Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet12/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
Oilaning demografik vazifasiga – uning demografik faoliyati ya‘ni, oilada farzandlarning tug‘ilishi, inson naslini jamiyatning davom ettiruvchi avlod yaratish kiradi.
Oilaning ijtimoiy vazifasiga – oilada farzandlarni tarbiyalash, inson sifatida kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o‗zaro bir-birlariga muhabbatni shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi.
Oilaning iqtisodiy vazifasiga – oila a‘zolarini oziq-ovqat, kiyimkechak va boshqa yashash uchun zarur bo‗lgan moddiy vositalar bilan ta‘minlash kiradi. Oila o‗z mavjudligini saqlab qolish uchun o‗zining barcha vazifalarini bajarishi shart. Oila vazifalarining bajarilishi bir-biri bilan bog‘liqlik holda ro‗y beradi. Rivojlanish jarayonida oila vazifalari bir-biriga olish sifatida ta‘sir etadi. Oilaning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xil, lekin uning bajarilish darajasi ana shu xalqlar yashagan, yashab kelayotgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, munosabatlarga, turmush tarziga, ularning urf-odatlari, dini, qadriyatlariga bog‘liqdir.
Maskovskiy tomonidan oilaning funksiyalarining talqin qilinishi

Oilaviy faoliyat sohasi

Ijtimoiy funksiyalar

Individual funksiyalar




1

2

3




Reproduktiv

Jamiyatning biologik
jihatdan qayta tiklanishi

Farzandlarga nisbatan
ehtiyojning qondirilishi




Tarbiyaviy

Yosh avlodning ijtimoiylashuvi.
Jamiyatning madaniy
davomiyligini qo‗llabquvvatlash

Ota-onalikka, farzandlar bilan muloqot, ularni tarbiyalashga, farzandlar orqali o‗zini o‗zi amalga oshirishga nisbatan bo‗lgan ehtiyojning qonlirilishi.




Xo‗jalikmaishiy

Jamiyat a‘zolarining jismoniy sog‘lomligini qo‗llab-quvvatlash, bolalar
parvarishi

Bir-biriga xo‗jalik maishiy xizmat ko‗rsatish




Iqtisodiy

Jamiyatning voyaga yetmagan va mehnatga qobiliyatsiz a‘zolarini iqtisodiy jihatdan qo‗llabquvvatlash.

Oila a‘zolarining bir-
biridan moddiy
vositalarni olishi







Birlamchi ijtimoiy nazorat

Oila a‘zolarining hayotiy faoliyat turli sohalaridagi hatti-harakatini, shuningdek er-xotin o‗rtasidagi, katta va o‗rta avlod vakillari, ota-
ona va farzandlar
o‗rtasidagi munosabatlardagi mas‘uliyat va vazifalarni axloqiy jihatdan tartiblash

Oila a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlardagi zaruriy me‘yorlarni saqlash yuzasidan axloqiy va huquqiy taqiqlarni shakllantirish va qo‗llab quvvatlash




Ma‘naviy muloqot

Oila a‘zolari shaxsini
rivojlantirish

Oila a‘zolari ma‘naviyatining o‗zaro boyishi. Nikoh
asoslarining mustahkamlanishi




Sotsial
maqomiy

Oila a‘zolariga ma‘lum sotsial maqomni yetkazib berish. Sotsial tuzilmani qayta tiklash

Sotsial jihatdan yuksalib borishga nisbatan bo‗lgan ehtiyojni qondirish




Maishiy

Oqilona maishiy hayotni tashkil etish. Maishiy
sohadagi sotsial nazorat

Birgalikda maishiy faoliyat, maishiy
manfaatlarni qondirish




Ruhiy

Individlarning ruhiy
(emosial) turg‘unlashuvi va ularning psixologik
terapiyasi

Individlarning oilada psixologik himoya, ruhiy qo‗llab-quvvatlashga erishishlari. Shaxsiy baxt va muhabbatga nisbatan
ehtiyojlarning qondirilishi.




Seksual

Seksual nazorat

Seksual ehtiyojlarning qondirilishi

Turli adabiyotlarda oilaning asosiy funksiyalari sifatida quyidagilar ko‗rsatiladi:
-iqtisodiy funksiya – oila iqtisodi,byudjeti,daromadini rejali sarflash,kundalik harajatga,zarur buyumlarga pul ajratish,bir necha yildan so‗ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tajab ro‗zg‘or yuritish. Shu bilan birga o‗sayotgan avlodda shu malaka va
ko‗nikmalarni shakllantirish, iqtisodiy masalalarni hal etishni o‗rgatish
-reproduktiv funksiya – jamiyatning biologik uzluksizligini ta‘minlash, bolalarni dunyoga keltirish;
-tarbiyaviy funksiya – bolalarni aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiyasini amalga oshirish;
-rekreativ funksiya – o‗zaro jismoniy, moddiy, ma‘naviy va psixologik yordam ko‗rsatish, bir-birini salomatligini tiklash, mustahkamlash va oila a‘zolarini dam olishini tashkil etish
-kommunikativ funksiya – oila a‘zolarining o‗zaro muloqot va o‗zaro tushunishga bo‗lgan ehtiyojini qondirish;
-regulyativ funksiya – oila a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‗ni amalga oshirishni o‗z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy va ma‘naviy tomondan qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
-flyusitologik funksiya – shaxsiy baxtga erishishga bo‗lgan ehtiyojning qondirilishiga intilish.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling