Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
Erkaklarda ideal kamroq darajada tasavvur etiladi. Bunda institusional tuzilma to‗liq takrorlanadi, turmushga oid struktura ikkita ko‗rsatkichga ega - do‗stona mayl va majburiyatlarning oqilona taqsimlangani bilan ifodalanadi, shaxslararo tuzilma esa mavjud bo‗lmaydi49.
Demak, nikoh ideali ayollar va erkaklarda o‗zaro farqli bo‗ladi. Avvalo, shuni ta‘kidlash zarurki, uzoq davom etmagan nikoh amaliyoti davrida nikoh timsoli noaniq bo‗ladi. Kam muddatli nikoh stajiga ega bo‗lgan erkaklar nikohni sevgi bilan tenglashtirishadi, sevgini esa «ruh 48 қаранг: Антонов А. И., Медков В. М. Социология семьи. –М.: Изд-во МГУ, 1996, с. 150-159. 49 қаранг: Шоумаров Ғ. Б., Шоумарова Ш. Б. Муҳаббат ва оила. –Т.: Ибн Сино номли нашриѐт, 1994, 58-76 бетлар. va jism» birligi deb qabul qilishadi. Yosh ayollar romantika sohasida yosh erkaklardan qolishmasalarda, ularda sevgi jismoniy ishtiyoq bilan bevosita bog‘lanmaydi. Oilaviy hayotning dastlabki davrida timsol yangicha haqiqatga o‗tadi. Keyinchalik, tasavvurlar o‗z ichiga institusional, turmushga oid va shaxslararo komponentlarni olib hamohanglashadi. Bunda er-xotinlik qadriyatlariga urg‘u beriladi. Nikohdan qoniqmaslik bolajonlikning ideallashtirilishiga olib keladi, er-xotinlar nizoli vaziyatdan chiqishni farzandlar oldidagi burchni bajarish bilan bog‘laydilar. Bu ayniqsa o‗zbek oilalariga xosdir. Nikoh to‗g‘risidagi tasavvurlar oilada shakllanayotgan munosabatlarga bog‘liqdir. Turmushdagi o‗zaro ta‘sirlar mobaynida er va xotin o‗z modellarini amalga oshirishga harakat qilishadi, biroq bunda bir qator muammolarga, ya‘ni moddiy, emosional-ruhiy va seksual qiyinchiliklarga uchraydilar. Nikohdan subyektiv qoniqqanlik ko‗p jihatdan o‗z qadriyat va talablarini turmush o‗rtog‘ining shu kabi tushunchalarni anglashini va ular bilan moslashishini istash imkoniyatlariga bog‘liq bo‗ladi. Shuning bilan birgalikda, erxotinlarning har birining individual qadriyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini amalga oshirish ham muhimdir. Tadqiqotlar ko‗rsatishicha, ayollarda nikohdan qoniqqanlik birinchi navbatda er bilan psixologik va ruhiy moslik natijasida yuzaga keladi. Keyingi o‗rinda individual (shaxsiy) ehtiyojlarning qondirilishi, er tomondan xotinning qarindoshlariga nisbatan aniq munosabatlar, kundalik turmushdagi moslashish turadi. Har bir juftlik bu borada o‗zlarining ma‘lumotlilik darajalari, madaniy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishadi. Oilaning turli bosqichlarida kundalik turmushdagi va psixologik moslik turlicha ahamiyatga ega bo‗ladi. Ular birinchi bosqichda norasmiy munosabatlardan institusionallashgan munosabatlarga o‗tishda alohida o‗ringa ega bo‗lishadi. Keyinchalik bu tomonlar ayollar uchun zaruriy bo‗lib qolsada, ular keyingi holatda bo‗ladi va faqatgina turmush qiyin kechayotgandagina o‗z dolzarbligini qayta kasb etadi. Demak, turmush ittifoqining dastlabki bosqichida ayollarda qoniqqanlik, avvalo, taranglikning bo‗lmasligi asosida shakllansa, keyingi yillarga o‗tib, qoniqqanlik avvalo ichki qadriyatlarning hamohangligiga bog‘liq bo‗ladi. Erkaklardagi nikohdan qoniqqanlik, aniqlanishicha, turmush o‗rtog‘i bilan bo‗lgan psixologik moslik va uning seksual namoyon etilishiga bog‘liq. Erkak va ayollarda o‗zaro qoniqish hosil qilingan munosabatlar psixologik, ruhiy va seksual moslik; er-xotinning o‗ziga xosliklarini rag‘batlantirish va o‗zaro yoqtirish tufayli shakllanadi. Demak, qadriyatlarning moslashtirilishi natijasida individual oilaning belgilangan rivojlanish bosqichida zarur bo‗lgan moslashish o‗choqlari tanlanib, yo‗naltirib turiladi. Agar dastlabki bosqichlarda asosiy o‗rinni moslashish elementlari egallashsa, keyingilarida shaxs va o‗z-o‗zini isbotlash imkoniyatlari qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosalar: Nikoholdi munosabatlari o‗zbek xalqi ma‘naviyatida muhim ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega xodisadir. Nikoholdi munosabatlar qat‘iy me‘yorlashtirilgan tamoyillar doirasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy ong taraqqiyoti amaldagi nikoholdi munosabatlar tizimining zamondan ortda qolayotganligini ko‗rsatmoqda. Amaldagi nikoholdi munosabatlar holatidan erkak tomon umumiy qoniqish darajasida ekanligi aniqlandi. Sotsiologik so‗rov natijalariga ko‗ra nikoholdi munosabatlar qiz tomonni yetarli darajada qoniqtirmasligi, ularda o‗zaro munosabatlarni «tanishish» bosqichidan «do‗stlashish» darajasiga ko‗tarishga moyillik mavjudligi aniqlandi. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling