Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet17/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
-«Shaxs». Mazkur holatda nikoh bozoridagi bir-birlariga «mos» keluvchi erkak va ayollar soni nisbati haqida so‗z bormoqda. Bu nisbat turlicha, eng oddiysi va aholidagi jinslar umumiy nisbatining juftlarning yoshi sifatida hisobga oluvchi nozik mutanosibligigacha, shuningdek ularning boshqa muhim tavsiflari (ma‘lumot, etnik mansublik va hokazo) o‗lchanishi mumkin30. Har qanday alohida shaxsning nikoh bozoridagi qimmati jinsi jihatdan ortiq bo‗lganlarning qimmatini kamaytiruvchi munosabatlarga, hamda aksincha nikohdan o‗tishni
31: qiyinlashtirish yoki yengillashtirishga bog‘liqligi tushunarli
-yosh. Bu «ne‘mat»ning ahamiyati haqida yuqorida fikr bildirildi;
-tashqi qiyofa, o‗z ichiga nafaqat jismoniy qiyofa, balki fe‘l-atvor, o‗zini tuta bilish va hokazolarni oladi; status turli sosial-iqtisodiy tavsiflar (farovonlik, nasl-nasab, ma‘lumot va hokazo) ning yig‘indisi sifatida ko‗rib chiqiladi. Tashqi qiyofaga nisbatan taassurotga ko‗ra statusni subyektiv baholash «hayoliy munosabatlarni» davom ettirish yoki yakunlashga qaror qilish uchun
muhim;
-shaxsning sotsial-psixologik tavsifi (empatiya, emosionallik, ekspressivlik, o‗zaro tushunish va hamkorlik qobiliyati va hokazo);
-qadriyatlar, maslaklar va hokazo. Umumiy yoki mos keluvchi qadriyatlar doimiy hamkor bilan o‗zaro munosabatni yengillashtiradi va nikoh tanlovi to‗g‘risida qaror qabul qilish omili bo‗lib xizmat qilishi mumkin. O‗zaro kuchli farqlanuvchi qadriyatlar hatto kuchli ehtiros holatida ham nikoh tanlovi uchun yengilmaydigan to‗siq bo‗lishi mumkin. F. M. Dostoyevskiyning fikrlarining «qarama-qarshiligi» tufayli voz kechishi buning jamlanma misolidir32. A.P.Chexovning «Jonginam» hikoyasi qahramonining ehtiros, iliq munosabatlar, jamiyatdagi mavqeyi tufayli o‗z shaxsi, maslakdan voz kechishi boshqa xil jamlama misoldir.
Moddiy ne‘matlarga almashuvga molik shaxsning sifat va tavsiflari, yoki nikoh bozoriga jalb etiluvchi shaxsiy resurslari, yuqorida aytilganidek nikoh tanlovi jarayoni ishtirokchilari tomonidan baholanadi. Bunda bozor ta‘riflari yoki almashuv ta‘riflari o‗zaro munosabatlarning uch xil darajada almashuvning ehtimoliy

30Гидденс Э. Девять тезисов о будущем социологии// Теория и история экономических и социальных институтов и систем. Зима 1993. Т. 1. Вып. 1.
31Голод С. И. Стабильность семьи: социологический и демографический аспекты. Л., 1984. 32Гончарова Г. С., Савельев Л. Я. Статический анализ структурных и демографических характеристик семьи. Новосибирск, 1985.
ishtirokchilari hamda uning sharoitlari va nikohdan o‗tishga qaror qilish jarayonini determinallash bilan harakat qiladi. Bernard Murshteynning
«Stimullar-qadriyatlar-rollar» nazariyasi orqali nikoh tanlovi jarayonini to‗liq yoritishga harakat qilgan25.
SQR nazariyasi diadik munosabatlari rivojining umumiy nazariyasi hisoblanadi. Dastlab u Murshteyn tomonidan mulozamat jarayoni tahlili uchun ishlab chiqilib, so‗ngra irqlararo nikohlarni o‗rganish uchun tadbiq etilgan. So‗ngra do‗stlik va er-xotinlik munosabatlari tadqiqotiga tatbiqan kichik modifikasiyalar yordamida kengaytirilgan.
SQR nazariyasi «attraksiya (jozibadorlik) va interaksiya nisbatan erkin tanlov sharoitida juftlarning bir-biriga taklif etuvchi moddiy ne‘mat va majburiyatlar qimmatiga bog‘liqligini» belgilovchi almashuv nazariyasi hisoblanadi2627. Murshteynning fikriga binoan munosabatlar rivojlanishi jarayoni o‗zgaruvchan uch sinf yordamida determinallanadi. Olim ularni stimullar, qadriyatli qiyoslov va rollar deb nomlaydi. Bu o‗zgaruvchilar nikoh tanlovi jarayoni (tanishuv, mulozamat, nikohga ahd qilish)da amal qiladi. Lekin har biri bu jarayonning muvofiq bosqichlarida maksimal ta‘sir doirasiga ega bo‗ladi. Shunga ko‗ra u
35.
«rag‘batlash» bosqichi, baholash va rol bosqichi, degan nom oladi
Rag‘batlash bosqichida individlarni bir-biriga «tortuvchi», jismoniy, intellektual, ijtimoiy va boshqa tavsiflar tufayli bir-biriga jozibali ko‗rsatuvchi omillar amal qiladi. «Individlar bir-biriga amalgalar tomonidan o‗ylab ko‗rilgan rag‘bat atributlari asosida 36. intiladi»
Keyingi bosqich qadriyatlarni qiyoslash bosqichi hisoblanadi. Unda qadriyat va ko‗rsatmalar, xususan juftlarning nikoh, jinsiy rollar, oiladagi farzandlar soniga ko‗ra bir-birini bilishi va tasavvur etishi tizimlari o‗zaro baholanishi lozim bo‗ladi. Murshteynning so‗zlariga ko‗ra, «belgilash» qadriyat qiyoslovi bo‗lib, maslakdan kelib chiquvchi sifatida tasvirlanganda manfaatlar, ko‗rsatmalar, qarashlar va hatto ehtiyojlar qatoriga kiradi.
«Qadriyat qiyoslovi bosqichining dastlabki nuqtasi-kishi haqidagi axborotni u bilan verbal interaksiya usuli yordamida yig‘ish... Bu yerda har kim boshqa, ya‘ni din, siyosiy qarashlar, insonlarga munosabat, sport, san‘at, raqs va hokazolarga qiziqish singari axborot haqida so‗z bormoqda28».
Ba‘zi kishilar bir yoki ikki dastlabki bosqich asosida nikohdan o‗tishlari mumkin. Biroq ko‗pchilik rol bosqichidan ham o‗tadi. Murshteynning fikricha, ular uchun qadriyatlarning o‗xshashligi- zaruriy, ammo yetarli bo‗lmagan shartdir. Ko‗pchilik uchun rolli birgalik erkak va ayollarning oilaviy (oiladan tashqaridagi) roli haqidagi tasavvurlari o‗xshashligi shundaydir.
Rolli birgalikka erishish ehtimol uzluksiz jarayondir, chunki rolli pritirka nikoh davomida yuz beradi va hyech qachon yakunlanmaydi29. Qisqacha aytganda nikoh odatlarini aks ettiruvchi nikoh tanlovining asosiy konsepsiyalari shundaydir. Albatta, bu yerda nikoh tanlovi jarayoni murakkabliklarini ham, uning nazariy interpretasiyalarini ham tugatmaydi.
Biz nikoh harakati, nikoh tanlovi qonuniyatlari bilan dastlabki tanishuv ma‘lumotlarini berish niyatida edik. 7-1 sxemada nikoh tanlovi madaniy, sotsiologik va psixologik filtrlar orqali harakat va ehtimoliy tanlov makonini asta-sekin toraytirish jarayoni sifatida taqdim etilgan39.
Nikoh tanlovi jarayoni inson o‗zi o‗ylagan «boshqa», o‗z hayotini bog‘lashi va nikohdan o‗tish yoki nikohga o‗xshash munosabatlar o‗rnatishi mumkin bo‗lgan yagona kishisini topishi bilan yakunlanadi.
Shu daqiqadan inson uchun «nikoh harakati» atamasi yordamida yoritiladigan hayot bosqichi yakunlanadi va jinsiy va reproduksiya xattiharakati bosqichi boshlanadi. Oilani binoga qiyos qilsak, shubhasiz uning poydevori bo‗lib nikoh hisoblanadi. Binoning poydevori mustahkam bo‗lishi esa uning bunyodkorlariga bog‘liq. Shu ma‘noda nikohni mustahkam joyda barpo eta olgan insonlarning oilasi mustahkam va barqaror bo‗la oladi.
Adabiyotda nikoholdi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo‗luvchi ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma‘naviy, axloqiy va psixologik omillarni o‗zida mujassamlashtiruvchi omillar kompleksi, avvalo oila qurayotgan yoshlarning hayotga yetilganlik darajasi, oilaviy hayot va nikoh talablariga javob bera olish qobiliyati sifatida baholanadi30.
Yoshlarning nikohga yetuklik tushunchasi muammoni yoritishda muhim hisoblanadi. Lekin, umuman ―yetuklik‖ tushunchasining o‗zi murakkab bo‗lganligi sababli mutaxassis olimlar nikohga yetuklik masalasida umume‘tirof etilgan bir to‗xtamga kelishganlaricha yo‗q.
Masalan, yoshlarning ―intellektual yetukligi‖, ―kasbiy yetukligi‖, ―ma‘lumot jihatidan yetukligi‖ va shu kabi atamalarni ishlatish mumkin. Lekin, nikohga kirish – bu biror bir universitetga imtihon topshirish va uni bitirib maxsus diplomga ega bo‗lish degani emas. Nikohga yetuklik – bu umuman hayotga yetuklikning o‗ziga xos ko‗rinishidir. ―Olim bo‗lish oson, odam bo‗lish qiyin‖ deganlaridek, oilaviy hayotga tayyor bo‗lish insonning shaxs sifatida yetilishini talab etadi. Lekin, umuman nikohga yetuklikning ma‘lum bir ilmiy me‘yorlari aniqlanganmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Adabiyotda ozmi-ko‗pmi asoslangan yondoshuvlarga tayangan holda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko‗rinishlari haqidagi fikrlarni jamlab bu omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-yoshlarning oilaviy hayotga tayyorligi;
-oila qurish motivlari;
-oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati shartlari va sharoitlari;
-bo‗lg‘usi oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar va b.41
Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, bu omillarning har biri o‗z navbatida yana bir qancha turlarga farqlanishi mumkin. Masalan, nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy va psixologik kabi yetuklik jihatlari tushuniladi va bularning orasida ba‘zilari aniq belgilarga ega bo‗lsa, boshqalari murakkab ko‗rsatkichlarga ega emas31.
Bir so‗z bilan aytganda, yoshlarning nikohga yetuklik darajasini ko‗rsatadigan ko‗rsatkichlar-fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy, jinsiy, ma‘naviy, psixologik yetuklik, bir so‗z bilan aytganda, to‗laqonli shaxs sifatidagi yetukligi oilaning keyingi barqarorligini belgilab berishda muhim ahamiyatga ega.
Yetuklikning ushbu jihatlariga muhim e‘tibor qaratish zarurligi isbot talab qilmaydi. Farzandlarga huquqiy bilimlarni berish, kasb-hunar bo‗lishiga e‘tibor qaratish, o‗zini va o‗z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta‘minlay oladigan darajada kamol toptirish har kungidan ham bugun dolzarb masala bo‗lib turibdi.
O‗zbek oilalarida shu paytgacha yoshlarning oila qurishlarida ularning iqtisodiy jihatdan mustaqilligi masalasiga alohida ahamiyat berilmay kelindi. Hayotimizga bozor munosabatlarning kirib kelishi bilan bu narsa yaqqol ko‗zga tashlana boshladi. Natijada hozirgacha ko‗plab yosh oilalar ota-onasi oilasidan moddiy mustaqillikka erisha olmay, ularning yordamiga ko‗z tikib yashash hollari yo‗q emas. Bu esa nafaqat ularning oilasi uchun zarar bo‗lib qolmay (bu holat yosh oilalarni zaif va mo‗rt qilib qo‗yadi, ularning o‗z kuchlariga ishonchini susaytiradi), balki mamlakatimiz taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlar tug‘diradi, ya‘ni boqimandalik kayfiyatining saqlanib turishiga sababchi bo‗ladigan illatdir.
O‗zbek oilalarida yoshlarni nikoh barqarorligiga qobiliyatli qilib tarbiyalashning yana bir muhim jihati – bu hayotiy tajriba masalasidir. Ma‘lumki, xalqimizda qizlarni erta turmushga berish, o‗g‘ilni erta uyjoyli qilishdek odat mavjud. Bu odat ham, albatta, ko‗p omillarga bog‘liq. Lekin, hali hayot saboqlarini to‗la o‗zlashtirmagan, hayotni yaxshi bilib olmagan yoshlarni hayot girdobiga bunday ―uloqtirish‖ ko‗proq farzandlarga muhabbatdan ham ko‗ra o‗zining soxta tasavvurlariga, stereotiplpriga qaramlikning belgisidir. Aslida ma‘lum bir hayotiy tajriba, bilimlarsiz yoshlarni nikohga kirishish uchun yetuk deb hisoblab bo‗lmaydi. Buni hisobga olish zarur, zero, u nikohning mustahkamligini belgilab beruvchi muhim shart-sharoitlarni o‗zida mujassamlashtirgandir. Turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni to‗g‘ri baholay olish, voqyelarni to‗g‘ri tushunish, o‗z yutuq va kamchiliklarini, bilimlariyu qobiliyatlarini xolis baholay olish insonga hayot tajribasi orqali keladi. Demak, yoshlarga oila munosabatlari uchun ko‗proq yetuklikka erishish imkoniyatlarini berish zarur. Yoshlarda boshqalarga nisbatan g‘amxo‗rlik, kelgusi oilaviy hayot muammolarini adolatli hal etish ko‗nikmalarini o‗z hayotlari davomida ―modellashtirish‖ imkoni bo‗lishi kerak. Shundagina ularda bo‗lg‘usi barqaror oilaviy hayot tasavvurlari hosil bo‗ladi.
Nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lgan yana bir omil - bu yosh masalasidir. Demografik nuqtai nazardan oila qurayotgan avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo‗lsa, u oila hayoti uchun shunchalik yetuk bo‗ladi. Bunda hayotiy tajriba masalasi ko‗zda tutiladi. Oilaga tayyor bo‗lish uchun yoshlar o‗rta yoki oliy o‗quv yurtlarini tamomlashlari, u yoki bu kasb yoki hunarni egallagan bo‗lishlari maqbuldir.
Lekin, boshqa bir tomondan hozirgi yoshlar hayotidagi bir tendensiyani ham hisobga olish zarur. U ham bo‗lsa hozirgi yoshlardagi akselerasiya, ya‘ni tez voyaga yetishish jarayonidir. Fikrimizcha, bu
O‗zbekiston yoshlari uchun ham xos. O‗zbekiston Respublikasining
«Oila kodeksi» 15-moddasiga binoan erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh minimal nikoh yoshi qilib belgilangan32.
Mutaxassislarning ko‗rsatishicha, turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an‘analarga bog‘liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) — 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo‗lgan davr orasiga to‗g‘ri keladi.
Shunisini ham e‘tiborga olish zarurki, yoshlarda jinsiy yetilish 14—16 yoshlarda, huquqiy yetuklik — 18 yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik 28—30 yoshlarda, iqtisodiy mustaqillikka erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan vaqt oralig‘ida amalga oshadi. Shu ma‘noda yoshlarga keng ko‗lamdagi zamonaviy bilimlarni, kasb-hunar ko‗nikmalarini berish maqsadga muvofiq.
Keltirib o‗tilgan ushbu nikoholdi omillari bilan bir qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lgan omillardan yana biri —nikoh qurish motivlaridir.
Oila qurish tomon bo‗lgan yo‗lni aslida ―nikoh motivlari - nikoholdi omillari - nikoh - oila‖ shaklida tasavvur qilish mumkin. Bu shuni anglatadiki, nikohga chorlovchi motivlar oila qurishda muhim rol o‗ynovchi holatdir. Umuman motiv yoki motivasiya - bu qiziqtiruvchi omil, ma‘lum bir faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo‗luvchi turtki, ehtiyojlarni amalga oshirishga harakatlantiruvchi istaklardir33.
Maxsus adabiyotlarda ko‗plab oila motivlarni umumlashtirgan holda bir qancha guruhga ajratiladi:
-sevgi tufayli oila qurish;
-moddiy yoki o‗zga manfaatdorlik tufayli oila qurish; -stereotip bo‗yicha oila qurish.
Qaysi motiv nikoh va oila mustahkamligini kuchliroq ta‘minlaydi, degan savolga javob berish oson emas. Albatta, o‗z-o‗zidan sevgi asosiga qurilgan nikoh va oila mustahkam bo‗ladi, degan fikr dastavval odamning xayoliga keladi. Mutaxassislar fikriga ko‗ra ham, sevishib turmush qurgan juftliklarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin statistik ma‘lumotlarga ko‗ra ajralishlarning ko‗pchilik qismi ham aynan sevishib oila qurgan juftliklarga to‗g‘ri kelar ekan34.
Sevgi, albatta, sevishganlar bir-birlarini e‘zozlab, avaylab, o‗zaro manfaatlarini uyg‘unlashtirgan holda yashasalar, oilani mustahkamlovchi kuch bo‗lib xizmat qiladi. Lekin nikohdagi shaxs turmush o‗rtog‘ini emas, o‗zini sevsa, o‗z manfaatidan voz kechib, sevgisini ehtiyotlab yashamasa, unda haqiqiy sevgining bo‗lishi mushkul. Ko‗pincha oila uchun jafo chekmasdan turib vafo kutish oqibatida yoshlar oilaviy hayotdan kutgan narsalari qolib ketib, mutlaqo
noxush holatlarga duch keladilar. Bunday holda sevgi oila mustahkamligiga xizmat qilmaydi.
Moddiy manfaat tufayli oila qurish ko‗pincha oilaviy hayotda kutilgan maqsadga olib kelmaydi. Chunki, ko‗zlangan maqsadga bu holda ko‗pincha erishilmaydi, bu esa ulug‘ shoir Alisher Navoiy ―G‘urbatda g‘arib shodmon bo‗lmas emish‖ deganlaridek, oilaviy baxtni sarobga aylantirib qo‗yadi. Oilaviy hayot uqubatga aylanadi, oila dengizda halokatga uchragan kema misol inqirozga yuz tutadi.
Agar statistikaga ishonadigan bo‗lsak, jihatdan eng mustahkam oilalar stereotip bo‗yicha, ya‘ni hamma qilgan ishni qilish qabilida oila qurgan juftlarga to‗g‘ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajrashishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga nisbatan kam ko‗rsatkichni tashkil etar ekan35.
Shunday ekan, qanday motiv asosida oila qurish lozim degan muammo tug‘ilishi tabiiy. Albatta, har bir yosh o‗z taqdirini o‗zi hal qiladi. Ammo, nima bo‗lganda ham oila mustahkamligini ta‘minlovchi muhabbat tuyg‘ulari hayotiy tajriba, chuqur mulohaza bilan uyg‘unlashgan holda oilaviy baxtni ta‘minlash mumkinligini yoddan chiqarmaslik zarur.
Oila mustahkamligiga bevosita aloqador bo‗lgan nikoh oldi omillarini guruhlashtirishda yoshlarning oila qurgunlariga qadar birbirlarini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday sharoitlarga ko‗ra tanishib oila qurishlari muhim ahamiyatga ega. Biz tadqiqotimizning tegishli joyida bu haqda to‗xtalgan edik. Biz ta‘kidlagan edikki, xalqimizda har doim ham yoshlarning o‗zlari boshqalarning aralashuvisiz bir-birlarini ma‘lum bir muddat bo‗lajak turmush o‗rtoqlari sifatida bilib yurishlari, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, mijozlari, dunyoqarashi haqida aniqroq ma‘lumotlarga ega bo‗lishlariga ahamiyat berilavermaydi. Vaholanki, bu holatlar ularning kelgusi hayotlariga favqulodda ta‘sir o‗tkazishi mumkin.
Mustaqillik yillarida oilaviy hayotda yuz bergan eng katta o‗zgarishlardan biri - bu Oila kodeksining qabul qilinishi bo‗ldi. Ushbu kodeksda nikohdan oldin bo‗lg‘usi kelin-kuyovlarning nikohdan oldingi holatlari masalasiga ham katta e‘tibor berilgan. Xususan, yoshlar nikohdan o‗tish uchun ariza berganlaridan so‗ng bir oy muhlat ichida ular o‗z niyatlarini tasdiqlashlari ko‗zda tutilgan. Albatta, bu oilalarning mustahkam asosini, poydevorini yaratishga qaratilgan qoidadir. Ammo, yoshlarimizning aksariyati hali nikohdan o‗tishga oid mavjud yuridik hujjatlarni yetarli darajada bilmaydilar. Tabiiyki, shunga mos tarzda unga amal qilavermaydilar.
Maxsus adabiyotlarda yoshlar bir-birlarini qancha muddat davomida bilsalar, ularning bo‗lajak hayotlari qanchalik mustahkam bo‗ladi degan masalaga e‘tibor qaratib kelinadi. Bunda nikohgacha tanishish muddatining qisqaligi maqsadga muvofiq emas deb baholanadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‗ra, oila qurgunga qadar bir-birlarini bir oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan erxotinlar orasida ko‗pchilikni tashkil qiladi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga qadar 5-10 yil va undan ko‗p vaqt bilishlari ham bo‗lajak erxotinlarning bir-birlariga nisbatan hissiyligining o‗tmaslashib qolishiga olib kelishi ham mumkin ekan. Shu ma‘noda psixologik adabiyotlarda bo‗lajak er-xotin sifatida bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilish eng maqbul muddat deb ko‗rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-birlari haqida yetarli bilimlar, ma‘lumotlarga ega bo‗lishga ulgurishar ekanlar.
Nikoh va oiladek murakkab va ko‗pqirrali tizimlarning
shakllanishida va keyingi amal qilishida alohida xususiyat va ahamiyat kasb etuvchi holat - bu yoshlarning tanishish shartlari masalasidir.
Insonning hayotiy faoliyati qanchalik hodisayu jarayonlarga, tasodiflarga boy bo‗lsa, yoshlarning bir-birlari bilan tanishish imkoniyatlari va shart-sharoitlari ham shunchalik rang-barangdir. Ko‗cha-ko‗y, ta‘lim muassasalari, dam olish, davolanish, sport maskanlari, jamoat transporti, to‗y-tomosha, turli tadbirlar, odamlar ko‗plab to‗planadigan joylar, xullas, inson qayerda mavjud bo‗lmasin, shularning barchasida boshqa odam, boshqa jins vakiliga talpinadi va tanishish uchun imkon qidiradi.
Tanishish vositalari ham turlichadir. Avvalo, inson boshqa jins vakili bilan shaxsiy xususiyatlari, ma‘naviy jihatlari, madaniyati, tarbiyasiga yarasha mustaqil tarzda tanishadi. Lekin bunga jur‘ati yetmagan inson boshqalar vositasida tanishishlari mumkin.
O‗zbek xalqida yangi oilalarning shakllanishida sovchilik instituti keng tarqalgan. Aytish mumkinki, bu tarixan shakllangan noyob institut yordamida oila mustahkamligini ta‘minlashning hayotiy tajribaga asoslangan o‗ziga xos jihati namoyon bo‗ladi. Albatta, bu kabi institutlar boshqa xalqlarda ham bor, lekin u aynan o‗zbeklarda oilani barqaror qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, sovchilik - nikohning yuzaga kelishining muhim sharti hisoblanadi, shu ma‘noda u to‗g‘ridan-to‗g‘ri nikoh-oila mustahkamligiga qaratilgan. Sovchilik shuning uchun ham nikoh-oila munosabatlarida muvozanatlovchi mexanizm rolini o‗ynaydi. Gap shundaki, yoshlar o‗zlari tanlagan odamni har tomonlama xolis va to‗g‘ri baholay olmasliklari mumkin. Bu borada kattalarning ―Yetti o‗lchab bir kesishga‖ asoslangan mulohazalari qo‗l keladi. Bu yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, yoshlar shu tariqa o‗zlari uchun mos inson bilan turmush qurish, o‗z nikohlariga mas‘uliyat bilan yondoshish, o‗z oilasi mustahkamligi uchun kurashish, uning hayoti uchun javobgarlikni zimmasiga olish sabog‘ini oladilar.
Albatta, bu masalada ham muammolar yo‗q emas. Hozirgi vaqtda ba‘zan oilaning moddiy va ijtimoiy holati, mavqyeiga ko‗proq e‘tibor berilib, nikohning asl sababchilari - bo‗lajak kelin-kuyov manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi yoki kelmasligi jihatlari unutilib qo‗yilmoqda. Bunday vaziyatlarda yoshlarning fikri, munosabatlari hisobga olinmay qolishi mumkin. Bu esa ular quradigan oila mustahkamligiga jiddiy xavf tug‘diradi36.
Oila mustahkamligiga ta‘sir etuvchi yana bir omil - bu yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlaridir. Bu tasavvurlarning qanchalik real hayotga yaqin bo‗lishi oila mustahkamligining muhim garovidir. Lekin, hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi.
Albatta, hayotni butun borlig‘icha tasavvur qilish kattalarning ham qo‗lidan kelmaydi. Ko‗pincha shunday bo‗ladiki, yoshlar o‗zlarining to‗liq bo‗lmagan, haqiqatdan yiroq tasavvurlarini reallikka aylantiraman deb, ularni o‗z turmush o‗rtoqlariga ham uqtirishga urinadilar. Bu esa asta-sekin turmush nizolari uchun zamin hozirlaydi. Darhaqiqat, yoshlarimiz muhabbat, hayot, nikoh va oila masalalarida ko‗pincha hind kinofilmlaridagidek ertaknamo tasavvurlarda bo‗ladilar. Shuning uchun oilaviy tarbiyada, ta‘lim-tarbiya jarayonida, ommaviy axborot vositalarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga jiddiy yondoshish talab etiladi.
Ko‗pchilik yoshlar, ayniqsa baxtli oilalarda ulg‘aygan yoshlar aksariyat hollarda o‗z bo‗lajak oilaviy hayotlari uchun o‗z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Aslida bolalar ota-onalari turmushining faqat yaxshi, tinch-totuv jihatlaridangina xabardor bo‗ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan yoshlarimiz, oila qurganlaridan so‗ng o‗zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik, murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, rollarga moslashish, bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan kiyinchiliklar, to‗siqlar, muammolar oldida esankirab qolishlari mumkin37.
Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayotni imkon qadar to‗laligicha tushuntirish, bunda oiladagi katta avlodning hayot yo‗li saboqlaridan unumli foydalanish zarur.
Ma‘lumki, mamlakatimizda o‗smir va qizlarning nikoh oldi xattiharakatlari muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar hali juda oz. Umuman, nikoh oldi xatti-harakatlarining ba‘zilari o‗zbek sotsiologlari tomonidan nomlanmagan ham. Shu vaqtning o‗zida boshqa mamlakatlar etnografik va sotsiologik adabiyotlarda nikoholdi xatti-harakatlarining paydo bo‗lish vaqti va uning rivojlanish bosqichlarini aniqlash bo‗yicha talaygina ishlar qilingan. Masalan, xorijiy adabiyotlarda ―flirt‖ deb, rusiyzabon adabiyotlarda ―uxajivaniye‖ deb nomlanadigan jarayon ilmiy tadqiqotlarimizda deyarli uchramaydi. Bu jarayon oddiy xalq tilida
―O‗g‘lim (qizim) falon qiz (yigit) bilan yurar ekan‖ qabilidagi iboralar bilan ifodalanadi. Albatta, xalqimizda nikoh oldi xatti-harakatlari maqbul deb hisoblanmaydi va bu xatti-harakatlar nazorat ostiga olingan. Lekin, bu bilan ushbu sohadagi muammolar hal bo‗lmasligi aniq.
Asrlar davomida o‗zbek xalqida qishloq va shaharlarda sovchilik asosida turmush qurish an‘anasi amal qilib kelgan. Ota-onaning ixtiyori bolalar uchun ularning istaklariga qarshi bo‗lsa ham, qonun hisoblanar edi. Asrlar davomida nikoh patriarxal qadriyatlar, iqtisodiy hisob-kitob va yaqin atrofdagi o‗z ijtimoiy muhiti tomonidan ma‘qullanishga asoslangan.
Keyingi davrda, garchi sovchilik intituti amal qilsada, yangi nikoholdi odatlari paydo bo‗lmoqda. Albatta, yoshlarning o‗zaro tanishishlarida ko‗ngilochar muassasalarning ko‗payganligi sabab bo‗lmoqda. Lekin, eng asosiysi, yoshlarning shaxsiy moyilliklari ham inobatga olina boshlandi.
Mustaqillik turmush munosabatlarining har tomonlama qayta shakllantirilishiga zamin yaratdi. Biroq, oilaviy munosabatlarda an‘analar va ommaviy ongda yashab kelayotgan stereotiplar yashovchan hodisalar ekanliklarini ham hisobga olish zarur. Nima bo‗lganda ham, yoshlarning o‗zaro munosabatlaridagi sevgi omili nikohni amalga oshirishga olib keluvchi muhim omillardan biriga aylayotganligi qimmatlidir.
Turli tarixiy-madaniy hududlarning qiyosiy tahlili sotsiolog va etnograflarni nikoh oldi huquqining o‗zgarayotganligi to‗g‘risida xulosa chiqarishga olib keladi. Yevropa xalqlarining aksariyatida yoshlarning munosabatlarida sevgining yaqin o‗tmishdagiga nisbatan kuchli tarzda erkinlashgani qayd etilgan.
Xalqimizda esa hozirgacha nikoholdi xatti-harakati me‘yorlari nihoyatda qat‘iy, chegaralangan mazmunga ega. Bunda nikoh bilan tugallanmagan nikoholdi xatti-harakatlari qarindoshlar uchun hurmatsizlik sifatida baholanishi mumkin.
Umuman olganda, yoshlarning nikoh oldi xatti-harakatlari muhabbat va turmush o‗rtog‘ini izlash, vaqtichog‘likka urinish, hissiy aloqa o‗rnatish istagi va qiziqish kabi motivlarga ega bo‗lgan xulqatvordir. Bu xatti-harakat ijtimoiy, milliy, hududiy jihatdan qat‘iy nazar, kuchli nazoratdan chiqib, o‗zaro qadrlanadigan shaxslararo munosabatlarga aylanib bormoqda. Bunda nikohga urg‘u berishga nisbatan ham sevgiga urg‘u berish tendensiyasi kuzatilmoqda. Albatta, bunda boshqa motivlarga ham ahamiyat berilishi mumkin. Bir qarashda paradoks holati yuzaga kelmoqda: tanishish imkoniyatlari va nikoholdi xatti-harakatlar motivlari ko‗paymoqda, biroq nikoh uchun tanlash jarayoni murakkablashmoqda. Bunda, fikrimizcha, shaxs individuallashuvi jarayonida erkak va ayollarning bir-biriga bo‗lgan talablari ham ortib, turmush o‗rtog‘ini izchilroq tanlash imkoniyati yaratilayotganligi yaqqolroq ko‗zga tashlanmoqda.
Shu o‗rinda aytib o‗tish zarurki, «turmush o‗rtog‘ini izlash» va «sevgilisini izlash» o‗rtasida farq mavjud. Hozirgi ko‗pchilik yoshlarning ota-onalari sovchilar yordamida turmush qurishgan. Bunda nikoh motivi sevgi motividan ustun kelgan. Boshqacha aytganda, ular to‗ydan keyin sevishib ketishgan, ya‘ni turmush o‗rtog‘i sevikli yor o‗rniga o‗tgan. Endilikda bu otna-onalar o‗z farzandlariga ham shunday taqdirni ravo ko‗rishlari tabiiy. Ammo yoshlarda endilikda sevgi motivi va nikoh motivi o‗rtasida farqlanish paydo bo‗lmoqda. Shuning uchun ham sovchilik yordamida ular hamisha ham asl turmush o‗rtoqlarini (buni «sevikli yor + er(xotin) q nikoh» formulasi bilan ifodalash mumkin) topa oladilar, deb aytish qiyin. Ayrim hollarda yoshlar hayotda boshqa, orzu-armonida boshqa bo‗lgan kimsa bilan hayot quradilar. Bunda mashhur bir qo‗shiqda kuylanganidek, «qo‗ynimda bir yoru, ko‗nglimda bir yor» holati paydo bo‗ladi.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, yomon turar-joy sharoitlari va ularning oqibatlari (turli kasalliklar va b.), shuningdek, nihoyatda past darajadagi daromadlar er-xotin munosabatlarining yomonlashuviga va ajralishlarga olib keluvchi omil bo‗lib xizmat qiladi
Mustaqillik davrida ijtimoiy xizmat sohasini sifat jihatdan takomillashtirish, moddiy ta‘minlanganlikning yaxshilanishi, turar joy bilan ta‘minlashdagi o‗zgarishlar, bog‘cha va boshqa maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari miqdorining ko‗payish, so‗zsizki, oilaviy munosabatlarga ijobiy ta‘sir etadi. Lekin bu jarayonlar mavjud muammolarni o‗z-o‗zidan hal etmaydi. Haqiqatda ham, turar joy fondi nisbatan o‗smoqda, maktabgacha tarbiya muassasalari ko‗paymoqda, biroq shu bilan birgalikda ajralishlarning miqdori ham oshmoqda. Turar joy shinamligi, moddiy ta‘minlashning belgilangan darajasi, ijtimoiy xizmatning yuqori sifati, turmushning sanoatlashuvi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda rasional band qilish kabilar turmush barqarorligining zaruriy, biroq eng asosiy bo‗lmagan omillaridir. Aynan shu sababli, nizolarni bartaraf etish bo‗yicha taklif etilayotgan bir qator vositalar oila ichidagi munosabatlarning mohiyatiga bevosita ta‘sir etmayapti. Beixtiyor «barqarorlik» muammosining ajralishlarni «minimallashtirish» muammosi bilan almashtirilishi yuz beradi.
Ko‗pchilik tadqiqotchilar «nikoh» va «er-xotinlik» tushunchalarini o‗zaro tenglashtirishga, ya‘ni bir xil deb qabul qilishga moyil bo‗lishadi. Bu noto‗g‘ri.
Nikoh - bu er va xotinning bir-birlariga va bolalariga nisbatan ijtimoiy ruxsat etilgan va diniy, ma‘naviy hamda huquqiy me‘yorlar yordamida boshqariladigan huquq va majburiyatlarini belgilovchi munosabatlarning tarixiy shaklidir38.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling