Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikohiy tanlash teoriyalari.
- R.F. Uinchning
- «qarama-qarshiliklar bir-biriga intiladi»
- R.Senter ning Instrumental nazariyasi
Nikohiy tanlash omillari. Madaniy omillar nikoh juftini tanlashdagi eng keng va kuchli omil hisoblanadi. Ularning eng muhimi endogamiya-ekzogamiya qoidasi deb ataladi. Bu termin, odatda, Etnologiyada ikki qabila a‘zolari o‗rtasida nikohiy tanlash qanday amalga oshirilishini ta‘riflaydi. Bu qoidaning funksionol roli shundaki, nikoh juftini tanlashda imkoniyat makonini cheklash va undan nikoh jufti bo‗la olmaydiganlarni chetlatishdadir.
Oila sotsiologiyasida bu terminni qo‗llash shartli va chegaralidir. Bunda endogamiya qoidasi deganda nikoh juftini faqat o‗z etnik guruhi ichida tanlash imkoniyati tushuniladi. Ekzogamiya qoidasiga ko‗ra o‗z oilaviy guruhi a‘zolari o‗rtasida, ya‘ni qon-qarindoshlar o‗rtasidagi nikoh taqiqlanadi. Endogamiya qoidasi, «endogam bosim» ayniqsa etnik yoki irqiy tegishlilik haqida so‗z borganda juda kuchli va qat‘iy. Ekzogamiya qoidasi universal bo‗lib, ba‘zi madaniyatlarda umuman rioya qilinmadi. Ekzogamiya qoidasi bo‗yicha bir sulola yoki oila a‘zolari o‗rtasida nikoh taqiqlanadi va bu taqiq xuquqiy me‘yorlar bilan ham mustahkamlanadi. Barchaga ma‘lum bo‗lgan insest hodisasi (ya‘ni yaqin qarindoshlar, ota-ona va farzandlar, aka-singillar, tog‘a-jiyanlar o‗rtasidagi nikoh) sotsiomadaniy taqiqning yaqqol misoli bo‗la oladi. Nikohiy tanlashning sotsiologik omillariga gomogamiya va yaqinlik (qo‗shnichilik) ham taalluqlidir. «Gomogamiya» odatda, o‗xshash va umumiy xarakteristikaga-psixologik, sotsial, jismoniy va hokazolarga ega bo‗lgan insonlar o‗rtasidagi nikohni ta‘riflashda qo‗llaniladi. Endogamiya va gomogamiya tushunchalari bir biriga yaqin bo‗lib, ularning farqli tomoni shundaki, etnosdagi endogamiya sotsiomadaniy majburlash, ya‘ni individni nikoh juftini tanlashda aniq harakatga majburlaydi. «Gomogamiya» sotsiologik tushuncha bo‗lib, unga ko‗ra o‗xshash xarakteristikali insonlar o‗rtasidagi nikohlar, birbiridan individual xarakteristikasi bilan farq qiladigan insonlar o‗rtasida nikohdan ko‗ra ehtimoli ko‗proq. Gomogamiyani nikohiy tanlashning asosiy omili deb hisoblaydigan sotsiologik teoriyalar ta‘kidlashicha, bu sohada asosiy xarakteristikalar quyidagilar bo‗lishi mumkin: 1) nikohga kiruvchilar yoshi; 2) ijtimoiy maqomi; ma‘lumotlilik darajasi; intellekt darajasi; tashqi ko‗rinish va h.k Nikohiy tanlashda yaqinlik deganda makoniy, territorial yaqinlik, qo‗shnichilik, shuningdek, bir korxonada ishlashlik yoki bir joyda o‗qish nazarda tutiladi. Yaqinlikning roli shundaki, insonlar bir joyda yashasa, ishlasa yoki o‗qisa o‗xshash shaxsiy va ijtimoiy xarakteristika, shuningdek, qadriyatlar va qiziqishlar o‗xshash bo‗lgan nikoh jufti bilan uchrashish va muloqatda bo‗lishi ehtimoli yuqori bo‗ladi. Bo‗lajak nikoh juftini tanlashda insonlar, xususan qizlar otasining, o‗g‘il bolalar esa onasining obraziga qiyoslagan holda tanlashadi (Z.Freyd). Nikohiy tanlash teoriyalari. 1. Sotsial yondashuvning e‘tiborini tortadigan jihatlaridan yana biri, insonlarning o‗z bo‗lajak turmush o‗rtoqlarini izlashda qoidaga binoan o‗z ota-onalarining timsoliga o‗xshashini istaydi, ya‘ni qizlar ba‘zi bir jihatlari bilan otasiga, yigitlar esa onasiga o‗xshash turmush o‗rtog‘ini tanlash tendensiyasiga ega bo‗lishi haqidagi taxmin hisoblanadi. Shu bilan birga ularning «katta»lari farzandlar uchun shu jinsdagi ota yoki ona modeli hisoblanadi. Bu taxmin jinsiy obyektni tanlashda inson tomonidan sevgining eng dastlabki obyekti, ya‘ni otaonalar energiyasini qorishtirib yuborish kuzatiladi, deb ta‘kidlovchi Z. Freyd nazariyasidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, Z. Freydning fikriga ko‗ra erkak onasiga, ayol esa otasiga o‗xshash juft izlaydi. Sotsiologiya adabiyotida bu tezisni tasdiqlovchi ma‘lumotlarni topish mumkin. Xususan, D. Yedlichkaning 7000 er-xotin juftlari tadqiqotida so‗ralgan juftlar yig‘indisiga er-xotinlardan birining ota yoki onasiga o‗xshashligini topish ehtimoli nazariy jihatdan tasodifiy tanlovda yuz berishiga nisbatan ancha yuqori ekani ma‘lum bo‗ldi17. D.U. Glenn va P.T. Barretlarning ko‗rsatishicha, to‗ng‘ich o‗g‘il, keyingi o‗g‘illarga nisbatan juda yosh uylanish; yoshi ulug‘ otasi bor erkak kechroq uylanish; etnik jihatdan aralash oiladagi farzandlar o‗z juftlarini aralash oilalardan tanlashlari; va nihoyat kishilar jismoniy jihatdan o‗zinikidan ko‗ra qarama-qarshi jinsning ota-onasiga o‗xshash kishilar bilan ittifoqqa ko‗proq havasmandlar1819. Ijtimoiy- psixologik jihatdan esa nikoh juftini bunday tanlashda inson qarama-qarshi jinsning ota-onasiga o‗xshash kishini tanlashda, shaxsiy tavsif va ma‘lum qadriyatlar jihatidan ham yaxshi tanish nimanidir tanlashi o‗z tasdig‘ini topadi. Bunday tanlov «ma‘lum jihatdan maishiy qulaylikni ta‘minlaydi, umumiy qadriyatlar esa sheriklarning o‗zaro aloqalarini o‗rnatishlariga yordam beradi, chunki 23. kishilarga doimo ular bilan kelishuvlar yoqadi» Nikoh tanlovining yana bir ijtimoiy-psixologik nazariyasi R.F. Uinchning Komplementar ehtiyojlar nazariyasi (KEN-nazariyasi)20. Bu nazariyaning asosiy tezisi shundan iboratki, kishilar o„z turmush juftlarini tanlashda psixologik xususiyatlari shaxsiy xususiyatlariga qarama-qarshi va komplementar (qo„shimcha) bo„lganlarni afzal ko„radilar. Masalan, Uinchning fikriga ko‗ra, qo‗rqoq va bo‗ysunishiga moyil kishilar kuchli va bir so‗zli juftni afzal ko‗radi. Bu shaxs doimo o‗z ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirishga intilishi bilan bog‘liq. Uinchning fikriga ko‗ra erkak va ayollarning o‗ziga xos ehtiyojlari bir-birlariga komplementar bo‗lgan holdagina bunga erishiladi. Uinchning KEN nazariyasi «qarama-qarshiliklar bir-biriga intiladi» degan xulosa sifatida ifodalanishi mumkin. Uning asosi Uinch Shimolig‘arbiy universitetda 25 nikoh juftlari yordamida o‗tkazgan kuzatuvlari hisoblanadi. Uinch o‗z nazariyasining to‗g‘riligiga ishongan bo‗lsa-da, boshqa tadqiqotlar unga tanqidiy yondashdilar. Bunda Meyyor va Pepperlarning Uinchning kashfiyoti yoki noto‗g‘ri metodologiya, yoki nikoh juftlarini o‗rgangani tufayli artefaktdir, degan mulohazalari xarakterlidir21. Bundan tashqari, boshqa mualliflar Uinchning yondashuvidan uzoqlashib, uning nazariyasini takomillashtirishga uringanlar. Bulardan biri R.Senterning Instrumental nazariyasi hisoblanadi22. U kishilar nikoh jufti sifatida xulqi va boshqa tavsiflari ularning ehtiyojlari uchun yuqori daraja qoniqish va kam xarajatlarni ta‟minlaydi (yoki ta‟minlaganday tuyuladi) ganlarini tanlashga intiladilar, degan taxmindan kelib chiqqan. Bunda, Uinchdan farqli o‗laroq, Senter taxminiga ko‗ra ba‘zi ehtiyojlar, boshqalariga nisbatan ko‗proq ahamiyatli, chunki ba‘zi ehtiyojlar uchun farqli bu farq nikoh jufti uchun bir xil, boshqa ba‘zilari uchun o‗zgacha. Masalan, Senterning fikriga ko‗ra erkaklarning ustunligi ayollar uchun muhim qadriyat, erkaklarga esa ayollarning ustunligi uncha yoqmaydi. Teskari vaziyat esa g‘amxo‗rlikka ehtiyoj singari holatda ma‘lum ahamiyatga ega. Bundan Senterning gender kongruentligi tamoyiliga muvofiq, erkaklar uchun tipik bo‗lgan qadriyatlar (ehtiyojlar) ayollar uchun tipik bo‗lgan ehtiyojlar bilan pozitiv korrelyasiyada bo‗lishi lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Xususan, Senterning taxminicha, juda yaqinlik erkakning ustunligi ayolning samimiylik, himoya, g‘amxo‗rlikka ehtiyoj sezishiga zid turganida o‗z o‗rniga ega bo‗ladi23. R. Senterning Instrumental nazariyasi empirik va metodik jihatdan o‗ta puxta ishlab chiqilib, uning 239 gipotezasining ba‘zilari statistik tasdig‘ini topgan bo‗lsa-da, IEN nazariyasi ko‗pgina mualliflarning tanqidiga uchrashda davom etmoqda. Kepxart va Yedlichkalarning ta‘kidlashlaricha, juftlarning o‗xshashligi o‗zaro yaqinligining muhim manbai, lekin iltifotlilik ham ba‘zi kishilar uchun muhim ekaniga shubha qilmasa ham bo‗ladi. Bu masala hali ham aniq emas. Nikoh tanlovi jarayonining nazariy interpretasiyalaridan yana biri ―Almashuv nazariyasi‖ hisoblanadi. J. Xomansning sotsial ta‘siri modeliga asoslangan. Bu nazariyaga ko‗ra jamiyatda me‘yoriy tartibning yuzaga kelish bazisi kishilarning o‗zaro yordami hisoblanadi. Ular o‗zaro turli ne‘matlar (moddiy bo‗lishi shart emas) ning almashuvi natijasida foyda oladilar. Nikoh almashuvi nazariyasi turli mualliflar tomonidan rivojlantirildi. Xomansning fikricha, jamiyatda doimo qadriyatlarning shunday shkalasi mavjudki, ular almashuvga jalb etilishi mumkin, insonning fe‟l-atvori ham unga muvofiq bo„ladi. Inson ba‟zi sifatlarini boshqa kishilarning sifat yoki xususiyatlariga «almashadi»: jismoniy jozibadorlikni farovonlikka, boylikni yuqori unvon va boshqalar. Bunda insonning shaxs sifatidagi qimmati uning alohida sifatlari almashuviga jalb etiladigan qadriyatlari soniga qo‗shiladi. Yuksak qadriyatga ega (sotsial jozibadorlikning yuqori statusiga ega) inson qadriyati kamroq kishidan «to‗lov» oladi. Xomansning fikriga ko‗ra, «turli darajadagi sotsial ta‘sirlar ekvivalentlar bilan almashuv tamoyillariga bo‗ysunadi»24. Bunda inson (shu jumladan o‗zining) shaxsiy yoki sotsial tavsiflarini baholay olish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Muvofiq tarzda bunga nikoh almashuvi nazariyasi nikoh tanlovi asosida ehtimoliy juftning shaxsiy va sotsial sifatlarini baholash va ehtimoliy juftlarning qay biri kichik xarajatlar hisobiga katta muvaffaqiyat keltirishi mumkinligini aniqlash jarayoni asosida yotishni asos qilib oladi. Bunda shaxs tavsifi almashuvga xos va ma‘lum bozor bahosiga ega ne‘mat sifatida ularning odatda quyidagi muhim sinflarini ko‗rsatib beruvchi me‘yorlar xizmat qiladi29: Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling