Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo


Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi


Download 109.15 Kb.
bet7/20
Sana05.01.2022
Hajmi109.15 Kb.
#212692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
DESSERTATSIYA YANGI

Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi: Odamning gelmintozlari global muammo hisoblanadi. U barcha parazitar kasalliklarning 89,5% ini tashkil etadi. Har yili 20 mlndan ortiq kishi parazitar kasalliklar bilan kasallanadi, kasallanishga moyil guruhni esa yosh bolalar va qishloq joylari aholisi tashkil etadi. Gelmintozlarning keng tarqalganligi va avval qayd etilmagan yangi kasalliklarning paydo bo’lishi, migrantlar oqimining kuchayishi, ekologik holatning, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi, iqlimning o’zgarishlari bilan bog’liq.

Mustaqillik yillarida respublikamizda qishloq xo’jaligida qo’llanilayotgan keng miqyosli islohotlar o’tkazilmoqda, asosiy e’tibor baliqchilik muammolariga qaratilmoqda, yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi navlari va hayvonlarining yangi zotlarini yaratish va joriy etish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari keng miqyosda olib borilmoqda.

Parazit turlar xilma-xilgi orasida har biri ma’lum sharoitlarda o’zining patogenligini ya’ni xo’jayinga nisbatan zararliligi bo’yicha baliqlarda lichinkalik bosqichlarida, odam organizmi yoki sut emizuvchilar organizmida – voyaga yetgan bosqichda parazitlik qiladi.

Qo’zg’atuvchilarni yuqushi to’liq qayta ishlanmagan baliq va baliq mahsulotidan tayyorlangan ovqatni iste’mol qilganda sodir bo’ladi. Parazitar kasalliklarning qo’zg’atuvchilari asosan, turli qayta ishlashlar: tuzlash, muzlatish, dudlashga yuqori darajada chidamli bo’ladi va baliq mahsulotining xavfsizligining kafolati bo'lib uni parazit lichinkalaridan zararsizlantirilganligida namoyon bo'ladi.

Buning uchun har bir baliq turi (sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan ovlanadigan turlar) parazitofaunasining epidemiologik tashkil etuvchisining sifat va miqdor tarkibini, ular zararlanishining mavsumiy va ko’p yillik yo’nalishlarda o’zgaruvchanlik darajalarini, har bir aniq suv havzasida invaziya dinamikasining farq qiluvchi xususiyatlarini bilish zarur.


Download 109.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling