Tadqiqotda olib borilgan usulning tavsifi: Dissertatsiyada K.I.Skryabin [52]; R.S.Shulsning [63] toʻliq gelmintologik yorib koʻrish va toʻliq boʻlmagan yorib koʻrish usullari makroskopik tadqiqot usullari va statistik qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Toʻliq gelmintologik yorib koʻrish va toʻliq boʻlmagan yorib koʻrish usullari orqali 6 tur baliq, shundan 5 turi Cyprinidae va 1 turi Ophiocephalidae oilasiga mansub jami 200 nusxa baliqlari tekshirildi: zogʻora baliq - Cyprinus carpio (Linnaeus, 1758) – 42, karp - Cyprinus carpio (Linnaeus, 1758) – 42, oq amur - Ctenopharyngodon idella (Vallenciennes, 1844) – 44, oq doʻngpeshona baliq - Hypophthalmichthys molitrix (Valenciennes, 1844) - 34, qorabaliq - Schizothorax intermedius (McSlelland, 1842) – 22, Ilonbosh (Ophiocephalus argus Warpachowskii Berg)-16.
Ishning natijalari ovlanadigan baliqlarning gelmintofaunasi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldiradi va chuqurlashtiradi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shu xulosaga keldikki, bu muammo yanada chuqur o’rganilishni va davom etirilishni talab etadi. Tadqiqot natijalari zoologiya kafedrasidagi ilmiy va o’quv jarayonlarida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |