Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet15/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Nikoh xulq-atvori nikohga bo‗lgan ehtiyojni qondirishga yo‗naltirilgan xulq atvor bo‗lib, nikoh juftini tanlash bilan bog‘liq bo‗lgan xulq atvordir (ya‘ni nikohiy saralash). Nikohiy saralash deb nomlanuvchi jarayon natijasida nikoh juftini tanlash mavjud bo‗lgan nikoh juftligiga nomzodlar orasidan u yoki bu usul orqali yagona sherik tanlanadi va bu sherik keyinchalik «er» yoki «xotin» bo‗ladi. Nikoh juftini tanlash tarixan konkret jarayon bo‗lib, u jamiyatda mavjud bo‗lgan iqtisodiy, ijtimoiy, sotsiomadaniy va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq. Nikoh juftini tanlashning asosiy xususiyatlari turli madaniyat va tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tanlashning imkoniy makoni va individual tanlash erkinligi darajasi bilan bog‘liq.

    1. munosabatda, ya‘ni nikoh juftini tanlashdagi imkoniyatlar makonini tanlashda barcha madaniyatlar ularda takroriy nikohga ruxsat berilish yoki berilmasligi bilan farqlanadi. Agar takroriy nikohlarga ruxsat berilsa, imkoniyat makoni juda keng bo‗ladi va o‗z ichiga nikohga kirgan va kirmagan insonlarni oladi. Bu yerda ayol yoki erkakning doimo nikoh qurish uchun yo‗l ochiq (ular nikohdami yoki bo‗ydoqmi buni ahamiyati yo‗q) degan qoida mavjud. Amerika sotsiologi B.Farber fikricha, ―har bir inson, nazariy jihatdan qarshi jinsdagi barcha shaxslarning potensial nikoh juftidir. Bunda insonning oilaviy holatining ahamiyati yo‗q, chunki u keyinchalik tuzilishi ehtimoli bo‗lgan keyingi nikohlarining jufti bo‗lishi mumkin‖. Aksincha takroriy nikohlarga yo‗l quyilmaydigan madaniyatlarda nikoh juftini tanlashdagi imkoniyat makoni tor bo‗ladi va nikohdagilar bularning qatoriga kirmaydi.

    2. munosabatda, ya‘ni individual tanlash erkinligi darajasiga ko‗ra turli jamiyatlar farqlanadi. Ba‘zi madaniyatlarda faqat ota-ona yoki boshqa qarindoshlar ko‗rsatmasigi ko‗ra nikoh juftini tanlash yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, ba‘zilarida «erkin» tanlash oldinda bo‗ladi va uning asosiy «agentlari» nikohga kiruvchilarning o‗zi hisoblanadi. Lekin har qaysi sharoitda nikohga kirish va nikoh juftini tanlash o‗zboshimchalik va beboshlik emas. Ular madaniy, ijtimoiy, psixologik va ba‘zida sotsial-biologik omillarning ta‘siriga bo‗ysunadi.


Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling