Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
- Bob. Feminizm g‟oyalarining shakllanishi va rivojlanishi
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10- Bob. Gender tengligi g‟oyalarining nazariy-metodologik asoslari 170
- 11- Bob. Ta‟lim va bandlik sohasida gender muvozanat 185
- 12- Bob. Boshqaruvda gender tenglik 208
- 13- Bob. O„zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo„llab-quvvatlash 216
- 14- Bob. O„zbekistonda oila-nikoh institutini mustahkamlash mexanizmlari 221
- 15-Bob. O„zbekistonda oilalarni ijtimoiy ximoyalashda innovasion tendensiyalar 233
KIRISH Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy yo‗nalishlaridan bo‗lib, u nikoh va oilaning paydo bo‗lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarishi, erkaklar va ayollarning ijtimoiy rollarini farqlash qonuniyatlarini, jinsga qarab mehnat taqsimotini, madaniy belgilar hamda erkaklik va ayollikning ijtimoiy-psixologik stereotiplarini, ularning ijtimoiy hayotning turli jihatlariga ta‘sirini o‗rganadigan fan. Oila va gender sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan o‗zaro munosabatini, nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini o‗rganadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev oila haqida gapirganida qo‗yidagilarni ta‘kidlaydi: ―Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qaerda ishlashidan qat‘i nazar, kim bo‗lishidan qat‘i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada xalollik, munosabat, tarbiyaga alohida ehtibor bermasa, hech qachon natija bo‗lmaydi. Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‗lsang, baxtliman deyishga haqqing bor‖. O‗zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor ―xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari‖ to‗g‗risida to‗g‗risida qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‗lib, qonuni o‗zbek ayollarining hayotida nimalarni o‗zgartiradi? O‗zbekiston ijtimoiy siyosatining markazida jinslarning notengligini bartaraf etish, xotinqizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos bo‗ladigan tengligini ta‘minlash bo‗yicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan ko‗riladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega chora-tadbirlarni namoyon qilish turadi. Xotin-qizlar va erkaklar o‗rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‗yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilmoqda. «Oila va gender sotsiologiyasi» nomli darslik ijtimoiy ishni, sotsiologiyani o‗rganuvchi talabalar, Mahalla va oilani qo‗llabquvvatlash vazirligi hamda xududlardagi Mahalla va oilani qo‗llabquvvatlash boshqarmasining amaliyotchi-xodimlari uchun tuzilgan. Darslik oilalar hamda ayollar va erkaklar, ularning muammolari haqidagi tasavvurlarni bir xil shaklga keltiradi. Darslikning mazmuni rang-barangdir, u oilalar bilan avval ishlamagan va oilalar bilan uzoq vaqt ishlab kelayotgan mutaxassislar uchun ham qiziq. Ushbu darslikda oila va gender sotsiologiyasi fan sifatida, ―oila‖ tushunchasi, uning turlari va vazifalari, oila va nikox munosabatlarining an‘anaviy shakllari, oila-nikoh munosabatlarida sotsial maqom va ierarxiya, oilaviy xayot sikli va avlodlar almashinuvi, yosh oila: sotsial kategoriya sifatida, oila-nikoh munosabatlarda zamonaviy tendensiyalar, rivojlangan davlatlarda oila-nikoh instituti tanazzuli, feminizm g‗oyalarining shakllanishi va rivojlanishi, gender tengligi g‗oyalarining nazariy-metodologik asoslari, ta‘lim va bandlik soxasida gender muvozanat, boshqaruvda gender tenglik, O‗zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llab-quvvatlash, O‗zbekistonda oila-nikoh institutini mustahkamlash mexanizmlari, O‗zbekistonda oilalarni ijtimoiy ximoyalashda innovatsion tendensiyalariga bag‗ishlangan mavzular yoritilgan. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling