Mavzu: Sport sotsiologiyasi fan sifatida shakillanish jarayonlari. Reja: Sport sotsializatsiya omili sifatida. "port sotsiologiyasi" kursi bo'yicha uslubiy tavsiyalar
Download 1.43 Mb.
|
1 2
Bog'liqJismoniy tarbiya va sportning sotsiologik muammolari.
MAVZU: Jismoniy tarbiya va sportning sotsiologik muammolari. Reja: 1.Ijtimoiy-biologik nuqtai nazaridan inson tabiati. 2.Zamonaviy jamiyatda jismoniy madaniyatni harakatga keltiruvchi kuchlar tizimi 3.Yosh avlodning jismoniy madaniyat qadriyatlari va jismoniy madaniyatga munosabati yuzasidan sotsiologik tahlilInsonning mavjudligi va mohiyatining falsafiy asoslari uning ijtimoiy va biologik qay darajada bog‘liqligi masalasi bilan izohlanadi. Bir tomondan, odam – biologik taraqqiyotning oliy darajasi, tirik tabiat unsuridir. Odamdagi biologik jihatlar – uning jismi, ya’ni, jismoniy tuzilmaga ega tanasi, mijozi, ruhiy jarayonlar dinamikasi, harakatlanish qobiliyati hisoblanadi. Boshqa tomondan esa, u ijodkor, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy qadriyatlar tarixiy rivojlanish jarayonlarining faol ishtirokchisi, ijtimoiy hayotning bir qismi, bo‘lagi. U o‘z hatti-harakatlarini jamiyatda shakllangan me’yorlar va qadriyatlar asosida amalga oshiradi. Bu ilk ikki asos – tabiiy va ijtimoiy sifatlar bir biri bilan qay darajada bog‘liq, yoki ular hayotiy faoliyatning turli sohalarida bir biriga qanchalik yaqin yoxud uzoq? Muammoning u yoki bu tarzda hal qilinishi, ya’ni, tabiiy yoki ijtimoiy xususiyatlarning ustunligi ijtimoiy hayot taraqqiyotini, uning manbalarini, madaniy (shu jumladan, jismoniy) rivojlanish tamoyillarini shaxsga xos muammolar va o‘ziga xoslik namunasi sifatida qay darajada tushunish bilan bog‘liq. Bizningcha, muammoni hal qilishning ikkita tomoni bor: birinchidan, ijtimoiy shartlilik va shunga mos tarzda odam biologiyasini fosh etish, ikkinchidan, ijtimoiy etakchilikning odam biologiyasi, uning ijtimoiy, moddiy va ma’naviy faoliyatiga teskari ta’sirini, ijtimoiy munosabatlar va vazifalarning xilma-xilligini o‘rganish – masalaning echimi bo‘la oladi. Falsafa va sotsiologiyada mazkur muammoni tushunishning bir necha tamoyillari mavjud, ammo, bizga insonni – biosotsiomadaniy tizim sifatida o‘rganadigan olimlarning qarashlari muhimroq. Ularning fikricha, bu tizim noyobligi shundaki, u individning tabiiy, tug‘ma qobiliyati, unga shakllanish jarayonida singdirilgan madaniy qadriyatlar, u kamol topgan ijtimoiy muhit ta’siri bilan belgilanadi. Bir paytning o‘zida sotsiallashuv xususiyatlari individuumning tabiiy xususiyatlariga umuman bog‘liq emas, deb ham bo‘lmaydi: uning jismonan va ruhiy o‘ziga xosligi, mijozi, tafakkur salohiyati, uning talablari, qobiliyatlari, iste’dodi va o‘z o‘zini idora qila olishi shular jumlasidan. Ijtimoiy va biologik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olmagan holda ishlab chiqilgan xato uslubiy yondashuvlar zamonaviy tibbiyotda ham yaqqol kuzatiladi. Jumladan, jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti rivojida, antropologiya, inson irsiyatini o‘rganish va boshqa fanlarda ham kuzatiladi. Inson mohiyatini tushunish va kashf etishga juda ko‘plab faylasuf, ruhshunos va ustozlar intilishgan. Misol uchun, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari SH.Fure, J.J.Russo, K.A.Sen Simon kabilar ta’kidlaganidek, inson – muhit va sharoit mahsulidir, ammo muhit tushunchasini bu olimlar inson g‘oyalari, nafsi, ehtirosi va his-tuyg‘ularining bir ko‘rinishi sifatida ta’riflaganlar. Bundan kelib chiqadiki, insonning biologik mohiyatini tushunish, ustun qo‘yish va odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni rad etish mazkur yondashuvning asosi hisoblanadi. Bu yondashuvning tarafdorlari zamonaviy fanda juda ko‘plab topiladi. Misol uchun, V.G.Afanas’evning ta’kidlashicha, insonning ijtimoiy xususiyatlari “o‘z o‘zidan” paydo bo‘lib qolmagan va rivojlanmagan. U ma’lum bir biologik omillarga bo‘ysunadi. Bundan tashqari, ayni paytda, ya’ni, ijtimoiy, sotsial xususiyatlari inson mohiyatining asosiy qismini tashkil etsada, ammo bir paytning o‘zida inson – biologik mavjudot hisoblanadi. Inson – biosotsial tizimdir, ammo, tabiiy jihatlar uning asosiy ko‘rsatkichlari emas. CHunki inson mohiyatiga ko‘ra, faqatgina biologik mavjudotgina emas, balki, sifat jihatidan yangi, insonlarning o‘zaro munosabatlarida shakllanadigan, kamol topadigan, o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlarga ega shaxsdir. Bioijtimoiylashuv shunday bir o‘ziga xos dunyoni yaratadiki, bir tomondan qaraganda, inson his qilish, qayg‘urish, kuchli bo‘lish, hayotiy kuchga ega bo‘lish qobiliyatiga ega. Boshqa tomondan esa, hayvonlarcha yo‘l tutmaslik, faqatgina o‘zi uchun emas, atrofdagilar taqdiri uchun qayg‘urish, xursandchilik, quvonchni his qilish, dunyodagi ajoyibotlardan hayratlanish – bu hislar insonga xosdir. Ijtimoiy xususiyatlar tabiiy ko‘rsatkichlardan ustunlik qiladi. Insonda tabiat in’om etgan hayotiy asos mavjud. Ammo bu hayot biologik jism emas, sotsial mavjudotga tegishli. Ijtimoiylashuv – hayotning sifat jihatdan yangi ko‘rinishi, uni tartibga solish shakli. Inson shaxsiyatini o‘rganganda, uni namoyon etuvchi quyidagi xususiyatlarni tasniflash mumkin:
- ijtimoiy xususiyatlar – inson tomonidan ijtimoiylashuv jarayonida, boshqa insonlar bilan muloqot qilish natijasida shakllangan xususiyatlar; Ijtimoiylashish xususiyatlari keng ma’noda uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat:
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling