi- 158,4 mm. Yuqoridagi mulohazalardan koʻrinib turibdiki, 2017 yil boshqa yillardan ancha quruq, issiq va qurgʻoqchil kelgan. Aprel oyidan oktyabr oyigacha harorat 140 C dan yuqori boʻldi. Bu esa tuproqdagi biokimyoviy jarayonlarga, jumladan ogʻir metallarning harakatchan shakllarini hosil boʻlishiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. Temperatura ortishi bilan havoning nisbiy namligi kamayadi, natijada yozda uning eng kichik nisbiy namligi kuzatiladi. Yozdan kuzga qadar nisbiy namlik ortadi. Iqlimi kontinental, quruq iqlim, bulutli kunlar kam boʻladi. Tekislikda qish iliq. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda - 2 0C, togʻlarda - 4,8 0C, iyulning oʻrtacha harorati 25-30 0C, absolyut minimum -32 0C, absolyut maksimum 46 0C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 200-881 mm va yogʻinning 80 % qish va bahorda yogʻadi. Qor 16-20 kungina yogʻadi. Oʻsimliklarning vegetatsiya davri 269 (harorat 5 0C dan yuqori) kundan koʻp. Balandlikka koʻtarilgan sari harorat koʻtariladi. Iqlim harorati va sugʻorish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, oʻrik, uzum, anjir va anor oʻstirish imkoniyatini beradi. Oxirgi 20-25 yilda ushbu viloyatda subtropik oʻsimliklardan xurmo ham iqlimlashtirilgan. Download 69.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling