Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning iqtisodiy vazifasiga
- Maskovskiy tomonidan oilaning funksiyalarining talqin qilinishi
- Oilaviy faoliyat sohasi Ijtimoiy funksiyalar Individual funksiyalar
Oilaning demografik vazifasiga – uning demografik faoliyati ya‘ni, oilada farzandlarning tug‘ilishi, inson naslini jamiyatning davom ettiruvchi avlod yaratish kiradi.
Oilaning ijtimoiy vazifasiga – oilada farzandlarni tarbiyalash, inson sifatida kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o‗zaro bir-birlariga muhabbatni shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi. Oilaning iqtisodiy vazifasiga – oila a‘zolarini oziq-ovqat, kiyimkechak va boshqa yashash uchun zarur bo‗lgan moddiy vositalar bilan ta‘minlash kiradi. Oila o‗z mavjudligini saqlab qolish uchun o‗zining barcha vazifalarini bajarishi shart. Oila vazifalarining bajarilishi bir-biri bilan bog‘liqlik holda ro‗y beradi. Rivojlanish jarayonida oila vazifalari bir-biriga olish sifatida ta‘sir etadi. Oilaning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xil, lekin uning bajarilish darajasi ana shu xalqlar yashagan, yashab kelayotgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, munosabatlarga, turmush tarziga, ularning urf-odatlari, dini, qadriyatlariga bog‘liqdir. Maskovskiy tomonidan oilaning funksiyalarining talqin qilinishi
Turli adabiyotlarda oilaning asosiy funksiyalari sifatida quyidagilar ko‗rsatiladi: -iqtisodiy funksiya – oila iqtisodi,byudjeti,daromadini rejali sarflash,kundalik harajatga,zarur buyumlarga pul ajratish,bir necha yildan so‗ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tajab ro‗zg‘or yuritish. Shu bilan birga o‗sayotgan avlodda shu malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish, iqtisodiy masalalarni hal etishni o‗rgatish -reproduktiv funksiya – jamiyatning biologik uzluksizligini ta‘minlash, bolalarni dunyoga keltirish; -tarbiyaviy funksiya – bolalarni aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiyasini amalga oshirish; -rekreativ funksiya – o‗zaro jismoniy, moddiy, ma‘naviy va psixologik yordam ko‗rsatish, bir-birini salomatligini tiklash, mustahkamlash va oila a‘zolarini dam olishini tashkil etish -kommunikativ funksiya – oila a‘zolarining o‗zaro muloqot va o‗zaro tushunishga bo‗lgan ehtiyojini qondirish; -regulyativ funksiya – oila a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‗ni amalga oshirishni o‗z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy va ma‘naviy tomondan qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi. -flyusitologik funksiya – shaxsiy baxtga erishishga bo‗lgan ehtiyojning qondirilishiga intilish. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling