Nikoh turlari:
Monogam nikoh – bir erkakning bir ayol bilan nikohi.
Poligin nikoh – bir erkakning bir necha ayol bilan nikohi.
Poliandriya nikoh – bir ayolning bir necha erkaklar bilan nikohi.
Fraternal-poliandriya nikoh – bir necha aka-ukalarning bir ayol bilan bo‗lgan nikohi.
Sororal-poliginiya – bir necha opa-singillarning bir erkak bilan nikohi.
Ekzogam nikoh – nikoh juftini (xo‗ja-xo‗jaga) guruhdan tashqarida tanlangan.
Endogam nikoh – n.j. guruh ichidagi a‘zo bilan tuzilgan.
Patrilineal nikoh – familiya, mol-mulk, ijtimoiy mavqyei, otadan meros qoladi.
Matrilineal oila – onadan meros qoladi.
Patriarxal nikoh – oila boshlig‘i erkak.
Matriarxal nikoh – oila boshlig‘i ayol.
Egolitar nikoh – erkak va ayol o‗rtasida hokimiyat sharoitga ko‗ra taqsimlanadi (ishchi-ishchi).
Gomogen nikoh – er-xotin bir stratadan berilgan oilalar.
Geterogen nikoh – er-xotin turli sinf, qatlam va kastalardan bo‗lgan nikoh.
Patrilokal nikoh – yangi qurilgan yosh oila erkagining otasinikida turadigan oilalar.
Matrilokal nikoh – yangi qurilgan yosh oila kelinning otasinikida yashaydigan oilalar.
Takroriy nikohlar – ajrashgandan keyin tuzilgan nikoh. Unda nikoh a‘zolarining oldingi nikohidan farzandlari yashashi mumkin.
Nuklear oila – er-xotin va ularning nikohga kirmagan farzandlari bilan yashaydigan oila.
Oilaning vazifalari
Oila jamiyat bag‘rida tashkil topib, rivojlanishi bilan birga uning jamiyatda bajaradigan o‗z vazifalari, funksiyalari mavjuddir. Oilaning vazifalarini 3 guruhga ajratish to‗g‘riroqdir.
Oilaning demografik vazifasi.
Oilaning ijtimoiy vazifasi 3. Oilaning iqtisodiy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |