Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet10/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Manogom oila-nikoh juftining mavjudligi. Poligam oila-bu erkak kishi bir nechta ayolga ega bo‗lishi mumkin. Qarindoshlik aloqalari tartibiga qarab oila oddiy, nuklear yoki murakkab kengaytirilgan oilaviy turlari mavjud. Nuklear oilada er-xotin va ularning nikohsiz (nikoh yoshida emas) oilaviy juftini tushunamiz. Agar bolalardan birontasi nikoh qilingan bo‗lsa, ular kengaytirilgan yoki murakkab, ikki yoki undan ko‗p avlodlarni o‗z ichiga olgan oila kelib chiqadi.
Oila ijtimoiy institutlar sifatida jamiyat paydo bo‗lishi, shakllanishi davrida paydo bo‗ladi. Oilaning shakllanishi va faoliyati jarayoni qadriyat me‘yori o‗lchagichi bilan bog‘liq. Masalan: bir odamning yoqtirish, uni turmush o‗rtog‘i sifatida tanlash. Er-xotin, qarindoshurug‘, ota-ona va bolalar o‗rtasidagi seksual me‘yor, intizom axloq tartiblaridan foydalanish va ularni bajarmaslik sanksiyalari. Bu qadriyatlar me‘yorlar va sanksiyalar mazkur jamiyatda o‗zgaruvchan erxotin o‗rtasidagi munosabatlar ko‗z oldiga keladi. Bu munosabatlar ularning jinsiy hayotini tartibga soladi va oilaviy ota-onalik, qarindoshurug‘chilik majburiyatini va huquqlarini o‗rgatadi.
Taraqqiyotning dastlabki bosqichida erkak va ayol o‗rtasidagi munosabat, katta va kichik o‗rtasidagi, avlod va ajdod an‘analari asosida sinkret me‘yor va intizom namunalariga asoslangan bo‗lib, diniy va axloqiy nuqtayi nazaridan qaralgan. Davlat paydo bo‗lishi bilan oilaviy hayotni boshqarish huquqiy tus oldi. Nikohni huquqiy shakllantirish nafaqat oila, balki davlatning o‗ziga ham ma‘lum bir mas‘uliyatni yukladi. Ijtimoiy nazorat va sanksiyalarni jamiyat fikrigina emas, balki davlat organlari ham amalga oshiradilar. Oilaning birinchi vazifasi A.G.Xarchyovning fikricha aholini tabiiy to‗ldirish bolaga bo‗lgan talabni qoniqtirish, bu shaxsiy reja shu bilan bir qatorda oila bir qator quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • tarbiyaviy vazifa- yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatning madaniyatini rivojlantirish;

  • xo‗jalik maishiy vazifa- jamiyat a‘zolarining jismoniy sog‘ligini saqlash, bolalar va qariyalarga mehribonlik;

  • iqtisodiy vazifa- bir oila a‘zolariga ikkinchi oila a‘zolari uchun moddiy mablag‘ olish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a‘zolarini iqtisodiy qo‗llash;

  • birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti- hayot faoliyatini turli muhitda oila a‘zolarining xulq-atvorini axloqiy tartibga solish, shuningdek, erxotin, ota-ona va bola, o‗rta va katta avlod o‗rtasida mas‘uliyat va majburiyatlarning tartibga solish;

  • ma‘naviy muloqot- oila a‘zolari shaxsiyatlarining rivojlanishi, o‗zaro ma‘naviy kamol topishi;

  • ijtimoiy mavqye- oila a‘zolarini ma‘lum bir ijtimoiy mavqyeni taqdim qilish, ijtimoiy tarkibni qayta ishlash;

  • hordiq chiqarish-samarali dam olishni tashkillashtirish, dunyoqarashlar, ehtiyojlarni o‗zaro rivojlanishi;

  • hissiyot-ruhiy himoya, his-tuyg‘uni qo‗llab-quvvatlash, shaxslarni emotsional barqarorligi va ruhiy terapiya.

Oilani ijtimoiy institut sifatida tushunish uchun oiladagi vazifalarni tahlili katta ahamiyatga ega. Oilaviy vazifa (rol) jamiyatdagi insonning ijtimoiy rollarini ko‗rinishlaridan biri. Oilaviy rol shaxsning faoliyati va o‗z o‗rni bilan belgilanadi. Eng avvalo, er-xotinlik roli (er-xotinning vazifasi) ota-onalik vazifasi, bolalar (o‗il, qiz, aka, singil) vazifasi va hokazo. Oilaviy rolning ijrosi qator shartlarini, eng avvalo rol timsolining bajarilishidan iborat. Shaxs o‗ziga berilgan rolni, ya‘ni oilada er yoki xotin bo‗lish, oilaning kattasi yoki kichigi bo‗lish vazifasini yaqqol ko‗z oldiga keltirmoi zarur. U yoki bu vazifa unga qanday me‘yor qoidalarini yuklashini bilishi kerak. O‗z intizomi obrazini shakllantirish uchun shaxs oilaviy rol tarkibida o‗zining va boshqalarning o‗rnini aniq belgilashi shart. Masalan: u oila boshlig‘i rolini bajara oladimi, qisman yoki butunlay oilaning moddiy tutqichi bo‗la oladimi?
Oilani muvaffaqiyatini shakllantirish uchun oilaviy rol talab qiluvchi vaziyatlarda o‗zini tuta bilishi ham e‘tiborga ega. Masalan: u yoki bu boy odam oilaning boshqa a‘zolarini moddiy ta‘minlab kelgan. Ammo, keyinchalik u odam moddiy qiyinchilikka uchrab qoldi deylik, moliyaviy ahvol o‗zgardi va vaziyatning o‗zgarishi shu zahoti uning rolini o‗zgartirishni taqazo etadi.
Oiladagi rol munosabatlari rol kelishuvchiligi yoki rol ziddiyati bilan ham ifodalanishi mumkin. Sotsiologlarning fikricha, rol ziddiyati ko‗pincha quyidagilardan kelib chiqadi.

  1. Rol obrazining ziddiyati. Bunda rollar noto‗g‘ri shakllantirilgan, noto‗g‘ri bo‗lingan bo‗lishi mumkin.

  2. Rollar orasida ziddiyat, undagi qarama-qarshilik to‗ri rollardan kelib chiqqan, rol yakunlaridan kelib chiqadi. Bunday ziddiyatlar ko‗p avlodli oilalarda ko‗proq uchraydi. Ikkinchi avlod vakillari bir vaqtning o‗zida ham bola, ham ota-ona rolini bajarishlari kerak.

  3. Rol ichidagi ziddiyat, bunda qarama-qarshitalablar qo‗yiladi. Zamonaviy oilada, bu muammoning sababi ko‗pincha ayol kishidir.

Oilada ayol kishi beka bo‗lishi. Bolalarni tarbiyalash, oila a‘zolariga qarshi roli ajratilgan. Zamonaviy oilalarda erkak bilan birgalikda oilani moddiy mabla bilan ta‘minlash roli ham ajratilgan.
Agar ayol ijtimoiy tomonidan erga nisbatan yuqori mavqyega ega bo‗lsa va o‗z mavqyeini oilaviy munosabatlarda ham qo‗llasa, ziddiyat yana ham jiddiylashadi. Bu vaziyatda er-xotinning sabablari ichida alohida o‗rin tutadi. Masalan: qiz bola turmushga chiqqach oiladagi bekalik yoki onalik rolini bajarishni xohlamaydi, avvalgiday turmush tarzini davom ettirishga harakat qiladi.
Zamonaviy jamiyatda oilaning zaiflanish jarayoni uning ijtimoiy instituti sifatida ijtimoiy faoliyatning o‗zgarishi rolsiz munosabatlarini kuzatmoqda. Shaxslarning ijtimoiylashishida oila o‗zining yetakchilik vazifasini yo‗qotmoqda. An‘anaviy ayolga berilgan bekalik, onalik roli erkakka berilgan mulkka yagona xo‗jayinlik roli, oilaning iqtisodiy mustaqilligini saqlash roli bir-biri bilan almashib borayotganligini ko‗pchilik xristian va budda madaniyatiga ega oilalarda ko‗rish mumkin. Mamlakatlarda oilada ayollar iqtisodiy ta‘minlanishni barcha erkak zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‗zlarining zimmalariga yuklashlari oilaviy qarorlarni, masalalarni hal qilishlari kuzatilmoqda. Bu hol oila faoliyatini o‗zgartirib yuboradi va jamiyat qator potiziv va negitav oqibatlarni olib keladi. Bir tomonda ayol o‗zligini oiladada teng huquqqa ega ekanligini hal qildi. Ikkinchi tomondan, ziddiyatli vaziyatni kuchaytirdi. Tug‘ilish jarayonining kamayishi va o‗limning ko‗payishiga olib kelgan demografik intizomiga ta‘sir qildi.
Nikoh mustahkamligi, er-xotin o‗rtasidagi munosabatlar uyg‘unligiga erishish muammolari sotsiologiya fani tadqiqot ob‘yektlaridan biridir. Ushbu muammoni ilmiy o‗rganishda turlicha yondashuvlarning tahlili oila, jumladan, yosh oilalar hayotiy faoliyatining turfa jabhalarini tadqiq etishda tadqiqotchilar fikrlari xilma-xilligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy faylasuflar, sotsiologlar, demograf, tarixchi, etnograf va boshqa jamiyatshunos olimlar oilada sodir bo‗luvchi jarayonlarni tushunish va tavsiflashda jiddiy harakatlarni amalga oshirgan. Sotsiologik fikrning klassik vakillari M.Veber, E.Dyurkgeym, O.Kont, M.Mid, T.Parsons, P.Sorokin va boshqalar oila-jamiyat munosabatlaridagi o‗zaro ta‘sir va o‗zaro manfaatli bog‘liqlik muammolarini chuqur tahlil etganlar, oila shakllarini turkumlaganlar. Shu bois, hozirda oila va oilaviy munosabatlarning ilmiy tafsilotlari qator yo‗nalishlarni qamrab oladi.
Xususan, o‗tgan davrlar mutafakkirlari va faylasuflari ishlari birinchi yo‗nalishga mansub bo‗lib, ular oilani sotsio-madaniy hodisa va jamiyatni ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi asosiy omil sifatida ko‗rsatganlar. Ushbu yo‗nalish Platon, Aristotel, F.Bekon, T.Gobbs, I.Kant va boshqalarning ijtimoiy fikrlarida o‗z aksini topgan. Bu yondashuv zamonaviy sotsiologik tadqiqotlarda ham o‗z aksini topgan (L.I.Savinov, A.G.Vishnevskiy, A.G.Xarchev va boshqalar).
Ikkinchi yo‗nalishga oilani sotsial institut sifatidagi mohiyatini ta‘riflovchi g‘oyalarni kiritish mumkin. Ushbu konsepsiyalar M.Veber, E.Dyurkgeym, J.Medok, U.Ogbornlarning tadqiqotlarida ishlab chiqilgan. Mazkur ishlarda oilaning sotsio-madaniy funksiyalari, uning shaklan o‗zgarib borishi, o‗zgacha sotsial ahamiyat kasb etishining tarixiy ildizlari tahlillangan. Oila funksiyalari doirasining torayib borishi sabablari izohlangan.
XIX asrning o‗rtalariga qadar oila jamiyatning mikromodeli sifatida o‗rganilgan. Bu davrda ijtimoiy munosabatlar bevosita oilaviy munosabatlarga qiyoslangan. Faylasuflar va tarixchilar jamiyatni kengaytirilgan oila qabilida sharhlagan.
XIX asr oxirlariga kelib oila kichik guruh sifatida uchinchi yo‗nalishga mansub tadiqotchi-olimlar amaliy va empirik tadqiqotlari obyekti sanalgan. Ushbu an‘ananing asoschisi R.Xill, Ch.Kuli, F.Le-Ple va boshqa olimlar bo‗lib, ular oilaning qarindosh-urug‘chilik munosabatlari doirasidan «er-xotinlik» oilasi darajasigacha torayib borishi qonuniyatlarini o‗rganganlar. Oila «sotsial guruhlar»ga mansublik nuqtai nazaridan
«alohida xususiyatli birlamchi guruh» sifatida ta‘riflanib «nuklear oila» g‘oyasining shakllanishiga asos bo‗ldi. Ushbu nazariy yondashuvni davom etgan U. Djeyms, F.Znaneskiy, U.Tomas, Z.Freydlar oilani birlamchi kichik sotsial guruh sifatida ta‘riflaganlar. Ular tomonidan shaxs va oila o‗rtasidagi o‗zaro aloqa birlamchi, shaxslararo munosabatlar darajasida ko‗rib chiqilgan.
P.Sorokin mohiyatan oilaning institusional xususiyatlarining klassik tahlilini amalga oshirgan. U tomonidan taklif etilgan metodologiyaga ko‗ra oila unikal sotsial guruh, jamiyat tuzilmasining birlamchi nuqtasidir. Ushbu yondashuvga muvofiq oilaning maxsus institusional funksiyalari bo‗lib, jamiyatning boshqa institutlari muqobil funksiyalari uning o‗rnini to‗ldirmaydi.
Tuzilmali-funksional tahlilning nisbatan keyingi paradigmalari doirasida oilaning tuzilma sifatidagi funksional va mavqyeli-rolli xususiyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy ijtimoiylashuv jarayoni bosqichlari, uning sotsial nazorat funksiyalari va shu kabi o‗ziga xos jihatlari borasida fundamental nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Oilaning o‗ziga xosligi xususida E.Giddensning7 ilmiy hissasini alohida ko‗rsatish joiz. Uning tadqiqotlarida oila instituti turli shakllarining tarixiy dinamikasi, avlodlararo qadriyatli, sotsio-madaniy vorislikni ta‘minlanishidagi roli, nikoh istiqbollari va rivojlanish tendensiyalari, oilaviy-nikoh munosabatlarining an‘anaviy va muqobil shakllarining nisbatining nazariy-metodologik asoslari yaratilgan.
U.Bek8 tadqiqotlarida oilaning an‘anaviylikdan chekinish va zamonaviy jamiyatdan postmodern jamiyatga qadar bo‗lgan dinamikasi ko‗rsatilgan.
Oila instituti sotsial funksiyalari transformasiyasi bilan bog‘liq hodisalar Rossiya tadqiqotchilari ilmiy fikrlarida o‗z aksini topdi. Rossiyada oila va nikoh muammolarini keng qamrovli tadqiq etishda A.I.Antonov, I.V.Bestujev-Lada, S.I.Golod, A.G.Xarchev, V.A.Yadov va boshqalarning xizmatlari katta9. T.M.Afanasyev, V.M.Medkov, A.B.Sinelnikov kabi olimlar tadqiqotlarida esa zamonaviy Rossiya oilalaridagi yangi tendensiyalar tavsiflangan10.
Yosh oilalar muammolarini o‗rganishda M.S.Maskovskiy va T.A.Gurkolarning hamkorlikdagi tadqiqotlari ahamiyatli. Ular tomonidan «yosh oila» tushunchasiga berilgan ta‘rif hozirda ko‗plab tadqiqotlarda tayanch nuqta sifatida xizmat qilmoqda. Ushbu olimlar ilmiy ishlarida yosh oilalar barqarorligiga tahdid soluvchi omillar tahlil etilgan1112.
Ye.V. Antonyuk tadqiqotlari esa yosh oilalardagi rolli tuzilma hosil bo‗lishi omillariga bag‘ishlangan bo‗lib, ushbu ishlarda yosh er-xotinning bola tug‘ilishidan oldin va farzand tug‘ilgach o‗z nikohidan qoniqish hissi darajasi aniqlangan. I.F.Dementyeva tomonidan yosh oilalarning shakllanishi muammolari o‗rganilar ekan, uning muvaffaqiyatli kechishiga ta‘sir etuvchi omil sifatida er-xotinning nikohgacha bo‗lgan xulq-atvori
15. ta‘riflangan
Yosh oilaviy juftlik xususiyatlarining ota-ona oilasi xususiyatlaridan farqli jihatlari va umumiylik tomonlari T.A.Gurkoning taqiqotlarida o‗z aksini topgan13. Yoshlarning nikoh, oila, er-xotinlikning dastlabki yillarida boshidan kechiradigan muammolar esa Yu.R.Vishnevskiy, I.F.Dementyeva, Ye.I.Pavlova, A.D.Plotnikov va boshqalarning ishlarida o‗rganilgan14. Mazkur ilmiy ishlar natijasida yoshlarda nikohga tayyorgarlik darajasining yetarli emasligi birgalikdagi hayotning dastlabki yillaridayoq nikohning buzilishiga olib kelishi aniqlangan.
O‗zbekistonda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ichida o‗zbeklarning oilaviy hayoti etnik xususiyatlari, ularning an‘anaviy turmush tarzining madaniy tavsiflari, ma‘naviy-ma‘rifiy mo‗ljallari borasidagi izlanishlar oila va oilaviy turmush tarzi o‗rganilgan manbalar asosida tahlil etilgan. Xususan, Z.X.Arifxanova, I.M.Jabborov, O.Bo‗riyev, O‗.Qayumov, A.F.Monogarova, Q.Nasriddinov, F.M.Otaxo‗jayev, Z.Rasulova, I.Shoymardonov, M.Xolmatova15larning ilmiy tadqiqotlarida o‗zbek oilasi tarixi, oilaviy va jamoaviy turmushning o‗ziga xosliklari, urf-odat va
motlar marosimlar, an‘anaviy oila shakllari borasida keng qamrovli ma‘lu jamlangan.
Nikoh va oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari boshqa fanlar vakillarining tadqiqotlarida ham tadqiq etilgan (G‘.B.Shoumarov, N.X.Lutfullayeva, M.M.Umarova)19. Ushbu tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari obyekti sifatida oila barqarorligi, uning butunligi va mustahkamligi omillari, er-xotin munosabatlari muammolari olingan.
F.M.Otaxo‗jayev tadqiqotlari oila va nikoh munosabatlarining huquqiy jihatlariga aniqlik kiritilgan16. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy oilada sodir bo‗layotgan jarayonlar borasida tasavvurlarni boyitishga mo‗ljallangan boy tarixiiy va etnografik ma‘lumotlarni taqdim etadi.
Oila insonlarning tabiiy-biologik nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy munosabatlarga asoslangan turmush birligi va o‗zaro javobgarlik orqali bog‘langan ijtimoiy guruhdir. Bu oilaning bugungi shakliga berilgan mukammal ilmiy ta‘rifdir. Oila – jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o‗zining paydo bo‗lish, rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‗lgan. Ma‘lumki, ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi bosqichida – insonlar to‗da-to‗da bo‗lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartibqoidaga ega bo‗lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan oila bo‗lib yashaganlar. Oilaning bunday shakli fanda – poligamiya (ko‗p nikohlilik) deb ataladi. Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar asosan xususiy mulkning paydo bo‗lish natijasida oilaning tarkibi ham, shakli ham o‗zgardi. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi. Moddiy mahsulotlar yaratishda erkaklar ulushi yuqori bo‗la boshladi. Natijada oila huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. (erkaklar ustunliligi). Endi bir erkak oila boshlig‘i bo‗lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan bir oila bo‗lib yashardilar. Bunday oilalar ko‗p xotinlilik, ya‘ni – poliginiya asosida tashkil bo‗lgan – poligamiya oila shakli bilan monogam (bir nikohli) o‗rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar.
Ushbu me‘yorlar ichida muhimlaridan biriga biz «urug‘»ni tadqiq etish davomida duch kelamiz. Urug‘ bu – bir necha kishidan iborat guruh bo‗lib, ular o‗rtasida jinsiy aloqalar qat‘iy ta‘qiqlangan. Shu bois, turli urug‘ a‘zolari jinsiy munosabatlarga kirishganlar. Natijada nikoh ham turli urug‘ vakillari o‗rtasida tuzilgan. Ushbu an‘ana – ekzogamiya deb nomlanib, - chetki (urug‘dan tashqarida) nikoh ma‘nosini anglatadi. Ekzogamiya, ya‘ni – urug‘dan tashqarida jinsiy sherik qidirish, urug‘ ichida jinsiy aloqalar ta‘qiqlanganligining mahsuli bo‗lib, «agam» ta‘qiq yoki oddiygina «agamiya» (yunonchadan a –«no» (raddiya belgisi), «gamos» –nikoh) deb nomlanishi mumkin. Agamiyani buzish uchun qo‗llaniladigan oddiy jazo turi bu – o‗lim jazosi sanalgan.
Yevropaning sinfiy jamiyatlari, shuningdek, yevropaliklar istiqomat qiluvchi hududlar (Amerika, Avstarliya) da ham so‗nggi paytlargacha nikohning keng tarqalgan yagona turi bir nikohlilik, ya‘ni, «monogamiya»
(yunonchadan «monos» – bitta, yagona va «gamos» – nikoh) bo‗lgan. Albatta yevropaliklar nikohning boshqa turlari masalan, ko‗p xotinlik yoki «poliginiya» (yunonchadan, «poli» - ko‗p va «gineye» – xotin) va ko‗p erlik (yoki «polinadriya» (yunonchadan «poli» – ko‗p, «anros» – erkak) haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lishgan. Ammo, nikoh shakllarining barchasi yaxlit umumiylikka ega bo‗lib, individlararo tuzilishi nazarda tutilgan. Shu bois, Yevropa mutafakkirlari nazarida individual nikoh amalda jinslararo munosabatlarni tartibga solish shakli sifatida qabul qilinsa, monogamiya esa bunday tartiblanishning yetuk ko‗rinishi bo‗lgan. Yevropa jamiyatlarida asrlar davomida er-xotin o‗rtasidagi jinsiy munosabatlar me‘yoriy sanalgan. Nikohsiz jinsiy munosabatlar taqiqlangan. Nikohgacha va nikohdan tashqari jinsiy munosabatlar mavjud tartiblarga zid bo‗lib, ma‘lum ma‘noda qoralangan. Demak, bu jamiyatlarda nikohgacha va nikohdan tashqari munosabatlarni tartibga solib turuvchi qoida va talablar mavjud bo‗lgan.
Quldorlik davridan feodalizmga o‗tish, hamda feodal ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi oilaning monogam, ya‘ni yakka nikohlilik ko‗rinishining paydo bo‗lishi asos bo‗lgan. Ushbu davrda xo‗jalik yuritishda ota-ona farzandlari, nevara-chevaralari bilan ishtirok etishgan. Kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida esa yirik-yirik sanoat korxonalarining paydo bo‗lish natijasida mayda dehqon xo‗jaliklar, mayda hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga ishchi kuchi sifatidagi talab asta-sekin kamayib boradi. Ko‗p bo‗g‘inli katta oila bo‗lib yashash hollari yo‗qola boshladi. Va oilaning yangi tuzilishi er-xotin va bolalardan iborat bo‗lgan nuklear oila va kabilar. Oilaning bugungi shaklida oila a‘zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma‘naviy, huquqiy, psixologik munosabatlar o‗zaro javobgarlik his tuyg‘ulari bilan bog‘lanib turadilar. Oilada har bir oila a‘zosining o‗z ijtimoiy o‗rni bor. Oila asosini er-xotin tashkil etadi, lekin oilada er-xotin, ularning farzandlari, ota-onalari, opasingillari, aka-ukalari va boshqa qarindoshlari yashashi mumkin. Oila tashkil topishiga, unda yashayotgan oila a‘zolarining ijtimoiy o‗ringa qarindosh-urug‘lik munosabatlariga, miqdoriga qarab, bir nechta turlarga bo‗linadi. Nikoh birligiga ko‗ra oilalar ikki turga bo‗linadi: poligam va monogam.
Oilaning eng ko‗p tarqalgan turi nuklear oila bo‗lib, unda er-xotin turmush qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Agarda bironta farzandi turmush qurib, shu oilada yashasa, bunday oilalar murakkab oila hisoblanadi. Murakkab oilada ikki va undan ortiq oila yashaydi. Agar oilada er-xotin hayot bo‗lsa va birga yashasa, bunday oila – tugal yoki to‗liq oila deyiladi. Ularning biri oilada yashamasa yoki vafot etgan bo‗lsa, bunday oila tugalmas yoki noto‗liq oila deyiladi. Oila a‘zolarining qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga ko‗ra ishchilar, xizmatchilar, ziyolilar, kolxozchilar oilasi va hokazolar bor. Oila a‘zolarining miqdoriga ko‗ra oilalar shartli ravishda uch turga bo‗linadi:

  1. Kichik oilalar (2-4 kishi).

  2. O‗rta oilalar (5-6 kishi).

  3. Katta oilalar (7 va undan ortiq).


Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling