Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet18/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Er-xotinlik - er va xotinning shaxs sifatida o‗zaro ta‘sirlari tizimidir. Nikohda birinchidan, aloqalarning vositalanganligiga urg‘u berilsa, ikkinchidan, er va xotin o‗rtasida huquqlar, majburiyatlar, imtiyozlar va javobgarlikning teng taqsimlanishiga e‘tibor beriladi.
Nikoh barqarorligi masalasida, avvalo, barqaror nikoh timsolining shakllanish bosqichlari e‘tiborga molikdir.
Nikoh to‗g‘risidagi tasavvurlar vaqt o‗tgan sayin rivojlanadi. Individ tomondan kerakli bilim va tajribalarning orttirib borilishi, ya‘ni sotsiologlar iborasi bilan aytganda, ijtimoiylashuv jarayonida aniq mazmun kasb etib boradi. Bu bir qancha bosqichda kechadi:
-bolalik chog‘ida ota-onaning o‗zaro munosabatlari farzand tomonidan hissiy va egosentrik, ya‘ni o‗z shaxsi nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Ularning xatti-harakatlaridagi bir xillik, qaytariluvchanli, takrorlanuvchanlik bolaning ongida mo‗rt tasavvur sifatida saqlanib qoladi;
-o‗smirlik yoshida timsol o‗z ichiga er-xotinlikka berilgan baho, ota-onalikka berilgan baho, shuningdek, institusional va norasmiy manbalardan olingan ma‘lumotlarni jamlaydi. Tasavvurlar noaniq va chalkash bo‗ladi;
-nikoh oldi yoshida nikohni romantik tasavvur etish hollari kuzatiladi. Bunda qadriyatlar ustunida nikoh manzarasi quyidagicha bo‗ladi: yuqorida hissiy-emosional qadriyatlar (qarashlar umumiyligi, o‗zaro g‘amxo‗rlik, yaqinlik va b.), quyida esa moddiy qadriyatlar
48.
(moddiy ta‘minlanganlik, shinamlik va b.) joylashadi
Nikoh to‗g‘risidagi keng va to‗liq tasavvurlar haqqoniy turmush sharoitida, asosan nikoh amaliyoti davrida shakllanadi.
Nikoh idealining yuqorida bayon etilgan davr xususiyatlaridan tashqari, uning jinslarga ko‗ra xususiyatlari ham namoyon bo‗ladi. Nikohning ayollar uchun ideal modeli quyidagi tavsiflarga ega bo‗lgan tuzilmalardan iborat:
-institusional (oilaviy osoyishtalik, moddiy ta‘minlanganlik, xotinlik burchi, bolalarni tarbiyalash majburiyati);
-turmushga oid (er-xotinning har birining individual intilishlarining to‗g‘ri anglanishi va rag‘batlantirilishi, er-xotinning o‗zaro g‘amxo‗rliklari va do‗stona mayllari, er-xotin o‗rtasidagi majburiyatlarning oqilona taqsimlangani); -shaxslararo seksual hamohanglik.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling