Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet9/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Axborot manbalari:

    1. http: // gf.nsu. ru/

    2. http: // www.sociol.com/

    3. http: // www.nitehwk.com/alleycat-fag. html

    4. http: // www.sci. econ./

    5. http: // www.sci. anthropology/ http: // www.sci. environment 2-MAVZU. “OILA” TUSHUNCHASI, UNING TURLARI VA VAZIFALARI

  1. Oila kichik sotsial gurux sifatida.

  2. Oila va nikohning institusional funksiyalari.

  3. Oilada reproduktiv xulq-atvor.

  4. Oila-nikoh, qarindosh-urug‘ tipologiyasi.

Oilani ijtimoiy institut sifatida o„rganish
Ijtimoiy institutlar (lotincha – uskurta, muassasasi) – bu odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilgan tarixiy turun shakllar,
«Ijtimoiy institutlar» termini har xil ma‘noda ishlatiladi. Masalan: oila, institut, soliqni saqlash institut, davlat instituti va boshqalar. Tartibga solish, shakllantirish va standartlashtirish jarayoni esa institutlashtirish deb ataladi.
Institutlashtirish jarayoni quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

    1. Ijtimoiy institutlarni paydo bo‗lishining zarur shartsharoitlaridan biri shunga xos ijtimoiy talabalarning paydo bo‗lishidir. Institutlar odamlarning u yoki bu talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida birgalikda faoliyat ko‗rsatish uchun tuzilgan. Oila instituti inson zotini paydo qilish va bolalarni tarbiyalash talablarini qondiradi, jinslar va avlodlar o‗rtasida munosabatlarni amalga oshiradi va hokazo. Oliy ma‘lumot instituti kasblar, ishchi mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi, odamlarga o‗zini turmushini ta‘minlash uchun o‗z qobiliyatini rivojlantirish, namoyon etish, realizasiya uchun imkon beradi.

    2. Ijtimoiy institut ijtimoiy aloqalar, o‗zaro hamkorlik, aniq shaxs, ijtimoiy guruh va boshqa jamoalar munosabatining asosida tashkil qilinadi. Ammo boshqa ijtimoiy tuzumlar kabi ijtimoiy institut hamshaxslar va ularning hamkorligiga qo‗shilmaydi. Ijtimoiy institutlar xususiy tavsifga ega, o‗zining xususiy tizimi va sifati bor. Binobarin, ijtimoiy institut o‗zining rivojlanish mantiqiga ega mustaqil umumiy ta‘limdir. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy institutlar turgan tarkibiga ega, elementlarning integrallashgan va funksiyalarining ma‘lum bir o‗zgarishga ega tashkil etilgan ijtimoiy tuzum sifatida qurilishi mumkin.

Bu qanday tuzumlar? Ularning asosiy elementlari nimalardan iborat? Eng avvalo, bu qadriyatlar, me‘yorlar, g‘oyalar, shuningdek, odamlarning va boshqa ijtimoiy madaniy elementlarining faoliyati namunasi, tuzimidir. Bu tuzum odamlarning to‗g‘ri yurish-turishiga kafolat beradi, ularning intilishlarini bir oqimga soladi, ziddiyatlarni hal etadi. U yoki bu jamoa jamiyatdagi barqarorlik va xotirjamlikni holatini saqlaydi.

    1. Uchinchi, institutlashtirishning eng muhim elementlaridan biriijtimoiy institutni tashkil qilish shakli. Tashqaridan ijtimoiy institut moddiy manba bilan ta‘minlangan va aniq ijtimoiy faoliyatni bajarayotgan shaxslar, muassasalar majmui bo‗lib ko‗rinadi. Shunday qilib, oliy ma‘lumot instituti ma‘lum bir shaxslar majmui: o‗qituvchilar, xizmat qiluvchi xodimlar, amaldorlardan tuzilgan bo‗lib, muassasa yoki oliy maktab bo‗yicha Davlat qo‗mitasi chegarasida harakat qiladilar va o‗z faoliyati uchun ma‘lum qimmatli materiallardan foydalanadilar (binolar, moliya va boshqalar).

Har bir ijtimoiy institut o‗z faoliyati maqsadiga, shu maqsad yo‗liga aniq ish harakatiga, ijtimoiy dunyoqarash rollari to‗plamiga ega. Yuqoridagilarga asoslanib, ijtimoiy institutni quyidagicha ta‘riflash mumkin.
Ijtimoiy institutlar-bu aniq ahamiyatga ega ijtimoiy vazifani bajaruvchi, o‗zining a‘zolarini bajargan ijtimoiy rollari asosida birgalikda ijtimoiy qadriyatlar, me‘yoriy va yurish-turish namunalari, vazifalarini bajarish yo‗lidagi maqsadni birgalikda amalga oshirishni ta‘minlovchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir.
Har bir institut o‗ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Bu ijtimoiy vazfalar to‗plami ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari darajada tashkillanadi. Bu vazifalar rang-barangdir. Nisbatan to‗la va qiziqarli tasnifni «institutlashtirish maktabi» deb ataluvchi maktab vakillari taklif qilishdi. Bu maktab vakillari S.Lipset, D.Landberg va boshqalar. Ijtimoiy institutning to‗rtta asosiy vazifalarini belgilashdi.

    1. Jamiyat a‘zolarini yetishtirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy institut oiladir. Ammo bunga boshqa institutlar ham daxldor, masalandavlat;

    2. Ijtimoiylashtirish-odamlarga mazkur jamiyatda o‗rnatilgan yurish-turish namunalari va faoliyat usullarini taqdim qilish (oila, ta‘lim, diniy usullar orqali).

    3. Ishlab chiqarishga va taqsimlash ijtimoiy-iqtisodiy va nazorat institutlari orqali ta‘minlashadi;

    4. Boshqarish va nazorat ishlari tartib-intizomining taalluqli turlarini amalga oshiruvchi ijtimoiy me‘yor va ko‗rsatmalar: axloqiy va huquqiy me‘yorlar, udumlar, ma‘muriy qarorlar orqali amalga oshirildi.

Ijtimoiy institutlar shaxslarining yurish-turishini rabatlantirish yoki tanbeh yo‗li bilan boshqaradi. Ijtimoiy institutlar bir-biridan o‗zlarining faoliyati sifati bilan farq qiladi:

    1. Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar-mulkchilik, almashtirish, pul banklar, turli xil xo‗jalik birlashmalari-ishlab chiqarishning to‗la majmuini va jamiyat boyligining taqsimlashi ta‘minlaydi.

Ayni paytda ijtimoiy hayotning boshqa muhitini iqtisodiy hayoti bilan birlashtiradi.

    1. Siyosiy institutlar-davlat, partiya, kasaba uyushmalari va boshqa jamoa tashkilotlari siyosiy hukumronlikni aniq shakllarini qo‗llabquvvatlovchi va shu hukumronlikni o‗rnatuvchi siyosiy maqsadni ko‗zlaydilar. Ularning barchasi mazkur jamiyatning siyosiy tuzimini tashkil qiladi.

Ijtimoiy institutlar g‘oyaviy qadriyatlarni saqlash, jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy tarkibini ustivor bo‗lishni ta‘minlaydi.

    1. Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o‗z oldiga madaniy hamda ijtimoiy qadriyatlarni o‗zlashtirish va rivojlantirish, shaxsni aniq bir madaniyatga jalb qilishni, shuningdek, ijtimoiy-madaniy intizom standartini o‗zlashtirish va nihoyat aniq bir qadriyat va me‘yorlarini himoyalashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi.

    2. Me‘yoriy mo‗ljal mexanizmlarni axloq, etikani o‗zlashtirish va shaxs intizomini tartibga solish. Ularning maqsadi intizom va yurishturishga axloqiy dastak, estetik asos berish. Bu institutlar hamkorlikda umuminsoniy qadriyatlar, intizomning maxsus kodeksi va etikasini tasdiqlaydilar.

    3. Me‘yoriy sanksiyalovchi-huquqiy va ma‘muriy aqidalarda belgilangan me‘yor, qoidalar va ko‗rsatmalar asosida umumijtimoiy intizomni tartibga solish. Me‘yorning majburiyligi davlat va taalluqli sanksiyalar tizimining majbur qiluvchi kuchi orqali ta‘minlanadi.

    4. Marosim-timsol va vaziyat konvension institutlar. Bu institutlar

(shartnoma asosida) qisqacha yoki uzoq vaqtga konvensiya me‘yorlarini qabul qilishga asoslangan. Bu me‘yorlar kundalik to‗qnashuvlarini, turlituman guruhlar yoki guruhlararo intizomni tartibga soladi. Ular tartibintizomning tartibini aniqlaydilar, axborot almashish usullarini vaqt soatini belgilaydi. Salomlashish, murojaat qilish, masjislarni, yig‘ilishlarini qandaydir birlashmalar faoliyatini soatini ham belgilaydi. O‗zaro me‘yoriy hamkorlik (ijtimoiy muhit bilan) ijtimoiy institut disfunksiyasi deyiladi. Avval aytib o‗tganimizdek, ijtimoiy institutning aniq harakat qilish va vakillashtirish asosiy u yoki bu ijtimoiy talabalarni qondirishdir. Ijtimoiy jarayonlarning jadal oqimi, ijtimoiy o‗zgarishlar tempining tezlashishi sharoitida jamiyat talablari o‗ziga xos ijtimoiy institutning faoliyati va tarkibida o‗z aksini topa olmasligi ham mumkin. ularning faoliyatlaridan disfunksiyalar paydo bo‗lishi mumkin. Disfunksiyalar maqsadining aniq emasligi, uning ijtimoiy nufuzini va obro‗yi tushganda alohida faoliyatini «Timsoliy» faoliyatini paydo bo‗lishida, ya‘ni faoliyatining samarali maqsadga erishishiga qaratilmaganligida ifodalanadi.
Jamiyat talabi qondirilmaganligi natijasida hayotiy me‘yoriy tartibga solinmagan, institut disfunksiyaning to‗ldirishga intilgan, shu maqsadda joriy me‘yor va qoidalarini buzilishlar ro‗y beradi. Bu xil faolliklar huquqqa qarash faoliyatlarda ifodalashi mumkin. Ayrim iqtisodiy institutlarning disfunksiyasi «tenevaya ekanomika» ya‘ni chayqovchilik, poraxo‗rlik, o‗g‘rilik va hokazolarga sabab bo‗ladi. Disfunksiyani ijtimoiy institutining o‗zini o‗zgartirish yoki bo‗lmasa yangi mazkur jamiyat talabini qondiruvchi institut yaratish yo‗li bilan bartaraf qilish mumkin.
Tadqiqotchilar ijtimoiy institutlarning ikki xilini
ajratmoqdalar: Oddiy va murakkab xillari. Oddiy ijtimoiy institutlarijtimoiy ahamiyatga ega, aniq vazifani bajarayotgan odamlardan tashkil topgan birlashmadir. Ular birgalikda va maqsadini ko‗zlaydilar, shu maqsad yo‗lida har bir odam o‗zining ijtimoiy vazifasini bajaradi. Bu saviyada boshqaruvchi tizim mustaqil tizim sifatida ajralmagan. Ijtimoiy qadriyatlar, ma‘naviyatlar, me‘yorlar o‗zlari ijtimoiy institut faoliyatini ta‘minlaydilar.
3. Oddiy ijtimoiy institutning namunasi-oila institutlar A.G.Xarchyov oilani nikoh va qondoshlikda asoslangan umumiy maishat va o‗zaro javobgarlik bilan bolangan odamlar birlashmasi deb ta‘riflaydi. Oilaviy munosabatlar eng avvalo, nikohdan boshlanadi. Nikoh-ayol va erkak munosabatlarini tarixiy o‗zgaruvchan ijtimoiy shaklidir bu munosabatlar orqali jamiyat ularning jinsiy hayotining tartibi va huquqlarini belgilaydi. Ularning qondoshlik va er-xotinlik huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ammo oila nikohga nisbatan ancha murakkab munosabatlar tizimini belgilaydi. Chunki u nafaqat erxotinning balki bolalar va boshqa qarindoshlarni birlashtiradi. Shuning uchun oilaga faqat nikohda birlashgan guruh sifatida emas, ijtimoiy institutlar sifatida, ya‘ni inson avlodini davom ettiruvchi o‗zaro hamkorlik va munosabatlarning aniq qadriyatlar va me‘yorlar asosida faoliyat ko‗rsatuvchi shaxslarning aloqaviy tizimi sifatida qarash joizdir. Bu institut keng ko‗lamda ijtimoiy nazorat ostiga olingan.
Oila-ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o‗tadi. Bu bosqichlarning ketma-ketligi oilaviy jarayon yoki oilaning hayot tarzini tashkil qiladi. Tadqiqotchilar bu jarayonda turli fazalarni ajratmoqdalar.
Ammo ularning ichida eng asosiylari quyidagilardir.

  1. birinchi nikohdan o‗tish-oilani tashkil bo‗lishi.

  2. bolalanishning boshlanishi - birinchi bolaning tug‘ilishi.

V) bolalanish nihoyasi-kenja bola tug‘ilishi.
G) «bo‗shagan uya» oxirgi farzandning nikohi va uning oiladan bo‗linishi.
D) oilaning tugatilishi-er-xotinlardan birini o‗limi.
Oila sotsiologiyasi oila tashkilotining quyidagi umumiy ajratish aqidalari mavjud: nikoh shakliga qarab oila manogom va poligam oilaga bo‗linadi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling