Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


-MAVZU. OILA VA GENDER SOTSIOLOGIYASI FAN


Download 294.93 Kb.
bet5/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
1-MAVZU. OILA VA GENDER SOTSIOLOGIYASI FAN
SIFATIDA

  1. Oila - o‗rta daraja maxsus sotsiologik nazariyalar obyekti sifatida.

  2. Oila va gender sotsiologiyasi fanining obyekti va predmeti.

  3. Oila va gender sotsiologiyasining maqsadi va vazifalari.

  4. Oila va gender sotsiologiyasining fan sifatida shakllanishi

Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy yo‗nalishlaridan bo‗lib, u nikoh va oilaning paydo bo‗lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarishini o‗rganadigan fan. Oila va gender sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan o‗zaro munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini o‗rganadi.
Oila shakllanishi, uning mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy jamiyatlarning asosiy muammolaridan biridir. Oila, oilaviy va er-xotin munosabatlari falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, demografiya va boshqa ko‗plab fanlarning o‗rganish obyekti bo‗lib kelmoqda. Oila, uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat nafaqat uning sotsial institut sifatida kishilar turmush tarzini belgilab berishi, balki avlodning barkamolligi, millat va davlat sog‘lomligi, shuningdek, doimiy o‗sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib shakllangandir. Zero, oila barqarorligiga tahdidlarning o‗sishini barcha tadqiqotchilar e‘tirof etganlar.
Oilaviy hayotning boshlang‘ich nuqtasi odatda, nikohning tuzilishi sanaladi. Ammo, ayol va erkak o‗rtasida rasmiy nikohning mavjudligi ularning yaxlit oilaga birikkanligining belgisi emas. Ushbu ikki tushuncha o‗rtasidagi farqni anglash nikohning keng tarqalgan qator tavsiflarini ko‗rib chiqish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Ko‗pchilik faylasuf va sotsiologlarning fikricha, individlararo nikoh va oila, ya‘ni, erkak va ayol hamda ularning bolalaridan iborat guruh doim mavjud bo‗lgan. Ularning ayrimlari ta‘kidlashicha, bu inson ko‗payishi biologiyasi bilan uzviy bog‘liq. Shu bois, ushbu sotsial institut ularning primat avlodlaridan meros sifatida o‗tgan. Zero, nikoh va oila biologik jarayonlarning mahsuli emas. Insonning biologik yaralishi uchun nikoh emas jinsiy aloqa talab etiladi. Nikoh va jinsiy aloqa – turfa tushunchalardir.
Jinsiy aloqa, bolalarning tug‘ilishi nikohsiz yoki nikohdan tashqarida ham sodir bo‗lishi mumkin. Nikoh o‗z ichiga jinsiy aloqalarni qamrab olsa-da, ushbu tushuncha bilan uyg‘un mohiyat kasb etmaydi. Nikoh jinslararo munosabatlarning sotsial tashkillanishi, deyilsa mubolag‘a bo‗lmaydi. U orqali bog‘langan tomonlar tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Sinfsiz jamiyatlarda nikohsiz (nikohgacha va nikohdan tashqari) aloqalar ma‘lum tarzda tartiblangan, o‗zining sotsial chegaralarga ega bo‗lgan bo‗lsa-da, nikohiy munosabatlar ham tuzilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2 bo‗limiga ko‗ra, ―Nikoh – bu erkak va ayol o‗rtasidagi erkin, ixtiyoriy, teng ittifoq bo‗lib, oila tuzish va er-xotinning o‗zaro huquq va majburiyatlarni bajarish maqsadida tuziladi‖1.
Nikohning muhim belgilardan biri shundaki, u qonun himoyasi va homiyligida bo‗lib, er-xotinning o‗zaro va farzandlariga nisbatan majburiyatlari hamda shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari (boqish, meros va boshqa)ga rioya etilishida yuridik mas‘uliyatni tomonlarga yuklaydi.
Shu tariqa, nikoh – bu avvalo, ikki voyaga yetgan kishining o‗zaro majburiyatlarini rasmiy tan olinishidir. Ammo, har qanday nikohiy ittifoqni oila sifatida qabul qilib bo‗lmaydi. Bunga yaqqol misol tariqasida soxta nikohni ko‗rsatish mumkin. Soxta nikoh O‗zbekiston Respublikasi Oila
Kodeksida «er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadisiz nikohni
2. rasmiylashtirishi» sifatida talqin etilgan


  1. Семейный кодекс Республики Узбекистан / Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2007 г., № 14, ст. 133; 2008 г., № 16. – С. 117.

  2. Ўша жой.

Demak, nikoh – bu erkak va ayol o‗rtasida tarixiy o‗zgaruvchan sotsial munosabat shakli bo‗lib, u orqali jamiyat erkak va ayol o‗rtasidagi jinsiy hayotni tartibga soladi va me‘yorlashtiradi. Ularning er-xotinlik va ota-onalik huquq va majburiyatlarini o‗rnatadi. Nikoh munosabatlarining qadimdan mavjud bo‗lgan axloqiy me‘yorlari diniy va yuridik qoidalar bilan mustahkamlanadi. Bu orqali jamiyat va davlat nikohni himoyalaydi hamda uni buzuvchilarni qoralaydi.
Oila va nikoh haqida gapirilganda, ushbu tushunchalar turli tarixiy davrlarda paydo bo‗lganligini qayd etish shart. Oila, o‗z o‗rnida munosabatlarning murakkab tizimi sifatida nafaqat er-xotin, balki, ularning bolalari, boshqa qarindoshlar hamda er-xotin uchun yaqin va qadrli bo‗lgan insonlarni ham birlashtiradi.
Oilani ilmiy o‗rganishda sotsiologik va ijtimoiy-psixologik bilimlar xususiyatlari borasidagi masalalar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Sababi, oila – ham sotsial institut ham kichik guruhdir.1 Sotsiologlar «oilaning maxsus sotsiologik nazariya»sini ilgari surasalar2, psixologlar esa oiladagi o‗zaro munosabatlarga murojaat etadilar3.
Oila – bu murkkab sotsiomadaniy hodisadir. U o‗zida inson hayotiy faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas hodisaga aylandi. Oila ijtimoiy hayotda individuallikdan ijtimoiytarixiygacha, moddiylikdan ma‘naviylikkacha bo‗lgan barcha darajadagi jarayonlarda ishtirok etadi.
Oila tuzilmasida shartli ravishda bir-biri bilan bog‘liq quyidagi munosabatlar turkumlanadi: birinchisi – tabiiy-biologik, ya‘ni jinsiy va qonqarindoshlik; ikkinchisi – iqtisodiy, ya‘ni uy xo‗jaligi, ro‗zg‘or, oilaviy molmulk doirasidagi munosabatlar; uchinchisi – ma‘naviy-ruhiy, ahloqiyestetik, ya‘ni er-xotinlik va ota-onalik mehr-muhabbat, bolalar tarbiyasi, keksa ota-onalar haqida qayg‘urish, xulq-atvorning axloqiy me‘yorlari bilan bog‘liq his-tuyg‘ular.
Qayd etilgan munosabatlar yig‘indisi oilani maxsus sotsial hodisa sifatida shakllantiradi. Zero, erkak va ayol o‗rtasidagi huquqiy jihatdan mustahkamlanmagan va umumiy ro‗zg‘or hamda bolalar tarbiyasi bilan uyg‘unlashmagan tabiiy yaqinlik oilaga asos bo‗la olmaydi. Bu kabi munosabat birgalikda yashash sanaladi, xolos. Yaqin insonlar o‗rtasida nikoh-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanmagan iqtisodiy hamkorlik va o‗zaro yordam oilaviy munosabatlarning elementlari sanalmaydi. Bunday holatda u rasmiy sherikchilikka aylanadi. Nihoyat erkak va ayol o‗rtasidagi ma‘naviy munosabatlardagi uyg‘unlik oilaga xos shaklda rivojlanmasa u birgina do‗stlik bilan chegaralanadi.
A.G. Xarchevning fikriga ko‗ra, oila er va xotin o‗rtasidagi tarixiy shakllangan o‗zaro munosabatlar tizimi bo‗lib, uning a‘zolari nikoh va qarindoshlik rishtalari, umumiy ro‗zg‘or, hissiy bog‘liqlik va o‗zaro ahloqiy majburiyatlar bilan bog‘langan.
O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida oilaning yaxlit ta‘rifi keltirilmagan. Chunki, «oila» tushunchasini qamrab olinishi va oila a‘zolari ro‗yxatini keltirilishi ular huquqlarini paymol etilishiga yoki oila a‘zolari doirasini asossiz kengayishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Biroq, «oila» va «oila a‘zolari» tushunchasi O‗zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida keng qo‗llanilgan. Mazkur Kodeksda ushbu atamalarning ta‘rifi oila huquqi nazariyasidan kelib chiqib o‗rnatilgan. Yuridik ma‘noda oila nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllar orqali bolani tarbiyaga olish orqali bog‘langan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasi sifatida ta‘riflanadi. Ushbu ta‘rifda birgalikda yashash va umumiy xo‗jalikni yuritish holatlari nazarda tutilmagan.
O‗zbek tilining izohli lug‘atida: «Oila – er-xotin, ularning bolachaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar 6- deb ta‘riflangan.
majmui»
Oila bir vaqtning o‗zida ham sotsial institut va kichik guruh ekanligidan kelib chiqib, quyidagi ta‘rifni ilgari suramiz: - «Oila – bu

6 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ziyouz.com kutubxonasi
tashkillangan sotsial guruh bo„lib, uning a‟zolari umumiy ro„zg‟or, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari, shuningdek, jamiyatning jismoniy va ma‟naviy o„z-o„zidan qayta ishlab chiqarilish ehtiyoji bilan shartlangan ahloqiy munosabatlar bilan bog‟langan».
Oila sotsial instituti er-xotin, ota-ona va farzandlararo munosabatlarni tartibga soluvchi ma‘lum sotsial me‘yorlar, sanksiyalar, xulq-avtor namunalari, huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi.
Oilaning jamiyatda tutgan o‗rni va rolini boshqa sotsial institutlar bilan qiyoslab bo‗lmaydi. Zero, aynan oilada shaxs shaklllanadi va rivojlanadi. Bolaning jamiyatga keskin zarbalarsiz moslashishida zaruriy sotsial rollar o‗zlashtiriladi. Shu bois, oila tarbiyaning birlamchi instituti sanaladi. Inson u bilan aloqani butun umri davomida his etadi.
Aynan oilada inson ma‘naviyatining asoslari quriladi. Xulq-atvor me‘yorlari shakllanadi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochiladi. Oila birgina shaxs shakllanishiga turtki bo‗lib qolmay, insonning o‗zligini anglashiga, uning sotsial, ijodiy faolligiga turtki beradi, individualligini ko‗rsatadi.
Oila sotsial institut sifatida so‗zsiz, jamiyat ta‘siri ostidadir. Uning rivojlanishi, yangilanishi istiqbollari nuqtai nazaridan yosh oila alohida sotsial qimmatga ega. Zero, oilaning ushbu turi sotsial-iqtisodiy va demografik o‗zgarishlarning muhim omili sifatida xizmat qiladi.
Jamiyatning birlamchi sotsial nuqtasi sifatida oila insoniyatning biologik mavjudligi va madaniy an‘analar vorisiyligini ta‘minlaydi. Uning ko‗plab funksiyalari, jumladan: reproduktiv, ijtimoiylashuv, iqtisodiy, xo‗jalik-ro‗zg‘or, hissiy, jinsiy, birlamchi sotsial nazorat sohasi, bo‗sh vaqt, ma‘naviy muloqot va boshqalar bo‗lib, ushbu funksiyalar inson va jamiyat hayotini uzviy bog‘liqligini ta‘minlaydi.
Oilada individ insoniy muloqot me‘yorlari va qoidalarini o‗zlashtiradi. Har bir oila millat, din, davlat doirasida o‗z madaniy muhitini yaratadi. Oila a‘zolariga o‗zgacha xususiyatlarni taqdim etadi. Oilaga tarkibiga kirish, uning a‘zosiga aylanish – bu uning submadaniyatini qabul qilish va o‗zlashtirish deganidir4.
Zamonaviy sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda oilaning turlicha shakllarini uchratish mumkin:

  • bolalar soni bo‗yicha; farzandsiz, kam farzandli, ko‗p farzandli (milliy va madaniy xususiyatlardan kelib chiqib),

  • tarkibiga ko‗ra: to‗liqsiz (ota-onaning biri bilan yashovchilar), nuklear-oddiy (ota-ona va bolalar), murakkab (kengaytirilgan, bir necha avloddan iborat, ko‗p avlodli),

  • yetakchilik, huquq va majburiyatlar taqsimotining tuzilmasiga ko‗ra:

egalitar (demokratik), an‘anaviy (avtoritar),
– geografik belgilariga ko‗ra: shahar, qishloq oilalari,

  • oilaviy hayot tajribasiga ko‗ra: yosh oila, o‗rta yoshli oila, uchinchi yoshdagi oila (pensionerlar),

  • daromad darajasiga ko‗ra: yuqori daromadli, o‗rtacha ta‘minlangan, kam ta‘minlangan, daromad manbai iste‘mol minimumidan oshmaydigan (bu kabi oilalar daromadining 85% oziq-ovqatga sarflanadi),

  • oilaviy hayotning o‗ziga xosligiga ko‗ra: talabalar oilasi, masofaviy, nikohsiz,

  • bo‗sh vaqtni o‗tkazish bo‗yicha: ochiq, yopiq,

  • ruhiy sog‘liq darajasi bo‗yicha: sog‘lom, nevrotik, viktimogen (zo‗ravonlikka moyil) oila.

Dunyo miqyosida sodir bo‗layotgan globallashuv va modernizasiyalash jarayonlari oilaning individuallashuvi va avtonomlashuvini o‗sishiga olib keldi. Buning oqibatida ajralishlar soni oshadi, tug‘ilish darajasi tushib ketadi, nikohsiz farzandlar tug‘ilishi o‗sadi, yolg‘iz insonlar soni oshib boradi. Bularning barchasi xorijlik ko‗plab tadqiqotchilarni oila inqirozi, hattoki, uning sotsial institut sifatida tanazzulga uchrashi va yo‗q bo‗lib ketishi haqida gapirishlariga turtki berdi.
Ammo, O‗zbekistonda oila 62,2% holatda ustuvor ahamiyatli milliy qadriyat sanaladi5. O‗zbekiston aholisining har 9/10 oilada istiqomat qiladi. Ulardan 35% paritarxal oilalarda yashaydilar. Shu bois, mamlakatimizda oilaning yangi shakllari an‘anaviy oilalarning butunlay yo‗qolib ketishiga olib kelmaydi.
Oila insonlarning eng qadimiy birliklaridan biridir. Oila sinflar, xalqlar va davlatlardan ancha oldin paydo bo‗lgan. Oilaning ijtimoiy muhimligi va unga bo‗lgan qiziqishning so‗nmasligi, avvalo, oilaning hayotni – inson zotini ishlab chiqarish, farzandlarni tarbiyalash, inson ehtiyojlarini eng qulay shaklda qondirilishiga asoslanadi. Oila nikoh, qarindoshlik, ma‘naviy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatning kichik bir bo‗lagidir. Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Insonning dunyoga kelishi yangi avlodning paydo bo‗lishi – avlodlar almashinuvi asosan oilada sodir bo‗ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs sifatida shakllanishiga qadar lozim bo‗lgan barcha ta‘lim-tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh urug‘iga, qariyalarga, umuman atrof muhitga bo‗lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarni, qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazuvchi sotsial institut hisoblanadi. Oila asosini erkak-ayol munosabati emas, balki er bilan xotin, ota-ona bilan bolalar munosabatlari ifodalaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Oiladagi ta‘lim tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‗z aksini topadi. Shuning uchun oila va jamiyat o‗zaro bog‘liq holda rivojlanadi. Oila jamiyat mahsuli sifatida o‗zini tashkil topishi, mavjudligi va rivojlanishi bilan jamiyat oldida qarzdordir.
Oila va gender sotsiologiyasi endi rivojlanib kelayotgan fan bo‗lib hozirda rus va chet el olimlarining ushbu soha bo‗yicha nikoh va oila munosabatlari haqidagi asarlarida keng ko‗lamda foydalanilmoqda. Oila va gender sotsiologiyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davlatlarda uzoq vaqt va ko‗p qirrali bo‗lgan. U ko‗p, aniq faktlarga asoslangan ma‘lumotlarni, oila va nikohga bo‗lgan turli qarashlarni tahlil qilish va ularni barcha zamonlardagi mutafakkirlar tomonidan ma‘nosiga tushunish kabi bosqichlardan o‗tgan. Oila va gender sotsiologiyasida nikoh uchta asosiy yo‗nalish ajratiladi:

  1. Nikoh, oila va gender munosabatlar tarixini o‗rganish;

  2. Oila, nikoh instituti va gender tengsizlikning mavjud holati;

  3. Zamonaviy oila va nikoh hamda gender muvozanatni tahlil qilish.

Tarixiy yo‗nalishda turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda oilani kelib chiqishi va rivojlanishi o‗rganiladi. O.Kont fikricha, oila jamiyat va individni bog‘lab turuvchi bo‗g‘im sanaladi. Jamiyat va individ o‗rtasida turuvchi oila haqiqiy hayotiy birlik sanaladi.
Amerikalik sosiolog X.Kristensen ma‘lumotlariga ko‗ra, oilani tizimli o‗rganilishi XIX asrning oxirida boshlangan. Bunga qadar oila va nikohga bo‗lgan qarashlarga din, mifologiya, falsafa o‗zining kuchli ta‘sirini ko‗rsatgan. Ma‘lumki, Platonning sotsiologik konsepsiyasida jamiyatning manfaatlari shaxs manfaatlaridan ustun turadi. «Benuqson, yuksak davlat – ayollar va farzandlar birligidir. Har bir nikoh davlatga foyda keltirilishi lozim» - deb yozgan Platon. Aristotel tahmin qilishicha sog‘ insonning tabiati uning siyosiy tizimga «kirishib ketishi» bilan aniqlanadi. Har qanday oila esa davlatni bir qismini tashkil etadi. Ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679) ma‘naviy va fuqarolik muammolarini ishlab chiqayotib, nikohga nopok, muqaddas tuyg‘ulardan holi bo‗lgan bir narsa deb qarashgan fikrlarni rad etdi. U nikohga uning ma‘naviy qadriyatlarini qaytishini xohlardi. XVIII asr ma‘rifatparvari, o‗zining alohida demokratizmi bilan ajralib turgan Jan Jak Russo (1712-1778) jins o‗rtasidagi ijtimoiy tengsizlikning huquqiyligini inkor etgan. Lekin shu bilan birga Russo ulardagi tabiiy, funksional va qaysidir darajadagi ijtimoiy tafovutlarga ahamiyat bergan. U erkak va ayollardagi xususiyatlarga ikki tomonlama qarashni taklif etgan.
Nemis idealizmi klassiklari Immanuil Kant (1724-1804) va I.Fixtening (1762-1814) oila va nikohga bo‗lgan qarashlari katta qiziqish uyg‘otadi. Ular oila va nikoh muammolarini tabiiy, huquqiy jihatdan ayol va erkaklar tengsizligi teoriyasidan kelib chiqqan holda tahlil qilishgan. Ularning fikricha, nikoh – bu ma‘naviy huquqiy institut bo‗lib, jinsiy ishtiyoq kamdan-kam uchrashishi bilan qadrli bo‗lib, qonunlar orqali tartibga solinishi lozim.
Nemis idealizmining yana bir mumtoz mutafakkiri Gegel (17701831) ulkan tarixiy his qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan. Oilaning muayyan shakli va mos kelgan ijtimoiy va siyosiy tuzum o‗rtasidagi aloqani ko‗ra bila olgan. Gegel shunday xulosaga keldiki, huquqiy munosabatlar oilaviy ittifoqning o‗ziga yod holatlar. Bu xulosaning asosida oiladagi ruhiy-ma‘naviy birlik va bu munosabatlarni tashqaridan huquqiy tartibga solishning bir-biriga zidligi haqidagi g‘oya yotadi. Sotsiologiya fanining tan olingan asoschisi O.Kont oilani o‗zgaruvchan va tarixiy kategoriya sifatida tushungan edi. Shu bilan birga oilani eng asosiy funksiyalarining (tashkil etuvchi) bajaruvchi asosiy ijtimoiy guruh deb hisoblagan. Olimlarning ishlarida, shu qatorda ijtimoiy fanlar sohasidagi ishlarda Ch.Darvinning evolyusion nazariyasi katta ta‘sir ko‗rsatganligi ko‗rinadi. Bu teoriyaning tarafdorlari fikricha, jamiyatdagi turli sotsial hodisalar va institutlar tabiatga o‗xshash ravishda rivojlanadi.
Ingliz faylasufi va sosiologi G.Spenser (1820-1903) ijtimoiy institutlarni jamiyatning tizimli elementlari sifatida ko‗rib chiqayotganda «uy institutlari» deb ataluvchi oila, nikoh, uy tarbiyasi kabi muammolardan boshlagan. U jamiyat turi va oila turi o‗rtasidagi aloqalarni ochib ko‗rsatdi. Sotsial taraqqiyoti ta‘siri ostida kelib chiqadigan, oilaviy munosabatlardagi o‗zgarishlarni tadqiq qilgan. U davrga evolyusiya va progress, rivojlanuvchi ta‘kidlanuvchi tadqiqotlar xos edi. U davrda ma‘lumot yig‘ish usullari juda qiyin bo‗lgan. Ularning samaradorligi esa past bo‗lgan. Analiz (tahlil) uslublarida ta‘riflash ustun turar edi. Bu yo‗nalish sotsial darvinizm deb atalgan.
Oila teoriyasining rivojlanishiga fransuz sosiologi Fredrik LePley(1806-1882) o‗zining sezilarli ulushini qo‗shgan. Uning fikricha, har qanday jamiyatda oila-keyingi avlodlarni dunyoga keltiruvchi, yangi tug‘ilgan odamlarda yaxshilikni rivojlantiruvchi, yomonlikni bostiruvchi eng tinch vositadir. Agar oila kichik vahshiylarni jilovlashni eplay olmasa, oilaning o‗zi aziyat chekadi, oxir oqibatda jamiyat ham vayron bo‗ladi. Le-Pley monografik tadqiq etishning asoschisidir. U tekshiruvchi, kuzatish uslubi va texnikasini rivojlantirgan. Ko‗p vaqt davomida (taxminan XIX asrning o‗rtalarigacha) oila jamiyatning birlamchi o‗ziga xos tabiatli bir bo‗lagi sifatida o‗rganilgan. Shuning uchun o‗rta asr antik davr va qisman yangi davr faylasuf olimlarini oila nafaqat o‗ziga xos sotsial institut sifatida, balki uning umumiy, ijtimoiy tarkiblarga, eng avvalo davlatga bo‗lgan munosabati qiziqtirgan.
Oila va nikohga tarixiy qarashlarning mustahkamlanishi 2 yo‗l bilan amalga oshgan:

  1. Oilaning o‗tmishi, xususan xalqlarning oila-nikoh tartibining o‗tmishini tadqiq etish;

  2. Oilani turli ijtimoiy sharoitlarda o‗rganish.

Birinchi yo‗nalish boshida shveytsar olimi Iogan Baxofen(18151887) turadi. U oilaning tarixini o‗rganishga asos soldi. Baxofen qadimiy mumtoz asarlarni tahlil qilish natijasida yakka nikohlilik davrigacha greklarda ham, osiyoliklarda ham nafaqat erkak kishi bir necha ayol bilan, balki ayollar ham bir necha erkaklar bilan jinsiy munosabatda bo‗lganligini isbot qildi.
Oila sosiologiyasining rivojlanishida buyuk fransuz olimi
E.Dyurkgeymning ham ulushini ta‘kidlashimiz lozim. Oila va nikoh haqidagi fanga «ijtimoiy guruh» teoriyasi ham ma‘lum darajada o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Uning asoschisi amerikalik sosiolog Charlz Kuli (1864-1929) bo‗lib, u birlamchi guruhlar va ikkilamchi ijtimoiy institutlar orasida farq belgilarni ko‗rsatib berdi. Birlamchi guruhlar – asosiy ijtimoiy guruhlar bo‗lib, ijtimoiy, shaxslararo norasmiy munosabatlar bevosita muloqat, barqaror, kichik o‗lchami bilan xarakterlanadi. Ikkilamchi guruhlarda – shaxsning ijtimoiylashuvi ro‗y beradi.
XX asrning birinchi yarmi davomida Le-Pleyning empirik qarashlariga oriyentasiya*6 qilingan yo‗nalish ustun turgan. Oilaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga o‗tish davri kuzatiladi. Konseptual apparat o‗zgarmasa ham lekin empirik va mantiqiy tushuntirishga ehtiyoj sezilib turardi. G‘arb oilasidagi o‗zgarishlar muammosining qo‗yilishi davri butun ijtimoiy tizimni larzaga solgan. Bu davrda oiladagi o‗zgarish jarayonlarining ijtimoiy va sotsiologik jihatdan o‗rganish muhimligini anglash ro‗y beradi. Shu munosabat bilan jamiyatshunoslikda bundan oldingi davrda mavjud bo‗lgan nazariymetodologik va empirik materiallari asosida oilaning o‗zgarishi muammosini yo‗lga qo‗yishga harakat hollari juda ko‗p bo‗lgan. Bu davrda chop etilgan ahamiyatli ishlardan biri amerikalik sotsiolog

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling